BOSHLANG`ICH TA'LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR METODIKASI
Full text
773 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG`ICH TA’LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR METODIKASI Roxmanova Rayxonoy Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17376541 Annotatsiya: Maqola o’qish va odobnoma fanlari o`rtasidagi integratsiyaning muhim tamoyillarini tadqiq etishga bag`ishlangan. Ayniqsa, bolalar she’rlari va ertaklaridagi jumboqlar, sonlar, matematik amallarning badiiy ifodasiga xos ta’lim-tarbiyaviy, estetik ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Kalit so`zlar: integratsiya, tafakkur, intellekt, innovatsiya, texnologiya, didaktika. Bolalar olami ancha murakkab. Jamiyat, ijtimoiy muhit insonni o`zgartirib, tafakkurini yangilab boraversada, tabiat qonuniyatlari singari bolalaik olamiga xos o`zgarishlar ham yangilanib boraveradi.1 Ammo har bir bolaning ong va tafakkuri nafaqat maktabda olgan bilimi, balki badiiy kitobxonlik, estetik zavq, hayotga munosabati bilan to`lishib boradi. Bunda ayniqsa, fanlarning bir-biri bilan uzviylik va uzluksizlik asosida integratsiyalashuvi muhim omil sanaladi. Ya’niki, fanlar va bilimlar yo`nalishi, badiiy ijod namunalar mantiqan bir-birini taqozo etsa, o`quvchilarda to`laqonli tafakkur shakllana borishiga poydevor yaratiladi. Boshlanng`ich sinflarda darslarni inntegratsiyalab o`tish, bunda zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyalaridan fоydalanishning afzal tоmоnlari juda ko‘p. Ta’kidlash joiz, avvalo, o`qituvchining o`zi har bir fanning alohida xususiuyatlari hamda boshqa fanlar bilan mushtarakligini anglab, so`ngra 1sinfdanoq o`quvchilarda ham shu ko`nikmani shakllantira olmog`i zarur. O`quvchilarning maktabdagi ilk faoliyatidanoq bu jihatga alohida e’tibor berish muhim. Xususan, har bir mashg`ulotda o`yin ular faoliyatining mazmundorligini belgilaydi. Endilikda buning yoniga innovatsion texnologiya ham jadal kirib kelmoqda. Natijada, fanlararo integratsiyadan foydalanish tabiiy ehtiyojga aylanayotir. Aytaylik, 3sinf odobnoma darslarida ko`p mavzularni o`qish, mehnat, jismoniy tarbiya, musiqa darslari bilan bo`glab o`tish taqozo etiladi. Jumladan, “Xalq o`yinlari. O`yin odobi” mavzusini o`tishda o`qituvchi o`qish kitobidan tashqari xalq og`zaki ijodi fanidan xabardor bo`lishi lozim. Mavzuga doir ijodiy topshiriqlarni bajarish uchun ham keng bilim, hayotiy tajribaga ega bo`lishi, shuningdek, kompyuterlashtirilgan xalq o`yinlari orqali o`quvchilarda tasavvur hosil qilishga erishishi zarur. Folklorshunos olim O.Safarov ta’kidlaganidek, bolalar o’yinlarining xos xususiyati shundaki, ularda o’yinchi ham, tomoshabin ham – bolalarning o`zlari, ularda o`yinchi va tomoshabin yagona bir siymoda birlashgan holda namoyon bo`ladi. Shu bois har bir o’yin – o`ziga xos betakror dramatik asarday, hayotning qay bir parchasi, qay bir dardi, qay bir muammosini aks ettiruvchi sahna asariga aylanadi, uning muallifi ham, sahnalashtiruvchisi ham, ijrochisi ham, tomoshabini ham – tag’in o’sha bolalarning o`zlari, o`zlari, o`zlari… Darhaqiqat, bolalar hayotni dastavval o`yinlarida kashf etadilar, kattalarga xos barcha kechinmalar – xursandlig-u xafachilik, ayyorlig-u g`irromlik, haqiqatgo`ylik yoxud kechirimlilik ham har xil o`yinlar ichida paydo bo`la boshlaydi. Shu ma’noda 3-sinf odobnoma kitobida berilgan xalq o`yinlariga oid mavzu mazkur hodisani nazariy va amaliy jihatdan asoslashga yordam beradi. Bu mavzuni boshlashdan ilgari o’quvchilarga “Siz o`rtoqlaringiz bilan qanday o`yinlarni o`ynaysiz? “O`yin chog`ida g`irromlik
