UMUMIY O'RTA TA'LIM VA OLIY TA'LIM INTEGRATSIYALASHUVI HAMDA XORIJ TAJRIBASI
Full text
716 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz UMUMIY O‘RTA TA’LIM VA OLIY TA’LIM INTEGRATSIYALASHUVI HAMDA XORIJ TAJRIBASI Ashurova Xayrinso Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika Fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17374905 Annotatsiya: Bugun globallashuv jarayonlari shiddatli rivojlanib borayotgan davrda barcha jabhalarda bo‘lgani kabi yoshlar siyosatini amalga oshirish, ular bilan ishlash sohasida ham yangicha qarashlar, munosabatlar tizimini ishlab chiqish hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish taqozo etilmoqda. Zero, ushbu tajribalarni tahlil qilish, ulardan mamlakatimiz amaliyotida unumli foydalanish yo‘llarini o‘rgansh orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin Kalit so'zlar: O‘qitish usullari, xorijiy va mahalliy tajribalar, ta’lim tizimi, o‘qitish metodikasi, o‘quvchi, ta’lim sohasi, fan va texnika, pedagogik texnologiya. Abstract: Today, in the era of rapid development of globalization processes, as in all areas, it is necessary to develop new views, a system of relations in the implementation of youth policy, work with them, and the use of advanced technologies of foreign countries. After all, positive results can be achieved by analyzing these experiences and studying ways to effectively use them in our country's practice. Keywords: Teaching methods, foreign and local experiences, education system, teaching methodology, student, field of education, science and technology, pedagogical technology Kirish: Hozirgi paytda dunyo miqyosida raqobat qanday keskin tus olib borayotganini hammamiz ko‘rib turibmiz. Bu shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob bera olamiz. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar o‘z oldiga nafaqat mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularni bozorga olib chiqishni, balki chuqur bilim va ilmiy yutuqlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga o‘tish vazifasini qo‘ymoqda . Mamlakatimiz tayanchi bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama bilimli va intellektual salohiyatga ega, o‘zining g‘oyalari bilan dadil harakat qilishga undaydigan ta’lim dasturlari, bugungi pedagog xodimlarning diqqat markazida turibdi. Bugungi kundagi har bir yangilik, shubhasiz, o‘qituvchilarni qiziqtiradi va ularni o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga, o‘z fanini puxta o‘rganishga undaydi. Avvalgi o‘quv dasturlari mazmuni 90 foiz nazariyadan iborat bo‘lib, o‘qitish metodikasi yodlatishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, yangi Milliy o‘quv dasturining mazmuni esa 50 foiz nazariya, 50 foiz amaliyotdan iborat bo‘lib, o‘quvchining mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir. O‘quv dasturlarida baholash jarayoni faqat eslab qolgan bilimlar hajmini aniqlagan. Yangi dastur asosida esa o‘quvchilarda shakllangan ko‘nikmalar baholanadi. Fanlar soni va o‘quv yuklamalari optimallashtirilb, o‘quvchilarning yoshi, qiziqishiga ko‘ra mavzular ham qayta ishlandi. Maqsad esa o‘quvchilarni hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash, shu bilan birga bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishidir. Milliy o‘quv dasturi asosidagi fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda o‘qitiladi. Ya’ni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiradi hamda soddadan murakkabga tomon yo‘naltirilgan tarzda kiritilgan. Ta’lim-tarbiya jarayoni nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi. Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun esa nutqiy muloqot eng zarur vosita hisoblanadi
717 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Adabiyotlar tahlili va metodologiya: O‘qitish usullarini takomillashtirish bo‘yicha xorijiy va mahalliy tajribalarni tahlil qilish, samarali ta’lim metodlarini joriy etish uchun muhim hisoblanadi. Quyida xorijiy va mahalliy tajribalardan misollar keltiriladi. Natijalar: Xorijiy tajribalar: Finlandiya ta’lim siyosatida uchta muhim tamoyil mavjudligini ta’kidlash mumkin: bilimga asoslangan jamiyat haqidagi qarashlarni qo‘llabquvvatlash, ta’lim tengligini ta’minlash va mahalliy hokimiyat vakolatlarini kuchaytirish. Mahalliy hokimiyat vakolatlarini kuchaytirish jarayonini o‘tgan asrning 70-yillaridan 2000yillarga qadar Finlandiya ta’lim tizimidagi eng muhim o‘zgarishlardan biri sifatida ta’kidlash mumkin. Ta’lim muassasalarini boshqarish asosan mahalliy hokimiyatlar tomonidan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasi faoliyatiga deyarli hech kim aralashmaydi. Finlandiya ta’lim tizimining yana bir tamoyili bo‘lgan ishonch madaniyati tufayli maktablarga tekshiruv tashriflari yo‘q. Muhokama: Vatanimiz ta’limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi va kechirmoqda. Ulardan ko‘zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o‘quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Yangilangan ta’lim to‘la ma’noda yangicha tafakkur, sog‘lom fikr demakdir. Hozirgi davrda ta’limning qadr-qimmati, obro‘ va nufuziga teng darajada uning ijrochilarida tashabbuskorlik, fidoyilik va ishbilarmonlik ham bo‘lmog‘i zarur Xulosa: Xorijiy mamlakatlarda ta’lim jarayonini takomillashtirishda texnologiyalardan samarali foydalanish va o‘quvchini markazga qo‘ygan yondashuv ustuvorlik kasb etadi. Interaktiv va loyiha asosidagi o‘qitish o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. O‘zbekistonda interfaol ta’lim usullarini joriy qilishga e’tibor kuchaymoqda, lekin texnologiyalarni kengroq tatbiq etishda ayrim qiyinchiliklar mavjud. An’anaviy ta’lim usullari hali ham asosiy o‘rinni egallaydi, bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga to‘siq bo‘lishi mumkin. References: 1. Murodova, M. F., Sattorova, F., & Jumayeva, Z. M. (2025). Bolalar mehribonlik uylarida amalga oshirilayotgan taʼlim va tarbiya jarayonlari. Shokh library. 2. Jumayeva, Z., Choriyeva, D., & Berdimurodova, M. (2024). Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib borilayotgan ijtimoiy-pedagogik jarayonlarning mazmun va mohiyati. молодые ученые, 2(36), 78-81. 3. Jumayeva, Z. (2022, october). Yoshlarni milliy tarbiya asosida tarbiyalash. in archive of conferences (pp. 9-19).bo’lajak o’qituvchilarda innovatsion pedagogik-faoliyatni shakllantirishning nazariy asoslari 4. Jumayeva, Z., Abdullayeva, Z., & Abdullayeva, N. (2024). Imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat. молодые ученые, 2(36), 135-138. 5. Jummayeva, Z., Salomova, U., & Joʻrayeva, K. (2024). Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmun va mohiyati. молодые ученые, 2(37), 27-30.