scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ILM-FAN, MADANIYAT, INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYALAR ORQALI PEDAGOGIK TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Oyjamol Ergasheva; Sarvinoz Xolmatova

Full text

539 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ILM-FAN, MADANIYAT, INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYALAR ORQALI PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Oyjamol Ergasheva Denov tadbirkorlik va pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Sarvinoz Xolmatova “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi (sirtqi) 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17368959 Annotatsiya: Ushbu maqolada Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimida innovatsion muhitning yaratilishi barobarida ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini, innovatsion ta'limning rivojlanishi, tendentsiyalar va istiqbollari, innovatsion ta'limni rivojlantirishda innovatsion faoliyatni amalga oshirish masalalari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ta’lim tizimining rivojlanishida ilm-fan, madaniyat va innovatsiyalarning o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.Ta’lim jamiyatning asosiy poydevori sifatida, o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Kalit so‘zlar: Ta’lim tizimi, ilm-fan, madaniyat, innovatsiyalar, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish, integratsiya. Abstract: This article discusses the innovative activities of educational institutions, the development of innovative education, trends and prospects, the implementation of innovative activities in the development of innovative education in the context of the creation of an innovative environment in the system of continuous education in our Republic. It also studies the interaction of science, culture and innovation in the development of the education system. Education, as the main foundation of society, plays an important role in the personal and social development of students. Keywords: Education system, science, culture, innovations, personal and social development, integration. Аннотация: В данной статье рассматривается инновационная деятельность образовательных учреждений, развитие, тенденции и перспективы инновационного образования, а также реализация инновационной деятельности в развитии инновационного образования, создание инновационной среды в системе непрерывного образования нашей республики. Также изучается взаимодействие науки, культуры и инноваций в развитии системы образования. Образование, как фундаментальная основа общества, играет важную роль в личностном и социальном развитии учащихся. Ключевые слова: Система образования, наука, культура, инновации, личностное и общественное развитие, интеграция. Kirish Bugungi kunda ta’lim, ilm-fan va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, jamiyatning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Har bir avlod uchun ta’lim tizimi, nafaqat bilim berish, balki shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham asosiy omil hisoblanadi. Zamonaviy dunyoda innovatsiyalar ta’lim jarayonini yangilash va takomillashtirishga yordam beradi, bu esa o‘quvchilarning o‘z iste’dodlarini rivojlantirishga imkon yaratadi[2,17]. Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi muhim o‘zgarishlar, ilm-fan va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, shuningdek , innovatsion yondoshuvlar haqida so‘z 540 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz yuritadi. Ta’lim sohasidagi yangi metodlar, texnologiyalar va yondoshuvlar orqali kelajak avlodlarning muvaffaqiyatli rivojlanishida hissa qo‘shishi haqida ma’lumotlar yoritilgan. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Ilm –fan taraqqiyotida yutuqlarga erishish uchun ta’lim tizimida yangi metodlar va texnologiyalarni qo‘llash juda muhim vazifa hisoblanadi. Turli xil yo‘nalishdagi pedagogik yondoshuvlar va metodologiyalarni o‘z o‘rnida qo‘llash orqali ta’lim sohasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Ilm –fan, ta’lim jarayonida asosiy poydevor hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlar yordamida o‘qituvchilar o‘z darslarini yanada interaktiv va qiziqarli tarzda tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Madaniyat, ta’lim jarayonida muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilarni milliy va jahon madaniyati bilan tanishtirish, ularning dunyoqarashini kengaytiradi va ijtimoiy mas’uliyat hissini shakllantiradi. Madaniy tadbirlar, san’at va adabiyot orqali o‘quvchilarni ijodkorlikka va tanqidiy fikrlashga undash mumkin. Bu jarayon, shuningdek, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni rivojlantirishga yordam beradi. Innovatsiyalar, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlarni tezlashtiradi. O‘qituvchilar va ta’lim muassasalari, yangi pedagogik yondoshuvlar va metodlarni joriy etish orqali o‘quv jarayonini yangilashlari kerak. Masalan: blended learing yani aralash ta’lim modeli, o‘quvchilarga onlayin va an’anaviy ta’limni birlashtirib, o‘zlarini yanada erkin his qilishlariga imkon beradi. Shuningdek, o‘qituvchilarning professional rivojlanishi uchun innovatsion dasturlar va treninglar tashkil etish, ularning malakasini oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ilm-fan, madaniyat va innovatsiyalarni integratsiyalash muhimdir. Hozirgi davrda integratsiyalash orqali ilm-fanda juda katta muvaffaqiyatlar va yutuqlarga erishilmoqda. Pedagogikaning har bir sohasida integratsiyaning o‘rni beqiyosdir. Chunki, har bitta raqamli texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish,e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda[4,81]. Buning asosiy sabablaridan biri an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib,tahlil qilishlariga ,hatto xulosalarini ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Integratsiya – lotincha “integer’ umumiylik, “integera” – umumiylikni to‘ldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta’lim mazmunidagi uyg‘unliklarni ta’minlash muammolari ham integratsiyaning shug‘ullanadigan sohasi hisoblanadi.U tushunchalarni umumlashtirish o‘rgatish. Ta’lim va tarbiyada esa bilimlar , tushunchalar, ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirishlarni umumlashtirib, qonun yoki qoida ko‘rinishiga keltirishni amalga oshiradi. Integratsiya g‘oyasi XVIII asrning yigirmanchi yillarida ingliz olimi G.Spenser tomonidan fanga kiritilgan. Integratsiya muammosini hal qilish borasida olimlar birmuncha ishlarni amalga oshirganlar.Integratsiya haqida olimlarimiz bir qator fikrlarni bayon etganlar[5,132]. Integratsiyao‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga yangicha yondoshuv. Integratsiyayangi sifat.va hakozo. Hozirgi kunda integratsiyaning bir nechta usullari qo‘llanilmoqda. Bulardan biri bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirishdir. Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda integratsiyalashgan kurslari ochilgan. Kursning maqsadi – o‘quvchini dunyo bo‘ylab suhbatga 541 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz tortish, inson, tabiat, jamiyat, fan, san’at bilan suhbatga faqat insonlar suhbatlashadigan til bilangina emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, hattoki, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir.Kichik maktab o‘quvchisiga fikr doirasi keng bo‘lgan muloqot san’atining boshlang‘ich savodini egallashda yordam berish muhimdir.Bu savod o‘zida odamlar bilan muloqotdan tortib, tengdoshlar, katta yoshdagilar, kichik yoshdagilar o‘z – o‘zi bilan muloqotdan to atrofmuhitdagi hodisalar bilan muloqotni qamrab oladi. Innovatsiya so‘zi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, yangilikka oid, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi.Innovatsiya – yunoncha inos oid, taalluqli va ruscha noviy so‘zlar birikmasidan tashkil topgan. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir’[1,8]. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Innovatsiya haqidagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmaslik, odamlarda ko‘nikma paydo qilmaslik, bugungi davr shiddati, fantexnikaning yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz degan edilar. Innovatsiya - bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir.Inson intellectual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari natijasi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida ilm-fan, madaniyat, innovatsiya va integratsiyaning o‘zaro bog‘lanishi, hozirgi kunning dolzarb masalasi bo‘lib kelmoqda. Bu borada ta’lim jarayonida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunning asosiy vazifasi yoshlarni ta’limda bo‘layotgan barcha o‘zgarishlardan