SUG'ORILADIGAN YERLARNING MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA YOPIQ-YOTIQ ZOVURLARNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqoladan Buxoro viloyati sharoitda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda yopiq-yotiq zovurlarning ahamiyati batafsil yoritilgan.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 123 DOI: https://10.5281/zenodo.17372159 SUG‘ORILADIGAN YERLARNING MELIORATIV HOLATINI YAXSHILASHDA YOPIQ-YOTIQ ZOVURLARNING AHAMIYATI Usmanov Sh.A. texnika fanlari doktori, “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti” katta ilmiy xodimi. Usmonov S. A. 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik ixtisosligi 1-bosqich tayanch doktoranti “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti” Djoʻrayev SHarafiddin Boboqulovich Tayanch doktorant: 06.01.02.- “Melioratsiya va sugʻorma dexqonchilik” ANNOTATSIYA Ushbu maqoladan Buxoro viloyati sharoitda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda yopiq-yotiq zovurlarning ahamiyati batafsil yoritilgan. Kalit so‘zlar: yopiq drenaj, yotiq zovur, sho‘rlanishi, qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, gidromodul, ikkilamchi sho‘rlanish, melioratsiya, irrigatsiya. Bugungi kunda dunyoda 1 milliard gektar maydon qurg‘oqchil va sho‘rlangan hududlar mavjud bo‘lib, quruqlikning 25-30 foizini tashkil etadi. Sug‘oriladigan 275 mln. gektar maydonning 45 mln. gektarini sho‘rlangan va sho‘rlanishga moyil tuproqlar egallaydi, sho‘rxok maydonlar esa, dunyo bo‘ylab 62 mln. gektarni tashkil etadi. Asosan qurg‘oqchil (arid) hududlarda joylashgan dunyoning 75 mamlakatida sho‘rlanish muammosi jiddiy tus olgan ( Avstraliya, Xitoy, Hindiston, Meksika,
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 124 Pokiston, AQSH va h.k). Aynan 32 mln. gektar yer maydonining hosildorligiga bevosita tuproqlardagi tuzlar ta’sir etadi [1]. Bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini keskin kamayishiga sabab bo‘ladi. Mamlakatimizda qishloq va suv xo‘jalik sohalarida olib borilayotgan bir qator islohotlar va choratadbirlar sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishga, tuproq unumdorligini yaxshilash orqali ekinlarning hosildorligini oshirishga va nihoyat aholi daromadlarining ko‘payishiga qaratilmoqda. Bugungi kunda turli darajada sho‘rlanishi Respublikamizning sug‘oriladigan maydonlarining 44,3% (1,9 mln.ga) turli darajada sho‘rlangan, shundan 82,5 ming gektari kuchli, 520,8 ming gektari o‘rtacha va 1,31 mln. Gektari kuchsiz sho‘rlangan. Natijada ushbu ko‘rsatkichlar Buxoro viloyatida 2024 yil holatiga ko‘ra 62.5% (172.6 ming) gektar kam, 20.4% (56.3 ming) gektar o‘rtacha, 1.9% (5.4 ming) gektar kuchli sho‘rlangan. Tuproqlarning sho‘rlanishi vujudga kelishi bo‘yicha 2 xil bo‘lib, sho‘rlanish darajasi va xiliga mos ravishda unga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkilamchi sho‘rlanishga qarshi kurashda sho‘r yuvish tadbiri eng muhim hisoblanadi. Sho‘r yuvish tadbirlarini amalga oshirishda sho‘r yuviladigan maydon zovur tarmoqlari bilan ta’minlanganligi shart. Zovur tarmoqlarning turi tuproqning mexanik tarkibiga va geografik joylashuviga qarab tanlanadi. Sizot suvlar sathini barqaror holatda saqlash hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda zovur tarmoqlarning ahamiyati katta. Buxoro viloyati sug‘oriladigan maydonlarining meliorativ holatini hisobga olsak, zovur tarmoqlarini soz holda saqlash dolzarb masalalardan biridir.