Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 97 DUNYO TILSHUNOSLIGIDA O‘XSHATISH QURILMALARI TADQIQI Xolmuratova Diana Alisher qizi O’zbekiston Milliy Universiteti filiologiya fakulteti Annotatsiya O‘xshatish (metafora, taqqoslash, analogiya va boshqa stilistik vositalar) til vositasi sifatida turli tillarda obrazlilik, emotsional ta’sirchanlik va tushunarlilikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Dunyo tilshunosligida o‘xshatish qurilmalari ko‘p yillardan buyon semantika, stilistika, madaniyatshunoslik va kognitiv lingvistika nuqtayi nazaridan keng tadqiq etilmoqda. Ushbu maqolada ingliz, fransuz, nemis, rus va boshqa tillarda qo‘llaniladigan o‘xshatish vositalari, ularning tuzilishi, funksiyasi va milliy-madaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, turli tillarda o‘xshatishning metaforik va metonimik asoslari, universal va milliy o‘ziga xosliklari solishtirma yondashuv asosida o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslikdagi kognitiv yondashuvni chuqurlashtirish va tarjima amaliyotida o‘xshash vositalardan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: o‘xshatish, metafora, stilistik vositalar, kognitiv lingvistika, solishtirma tahlil, milliymadaniy xususiyat, metaforik model, til va tafakkur, analogiya, tarjima Til jamiyatda kishilar o‘rtasidagi munosabatni ta’minlaydi, ma’lum voqelik haqida axborotlarni yеtkazadi. Shuningdek, kishi ruhiyatiga ta’sir etib, estetik zavq beradi va madaniy, milliy, iqtisodiy taraqqiyot, hayotning barcha jabhalari bilan bog‘liq holda rivojlanib boradi. Har qanday fan tarixni, jumladan, o‘zbek tilshunosligi tarixini tadqiq qilish va o‘rganish ham ma’naviyatimizning tarkibiy qismini tashkil qiladi. “Lingvokulturologiya” atamasi dastlab frazeologik maktab asoschisi V.N.Teliya va V.V.Vorobyov, V.A.Maslova va boshqalarning ishlarida ko‘rindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.F.Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar1. Ushbu adabiyotlarda bu sohaning rivojlanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbiskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning fikrlari muhim rol o‘ynaganligi ta’kidlanadi2. Bu kabi qarashlar lingvistika sohasida XX asr oxirlarida atoqli rus olimlari qatorida chet el olimlari tomonidan ham tan olindi. Bunday qarashlarga ko‘ra, til nafaqat madaniyat bilan bog‘liq, balki u o‘zida madaniyatning o‘sishini ham ifodalaydi. Til bir vaqtning o‘zida yaratish quroli, madaniyatning rivojlanishi va saqlanishini ta’minlovchi uning bir qismidir, shuning uchun til yordamida ma’naviy madaniyat hamda borliqdagi ishlab chiqarish , materiallari real yaratiladi. Ana shu g‘oyalar asosida ming yillarda chet elda yangi fan – lingvokulturologiya vujudga
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 98 keldi va XX asrning 90-yillarida maxsus soha sifatida shakllandi. Lingvokulturologiya bugungi kunda bir necha yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: Lingvokulturologiya yorqin madaniy aloqalarni, lingvomadaniy holatlarni, aniq ilmiy izlanishlarni o‘z ichiga oladigan alohida sotsial guruh. Diaxronik lingvokulturologiya. Lingvomadaniyatning etnos holatidagi aniq o‘tish vaqtining o‘zgarishlarini o‘rganadi. Qiyosiy lingvokulturologiya. Lingvomadaniyatda paydo bo‘ladigan turli xil etnoslarni ikki tomonlama qiyoslash bilan shug‘ullandi. Таvsifiy lingvokuturologiya. Bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar barmoq bilan sanarli. Ular orasida M.K.Golovanivskaning “Rus tilida so‘zlashuvchilar nuqtayi nazarida fransuz mentaliteti” nomli ishi katta ahamiyatga ega. Ishning obyekti sifatida rus va fransuz tillaridagi abstrakt tushunchalar: taqdir, xavf, omad, qalb, ong, tafakkur, g‘oya va boshqalar olingan. Lingvokulturologik leksikografiya. Lingvoo‘lkashunoslik lug‘atlarini tuzish bilan shug‘ullanadi3. Lingvokulturologiyaning bu yo‘nalishi hozirgi kunda boshqa yo‘nalishlarga qaraganda jadal rivojlanib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida D.G.Malsevaning lingvoo‘lkashunoslik lug‘atini keltirishimiz mumkin. Bu lug‘at 25 bobdan iborat. Unda Germaniya realiyalarida ifodalanuvchi til birliklari, iqlim