voqif qilgan holda, bilimlar shakllantirilmoqda. Hozirgi kunimizni innovatsiyasiz, integratsiyasiz tassavvur qilib bo‘lmaydi. Shunday ekan, ta’lim jarayonida bu tushunchalarning ishlatilishi, fanlarning o‘zaro uyg‘unlashuvini tashkil qilmoqda. Hozirgi kunda STEAM ta’limining shakllanishi muhitida bolalar bilimga ega bo‘lish bilan birga undan darhol foydalanish imkoniyatini hosil qiladilar[6,1078]. STEAMning vazifasi nazariya amaliyot bilan birga olib boriladi. STEAM yondoshuvida bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o‘rganish uchun ham miyani, ham qo‘llarini ishlatadilar. MUHOKAMA VA NATIJALAR Ularni amalga oshirishda innovatsion ta'limning quyidagi rivojlanish printsiplari asosida ish olib borilishi lozim. • Ta'lim va amaliyotning o'zaro uzviy bog'liqligini ta'minlash, kadrlarni amaliyotda ishlashga tayyorlash; • Ilm-fan yutuqlarini ta'limga keng joriy qilib borish: • Ta'limning uzluksizligi va uzviyligini ta'minlash, hayot mobaynida uzluksiz ta'lim; • Bitiruvchilarning korporativ hamkorligini ta'minlash, ta'lim muassasalari an'analarini shakllantirish va rivojlantirib borish; • Ta'lim va tarbiyani qo'shib olib borish, yuksak ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash; • Yuksak ma'naviy fazilatlarga ega bo'lgan intelligentsiyani tarbiyalash. Innovatsiyalarni ta'lim jarayonlariga tatbiq etishning istiqbollari; • Ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, axborotkommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan ta'lim jarayonida samarali foydalanish, masofaviy ta'limni joriy etish va hokazolardir. Ta’lim tizimining kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ilm-fan, madaniyat, innovatsiya va integratsiyalar orqali yanada samarali bo‘lishi mumkin. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi 542 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz hamkorlikni kuchaytirish ta’lim sifatini oshiradi. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatning kelajagini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ilm-fan ta’lim jarayonida yangi texnologiyalar va metodlarni tadbiq etish orqali o‘qituvchilarga o‘z darslarini yanada interaktiv qilishda yordam beradi. Madaniyat o‘quvchilarni keng dunyoqarashga ega bo‘lishlariga va ijtimoiy ma’suliyat hissini rivojlantirishga xizmat qiladi. Innovatsiyalar esa, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlarni tezlashtirib, yangi pedagogik yondoshuvlar orqali o‘quvchilarning qobiliyatlarini oshirishga imkon beradi. Shu sababli, ta’lim tizimining kelajagi ilm-fan, madaniyat, innovatsiya va integratsiyalar birlashtirilishga asoslangan holda shakllanishi lozim. Bu jarayon nafaqat o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki ularning shaxs sifatida o‘sishiga xizmat qiladi. Natijada, zamonaviy ta’lim tizimi, jamiyatning ijtimoiy , iqtisodiy va madaniy rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi[3,29]. XULOSA Innovatsion ta'limni rivojlantirishda yuqorida ajratib ko'rsatilgan innovatsion faoliyatni amalga oshirish guruhlari eng maqbul variantlarni tanlashi, innovatsiyalarni unumli boshqarishi uchun zarur oid masalalarni hal etishi lozim. Innovatsion ta'limni rivojlantirishda, ta'lim tizimida innovatsiyalar xususida maqbul qarorlar qabul qilish, elektron axborot tizimini yaratish va undan unumli foydalanish masalalarini muvaffaqiyatli hal etish maqsadga muvofiq. O‘qituvchilar ta’lim muassasalari va davlat organlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash orqali, pedagogik ta`limni innovatsion yo‘nalishda rivojlantirishga erishish mumkin. References: 1. Mirziyоev Sh.M. Buyuk kelаjаgimizni mаrd vа оliyjаnоb xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz. Tоshkent. “О‘zbekistоn” – 2017. 488 b. 2. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. M.Panjiyeva, O.Ergasheva. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2023 180.b. 3. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya. R.Mavlonova, N.Rahmankulova. Toshkent.”Voris nashriyot” 2013.380 b. 4. Jumayeva, Z., Choriyeva, D., & Berdimurodova, M. (2024). YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK JARAYONLARNING MAZMUN VA MOHIYATI. Молодые ученые, 2(36), 78-81. 720 b. 5. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientificmethodical journal, 1(02), 132-137. 450 b. 6. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084. 1200-b.