SIRTQI TA'LIM YO'NALISHLARI TALABALARINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O'RNI
Full text
727 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz SIRTQI TA‘LIM YO‘NALISHLARI TALABALARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI Qoraboyeva Feruza Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17375280 Annotatsiya: Ushbu maqola sirtqi ta‘lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib unda ta‘limning interfaol metodlar yordamida tashkil etishga asoslangan vositalar keltirib o‘tilgan. Аннотация: Данная статья предназначена для студентов, обучающихся по заочной форме обучения и предоставляет инструменты, основанные на организации обучения с использованием интерактивных методов. Annotation: This article is intended for students studying by correspondence and provides tools based on the organization of learning using interactive methods. Kalit so‘zlar: sirtqi ta‘lim, interfaol metodlar, nazoratlar, mantiq Ключевые слова: дистанционное обучение, интерактивные методы, контроль, логика Keywords: distance learning, interactive methods, control, logics Ma‘lumki Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga asosan Oliy ta‘lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta‘limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM ishlab chiqildi va uning umumiy qoidalari aks ettirildi. Ushbu NIZOMning 3-bobida Sirtqi (maxsus sirtqi) ta‘limda oʻquv jarayonini tashkil qilish va uning 13-bandida Sirtqi (maxsus sirtqi) ta‘limda oʻquv jarayoni ta‘lim sohalarining davlat ta‘lim standartlari va tegishli ta‘lim yoʻnalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan kunduzgi ta‘lim uchun tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etilishi va shu bilan birga Sirtqi ta'limda oʻqish muddatlarini belgilashda kunduzgi ta'lim shaklidagi tegishli ta'lim dasturlari boʻyicha jami oʻquv yuklamaning kamida 30 foiz miqdoridagi soatlar hajmini bevosita professional ta'lim muassasasida oʻqitish va qolgan qismini mustaqil ta'lim shaklida oʻzlashtirish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Sirtqi ta'lim oʻquvchisi har bir semestr davomida bir marta professional ta'lim muassasasiga chaqirilishi va asosiy mashg‘ulotlarning masofaviy (onlayn) holatda o‘tilishini hisobga olsak, bu talabaning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishishi uchun ikki karra ko‘proq ma‘suliyat bilan yondoshishni talab etadi. Albatta bunday jarayonda o‘qituvchining ham ulkan tajribasi va o‘z kasbining haqiqiy jonkuyari bo‘lishligi talab etiladi. Shu bilan birgalikda sifatli bilimni egallash uchun rivojlangan mamalakatlarda interfaol metodlardan keng foydalanib kelinmoqda. Bunda ta‘lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovch jihatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan ta‘lim jarayonida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o‘rganish va amalda qo‘llash talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to‘g‘ri yechimini topishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘lim oluvchilarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi. Faqatgina mashg‘ulot jarayonidan kelib chiqqan holda kerakli metodlarni tanlash va uni qo‘llay bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
728 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Umuman olganda barcha metodlarning asosiy vazifasi talabalarning ongini, dunyoqarashini va fikrlashini oshirish va shu orqali o‘tilayotgan mashg‘ulotning tub mohiyatini yetkazib berishga qaratilgan bo‘ladi. Shuningdek yana bir jihat borki dars jarayonida sifatli egallangan bilim, talabalarning nazorat ishlarida qo‘l kelishini anglatadi. Barchamizga ma‘lumki hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan nazorat turlari bu – og‘zaki, yozma holatda yoki test holatda bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘pgina rivojlangan davlatlarda sinov nazorat jarayonlari aralash holatda yoki ko‘proq mantiqqa asoslangan holatda olib borilmoqda. References: 1. https://lex.uz/ portali 2. Ziyonet.uz portali 3. Interfaol ta‘lim usullari‖ Sh.K.Shayakubov, R.X.Ayupov. Toshkent-2012 4. Matematika o‘qitish metodikasi fanidan o‘quv metodik-majmua‖ B.N.Alimov, M.N.Esonturdiyev. Chirchiq-2019 Pedagogika (Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti). R.Mavlonova, N.Raxmonqulova, N.Vohidova, K.Matnazarova Toshkent-2013.