xususiyatlari, hayvonot va o‘simlik dunyosi, mamlakatlar tarixi, qadimiy urfodatlar, an’analar; qadimiy afsonalar, son va rangni ifodalovchi simvollar; to‘y, marosimlar, bayramlar; diniy marosimlar; valyuta tizimining rivojlanishi; uzunlik, og‘irlik, hajm, yuza; savdo-sotiq ishlari, fan, texnika, tibbiyot; pochta xizmati, shaharlar qurilishi va arxitektura tarixi kabilar obyekt sifatida olingan. Shuningdek, lug‘atda berilgan ma’lumotlar ichidan til, kitobatchilik, xattotlik san’ati, talaba va talabalar hayoti, maktab, milliy kiyim-kechak spetsifik elementlari, milliy taomlar, milliy o‘yinlar, milliy raqslar, an’anaviy ko‘rishish usullari va tilaklar, etiketga xos jumlalar, shaxsiy ism va familiyalar, milliy imo-ishoralar, badiiy ijod namunalari, aforizm, milliy xarakter kasb etuvchi olmon qo‘shiqlari joy olgan. 3 см.: Amerikana. Англо-русский лингвострановедческий словарь / Под ред. Н.В.Чернова. – Смоленск, 1996; Рума Р.У. Великобритания: Лингвострановедческий словарь. – М., 1999; Мальцева Д. Г. Германия: страна и язык: Лингвострановедческий словарь. – М., 1998; Муравлева Н.В. Австрия: Лингвострановедческий словарь. – М., 1997; Николау Н.Г. Греция: Лингвострановедческий словарь. – М., 1995; Страны Соединенного Королевства: Лингвострановедческий справочник / Сост. Г.Д.Томахин. – М., Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bunday lingvoo‘lkashunoslik lug‘atlarini yaratishda til va madaniyat munosabati xarakterini to‘g‘ri belgilash o‘ta muhim sanaladi. Hozirgi kunda lingvokulturologiya tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biri ekan, u
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 99 o‘zining muayyan rivojlanish bosqichlariga ega. Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.V.Maslova ushbu soha rivojini 3 bosqichga ajratadi: fan shakllanishiga sabab bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V.fon Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, A.Sepir kabi tilshunoslarning ishlari); lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi; lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi4. Lingvokulturologiyaning rivojida Moskva lingvokulturologik maktablari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma’lumki, Moskva lingvokulturologik maktablari XX asr oxirlarida paydo bo‘ldi. Bu borada rus tilshunoslaridan Y.S.Stepanov, N.D.Arityunova, V.N.Teliya, V.A.Vorobyovlar asos solgan bir qancha maktablar yuzaga keldi: Y.S.Stepanov lingvokulturologik maktabi. Bu maktab metodologiya bo‘yicha E.Benvenist konsepsiyasiga yaqin bo‘lib, o‘zida madaniyatni aks ettiruvchi til birliklarining diaxronik aspektini tekshirish bilan shug‘ullangan. Ular o‘z maqsadlarini turli davrlarga oid matnlarini solishtirish orqali amalga oshirishgan. N.D.Arutyunov maktabi turli davr va xalqlarga oid matnlardan olingan universal madaniy terminlarni o‘rganish bilan shug‘ullangan. V.N.Teliya maktabi esa, frazeologizmlarni lingvokulturologik analiz qiluvchi Moskva maktabi sifatida Rossiya va chet davlatlarda taniqlidir. Teliya va uning shogirdlari til va uning haqiqiy mohiyatini semantik madaniyat nigohida, uni ham tilshunoslik, ham madaniyat subyekti sifatida o‘rgandi. Uning konsepsiyasi A.Vejbitskaya pozitsiyasiga yaqin (lingua – mentalis – mental lingvistika). V.V.Vorobyov va V.M.Shaklein va boshqalar Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida tashkil etgan lingvokulturologik maktabida V.M.Vereshagin,V.G.Kostomarov konsepsiyasi rivojlandi. Shunday qilib, lingvokulturologiya – o‘z ichiga olgan jonli milliy tilni va tilda paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarni ijtimoiy-madaniy jarayonda o‘rganuvchi gumanitar soha sanaladi. U tilning fundamental funksiyalaridan biri bo‘lib, tilning rivojlanishi, saqlanishi madaniy translyatsiyasini o‘z ichiga oladi. Ayni damda inson va jamiyat o‘rtasida quyidagi farqlar ko‘zga tashlanadi: Kommunikatsiya vositasi sifatida til xalq madaniyatida va taraqqiyotda yuz bergan o‘zgarishlarni ozmi-ko‘pmi aks ettiradi. Madaniyatning belgi sistemasiga o‘tishi tildan farqli ravishda mustaqil shakllanish xususiyatiga ega emas. Til va madaniyat boshqa-boshqa (semiotik) belgi tizimidir. Bunday qiyoslash tadqiqotchilarni tilga ozomorf emas, balki “gamomorf”, ya’ni aloqador ekanligini isbotlaydi. Lingvokulturologiyaning vazifasi til birliklarining madaniy ahamiyatini nutqiy vaziyat
