scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MASOFAVIY TA'LIMDA SIRTQI BOʻLIM TALABALARINING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH USLUBIYATI

Meylikova Obida

Full text

768 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz MASOFAVIY TA‘LIMDA SIRTQI BOʻLIM TALABALARINING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH USLUBIYATI Meylikova Obida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17376465 Annotatsiya: Masofaviy ta‘limda sirtqi boʻlim talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish uslubiyati yoritib berilgan.Talabalar mustaqil ishlarining turlari va ularni masofaviy ta‘limda bajarish yoʻllari haqida fikrlar bildirilgan. Tayanch soʻzlar: masofaviy ta‘lim, axborot texnologiyalari, ilmiy tadqiqot ishi, ijodiy loyixa, mustaqil ish, Chat, multimedia. Аннотация: Описывается методика организации самостоятельной работы студентов на дистанционном обучении в дистанционном обучении. Ключевые слова: дистанционное обучение, информационные технологии, исследование, творческий проект, самостоятельная работа, чат, мультимедиа. Annotation: The method of organizing independent work of students in distance learning in distance learning is described. Keywords: distance learning, information technology, research, creative project, independent work, chat, multimedia Kirish: Masofaviy oʻqitishda sirtqi boʻlim talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etish imkoniyati kengayadi. Bu talaba ishlaydigan axborot maydonini kengayishi bilan bogʻliq boʻladi. Shu sababli masofaviy ta‘lim tizimida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini shakllantiradigan loyihaviy pedagogik faoliyatning ijodiy, tadqiqiy shakllarini amalga oshirish imkoniyatini beradigan pedagogik texnologiyalarni foydalanish mumkin boʻladi. Asosiy qism: Sirtqi boʻlim talabalarining mustaqil ishi. Talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishi dastlab egallanadigan bilimlarga yoʻnaltirilgan axborotli-rivojlantiruvchi uslublar sirasiga kiradi. Auditoriyadagi va mustaqil ishiga ajratilgan vaqtning nisbati, dunyo boʻyicha oʻrtacha 1: 3,5 ni tashkil etadi [1-4]. An‘anaviy pedagogikada talabalarning mustaqil ishlari koʻproq adabiyotlar bilan ishlashni qamrab oladi. Masofaviy oʻqitishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish imkoniyati kengayadi. Ya‘ni, chop qilinib taqdim etiladigan ilmiy tadqiqot natijalari, oʻquv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash, ijodiy loyixalar va oʻqitish dasturlari, test oladigan tizimlari, ma‘lumotlarning axborot omborlari bilan ishlash kabilar mustaqil ish shakllarini tashkil etmoqda. Masofaviy ta‘limda talabalarning mustaqil ishi doirasini kengayishi oʻquv jarayoini tashkil etishda uning hissasini oshishiga olib keladi. Natijada talabalarning ma‘ruza (nazariy) materiallari ustida mustaqil ishlashi, joriy va oraliq nazoratlardan oʻtishi, tadqiqot ishini bajarishi, seminar yoki amaliy ishlarga tayyorgarlik koʻrishi, kompyuter trenajerlari va imitatsion modellar bilan ishlashi va boshqalar mustaqil ish uslublarini tashkil etadi. Oʻquv predmetini toʻla uslubiy tomondan ta‘minlanganda talabalarning mustaqil ishlari hissasi talaba semestr oʻquv yuklamasining uchdan ikki qismini tashkil etishi mumkin. Axborot texnologiyalari talabalarning mustaqil ishlarining asosi sifatida nafaqat oʻquv va tadqiqot xarakteridagi chop etilgan mahsulotni, balki elektron nashrlar, Internet tarmogʻining ashyolari – ma‘lumotlarning elektron omborlari, kataloglar va 769 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz kutubxona, arxiv jamgʻarmalari va boshqalardan foydalanish imkoniyatini beradi [4-7]. Masofaviy oʻqitishda sirtqi boʻlim talabalarini mustaqil faoliyatini tashkil etish, kunduzgi ta‘limdagi kabi boʻlmasdan individual tarzda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qoʻllashni koʻzda tutadi . Mustaqil ish talaba faoliyatida ishlab chiqaruvchi va ijodiy jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Shunga nisbatan talaba mustaqil faoliyatini uchta: reproduktiv(mashqli), rekonstruktivnыy va ijodiy (izlanuvchi) darajalarga ajratiladi. Masofaviy ta‘lim tizimida talabalarning mustaqil ishini, ayniqsa reproduktiv darajasi samarali tashkil etiladi. U berilgan nazorat ishi variantidagi masalalarni yechish, kompyuterli jadvallar va sxemalarni toʻldirish, kompyuter trenajerlari yordamida mustaqil amaliyotlar va laboratoriya ishlarini bajarish kabi topshiriqlarda samara beradi [8].Talabalarning mustaqil ishlari rekonstruktiv darajasi kompyuter modellashtirish yordamida, imitatsion modellar bilan ishlashda amalga oshiriladi. Ijodiy boshlanish dastlab talabalarning kurs ishi va ilmiy tadqiqotli diplom ishlari yoki loyihalarida amalga oshiriladi. Talabaning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etishning yana bir samarali shakllaridan biri olimpiada, televiktorinalar, zukko kitobxon, zakovat klubi kabi koʻrik tanlovlar, startap loyixalar tanlovi, ilmiy-nazariy konferensiyalar va oʻquv faoliyatning boshqa ijodiy – faol shakllarini oʻtkazishdan iborat. Ular pedagogik innovatsiyalarni masofali oʻqitish xususiyatlariga moslashishiga imkoniyat beradi [3-4,7-8]. Yuqorida qayd etilgan masofali oʻqitishda talabaning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish shakllari on-line texnologiyalari: Chat, Audio Conferencing, Internet Video Conferencing lari asosida amalga oshirilishi mumkin. Xulosa: Masofaviy ta‘limda oʻquv jarayonining asosiy sub‘ekti sifatida talaba va oʻqituvchi boʻlib qoladi. Bilish faoliyatida oʻqituvchi bilan bir qatorda talabaning qatnashishi an‘anaviy ta‘lim tizimida ham, masofali oʻqitishda ham ta‘limni sifatini oshiradigan shartlardan biri boʻlib qoladi. References: 1. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta‘limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammolari va istiqbollari // J. InfoCom.uz. – Toshkent, 2006. – № 3. – B. 64-65. 2. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta‘limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. – Toshkent: Fan, 2007. – 160 b. 3. Гомулина Н.Н. Обучающие интерактивные, компютерные курсы и имитатционные программы по физике // Ж. Физика в школе. – Москва, 2000. – № 8. – С. 69-74. 4. Цой М.Н. Мултимедийное учебное пособие как част интерактивного программнометодического комплекса // Таълим технологиялари. – 2011. – № 2. – С. 3436. 5. Мустафакулов А. А., Мустафакулов А. А. Каchество образования и его обеспеcчение в педагогиcческих образователных учреждениях //Молодой ученый. – 2014. – №. 6. – С. 733. 6. Мустафакулов, А. А., Халилов, О. К., & Уринов, Ш. С. (2019). Цел и задачи самостоятелной работы студентов.