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 125 Buxoro viloyatida 2022-2023 yillarda sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisida MA’LUMOT 1-jadval Т/r Tumanlar nomi Yillar Umumiy sug`oriladigan maydon (ming,ga) Sho‘rlanmagan Umumiy sho‘rlangan yerlar Shu jumladan Kuchli sho‘rlangan O‘rta sho‘rlangan Kam sho‘rlangan ming,ga % ming,ga % ming,ga % ming,ga % ming,ga % Viloyat bo‘yicha: 2022 276,3 41,8 15,1 234,5 84,9 5,5 2,0 56,6 20,5 172,4 62,4 2023 276,3 42,1 15,2 234,2 84,8 5,4 1,9 56,3 20,4 172,6 62,5 1 Бухоро 2022 30,0 4,0 13,4 26,0 86,6 0,3 0,9 6,0 19,9 19,8 65,8 2023 30,0 4,1 13,5 26,0 86,5 0,3 0,9 5,9 19,7 18,196 19,8 65,9 2 Вобкент 2022 21,5 3,2 14,9 18,3 85,1 0,3 1,2 3,9 18,1 14,1 65,7 2023 21,5 3,2 15,0 18,3 85,0 0,2 1,1 3,9 18,1 24,2799 14,2 65,8 3 Жондор 2022 33,0 3,1 9,4 29,9 90,6 1,5 4,4 8,0 24,2 2 24,195 4,195 20,4 61,9 2023 33,0 3,1 9,5 29,9 90,5 1,4 4,3 8,0 24,1 20,4 62,0 4 Когон 2022 19,1 3,2 16,5 16,0 83,5 0,2 1,3 3,5 18,2 12,2 63,9 2023 19,1 3,2 16,6 15,9 83,4 0,2 1,2 3,5 18,2 17,7036 12,2 63,9 5 Олот 2022 21,5 4,1 18,9 17,5 81,1 0,8 3,8 3,8 17,7 17,6246 12,8 59,6 2023 21,5 4,1 19,2 17,4 80,8 0,8 3,7 3,8 17,6 19,8059 12,8 59,5 6 Пешку 2022 22,8 4,0 17,6 18,8 82,4 0,3 1,1 4,5 19,8 19,7357 14,0 61,5 2023 22,8 4,1 17,9 18,7 82,1 0,2 1,0 4,5 19,7 14,0 61,4 7 Ромитан 2022 27,2 4,1 15,0 23,1 85,0 0,2 0,9 6,5 23,7 16,4 60,4 2023 27,2 4,1 15,1 23,1 84,9 0,2 0,9 6,4 23,4 25,4506 16,5 60,7 8 Шофиркон 2022 28,4 3,6 12,7 24,8 87,3 0,7 2,6 7,2 25,4 16,8 59,3 2023 28,4 3,6 12,6 24,8 87,4 0,7 2,6 7,2 25,5 16,8 59,2 9 Қоракўл 2022 26,5 3,7 13,8 22,8 86,2 0,3 1,0 3,9 14,8 18,6 70,3 2023 26,5 3,7 13,9 22,8 86,1 0,3 1,0 3,9 14,6 18,7 70,5 10 Қоровулбозор 2022 19,3 4,4 22,9 14,9 77,1 0,1 0,3 3,4 17,4 11,5 59,4 2023 19,3 4,4 23,0 14,9 77,0 0,1 0,3 3,3 17,1 21,7203 11,5 59,5 11 Ғиждувон 2022 27,0 4,5 16,6 22,5 83,4 0,9 3,3 5,9 21,7 15,8 58,4 2023 27,0 4,5 16,6 22,5 83,4 0,9 3,3 5,9 21,7 15,8 58,4 1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida 2022-2023-yillarda sho‘rlanish darajalari to‘g‘risida ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Viloyatda 276.3 ming sug‘oriladigan maydonning 2022-yilda 234.5 ming ga (84.9%) turli darajada sho‘rlangan bo‘lib. 2023-yilda esa bu ko‘rsatgich 234.2 ming ga,(84.8%) ni ya’ni 1 yilda 300 ga sug‘oriladigan maydon sho‘rlanmagan yerga o‘zgaryapti. Bugungi kunda