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 100 birliklari – frazeologizmlar yoki boshqa ekstralingvistik til birliklari, madaniyatning ma’lum “kodlarini” ifoda etuvchi simvolik belgilarni solishtirish asosida ish yuritishdan iboratdir. Lingvokulturologiya uchun taraqqiyotga nisbatan madaniyatni o‘rganish muhimroq sanaladi, chunki taraqqiyot moddiy, madaniyat esa ramziydir. Mif, urfodatlar, marosimlar madaniyatga xos, ular xalqning turmushi va marosimlari shaklida til birliklari va ifodalarida jo bo‘ladi. Shu sababli, ulardagi til birliklari lingvokulturorologiyaning obyekti sirasiga kiradi. XX asr boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi yеtakchi yo‘nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Ko‘plab tadqiqotlarda ta’kidlanganidek, lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida o‘rganuvchi fan bo‘lib, o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil etadi. Jumladan, V.N.Teliya bu haqda shunday yozadi: “Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog‘i, shaxs va madaniy omillarni uzviylikda tadqiq etuvchi fandir”5. G.G.Slishkinning fikriga ko‘ra, ”Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog‘i, insondagi madaniyat omiliga yo‘naltirilgan. Lingvokulturologiyaning markazi madaniyat fenomenidan iborat bo‘lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi”6. Hozirgi kunda dunyo tilshunosligida ko‘plab tillarning turg‘un o‘xshatishlar lug‘ati tuzilgan. Masalan, ingliz tilining turg‘un o‘xshatishlari lug‘ati 1924-yilda J.Frank Vilstax tomonidan «Dictionary of Similes» (O‘xshatishlar lug‘ati) yaratilgan. Lug‘atning ikkinchi nashri taxminan 20 mingga yaqin turg‘un va individual – muallif o‘xshatishlarni o‘z ichiga oladi. Rus tilida turg‘un o‘xshatishlar lug‘ati ko‘plab rus tilshunoslari tomonidan tadqiq etilgan. Lebedeva tomonidan tuzilgan “Устойчивые сравнения русского языка”7 lug‘atida 12000ga yaqin rus xalqining nutqiga barqarorlashgan o‘xshatishlar asoslab berilgan. Lug‘atda asos so‘z yuqoriga chiqarilib, ma’nosi, qanday vaziyatda ishlatilishi, misollar bilan izohlar o‘rin olgan. Y.Ogolseva “Словарь устойчивых сравнений русского языка (синонимоантонимический)8 lug‘ati orqali turg‘un o‘xshatishlarning aksariyati ko‘p ma’noli ekanligi va ular o‘rtasida sinonimik-antonimik va graduonomik munosabatlar mavjudligini aytadi. V.M.Mokiyenko tomonidan yaratilgan katta rus milliy o‘xshatishlar lug’ati (Болшом словаре русских народных сравнений) 45 mingga yaqin rus xalqi milliy tilidagi turg‘un, xususiy, xalq sheva va jargonlaridagi o‘xshatishlarni o‘z ichiga oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1V.Gumboldtning til va shaxs haqidagi fikrlari to‘g‘risida qarang: Nurmonov A. Ovrupoda umumiy va qiyosiy tilshunoslikning maydonga kelishi. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 2jildlik.-Toshkent: Akademnashr, 2012. – B. 23-40. 2Maслова В.В. Лингвокультурология в системе гуманитарного знания / Критика и семиотика. – М., 1987. – C.654.
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 101 3 см.: Amerikana. Англо-русский лингвострановедческий словарь / Под ред. Н.В.Чернова. – Смоленск, 1996; Рума Р.У. Великобритания: Лингвострановедческий словарь. – М., 1999; Мальцева Д. Г. Германия: страна и язык: Лингвострановедческий словарь. – М., 1998; Муравлева Н.В. Австрия: Лингвострановедческий словарь. – М., 1997; Николау Н.Г. Греция: Лингвострановедческий словарь. – М., 1995; Страны Соединенного Королевства: Лингвострановедческий справочник / Сост. Г.Д.Томахин. – М., 1999; Томахин Т.Д. США: Лингвострановедческий словарь. – М., 1999; Франция: Лингвострановедческий словарь / Под ред. Л. Г. Ведениной. – М., 1997. –C.342. 4Maслова В.A. Лингиокультурология. – M.: Aкaдемия, 2001. –C.24-28 5 Телия В.Н. Русская фразеология. – М., 1982. – С. 20-25. 6Bu haqda qarang: Maслова В.A. Лингиокультурология. – M.: Aкaдемия, 2001. – С. 154. 7 Тематический словарь. Краснодар. Кубанский ГУ, 2003. – С.564. 8 М., Русские словари. АСТ. Астрел, 2001. – С.650.