scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB TILI DIALEKTLARI VA ULARNING PAYDO BO'LISH TARIXI

Rustamiy Nafosat Valibek qizi

Abstract

Ushbu maqolada arab tili dialektlarining shakllanishi, ularning tarixi va geografik tarqalish xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada dialektlarning ijtimoiy, madaniy va siyosiy omillar ta’sirida o‘zgarish jarayonlari hamda ularning adabiy til bilan o‘zaro munosabatlari bayon qilinadi. Shuningdek, ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda dialektlar olti guruhga bolinishi va ularning qisqacha tarixi va shakllanish jarayonlari yoritiladi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 149 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us ARAB TILI DIALEKTLARI VA ULARNING PAYDO BO‘LISH TARIXI Rustamiy Nafosat Valibek qizi Oriental universiteti talabasi E-mail: nafis.valibekovna.07[email protected] Annotatsiya Ushbu maqolada arab tili dialektlarining shakllanishi, ularning tarixi va geografik tarqalish xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada dialektlarning ijtimoiy, madaniy va siyosiy omillar ta’sirida o‘zgarish jarayonlari hamda ularning adabiy til bilan o‘zaro munosabatlari bayon qilinadi. Shuningdek, ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda dialektlar olti guruhga bolinishi va ularning qisqacha tarixi va shakllanish jarayonlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: arab tili, dialekt, fusḥa, ammiyya, fonetika. Arab tili eng qadimiy va boy tillardan biri hisoblanib, u nafaqat aloqa vositasi, balki butun bir sivilizatsiyaning madaniy, diniy va ilmiy merosini ifoda etuvchi tildir. Arab tili semit tillari oilasiga mansub bo‘lib, uning kelib chiqish tarixi qadimiy arab qabilalarining og‘zaki nutq madaniyatidan boshlangan. VII asrda Islom dini paydo bo‘lishi bilan arab tili Qur’on tili sifatida tan olindi va yuksak maqomga ega boldi. Shu tariqa arab tili butun musulmon olamiga keng tarqala boshladi. Ammo arab tili bir butun holda saqlanib qolmadi. Bunga sabab arab xalqlarining keng hududlarga tarqalishi va turli xalqlar bilan aloqasi boldi. Natijada bu til ko‘plab dialektlarga bo‘lindi. Bugungi kunda arab dunyosida o‘nlab dialektlar mavjud bo‘lib, ular fonetik, leksik, morfologik va sintaktik jihatdan bir-biridan farqlanadi. Arab tili dialektlarining asl kelib chiqishi Islomdan avvalgi davrga borib taqaladi. O‘sha davrda Arabiston yarimoroli hududida ko‘plab arab qabilalari yashagan va har bir qabila o‘zining lahjasiga ega bolgan. Masalan, eng mashhur lahjalardan Quraysh, Tamim, Asad, Hudhayl, Kinana, hamda Himyariy kabi qabilalarning lahjalari hisoblangan. Islom dini kelishidan avvalgi Johiliyat davri she’riyatida o’sha qadimiy lahjalarning fonetik va morfologik belgilari saqlanib qolgan. Qur’on tili esa asosan Quraysh lahjasi asosida shakllangan, bunga sabab Makka Islom markazi hisoblangani va bu lahja o’sha davrda eng nufuzli va mashhur lahjalardan biri bo’lganidir. Natijada, Qur’on tili keyinchalik adabiy arab tili sifatida qabul qilindi. VII–VIII asrlarda arablar Iroq, Misr, Shom va Mag‘ribgacha bo‘lgan hududlarni fath etishdi. Bu jarayonda arab tili boshqa mintaqa tillari bilan qo’shilib, ulardan leksik va INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 150 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us fonetik elementlarni o‘zlashtirdi. Shu sababdan, arab tili bir necha yirik dialektal guruhlarga ajraldi. Bugungi kunda arab tili bir nechta yirik dialekt guruhlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning soni ilmiy adabiyotlarda turli xil yoritiladi. Eng ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, arab tili olti asosiy dialekt guruhlarga bo’linadi: Mag‘ribiy, Misriy, Xalijiy, Shomiy, Sudaniy va Iroqiy. 