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 126 iqlim o‘zgarayotgan bir sharoitda bunday natijaga erishish juda qiyin, ammo davlatimiz yuritayotgan oqilona siyosat yerga suvga bo‘lgan qarashimizni o‘zgartirishga undamoqda. Bunga misol tariqasida qator farmon va qarorlarni keltirishimiz mumkin. Birgina “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 20202030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasining tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-sonli farmonida, Respublikada 2020-2030 yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, suv xo‘jaligi obyektlarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish va suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish belgilangan. Buxoro viloyatida 2022-2023 yillarda sug‘oriladigan yerlarning kollektor-drenaj tarmoqlari bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida MA’LUMOT 2-jadval T/ r Tumanlar nomi Yilla r Umumiy sug‘orila digan maydon (ming.ga ) Shundan KDT talab etiladigan maydon (ming.ga) Amalda KDT bilan ta’minlangan maydon jumladan (ming.ga) 1 ga maydonga to‘g‘ri keladigan xo‘jalik ichki kollektor-drenaj tarmog‘i uzunligi, ( p.metr) Maydon (ming.ga) talabga nisbatan % ochiq kollektorlar bilan yopiq gorizontal drenaj bilan vertikal drenaj qudug‘i bilan sug‘oriladi gan maydonlar da drenaj bilan ta’minla ngan maydonl ar Viloyat bo‘yicha 2022 276,3 10,1 251,8 91,1 189,2 19,0 43,6 32,5 35,7 2023 280,2 9,6 252,3 90,0 189,2 19,1 44,0 32,4 35,5 1 Buxoro 2022 30,0 0,3 28,0 93,2 19,3 2,1 6,5 28,1 30,1 2023 30,4 0,3 27,9 91,6 19,2 2,2 6,5 28,5 31,1 2 Vobkent 2022 21,5 0,5 15,8 73,2 6,9 8,9 12,8 17,4 2023 21,8 0,5 15,9 72,8 6,9 9,0 12,2 16,7 3 Jondor 2022 33,0 1,0 33,2 100,7 29,9 3,2 0,1 44,4 44,1 2023 33,5 1,0 33,2 99,2 29,9 3,2 0,1 44,3 44,6 4 Kogon 2022 19,1 0,4 18,5 96,9 8,3 2,5 7,7 41,1 42,4 2023 19,4 0,3 18,6 96,1 8,3 2,5 7,8 40,6 42,2 5 Olot 2022 21,5 0,7 23,1 107,4 20,1 3,0 64,6 60,2 2023 22,0 0,7 23,1 105,2 20,1 3,0 63,0 59,9 6 Peshku 2022 22,8 0,4 19,7 86,4 14,4 1,5 3,8 22,5 26,0 2023 22,9 0,2 20,0 87,4 14,5 1,6 3,9 24,7 28,3 7 Romitan 2022 27,2 2,4 24,8 91,1 19,7 2,4 2,6 30,7 33,7 2023 27,7 2,4 24,7 89,3 19,7 2,4 2,6 29,0 32,4 8 Shofirkon 2022 28,4 1,3 26,9 94,9 17,7 0,9 8,3 21,9 23,0 2023 28,4 1,2 27,0 95,2 17,7 0,9 8,4 22,0 23,1 9 Qorako‘l 2022 26,5 1,3 26,5 100,0 24,6 1,6 0,3 51,7 51,7 2023 27,1 1,3 26,5 97,9 24,6 1,6 0,3 46,5 47,5 10 Qorovulbo zor 2022 19,3 1,5 18,0 93,0 16,3 1,7 26,8 28,8 2023 19,8 1,5 18,0 91,1 16,3 1,7 26,5 29,1
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 127 2-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 2023-yilda 280,2 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarga ochiq kollektorlar, yopiq gorizontal drenaj hamda vertikal drenaj qudug‘ilar xizmat qilmoqda. 1 ga maydonga to‘g‘ri keladigan xo‘jalik ichki kollektor-drenaj tarmog‘i uzunligi 32,4 (metr) to‘g‘ri keladi. Zax qochirish tarmoqlarini loyihalashda iqtisodiy qulay va FIK eng yuqori bo‘lgan zovur turlarini tanlash muhimdir. Bugungi kunda yopiq-yotiq zovurlar FIK bo‘yicha eng qulay zax qochirish tarmog‘idir. Dunyo miqyosida yopiq drenaj tizimlari keng qo‘llanilmoqda. Masalan, Niderlandiya, AQSh va Rossiya kabi mamlakatlarda sug‘oriladigan yerlarning drenaj tizimlari orqali sho‘rlanishni oldini olishda muhim tajribaga ega. