scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Gelmintoz kasalligining maktab yoshdagi bolalalarda klinin kechishining xususiyatlari

Isroilova Gulmira Davlatnazar qizi; Yuldasheva Dildora Uktamovna

Abstract

Material va tadqiqot usullari: Tadqiqot ucun 200 nafar maktab yoshdagi (7-16 yosh) bolalar tanlab olindi va ularga kasallikning yuqish yullari va kasallik belgilari tahlil qilindi. Barcha bolalarga diagnostika maqsadida najas tahlili (gelmint tuxumlarini aniqlash), enterobioz uchun surtmalar, qon tahlili (eozinofiliya, anemiya) utkazilgan.

Full text

14 TIBBIYOT AKADEMIYASI 10-SON 1-JILD OKTABR – 2025 1-QISM Gelmintoz kasalligining maktab yoshdagi bolalalarda klinin kechishining xususiyatlari Isroilova Gulmira Davlatnazar qizi Yuldasheva Dildora Uktamovna Payariq Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Mavzuning maqsadi. Gelmintoz kasalliklarining maktab yoshdagi bolalalarda klinin kechishining xususiyatlarini urganish. Material va tadqiqot usullari: Tadqiqot ucun 200 nafar maktab yoshdagi (7-16 yosh) bolalar tanlab olindi va ularga kasallikning yuqish yullari va kasallik belgilari tahlil qilindi. Barcha bolalarga diagnostika maqsadida najas tahlili (gelmint tuxumlarini aniqlash), enterobioz uchun surtmalar, qon tahlili (eozinofiliya, anemiya) utkazilgan. Tadqiqot natijalari: Gelmintoz kasalligi yuqish yo‘llari tahlili qilinganda 112 nafar (56%) bolada - fekal-oral yo‘l (ya’ni najas orqali og‘izga tushish), 41 nafar (20,5%) bolada kontakt yo‘li (bemor bilan bevosita aloqa, iflos qo‘l, o‘yinchoq, kiyim, mebel orqali), 22 nafar (11,0%) bolada oziq-ovqat yo‘li (xom go‘sht, baliq, yuvilmagan sabzavot va mevalar), 15 nafar (7,7%) bolada suv orqali (ifloslangan ichimlik suvlari orqali) va tuproq orqali (geohelmintlar), 10 nafar (5,0%) bolada - hayvonlar orqali yuqishi aniqlandi. Kasallik asosan enterobioz (ostritsa) va askaridoz (askaridalar) kurininshida namoyon buldi. Malumki, gelmintozlarning klinik belgilari bir nechta omillarga - qaysi gelmint turi bilan zararlangan, parazitlar soni (bir yoki ko‘p miqdorda), kasallikning davomiyligi va inson immuniteti va yoshiga bog‘liq. Kasallikning klinink belgilari asosan qorinda og‘riq,, ishtahaning o‘zgarishi, diareya (ich ketish), ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, holsizlik, tez charchash, teri toshmalari, allergik reaksiyalar, vazn yo‘qotish, qichishish kabi klinink belgilar bilan namoyon bulgan. Xulosa Gelmintoz kasalligi yuqish yo‘llari tahlili kasalli shuni kursatdiki, kasallik maktab yoshdagi bolalalarda 56% - fekal-oral, 20,5% -kontakt yo‘li, 11,0% -oziq-ovqat yo‘li, 7,7% - suv orqali va 5,0% - hayvonlar orqali yuqadi. Kasallik asosan qorinda og‘riq, ishtahaning o‘zgarishi, diareya (ich ketish), ko‘ngil aynishi, terining quchishishi, bosh aylanishi, holsizlik, tez charchash, teri toshmalari, allergik reaksiyalar, vazn yo‘qotish kabi klinink belgilar bilan namoyon bulgan. Gelmintozlarning oldini olish uchun ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan keyin, tashqaridan kelganda, hayvonlarni parvarishlash va tuproq bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirgandan keyin qo'lni sovun bilan yuvish, yaxshi yuvilgan ko'katlar, meva va sabzavotlarni iste'mol qilish, yaxshi pishirilgan va qovurilgan hayvon mahsulotlarni (go'sht, baliq va ulardan tayyorlangan mahsulotlar) iste'mol qilish, xom suvni, ayniqsa ochiq suv havzalaridan ichmaslik, xonalarda yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda namli tozalash ishlarini 15 TIBBIYOT AKADEMIYASI 10-SON 1-JILD OKTABR – 2025 1-QISM muntazam amalga oshirish, choyshab va ichki kiyimlar ozodaligiga rioya qilish, ularni issiq dazmol bilan dazmollash, o'zingizning alohida to'shagingizda uxlash, boshqa odamlarning shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanmaslik tavsiya qilinadi.