1.Mag‘ribiy dialekt Mag‘ribiy dialekt Shimoliy Afrikaning Tunis, Marokash, Jazoir, Liviya davlatlarida hamda Moritaniya davlatining ba’zi hududlarida keng tarqalgan. Mazkur dialektning kelib chiqish sababi uni berber tili bilan uzviy aralashuvi hisoblanadi. VII–VIII asrlarda arablar Mag‘rib mintaqasini bosib olgan va mahalliy berber tili arabcha so‘zlar bilan aralashgan. Keyinchalik bu hududda fransuz va ispan mustamlakachiligi boshlangan davrda ko‘plab g‘arbiy so‘zlar kirib kelgan. Mag‘ribiy lahjaning asosiy xususiyatlari shundaki unda qisqa unli tovushlar ko’pincha tushib qoladi va so‘zlar odatdagidan tezroq talaffuz qilinadi. Boshqa dialektlardan farqli o’laroq bu lahjada ko‘plab xorijiy so‘zlar o’rin olgan. Mag‘ribiy dialekt arab dunyosidagi eng murakkab lahjalardan biri hisoblanadi vas shu sababdan Misr yoki Shom dialektida so’zlashuvchilar bu lahjani to’liq tushunmasligi mumkun. 2. Misriy dialekt Misriy dialekt hozirgi kunda eng ko‘p qo’llaniladigan va dunyo bo’ylab eng mashhur arab dialektlaridan biri hisoblanadi. Bu lahja asosan Qohira va Nil vodiysi atrofida shakllangan va keng tarqalgan bo’lib, u qadimgi Kopt tilining fonetik tuzulmasini qisman o’zida saqlab qolgan. XIX–XX asrlarda Misr musiqa va kino olamida mashhurlikga erishgandan so’ng, bu dialektning nufuzi barcha arab mamlakatlari bo’ylab sezirarli darajada oshdi. Shu tufayli Misr lahjasi xalqaro mediyada “standart xalq tili” maqomiga erishdi va o’zining mashxur kino va qo‘shiqlari orqali arab dunyosining asosiy aloqa vositasiga aylandi. 3. Shomiy dialekt Shomiy dialekt Suriya, Falastin, Livan va Iordaniya hududlarida ommalashgan hisoblanadi. Mazkur lahja qadimgi Aramey tili ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, fonetik jihatdan boshqa arab dialektlari orasida adabiy tilga eng yaqin lahjalardan biri sanaladi. Uning eng o’ziga hos jihatlaridan biri bu uning ohangdor va yumshoq talaffuzi hisoblanadi. Shu sababdan Shom dialekti arab tilini o‘rganuvchilar uchun eng oson o‘zlashtiriladigan lahja desak mubolag’a bo’lmaydi. 4. Xalijiy dialekt Xalijiy dialektda so‘zlashadigan mintaqalarga asosan Fors ko‘rfazi atrofidagi davlatlar kiradi hususan Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt, Bahrayn, Ummon va Birlashgan INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 151 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Arab Amirliklari. Bu dialekt Hijoz lahjasi asosida shakllangan va unda badaviy talaffuz saqlanib qolgan. Xalijiy dialekt boshqa arab lahjalari orasida eng qadimiy grammatik tuzilmaga ega dialekt hisoblanadi. Uning leksik hususiyatlariga kelsak unda forscha va inglizcha so‘zlar ko‘p uchraydi. Hamda mazkur dialekt talaffuz jihatdan klassik arab tiliga eng o’xshaydigan bo’lgani sababli, u Qur’on tili ya’ni fushaga eng yaqin lahjalardan biri deb sanaladi. 