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham bu tizimlar qishloq xo‘jaligida faol joriy etilmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, yopiq drenaj tizimi tuproqning sho‘rlanish darajasini 30-50% ga kamaytirishi va ekinlar hosildorligini 20-40% ga oshirishi mumkin. Gorizontal drenaj — zax qochiruvchi drenaj turi ortiqcha tuproqgrunt suvlarini yig‘ish va ularni zaxi qochiriladigan hududdan tashqariga chiqarib yuborish uchun qurilgan ochiq kanal (zovur)lar yoki uzluksiz drenaj (suvoqar) ko‘rinishida yerga yotqizilgan quvurlar tizimidan iborat. Asosiy drenajlar (tartibga soluvchi qism), suv qabul qilgichlar Gorizontal drenajning asosiy qismlaridir. Gidrostatik bosim farqi ta’sirida suvning drenajlarga sizilib chiqishi hisobiga yer osti suvlari sathi tartibga solinadi. Sizib chiqqan suv drenajdan o‘zi oqib ketadi. O‘rta Osiyoda Gorizontal drenaj eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, melioratsiyalanadigan (zaxi qochiriladigan) yerlarning 85% dan ko‘prog‘iga xizmat ko‘rsatadi. Gorizontal drenaj tuzilishi bo‘yicha ochiq yoki yopiq; ishlash usuliga ko‘ra zaxi qochiriladigan maydonda bir tekis joylashtirilgan muntazam hamda muayyan joylardagina (siyrak) joylashtirilgan ochiq yoki yopiq zovur va kollektorlar; xizmat muddati bo‘yicha doimiy (meliorativ tizimning butun ishlash davrida aeratsiya zonasidagi tuproq-gruntning zarur suv-tuz tartibotini ta’minlaydi) va muvaqqat (doimiy drenaj ishlab turgan bo‘lsada, sho‘r bosgan va o‘ta sho‘rxok yerlarda faqat joriy sho‘r yuvish davrida sho‘rsizlantirish jarayonini tezlatish uchun quriladi) turlarga bo‘linadi (q. Sho‘r yuvish). Muayyan tuproqgidrogeologik sharoitlarda Gorizontal drenajning zax tortish quvvatini kuchaytirish maqsadida ularga kuchaytirgich — burg‘i qudug‘i ulanadi. Ochiq drenajlar bir qancha jiddiy kamchiliklari (drenajlar va zovurlar texnik holatining yomonlashishi, zax qochirish davrining uzoq davom etishi, sho‘r yuvishda suvning ko‘p sarflanishi va b.) tufayli uni kamroq qo‘llash yo‘lidan
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 128 borilmoqda. O‘zbekistonda yopiq drenaj tarmoqlari 1930—40 yillarda Mirzacho‘ldagi tajriba melioratsiya stansiyasida qurilgan. Ko‘pgina afzalliklar (uzoq foydalanish, tez va qisqa fursatda sug‘orishga imkoniyat yaratishi, suvni tejash va b.) ga ega bo‘lgani uchun bunday drenajlar 60-yillarda Mirzacho‘ldagi qo‘riq yerlarni o‘zlashtirishda keng joriy etildi. Hozirda yopiq drenajlarning yangi vakuumli, elektr osmotik, qo‘sh qavatli turlari ishlab chiqilgan (ular turli chuqurliklarga yotqiziladigan va texnika vositalari bilan jihozlangan drenajlar majmuidan iborat). Avtomatik vositalardan foydalanib, boshqariladigan drenaj tarmoqlari barpo qilinmoqda. O‘zbekistonda umumiy uzunligi 30 ming km dan ortiq xo‘jaliklararo zovurlar bor; yopiq Gorizontal drenaj tarmog‘ining umumiy uzunligi 9 ming km dan ko‘proq. (2000yil). Bugungi kunda Buxoro viloyatida 280.3 ming ga umumiy sug‘oriladigan maydon bo‘lib 251.8 ming ga maydon kollektor drenaj tarmoqlari bilan ta’minlangan, shundan 189,2 ming ga maydon ochiq kollektor tarmog‘i bilan, 19.1 ming ga maydon yopiq gorizontal drenaj va 44 ming ga maydon vertikal drenaj tarmoqlari bilan ta’minlangan. 