774 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz qilgan, arazlagan bolalarga munosabatingiz qanday?” degan savol-topshiriqlar berilgan. Matn ichida ham bolalar o`yinlari, olamiga xos muammoli vaziyatlar berilgan. Shuningdek, berilayotgan nazariy ma’lumotlar qatorida “Chorlama”, “Guldur-gup”, “Aytishma”, “Sanama”, “Chandish” kabi o`yin turlari sanab ketiladiki, buni nazariy va amaliy jihatdan o`quvchilarga anglatishda aynan fanlararo integratsiyaga ehtiyoj seziladi. Binobarin o`qituvchi bu mavzuni o`tishda quyidagi metodik usulni tanlashi samarali natija beradi: Odobnoma fanidan mazkur darsni o`tishda ma’naviy o`yin namunalarini tushuntirish ham rejalashtirilgan. Ayniqsa, tez aytish, topishmoq, chandish, guldur-gup singari o`yin turlarini ham amaliy tarzda, ijodiy bajarish samarali natija beradi. Bunda ham didaktik o`yinlardan foydalanish, ayniqsa, musobaqa, bellashuv usullarini qo`llash maqsadga muvofiq. Ayniqsa, bugun anchayin kam qo`llanadigan “guldur-gup” va “chandish” nima ekanligini o`qituvchi o`zi tushuntirgach, so`ngra bolalar bilan birgalikda bu o`yin ham o`ynab ko`rilsa, quvnoq daqiqa tashkil etiladi. Jumladan O.Safarov bu terminlarni shunday izohlaydi: “Guldur-gup momaqaldiroq ovozi (guldurgulduri)ning birdan tinishi (gup-so’nish sadosi) ga , jildir-jip ariqda oqqan suv ovozi (jildirjildiri)ning birdan tinishi (jip-suv harakati to’xtashiga) ishora ma’nolariga ega bo’lib, shovqinsuronning birdan tinishga undovchi mo’’jazgina qo’shiqlar sil-silasidan iborat”. Umuman, boshlang`ich sinflarda integrallashgan darslarda ikki yoki undan ortiq fan elementlari o`zaro bog‘lanishi uchun dars oldindan loyihalashtirilib olinadi. Bundan ko`zlangan maqsad o‘quvchilarda tabiat, jamiyat va hayotiy tajribalar, milliy qadriyatlar, an’analar haqidagi yaxlit tasavvurni hosil qilishdir. O`quvchilar ham boshlang`ich sinflardanoq integratsiyalashgan darslarga tayyor bo`lishi, o`zlari mustaqil izlanib, ijodiy mushohadalar bilan fanlararo bilimlarini yanada mustahkamlashga ko`nikma hosil qilib borishi joiz. Chunki, har bir o`quvchi kelajakda barcha fanlardan mukammal bilimga ega bo`lishi, istagan soha bo`yicha kasb egallashi uchun bilimlarini amaliyotga tatbiq eta bilishga yo`llanishi kerak. Sinfdan tashqari o`qish darslarida ilmiy-ommabop maqolalarni o`rganishda ommaviy-axborot vositalaridan foydalanish ahamiyati tahlil etilgani bilan izohlanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan o‘qish, ona tili, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, mehnat, musiqa, matematika kabi o‘quv fanlari o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va axloqiy fazilatlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bir-birini to‘ldiruvchi ushbu o‘quv fanlari yordamida o‘quvchilar tabiat, jamiyatdagi hodisa va jarayonlar, san’at haqidagi umumiy tushunchalar, til xususiyatlari, og‘zaki va yozma nutq shakllanishini o‘rganadilar. Ijtimoiy-gumanitar turkumdagi o‘quv fanlarini o‘rganish jarayonida fanlararo integratsiya muhim rol o`ynaydi. Integratsiyalashning didaktik asosiga ayrim mavzularini o`tish metodikasidagi