5. Iroqiy dialekt Iroqiy dialekt asosan Mesopotamiya mintaqasida keng yoyilgan bo’lib, qadimdan ushbu dialekt bu xalqning til merosi bo‘lib kelmoqda. Tarixdan ma’lumki, u yerda Aramey, Fors va Turk tillari keng tarqalgan edi. Shu sababli bu lahjaning grammatik va leksik jihatlarida ko‘plab xorijiy lingvistik hususiyatlarni kuzatishimiz mumkun. Shuningdek, Abbosiylar xalifaligi davrida Bag‘dod ilm-fan markazi bo‘lganligi tufayli, arab tili tarixida Bag’dod dialekti o’zgacha o’rin tutadi. Ushbu lahjada ham forscha so’zlar kop uchraydi, hamda boshqa dialektlardan o’ziga hos ohangi bilan ajralib turadi. 6. Sudaniy dialekt Sudaniy dialekt asosan Sudan va Chad hududlarida ommalashgan bo’lib, u qadimiy Hijoziy lahja va Nubiya tillarining aralashuvidan hosil bo‘lgan. Fonetik jihatdan u Xalijiy dialektiga yaqinroq, ammo talaffuzi mayinroq va so‘zlari cho‘zilgan ohangda aytiladi. Sudaniy dialekt grammatikasi boshqa dialektlarga qaraganda soddaroq tuzilgan bo‘lib, uning lug’atida ko’plab mahalliy so’zlar uchraydi. Shu bilan birga, Sharqiy Afrika hududlarida arab tilining ommalashishiga ushbu dialekt katta ta’sir ko’rsatgan. Dialektlarning shakllanishiga bir qancha omillar ta’sir etgan bo’lib, ulardan birinchisi bu geografik omildir. Bizga ma’lumki arab tili geografik jihatdan juda keng tarqalgan va ommalashgan bo’lib, G‘arbda Atlantika okeanidan Sharqda Fors ko‘rfazigacha yoyilgan. Natijada har bir mintaqa o‘z tabiiy va iqlimiy sharoitiga mos talaffuz va so‘z boyligini shakllantirgan. Ikkinchi muhim omillardan bu ijtimoiy omil hisoblanadi. Bunga ko’ra, qishloq va shahar o’rtasida so’zlashuv madaniyati bir biridan farq qilgani sababli qishloq aholisi o’rtasida qadimiy arab tili shakllari saqlanib qolgan. Shaharda istiqomat qiluvchilar orasida esa yangi so’zlar tez tarqalgan. Shu sababdan badaviy til adabiy arab tiliga qisman yaqinroq deb sanaladi. Bulardan tashqari, dialektlarning shakllanishida madaniy va siyosiy omillar ham ta’sir ko’rsatgan. Tarix davomida arab mintaqalari turli xil imperiyalar ta’sirida bo’lgani sabab arab tilida ko’plab dialektlar vujudga kelgan. Misol tariqasida, Misr ingliz va fransuz mustamlakasida bo’lgan shu sababdan unga ko’plab g’arbiy so’zlar kirib kelgan. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 152 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Xulosa qilib aytganda, arab tili dialektlari barcha arab mamlakatlarida turli xil bo’lib ular asrlar davomida arab xalqlarining tarixiy, ijtimoiy va madaniy hayotini aks ettirib kelmoqda. Dialektlarning ko‘pligi bir tarafdan arab tilining boy va qadimiy til ekanini namoyon etsada, ikkinchi tomondan ularning murakkabligini oshiradi hamda o‘zaro tushunish darajasini pasaytiradi. Shu bois adabiy arab tili – al-fuṣḥā – arab dunyosining yagona til birligini saqlab turgan asosiy til hisoblanadi. Hozirgi taraqqiyot davrida arab tili mutahasislari va olimlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu dialektlarni tizimli o‘rganish, ularning tarixiy ildizlarini aniqlash va arab dunyosining madaniy birligini til orqali mustahkamlashdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Versteegh, Kees. The Arabic Language. Edinburgh University Press, 2014. 2. Holes, Clive. Modern Arabic: Structures, Functions, and Varieties. Georgetown University Press, 2004. 3. Al-Ani, Salman H. Arabic Phonology: An Acoustical and Physiological Investigation. Mouton, 1970. 4. Ibn Jinni. Al-Khaṣāʾis. Bayrut: Dar al-Kutub al-ʿIlmiyya, 1998. 5. Al-Balhi, A. (2012). Taṭawwur al-lahajāt al-ʿarabiyya wa ta’thīruhā fī al-lugha al-fuṣḥā. Qohira: Dār al-Fikr.