19.1 ming ga maydonda jami 1159.6 km yopiq yotiq drenaj tarmoqlari xizmat qilmoqda. Shu jumladan 158.2 km meliorativ ekspeditsiya hisobidagi qolgan 1001.4 km klaster va fermer xo‘jaliklari hisobiga to‘g‘ri keladi. Zax qochirish tarmoqlarining maqbul parametrlarini tanlash erlarning meliorativ holatiga uzviy ravishda bog‘liq. Yopiq-yotiq zovurlar va ularning tuzilishi Yopiq yotiq zovurlar – bu yer ostiga yotqizilgan, maxsus teshikli quvurlar yoki shag‘al bilan to‘ldirilgan kanallar bo‘lib, ular ortiqcha suvni yig‘ib, uni tashqariga chiqarishga xizmat qiladi. Ushbu tizim quyidagi asosiy komponentlardan iborat: 1. Drenaj quvurlari – plastik yoki beton quvurlar bo‘lib, ularning ustki qismi suvni o‘tkazish uchun maxsus teshikchalarga ega. 2. Filtr materiali – quvurlar atrofida qum, shag‘al yoki geotekstil materiallar qo‘llaniladi. Bu tuproq zarrachalarining drenaj tizimiga tushib, uni yopib qo‘yishining oldini oladi. 3. Drenaj kollektor tarmoqlari – yig‘ilgan suvni asosiy drenaj yo‘lagi orqali tashqariga chiqaradigan kanal yoki quvur tizimi.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 129 Yopiq-yotiq zovurlarni ishlatishning afzalliklari Tuproq sho‘rlanishining oldini oladi – ortiqcha suvni chiqarib, kapillyar ko‘tarilish tufayli sodir bo‘ladigan sho‘rlanish jarayonini kamaytiradi. Sug‘orish samaradorligini oshiradi – tuproqning suv-havo rejimini yaxshilab, ekinlarning ildizlari yaxshi rivojlanishiga sharoit yaratadi. Eroziyani kamaytiradi – ochiq zovurlar bilan solishtirganda tuproqning yuvilib ketishini oldini oladi. Yer maydonidan samarali foydalanish imkonini beradi – chunki ochiq drenaj tizimlari kabi ko‘p joy egallamaydi. Atrof-muhitga foydali – suv resurslarini tejaydi va sho‘r suvlarning oqib chiqishini tartibga soladi. Yopiq drenaj tizimining optimal parametrlari. Yopiq yotiq zovurlarni loyihalashda quyidagi asosiy parametrlar inobatga olinishi kerak: 1. Drenaj quvurlarining chuqurligi – odatda 1,2–2,5 metr orasida bo‘lishi kerak. Tuproqning mexanik tarkibi va sho‘rlanish darajasi chuqurlikni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. 2. Quvurlar orasidagi masofa – bu faktor ham tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Masalan, qumoq tuproqlarda 30-50 metr, gil tuproqlarda esa 10-30 metr masofada joylashtiriladi. 3. Quvurlar diametri – suv miqdoriga qarab 75 mm dan 200 mm gacha bo‘lishi mumkin. 4. Filtr materialining turi – shag‘al, qum yoki geotekstil materiallardan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Xulosa o‘rinda shuni aytish joizki, yopiq yotiq zovurlar qishloq xo‘jaligida sho‘rlanishga qarshi samarali vosita bo‘lib, ekinlar uchun optimal suv-havo muhitini yaratadi. To‘g‘ri loyihalash va texnik xizmat ko‘rsatish orqali bu tizimlarning ishlash muddatini oshirish mumkin. Kelajakda ilmiy-tadqiqot ishlari orqali yanada samarali drenaj tizimlari ishlab chiqilishi xalq xo‘jaligining rivojlanishiga zamin bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida farmoni, 10.07.2020 yildagi PF-6024-son.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 130 2. Xamidov M.X, Shukurullayev X.I, Mamataliyev A.B, “Qishloq xo‘jaligi gidrotexnik melioratsiya” Sharq, Toshkent-2008. 3. Горизонтальный дренаж орошаемых земель, М., 1979. 4. www.аgrоnеws.уз 5. www.ziyo.net