bog`liqlik ham tushuniladi. Shu tariqa, bir fanni, yoxud mavzuni o`tishda o`zaro bog`liq mavzular yoki fanlar integratsiyasi chuqurlashib boraveradiki, bu boshlang`ich sinf o`quvchilarida yoshlikdan allomalarimiz haqidagi kitobchalarni ko‘proq o‘qib o‘rganishga da’vat etadi, ulardan ibrat olishga undaydi. Ulkan shahrlar tarixidan voqif bo`lish orqali yuqori sinflarda o`rganiladigan fanlar uchun mustahkam zamin hozirlaydi. Boshlang`ich sinflarda o`qitiladigan odobnoma – sog‘lom avlodni ma’naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashdagi asosiy fan hisoblanadi. Chindan ham inson odobi bilan go‘zaldir. O‘tmishda ham odob ilmi alohida fan sifatida maktab va madrasalarda o‘qitilgan. Mustaqillikka erishgach, yangi avlod darsliklari qatori odobnoma fani ham tamomila sharqona odob-axloq me’yorlari asosida yangidan yozilgani ijobiy samarasini bermoqda. Fanning qiziqarli tomoni shundaki, u kundalik hayotimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz bilan chambarchas bog`liq. Ayniqsa, har bir mavzuning
775 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan asosda o`tish taqozosi o`qituvchidan yuksak malaka va mahoratni talab etadi. Umuman, turli fanlarga oid darsliklar, o’quv qo’llanmalari, majmualar, lug’atlar, ilm-fanning turli sohalariga oid “Qiziqarli botanika”, “Qiziqarli kimyo”, “Qiziqarli tilshunoslik”, “Mo’jizalar kitobi” singari bolalarbop qomuslar, “Mashhur kishilar hayoti” rukniga kiruvchi badialar, tabiat va jamiyat hodisalariga, tarixga oid ilmiy-ma’rifiy asarlar, xilma-xil o’quv adabiyotlari mumtoz adabiyotimizdagi didaktik an’analar vorisi sifatida yashab kelmoqda. Endilikda boshlang`ich sinf o`qish, matematika, odobnoma, tabiatshunoslik darslarini integratsiyalash asosida shunday maqsadga to`liq erishilayotir. Bunday darslarni tashkil etishning didaktik asoslari esa o`quvchilarni yuqoridagi kabi qiziqargli bilimga ega bo`lishlarini ta’minlaydi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining o`zi ana shu fanlar o`rtasidagi boog`liq nuqtalarni zukkolik bilan ilg`ab, ularni o`tishda pedagogik mahoratlari – notiqlik, san’atkorlik, rejissor va savodxonlik qobiliyatlarini to`liq namoyon eta olsalar har bir darsdan ko`zlangan samarali natijaga albatta erishiladi. Bunda interaktiv metodlar ham albatta har bir o`quvchi shaxsi, kichik guruhlar, sinf qiziqishining yo`nalishiga, salohiyatiga ko`ra tashkil etiladi. References: 1. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta‘limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammolari va istiqbollari // J. InfoCom.uz. – Toshkent, 2006. – № 3. – B. 64-65. 2. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta‘limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. – Toshkent: Fan, 2007. – 160 b. 3. Гомулина Н.Н. Обучающие интерактивные, компютерные курсы и имитатционные программы по физике // Ж. Физика в школе. – Москва, 2000. – № 8. – С. 69-74. 4. Цой М.Н. Мултимедийное учебное пособие как част интерактивного программнометодического комплекса // Таълим технологиялари. – 2011. – № 2. – С. 3436. 5. Мустафакулов А. А., Мустафакулов А. А. Каchество образования и его обеспеcчение в педагогиcческих образователных учреждениях //Молодой ученый. – 2014. – №. 6. – С. 733. 6. Мустафакулов, А. А., Халилов, О. К., & Уринов, Ш. С. (2019). Цел и задачи самостоятелной работы студентов.