BOSHLANG'ICH TA'LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Full text
742 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG'ICH TA'LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Egamberdiyeva Mahliyo Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17375497 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning nazariy asoslari, ularning o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy darslarda interfaol metodlar, raqamli ta’lim vositalari, o‘yinli texnologiyalar hamda STEAM yondashuvining integratsiyasi orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodkorlik va kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘qituvchi faoliyatini loyihalash, dars samaradorligini monitoring qilish hamda o‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimini modernizatsiyalash yo‘lida ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganilib, ularning o‘zbek ta’lim muhitiga moslashuvchan modeli taklif etiladi. Kalit so‘zlar: innovatsion texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim, interfaol metod, raqamli vositalar, ijodkorlik, STEAM, monitoring. Abstract: This article explores the theoretical foundations of implementing innovative pedagogical technologies in primary education. It highlights the role of interactive methods, digital learning tools, game-based approaches, and STEAM integration in developing students’ critical thinking, creativity, and communication skills. The study proposes mechanisms for lesson planning, performance monitoring, and student assessment, aiming to improve educational quality. Comparative analysis of advanced international practices provides insights into their adaptation to the Uzbek educational context. Keywords: innovative technologies, primary education, interactive methods, digital tools, creativity, STEAM, monitoring. Аннотация: В статье рассматриваются теоретические основы внедрения инновационных педагогических технологий в начальном образовании. Подчеркивается роль интерактивных методов, цифровых средств обучения, игровых подходов и интеграции STEAM-технологий в развитии критического мышления, креативности и коммуникативных навыков учащихся. В исследовании предлагаются механизмы планирования уроков, контроля успеваемости и оценки учащихся, направленные на повышение качества образования. Сравнительный анализ передового международного опыта позволяет оценить его адаптацию к условиям образования в Узбекистане. Ключевые слова: инновационные технологии, начальное образование, интерактивные методы, цифровые инструменты, креативность, STEAM-технологии, мониторинг. Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Davlatimiz Prezidentimiz Shavkat Miromonovich tomonidan belgilab bergan innovatsion rivojlanish yo‘lidan dadil bormoqda. So‘nggi bir necha yil davomida davlat tomonidan ilmiy va
743 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirildi. Jumladan, mustahkam me'yoriy-huquqiy baza yaratilib, ilm-fan va innovatsiyalarga sezilarli darajada davlat xarajatlari amalga oshirish islohotlari olib borildi. Yangi infratuzilma obyektlarini foydalanishga topshirish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha faol ishlar, shular jumlasidandir. Katta g‘ayrat bilan butun jahon ilmiy hamjamiyatiga kirib, jahon xalqaro tashkilotlari va moliyaviy rivojlanish institutlari bilan hamkorlik yo‘nalishlarini doimiy ravishda kengaytirib va mustahkamlab bormoqdamiz. O‘tgan yili mamlakatimiz uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng birinchi marta Global Innovatsion Indeks reytingiga kirdi. O‘zbekiston 131 o‘rindan 93-o’rinni egalladi (2015 yilda oxirgi marta O‘zbekiston 140 o‘rindan 122-o‘rinni egallagan edi). Jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanishi sharoitida Innovatsion rivojlanish vazirligining sa'y-harakatlari murakkab muammolarni hal qilishda samarali innovatsion yondashuvlarni izlashga va mamlakatning yangi vazifalarni bajarishga tayyorligiga qaratilgan. Buning o‘ta muhim shartlaridan biri - bu barcha ishtirokchilarni innovatsion tizimga jalb qilishdir. Asosiy yangilik, bu hududiy boshqarmalarning ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish vazifalarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishdan iborat. Innovatsion rivojlanish vazirligi va viloyat hokimliklari hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha tanlovlar o'tkazishni boshlandi. To‘rtinchi sanoat inqilobining yuzaga kelishi bilan jahon iqtisodiyotda texnologiyalarning rivojlanishi va innovatsiyalarni jadallashtirish bilan bog‘liq bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Innovatsion iqtisodiyotning o‘sishi va barqaror rivojlanish maqsadlarini yaxshilash tadbirkorlik darajasini oshirish uchun muhim omil bo‘ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ilmiy-innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan bir qator choratadbirlar amalga oshirildi. Davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadli yo‘naltirilgan chora-tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Xususan, innovatsion infratuzilma ob'ektlari, innovatsion rivojlanish institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi: fondlar, startap-akseleratorlar, inkubatorlar va texnoparklar ishga tushirildi. Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oya va loyihalarni real sektorga joriy etish uchun zarur shart-sharoit yaratilmoqda. Ta'kidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi m rivojlantirishda faol ishlarni amalga oshirmoqda. Vazirlik tashabbusi bilan startap-loyihalarni amalga oshirish, yosh olimlar va talabalarning jahon amaliyotida ilmiy tadqiqot usullarini va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi hamda qulay shartsharoitlar yaratish maqsadida Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Ilg‘or texnologiyalar markazi qoshida Innovatsion startap akselerator, Yoshlar akademiyasi 6 va "UzVC" Milliy venchur fondi tashkil etildi. Bundan tashqari, vazirlik tomonidan mahalliy olimlarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga tatbiq etilishida iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan ishlanmalarini tijoratlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu ma'noda, bugungi konferensiyadan ko’zda tutilgan maqsad Yangi O’zbekistonda zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’limga innovatsiyon nazar tashlab strategik o’zgarishlar asosida yangiliklarni tadbiq etishdan iborat. Zero, ta'lim jamiyat hayotining shunchaki bir qismi emas, balki uning avangardidir: boshqa har qanday quyi tizim deyarli har doim shu qadar ko'p
744 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz yangilik va tajribalar bilan o'zining progressiv rivojlanishi haqiqatini tasdiqlay oladi. Ta'limning jamiyatdagi o'zgaruvchan roli ko'plab innovatsion jarayonlarga olib keldi. References: 1. Mavlonova R. Ekologik tarbiya metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2021. 2. Qosimova D. Tabiat va inson uyg‘unligi. – Toshkent: Fan, 2020. 3. Hasanboyeva O. Boshlang‘ich ta’limda tarbiyaviy ishlar metodikasi. – Toshkent, 2022. 4. Yusupova S. Ekologik ta’limda innovatsion metodlar. – Toshkent, 2023. 5. UNESCO. Education for Sustainable Development. – Paris, 2021. 6. OECD. Green Education Framework. – London, 2022. 7. Ministry of Education of Uzbekistan. Ekologik ta’lim konsepsiyasi. – Tashkent, 2023.