scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"O'zmilliybank" AJ kreditga layoqatlilik darajasini oshirishning innovatsion yo'nalishlari

Jumaniyazov Quvanchbek Amatjonovich

Abstract

Ushbu maqolada “O‘zmilliybank” AJ kreditga layoqatlilik darajasini oshirishning innovatsion yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ kreditga layoqatlilik darajasini oshirishning innovatsion yo‘nalishlarini shakllantirish yuzasidan xulosalar berilgan.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 132 “O‘zmilliybank” AJ kreditga layoqatlilik darajasini oshirishning innovatsion yo‘nalishlari Jumaniyazov Quvanchbek Amatjonovich, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada “O‘zmilliybank” AJ kreditga layoqatlilik darajasini oshirishning innovatsion yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ kreditga layoqatlilik darajasini oshirishning innovatsion yo‘nalishlarini shakllantirish yuzasidan xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar. Tijorat banki, kredit, kreditga layoqatlilik, kreditga layoqatlilik darajasi, innovatsion yo‘nalish, texnologiya. Аннотация. В статье рассматриваются инновационные направления повышения кредитоспособности Национального банка Узбекистана. Приводятся выводы по формированию инновационных направлений повышения кредитоспособности Национального банка Узбекистана. Ключевые слова. Коммерческий банк, кредит, кредитоспособность, уровень кредитоспособности, инновационное направление, технологии. Abstract. This article discusses innovative directions for increasing the creditworthiness of the National Bank of Uzbekistan. It also provides conclusions on the formation of innovative directions for increasing the creditworthiness of the National Bank of Uzbekistan. Key words. Commercial bank, credit, creditworthiness, creditworthiness level, innovative direction, technology. Mamlakatimizda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning tendensiyalarini inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-son Qarori [1] qabul qilindi. Bu borada tijorat banklarida kreditga layoqatlilik darajasini innovatsion oshirishga raqamlashtirish sabab bo‘ladi. Shunga asosan, raqamlashtirish - jahon iqtisodiyotida bank texnologiyalarining joriy strategik ustuvor yo‘nalishidir. Moliyaviy texnologiyalar bank sohasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni boshqarmoqda [2]. Ushbu texnologiyalar orqali tijorat banklarida kreditga layoqatlilik darajasini oshirish bevosita milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga asosan, milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlarini va bu jarayonda kredit institutlarining rolini aniqlashga yondashuvlarning xilma-xilligi kredit bozorining innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari va uning mamlakatning innovatsion rivojlanishidagi rolini o‘rganish Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 133 zaruriyatini oldindan belgilab beradi [3]. Tijorat banklarida kreditga layoqatlilik darajasini oshirish bevosita bank faoliyatini qo‘llabquvvatlashga bog‘liq bo‘ladi. Bu borada O‘zbekiston iqtisodiyotida tijorat banklari, xususan “O‘zmilliybank” AJ moliyaviy barqarorlik va investitsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu bankning kreditga layoqatlilik darajasi ularning moliyaviy sog‘lomligi, to‘lov qobiliyati va raqobatbardoshligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Shundan kelib chiqib, so‘nggi yillarda raqamli transformatsiya, moliyaviy texnologiyalar (fintech) va risk-menejment tizimlarining rivojlanishi “O‘zmilliybank” AJ kreditga layoqatlilikni oshirishda yangicha va innovatsion yo‘nalishlarni joriy etish imkonini bermoqda. “O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilik o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, mijozlarga berilgan kreditlarni qaytarish, risklarni nazorat qilish va barqaror foyda olish salohiyatini belgilaydi. Bank uchun ushbu daraja qancha yuqori bo‘lsa, ularning investitsion jozibadorligi va moliyaviy ishonchliligi ham shuncha ortadi. Fikrimizcha, “O‘zmilliybank” AJ uchun ushbu masala quyidagi jihatdan dolzarb bo‘lib qaraladi: - xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki bilan loyihalar); - ichki bozorda raqobatni kuchaytirish va yangi kredit mahsulotlarini joriy etish. