scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIDA O'QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

Djumayeva Zoxidaxon Muhammadjonovna; Zamira Asomiddinova

Full text

559 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA'LIM TIZIMIDA O'QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI Djumayeva Zoxidaxon Muhammadjonovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Zamira Asomiddinova 5-BT 22 - guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17369232 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish, maqolada ta’lim tashkiloti pedagoglarining o‘z kasbiy faoliyatini tashkillashtirishda texnologik bilimlarga tayanishlari samarali natija berishi xususidagi bahslar keltirilgan. Kalit so'zlar: Fin ta’lim tizimi, PISA, PIRLS, innovatsion metodlar, interaktiv uslub, ilmiy hamkorlik, modernizatsiya, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, islohotlar,Ta’lim va fan tizimini rivojlantirish strategiyasi, milliy ta’lim siyosati. Annotatsiya: This article aims to form a system of concepts that serve to reveal the essence of the topic under study, and to present arguments about the effectiveness of the use of technological knowledge by educators in organizing their professional activities. Keywords: Finnish education system, PISA, PIRLS, innovative methods, interactive methods, scientific cooperation, modernization, Law on Education, reforms, Strategy for the development of the education and science system, national education policy. Аннотация: Целью данной статьи является формирование системы понятий, раскрывающих суть изучаемой темы, и представление аргументов об эффективности использования педагогами технологических знаний в организации своей профессиональной деятельности. Ключевые слова: финская система образования, PISA, PIRLS, инновационные методы, интерактивные методы, научное сотрудничество, модернизация, Закон об образовании, реформы, Стратегия развития системы образования и науки, национальная образовательная политика. Kirish: 21 asr texnik taraqqiyot asri bo‘lganligi sababli barcha sohalar singari ta’lim tizimida ham texnologik bilimga bo‘lgan ehtiyoj kuchaydi. Pedagoglar uchun texnologik tayyorgarlik o‘qituvchining texnologik integratsiyadan xabardorligi, bilimi, idrok etishi va unga munosabatini o‘z ichiga oladi. Texnik va pedagogik tayyorgarlik o‘rgatish va o’qitishda texnologiya integratsiyasi muvaffaqiyatining ikkita muhim tarkibiy qismidir. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishning muhim omillaridan biri sifatida o‘quv jarayonida gamifikatsiya tamoyillarining qo‘llanilishi alohida ahamiyat kasb etdi. Ta’limni o‘yinga asoslangan usullarga yo‘naltirish orqali o‘quvchilarning motivatsiyasi orttirilib, ular o‘z bilimlarini mustaqil ravishda mustahkamlashga intilishdi. Bunday yondashuvning samaradorligi shundaki, u o‘quvchilarni faol o‘rganish jarayoniga jalb etish, ularning e’tiborini ta’lim jarayoniga jamlash, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynadi. Gamifikatsiyalashgan ta’lim metodlari O‘zbekistonning milliy ta’lim an’analariga ham mos holda tatbiq etilib, o‘quvchilarning faolligini oshirish bilan birga, ularga mustaqil izlanish, bilimlarni amaliy qo‘llash va ijodiy yondashuvlarni shakllantirish imkonini berdi. Shuningdek, vizualizatsiya tamoyillariga 560 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz asoslangan o‘qitish metodlari ham boshlang‘ich ta’lim tizimida keng joriy etildi. O‘quvchilarning axborotni qabul qilish va anglash qobiliyatlarini oshirish maqsadida dars jarayonida infografikalar, interaktiv taqdimotlar, animatsion vositalar, 3D modellashtirish va videodarslardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa o‘quvchilarga an’anaviy o‘qitish usullarida qiyinchilik tug‘diradigan mavhum tushunchalarni oson anglash, ularni o‘z shaxsiy tajribasi bilan bog‘lash va vizual eslab qolish imkoniyatini yaratdi. O‘zbekiston ta’lim tarixida ilk bor keng miqyosda tatbiq etilgan bunday texnologik yondashuvlar natijasida boshlang‘ich sinflarda ta’lim sifatining sezilarli darajada oshishi kuzatildi. O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy texnologiyalarni boshlang‘ich ta’lim tizimiga joriy etishning muhim natijalaridan biri sifatida, o‘qituvchilarning yangi pedagogik vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks dasturlarni keltirish mumkin. O‘qituvchilar uchun maxsus treninglar, vebinarlar va malaka oshirish kurslari tashkil etilib, ularning raqamli texnologiyalar bilan ishlash malakasi oshirildi. Pedagoglar tomonidan innovatsion metodlarni o‘zlashtirish jarayoni ta’lim sifatining uzluksiz oshishiga xizmat qilib, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini orttirish va ularning ta’lim samaradorligini oshirishga asos yaratdi. O‘zbekiston Respublikasining “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” da ham maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Adabiyotlar tahlili va metodologiya: Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda “Aqliy hujum”, “Fikrlar hujumi”, “Tarmoqlar” metodi, “Sinkveyn”, “BBB”, “Beshinchisi ortiqcha”, “6x6x6”, “Bahs-munozara”, “Rolli o‘yin”, FSMU, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Yumaloqlangan qor”, “Zigzag”, “Oxirgi so‘zni men aytay” kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak. Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi. Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida 561 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: “Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik”, - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz. “Videotopishmoq” metodi Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: Natijalar: Texnologiya STEAM-ga kiritilgan, chunki tech - bu boshqa STEAM sohalarida yangilik va izlanishlarga imkon beradigan vosita. Masalan, biomedikal muhandislik sohasida yangi texnologiyalarni rivojlantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu texnologiyani ilm bilan birlashtiradi va yangi tibbiy muolajalarni ishlab chiqish uchun muhandislik! Texnologiya STEAMning muhim qismidir, chunki u dunyoni o'zgartirish uchun texnologik bilimlarga, izlanishlarga va rivojlanishga bog'liq bo'lgan boshqa uchta sohaga katta ta'sir ko'rsatadi. • Muhandislikresurslar, materiallar bilan ishlashga yordam beradi, tajriba o'tkazishga, atrofmuhitni yaxshilashga o'rgatadi. STEM-dagi "muhandislik" ko'plab turli xil muhandislik turlarini o'z ichiga oladi. Ular aerokosmik muhandislik, biomedikal muhandislik, elektrotexnika, mashinasozlik, sanoat muhandisligi, fuqarolik muhandisligi, kimyo muhandisligi, akustik muhandislik, kompyuter muhandisligi va dasturiy ta'minotni o'z ichiga oladi. Va bu hatto to'liq ro'yxat emas! Muhandislik STEM tarkibiga kiritilgan, chunki muhandislar o'z ishlarini bajarish uchun matematika, fan va texnologiyalarni tushunishlari kerak. Masalan, ko'prik qurishni olaylik. Matematik va fizikaning kombinatsiyasi bo'lgan ko'prik qancha og'irlikni ko'tarishi mumkinligini aniqlash uchun qurilish muhandisi murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirishi kerak. Keyin ular ko'prikni hayotga olib kelishi mumkin bo'lgan yangi texnologiyalarni tushunishlari kerak! Muhokama: STEAM texnologiyasi ta‘limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o‘zaro mutanosib holda olib borishni ta‘minlab beradi. O‘quvchi o‘zida nostandart 17 fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko‘nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi STEAM - STEMning asosiy kamchiliklarini hal qilish. Bu fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikani birlashtirgan ta'limiy yondashuv. U STEMning asosiy tamoyillaridan foydalanadi va ularni san'at va san'at orqali birlashtiradi. Bundan tashqari, u real vaziyatlarda ijodiy fikrlash va amaliy san'atni o'z ichiga oladi. Xulosa: Xulosa qilib aytganda, shuni ta‘kidlashni istardikki, an‘anaviy o‘qitish uslublari bilan taqqoslaganda, STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o‘tkazishga, modellar tuzishga, 562 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta‘lim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi keyingi ta‘limni osonlashtiradi. Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni til bilan qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etganmiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Siz bola bilan ijodiy yondashgan holda foydalansangiz birinchi prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik» - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissamizni qo‘shgan degan bo’lamiz. References: 1. MURODOVA, M. F., SATTOROVA, F., & JUMAYEVA, Z. M. (2025). BOLALAR MEHRIBONLIK UYLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN TAʼLIM VA TARBIYA JARAYONLARI. SHOKH LIBRARY. 2. Jumayeva, Z., Choriyeva, D., & Berdimurodova, M. (2024). YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK JARAYONLARNING MAZMUN VA MOHIYATI. Молодые ученые, 2(36), 78-81. 3. Jumayeva, Z. (2022, October). YOSHLARNI MILLIY TARBIYA ASOSIDA TARBIYALASH. In Archive of Conferences (pp. 9-19).bo-lajak-o-qituvchilarda-innovatsion-pedagogikfaoliyatni-shakllantirishning-nazariy-asoslari 4. Jumayeva, Z., Abdullayeva, Z., & Abdullayeva, N. (2024). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT. Молодые ученые, 2(36), 135-138. 5. Jummayeva, Z., Salomova, U., & Joʻrayeva, K. (2024). YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUN VA MOHIYATI. Молодые ученые, 2(37), 27-30.