scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA O'QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Abdullayeva Zohida

Full text

721 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR Abdullayeva Zohida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17374935 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining o‘rni tahlil etiladi. O‘qish savodxonligi — bu o‘quvchining matnni o‘qib, anglab, tahlil etish va uni hayotiy vaziyatlarga tatbiq qila olish qobiliyatidir. Maqolada “Insert”, “Klaster”, “Beshinchi burchak”, “Venn diagrammasi” kabi metodlarning o‘qish darslarida qo‘llanishi, ularning samaradorligi misollar bilan yoritiladi. Tadqiqot davomida an’anaviy va innovatsion metodlar asosida o‘qitilgan sinflar taqqoslab o‘rganilgan va o‘quvchilarning o‘qish tezligi, matnni tushunish va qayta hikoya ko‘nikmalari innovatsion yondashuv asosidagi darslarda sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlangan. Maqola boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga qilish oladi. Kalit so‘zlar: o‘qish savodxonligi, innovatsion texnologiya, matn tahlili, boshlang‘ich ta’lim, metodika, tafakkur. Abstract: This article analyzes the role of innovative educational technologies in the development of reading literacy in primary school students. Reading literacy is the student's ability to read, understand, analyze the text and apply it to real-life situations. The article discusses the use of methods such as "Insert", "Cluster", "Fifth Corner", "Venn Diagram" in reading lessons, their effectiveness with examples. During the study, classes taught using traditional and innovative methods were compared and it was found that students' reading speed, text comprehension and retelling skills were significantly higher in lessons based on an innovative approach. The article also contains practical recommendations for primary school teachers. Keywords: reading literacy, innovative technology, text analysis, primary education, methodology, thinking. Аннотация: В статье анализируется роль инновационных образовательных технологий в развитии читательской грамотности учащихся начальной школы. Читательская грамотность – это способность учащегося читать, понимать, анализировать текст и применять полученные знания в реальных жизненных ситуациях. В статье рассматривается применение таких методов, как «Вставка», «Кластер», «Пятый угол», «Диаграмма Венна» на уроках чтения, их эффективность и приводятся примеры. В ходе исследования сравнивались уроки, проведённые по традиционным и инновационным методам, и было выявлено, что скорость чтения, понимание текста и навыки пересказа у учащихся были значительно выше на уроках, основанных на инновационном подходе. В статье также даны практические рекомендации для учителей начальной школы. Ключевые слова: читательская грамотность, инновационные технологии, анализ текста, начальное образование, методика, мышление. Boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligini shakllantirish o‘quvchilarning kelajakdagi intellektual va ma’naviy o‘sishining asosi hisoblanadi. O‘qish jarayonida bola nafaqat so‘zlarni 722 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz o‘qishni, balki mazmunni anglash, mantiqiy bog‘lanishlarni topish, muallif fikrini tushunish va unga munosabat bildirishni ham o‘rganadi.So‘nggi yillarda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, xususan, interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishda samarali natijalar bermoqda. “Insert” metodi orqali o‘quvchi o‘qish jarayonida o‘z fikrini belgilar yordamida ifodalaydi, “Venn diagrammasi” orqali esa ikki yoki undan ortiq matnni taqqoslab, umumiylik va farqlarni aniqlaydi. Bu metodlar o‘quvchilarning tahliliy tafakkurini, tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi.Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion metodlar asosida o‘qitilgan sinflarda o‘quvchilarning matnni o‘qish tezligi 25 foizga, mazmunni anglash darajasi esa 40 foizga oshgan. O‘qituvchining roli bu jarayonda o‘quvchini mustaqil fikrlashga, matnga shaxsiy yondashuv bildirishga undashdan iborat. Shu bois, boshlang‘ich ta’limda o‘qish darslarini loyihalashda innovatsion metodlarga tayangan holda darslarni tashkil etish muhim didaktik zaruratdir. References: 1. Xolmuminova Z. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish. – Toshkent: TDPU, 2022. 2. Hasanboyeva O. Ta’lim jarayonida interfaol metodlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021. 3. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent, 2020. 4. Mavlonova R. Innovatsion pedagogika asoslari. – Toshkent, 2023. 5. Ministry of Education of Uzbekistan. Primary Reading Standards. – Tashkent, 2022. 6. Vygotskiy L.S. Psixologiya obucheniya. – Moskva, 1984. 7. UNESCO. Reading Literacy Development Report. – Paris, 2021.