scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYANING O'RNI

Bo'riyeva Chinixol Nortaji qizi

Full text

634 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYANING O‘RNI Bo‘riyeva Chinixol Nortaji qizi DTPI Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 5-kurs 2-BT-S-21-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17372210 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarning ahamiyati va integratsiya jarayonlarining samaradorlikka ta’siri yoritilgan. Bugungi globallashuv va raqobat sharoitida ta’lim tizimini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada innovatsiya va integratsiyaning nazariy asoslari, ularning amaliy qo‘llanilishi va boshlang‘ich ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: innovatsiya, integratsiya, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik texnologiya, kompetensiya. Abstract: This article discusses the importance of innovative approaches in the primary education system and the impact of integration processes on efficiency. In today's globalization and competition, improving the education system on the basis of modern pedagogical technologies is of great importance in developing students' knowledge, skills and competencies. The article examines the theoretical foundations of innovation and integration, their practical application and their importance in bringing the educational process to a qualitatively new level in primary education. Keywords: innovation, integration, primary education, pedagogical technology, competence. Аннотация: В статье рассматривается значение инновационных подходов в системе начального образования и влияние интеграционных процессов на её эффективность. В современных условиях глобализации и конкуренции совершенствование системы образования на основе современных педагогических технологий имеет большое значение для развития знаний, навыков и компетенций учащихся. В статье рассматриваются теоретические основы инноваций и интеграции, их практическое применение и значение для вывода образовательного процесса в начальном образовании на качественно новый уровень. Ключевые слова: инновации, интеграция, начальное образование, педагогические технологии, компетенции. Kirish Hozirgi kunda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar qo‘llanilishi nafaqat o‘quvchilarning bilim olish jarayonini osonlashtiradi, balki ularning ijodiy fikrlashini, mustaqil o‘ylashini va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham yordam beradi. Innovatsion yondashuvlar pedagogika va ta’lim metodlarida yangi, zamonaviy texnologiyalar va interaktiv usullarni o‘z ichiga oladi. Bu usullar o‘quvchilarni faollashtirish, ularga qiziqarli va samarali ta’lim muhitini yaratish imkonini beradi. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlarning roli, ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligi va o‘quvchilarning rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot davomida innovatsion metodlar, pedagogik texnologiyalar va ularning o‘quvchilarning motivatsiyasi va faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. 635 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Bu ish boshlang‘ich ta’lim jarayonida innovatsiya va integratsiya tushunchalari o‘zaro uyg‘un holda qo‘llanilganda, o‘quvchilarning ijodkorligi, mustaqil fikrlashi va bilimlarni amaliyotda qo‘llash qobiliyatlari rivojlanadi. Ta’limni zamonaviylashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu innovatsion yondashuvlarni qo‘llashdir. Innovatsion yondashuvlar, pedagogika sohasida ilg‘or tajribalar va yangi texnologiyalarni o‘z ichiga olgan metodlarni ifodalaydi. Ushbu yondashuvlarning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘qish jarayonida faolligini oshirish, ta’limni individualizatsiya qilish va shaxsiylashtirish, shuningdek, ularda o‘quv jarayonida o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Innovatsion metodlar yordamida o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarni egallaydi, balki amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantiradilar. Masalan, interaktiv ta’lim usullari, o‘yinlar, onlayn platformalar va simulyatsiya texnologiyalari o‘quvchilarga bilimni ko‘proq qiziqarli va samarali shaklda taqdim etish imkonini yaratadi. Bu yondashuvlar o‘quvchilarni yanada faol, mustaqil va ijodiy fikrlashga undaydi, bu esa o‘z navbatida, o‘qishdagi motivatsiyani oshiradi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida, o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularga yangi ko‘nikmalarni, shu jumladan muammolarni hal qilish, jamoada ishlash, innovatsion fikrlash kabi qobiliyatlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu texnologiyalar ta’lim tizimiga kirganida, ular o‘quvchilarga hamkorlikda ishlash, o‘zaro fikr almashish o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganishga imkon yaratadi. Pedagoglar uchun innovatsion yondashuvlar o‘z mahoratini rivojlantirishga yordam beradi. Ular yangi texnologiyalar va metodlarni qo‘llash orqali ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu pedagoglarga o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning ehtiyojlariga mos ta’lim berish imkoniyatini yaratadi. Boshlang‘ich ta’limda innovatsiyaning o‘rni Innovatsiya (lotincha innovatio — yangilanish) ta’limda yangi g‘oya, metod va texnologiyalarni amaliyotga joriy etishni bildiradi. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, izlanish, tadqiq qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bugungi kunda quyidagi innovatsion texnologiyalar keng qo‘llanmoqda: • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT): elektron darsliklar, onlayn platformalar, interaktiv testlar. • Multimedia vositalari: videodarslar, animatsiyalar, 3D-modellar. • Interfaol metodlar: “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert” texnologiyalari. • STEAM yondashuvi: fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani uyg‘unlashtirish. Masalan, matematika darsida “Geometrik shakllar” mavzusi AR (augmented reality) dasturlari yordamida o‘qitilsa, o‘quvchilar mavzuni tezroq va qiziqarliroq o‘zlashtiradi. Ona tili darslarida esa multimedia orqali xalq ertaklari va she’rlardan foydalanish innovatsion yondashuv samaradorligini oshiradi. Integratsiyaning ahamiyati Fanlararo integratsiya boshlang‘ich ta’limda bilimlarni tizimli egallash va amaliy hayotga tadbiq etishning samarali vositasidir. Masalan, matematika darslarida tabiatshunoslik elementlarini, ona tili darslarida tarixiy mavzularni qo‘shish o‘quvchilarning dunyoqarashini 636 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz kengaytiradi. Integratsiya o‘quvchilarni faqat bitta predmet doirasida emas, balki real hayotiy vaziyatlar asosida fikrlashga o‘rgatadi. Shu bilan birga, innovatsion yondashuv bilan uyg‘unlashganda o‘quvchi shaxsining intellektual va ijodiy salohiyati kompleks rivojlantadi. Xorijiy tajribalar • Finlyandiya: dars jarayonida fanlararo integratsiya tamoyili asosiy metod hisoblanadi. O‘quvchilar ko‘proq loyiha ishlari orqali bilim oladi. • Janubiy Koreya: boshlang‘ich sinflarda darslarning 90 foizi AKT vositalari asosida olib boriladi. • Singapur: STEAM yondashuviga katta e’tibor qaratilgan, kichik yoshdan o‘quvchilar ixtirochilikka yo‘naltiriladi. Bu tajribalar O‘zbekiston ta’lim tizimida ham bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Amaliy metodik tavsiyalar • Har bir darsda kamida bitta interfaol metod qo‘llash. • AKTdan foydalanishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. • Integratsiya jarayonida mavzularning tabiiy bog‘lanishiga e’tibor qaratish. • O‘qituvchilarning malaka oshirish kurslarida innovatsion texnologiyalar bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil etish. Xulosa Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiyani qo‘llash o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Innovatsion texnologiyalar dars jarayonini interaktiv va samarali qiladi, elektron darsliklar va raqamli platformalardan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil izlanish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Fanlararo integratsiya esa o‘quvchilarga turli fanlarni birlashtirib amaliy vaziyatlarda qo‘llash imkonini beradi. Shu orqali ular nafaqat nazariy bilimga ega bo‘ladi, balki o‘zlarining ijodiy salohiyatini mustahkamlashadi, real hayotiy muammolarni hal qilishga o‘rgatiladi. Umuman olganda, boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiyani samarali qo‘llash nafaqat o‘quv jarayonini sifatli qilish, balki yosh avlodni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, ijodiy fikrlaydigan va mustaqil qaror qabul qila oladigan shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu sababli, rasmiy hujjatlar va Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish barcha ta’lim muassasalari uchun ustuvor ahamiyatga ega. References: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son qarori “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. 3. Xoliqov A., Yo‘ldosheva N. Pedagogik innovatsiyalar. Toshkent: Noshir, 2021. 4. Rasulov R. Integrativ ta’lim nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: Ilm Ziyo, 2020. 5. Jo‘rayev R. Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar. Toshkent: O‘zbekiston, 2023. 6. UNESCO. Global Education Monitoring Report. Paris, 2022. 7. OECD. Education Report. Paris, 2023.