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zmilliybank” AJ faoliyatida kredit layoqatlilikni oshirish quyidagi innovatsion yo‘nalishlarga egaligi bilan ajralib turadi: - raqamli tahlil va “Big Data” texnologiyalari. “O‘zmilliybank” AJ kredit portfeli sifatini yaxshilash maqsadida raqamli skoring tizimlarini joriy qilmoqda. Ushbu tizimlar mijozlar moliyaviy holatini real vaqt rejimida tahlil qilib, qarz oluvchining kredit tarixini, to‘lov intizomini, daromad manbalarini va xarajat odatlarini “Big Data” asosida baholaydi. Hamda “Credit scoring AI” platformasi orqali har bir mijozga avtomatik risk reytingi beriladi. Buning natijasida kredit berishdagi inson omili kamayadi va qarorlar tezroq qabul qilinadi. - blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish. Bank kredit bitimlari va kafolat jarayonlarida blokcheyn texnologiyasini bosqichma-bosqich joriy etmoqda. Bu kredit shartnomalari shaffofligini ta’minlaydi, kredit tarixi va garov ma’lumotlarini soxtalashtirishdan himoya qiladi hamda xalqaro to‘lovlar va eksport-import operatsiyalarida ishonchni oshiradi. - “Open banking” (ochiq bank xizmatlari) modeli. “O‘zmilliybank” AJ Fintech kompaniyalari bilan integratsiyani kuchaytirib, “Open API” tizimini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu mijozlar haqida turli platformalar orqali to‘plangan ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi. Natijada, kredit baholash yanada aniq, tez va ishonchli bo‘ladi. - yashil va barqaror moliyalashtirish. “O‘zmilliybank” AJ O‘zbekistonda “yashil kreditlash”ni rivojlantirayotgan ilk banklardan biridir. Masalan, bankda quyosh panellari, shamol turbinalari va energiya tejamkor uskunalar sotib olish uchun maxsus imtiyozli kredit Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 134 liniyalari joriy etilgan. Ushbu yo‘nalish bankning xalqaro reyting agentliklari oldidagi barqarorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda. - sun’iy intellekt asosida risk-menejment. “O‘zmilliybank” AJda kredit risklarini monitoring qilishda sun’iy intellekt tizimlari joriy etilgan. Ular kredit portfelini har kuni tahlil qilib, potentsial muammoli kreditlarni oldindan aniqlashga imkon beradi. Mazkur tizim kredit defoltlarini kamaytiradi, risklarni diversifikatsiya qilish imkonini beradi va bank kapitali yetarlilik darajasini barqaror ushlab turadi. Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar natijasida quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda (1-jadval): 1-jadval O‘zmilliybank tomonidan joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlari va natijalari 1 Yo‘nalishlari Natijalari raqamli skoring kredit ajratish tezligi 2 barobarga oshdi blokcheyn asosida bitimlar korrupsiya va soxtalashtirish xavfi kamaydi sun’iy intellekt va riskmenejment kredit yo‘qotishlari 15–20 % ga qisqardi yashil kredit liniyalari 2024-yilda 200 mlrd. so‘m ekologik loyihalar moliyalashtirildi open banking fintech integratsiyasi orqali yangi mijozlar oqimi 30 % ga oshdi “O‘zmilliybank” AJ tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklarining kreditga layoqatlilik darajasini oshirishda innovatsion texnologiyalar, raqamli transformatsiya va “yashil” moliyalashtirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu borada bank kredit portfeli sifatini oshirish, risklarni kamaytirish, xalqaro moliya institutlari bilan reytingini mustahkamlash hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezligi va ishonchliligini oshirish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlamoqda. Kelgusida esa raqamli ekotizimga to‘liq integratsiyalashuv, mijozlar bilan “open banking” platformalarida ishlash, hamda sun’iy intellekt asosida avtomatlashtirilgan kredit siyosati “O‘zmilliybank” AJ kreditga layoqatlilikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, “O‘zmilliybank” AJ uchun kreditga layoqatlilikni oshirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib xizmat qiladi. Innovatsion yondashuvlar, xususan, raqamli texnologiyalar, altarnativ ma’lumotlar tahlili, yangi kredit mahsulotlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hamkorliklarni kuchaytirish orqali bank o‘z mijozlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlay oladi, kredit risklarini kamaytiradi va iqtisodiyotning umumiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bu yo‘nalishlarda doimiy izlanish va yangiliklarni joriy etish bankning raqobatbardoshligini ta’minlaydi. 1 Muallif ishlanmasi. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 135 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018-йил 23-мартдаги “Банк хизматлари оммабоплигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-3620-сон Қарори. https://lex.uz/docs/3593541 2. Магомаева Л.Р. Банковские инновации и условиях цифровой экономики: теория и практика. Диссертация на соискание ученой степени доктора экономической наук. – Владикавказ: ФГБОУ ВО “Северо-Осетинский государственный университет им К.Л.Хетагурова, 2020. - с. 20. 3. Бровкина Н.Е. Направления инновационного развития кредитного рынка и его роль в содействии росту национальной экономики. // Экономика, налоги, право, №3, 2019. - с. 60.