scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFLARDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Ergasheva Mohira

Full text

747 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG’ICH SINFLARDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Ergasheva Mohira Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17376265 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Unda innovatsion yondashuvlar, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va integratsion ta’lim uslublarining o‘quvchilarning bilim faolligi, mustaqil fikrlash va ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining pedagogik texnologiyalarni tanlash va ularni o‘quv jarayoniga to‘g‘ri tatbiq etishdagi kasbiy mahorati muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada ilg‘or pedagogik tajribalar asosida texnologik yondashuvning ta’lim sifatini oshirishdagi afzalliklari ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab berilgan. Kalit so‘zlar:boshlang‘ich ta’lim, pedagogik texnologiya, interfaol metodlar, innovatsion yondashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘qituvchi mahorati, ta’lim sifati, Аннотация: В статье рассматриваются вопросы эффективного использования современных педагогических технологий в начальном образовании. Анализируется роль инновационных подходов, интерактивных методов, информационнокоммуникационных технологий и интегрированных методов обучения в развитии познавательной активности, самостоятельности мышления и творческого потенциала учащихся. Также указывается на важнейший фактор профессиональное мастерство учителя начальных классов в подборе педагогических технологий и их грамотном применении в образовательном процессе. В статье научно-педагогически обоснованы преимущества технологического подхода в повышении качества образования на основе передового педагогического опыта. Ключевые слова: начальное образование, педагогические технологии, интерактивные методы, инновационный подход, информационно-коммуникационные технологии, мастерство учителя, качество образования. Abstract: This article discusses the issues of effective use of modern pedagogical technologies in the primary education process. It analyzes the role of innovative approaches, interactive methods, information and communication technologies and integrated teaching methods in developing students' cognitive activity, independent thinking and creative potential. Also, the professional skills of the primary school teacher in selecting pedagogical technologies and correctly applying them in the educational process are indicated as an important factor. The article scientifically and pedagogically substantiates the advantages of the technological approach in improving the quality of education based on advanced pedagogical experiences. Keywords: primary education, pedagogical technology, interactive methods, innovative approach, information and communication technologies, teacher skills, quality of education, XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, 748 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an’anaviy o’qitish usullaridan ko’ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o’qituvchi-murabbiylarga ko’p jihatdan bog’liqdir. O‘quv-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan vaziyatlarga o‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari, electron darsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o’quvchilarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o`qituvchi faoliyati va o’quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko’rsatiladi-yu pedagogik texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o’qituvchi faoliyati va o’quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko’rsatiladi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uni pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo’l va usullarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kelgusi faoliyatga tayyorlashda, pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash bugungi ta’limning oldiga qo’yilgan talablardan biridir. Chunki pedagogik texnologiyalar, birinchidan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini oson va qiziqib o’rganishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, o’qituvchining ham professional o’sishiga, ham ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi. Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’limtarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’limtarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o’quvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o’z ichiga oladi. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o’quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni o’quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kengayib, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pedagogik 749 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz texnologiyalarni aniq voqelikka aylantirdi. Pedagogik texnologiya mohiyat-e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Ta’limtarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo, pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi, chunki ularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining subyekti - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi. References: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020. 2. 2.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. – Toshkent: Sharq, 1997. 3. Ziyomuhamedov, B. T., To‘raqulov, H. T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2021. 4. Hasanboyeva, O. U., Sariyev, R. A. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. 5. Yo‘ldosheva, D. S. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. 6. Xodjayeva, N. M. Boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni. – Toshkent: TDPU, 2022. 7. G‘ulomov, A., Mamarasulov, M. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Ilm ziyo, 2018.