scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Choriyeva Sevinch

Full text

778 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH SINFDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH Choriyeva Sevinch Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17376593 Annotatsiya: Mаzkur mаqоlаdа boshlang‘ich sinf dаrslаridа STEАM (fаn, texnоlоgiyа, muhаndislik, sаn’аt vа mаtemаtikа) yоndаshuvini qо‘llаshning аhаmiyаti vа sаmаrаdоrligi yоritilаdi. Undа zаmоnаviy tа’lim jаrаyоnidа integrаtsiyаlаshgаn yоndаshuvlаr оrqаli о‘quvchilаrning ijоdiy fikrlаshini, mаntiqiy tаhlil qilish qоbiliyаtini vа аmаliy kо‘nikmаlаrini shаkllаntirish mаsаlаlаri muhоkаmа etilgаn. Оnа tili dаrslаridа sаn’аt vа texnоlоgiyаlаrni uyg‘unlаshtirish оrqаli mаvzulаrni chuqurrоq аnglаshgа erishish, shuningdek, fаnlаrаrо bоg‘liqlikni kuchаytirish imkоniyаtlаri kо‘rib chiqilgаn. Mаqоlа metоdik tаvsiyаlаr vа аmаliy misоllаr аsоsidа bоyitilgаn bо‘lib, u оnа tili о‘qituvchilаri uchun fоydаli mаnbа bо‘lа оlаdi. Аннотация: В данной статье рассматривается важность и эффективность применения STEAM-подхода (наука, технологии, инженерия, искусство и математика) на уроках родного языка. Обсуждаются вопросы развития у учащихся творческого мышления, способности к логическому анализу и практических навыков посредством интегрированных методов в современном образовательном процессе. Статья исследует возможности более глубокого понимания тем через сочетание искусства и технологий на уроках родного языка, а также укрепление межпредметных связей. Основанная на методических рекомендациях и практических примерах, данная статья может стать полезным ресурсом для учителей родного языка. Annotation: This article discusses the importance and effectiveness of applying the STEAM approach (Science, Technology, Engineering, Art, and Mathematics) in native language lessons. It examines issues related to developing students' creative thinking, logical analysis skills, and practical competencies through integrated approaches in the modern educational process. The article explores the possibilities of achieving a deeper understanding of topics by combining art and technology in native language lessons, as well as strengthening interdisciplinary connections. Based on methodological recommendations and practical examples, the article can serve as a valuable resource for native language teachers. Kalit so'zlar: STEAM ta’lim yondashuvi, Ona tili ta’limi,Innovatsion ta’lim,Integratsiyalashgan ta’lim,Kreativ fikrlash,Tanqidiy fikrlash,Muammolarni hal qilish ko‘nikmalari, Raqamli texnologiyalar, Pedagogik metodlar, Fanlararo hamkorlik, Ta’lim sifatini yaxshilash, Mustaqil fikrlash, Zamonaviy ta’lim jarayoni,Ta’limda yangilanish. Kirish."Zamonaviy globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ta’lim tizimining yangilanishi va taraqqiyoti dolzarb muammo sifatida yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda o‘quvchilarning nafaqat mustahkam nazariy bilimlarga ega bo‘lishi, balki tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muammolarni hal qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishi zarur. Aynan shu talablarni qondirishda STEAM ta’lim yondashuvi muhim o‘rin egallaydi. STEAM — fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik (Engineering), san’at (Art) va matematika (Mathematics) sohalarini birlashtirgan innovatsion ta’lim tizimidir. 779 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ‘‘O‘zbekistonda STEAM ta’limi so‘nggi yillarda rivojlanayotgan bo‘lsa-da, ayniqsa ona tili fanida uning tatbiqi hozirgi kunga qadar yetarli darajada amalga oshirilmayapti. "Ona tili — har bir millatning o‘zligini anglash, madaniy merosini saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazishda asosiy vosita hisoblanadi". Til nafaqat muloqot vositasi, balki insonning dunyoqarashi, tafakkuri va ijodkorligini shakllantiradigan muhim omildir. Shu bois ona tilini o‘rgatishda zamonaviy metod va yondashuvlarni, xususan STEAM texnologiyasini joriy etish ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish va ularni raqobatbardosh shaxs sifatida shakllantirishda katta ahamiyatga ega."STEAM ta’limi nafaqat bilimni o‘rgatish, balki uni amaliyotda qo‘llash, yangi ixtirolar yaratish va jamiyatda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan" An’anaviy ta’lim ko‘pincha faqat bilimni uzatish bilan cheklanib qoladi, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishda yetarli imkoniyat bermaydi. Shu sababli, ta’lim mazmunini integratsiyalashgan va innovatsion yondashuvlar orqali boyitish, fanlararo hamkorlikni kuchaytirish muhimdir. Ona tilida STEAM yondashuvi o‘quvchilarga tilni nafaqat grammatik va leksik jihatdan, balki ilmiy, texnologik, san’at va matematik kontekstlarda ham o‘rganishga imkon beradi. Bu esa tilni yanada chuqurroq anglash, ijodkorlikni oshirish va muloqotda mustaqil fikr bildirish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shunday qilib, ona tilida STEAM ta’limini joriy etish orqali yosh avlodni nafaqat bilimli, balki kreativ, analitik va mustaqil fikrlovchi shaxslar qilib tarbiyalash mumkin bo‘ladi. Ushbu maqolada ona tili fanida STEAM yondashuvining ahamiyati, uning pedagogik imkoniyatlari va ta’lim jarayonida samarali qo‘llanilishi masalalari muhokama qilinadi. Asosiy qism. Globallashuv sharoitida yangilanish va yuksalishlar har bir sohada integratsiyalashuv, innovatsion tafakkurni va ularga asoslangan jamoaviy uyg‘unlashuv hamda innovatsion muhitni taqozo etadi. ‘‘Tа’limdа STEАM yоndаshuvi аsоsаn texnik fаnlаrgа оid deb qаrаlgаn bо‘lsа-dа,sо‘nggi yillаrdа bu metоdikа gumаnitаr fаnlаrgа, xususаn, оnа tili dаrslаrigа hаm muvаffаqiyаtli tаtbiq qilinmоqdа."Bu yоndаshuv оrqаli о‘quvchilаr nаfаqаt grаmmаtik bilimlаrni egаllаydi, bаlki аnаlitik fikrlаsh, muаmmоlаrni hаl qilish, ijоdiy yоndаshish vа о‘z fikrini аniq ifоdа etish kо‘nikmаlаrini hаm rivоjlаntirаdi. Bugungi glоbаllаshuv vа rаqаmli texnоlоgiyаlаr аsridа tа’lim tizimidаn kutilаyоtgаn tаlаblаr tubdаn о‘zgаrib bоrmоqdа. Аn’аnаviy tа’lim yоndаshuvlаri о‘rnini innоvаtsiоn vа integrаtsiyаlаshgаn uslublаr egаllаmоqdа. Xususаn, STEАM yоndаshuvi – yа’ni fаn (Science), texnоlоgiyа (Technоlоgy), muhаndislik (Engineering), sаn’аt (Аrt) vа mаtemаtikа (Mаthemаtics) integrаtsiyаsi аsоsidа qurilgаn о‘quv jаrаyоni –о‘quvchilаrning hаr tоmоnlаmа rivоjlаnishini tа’minlаshdа muhim vоsitаgа аylаnmоqdа." STEAM asosidagi topshiriqlarning kamligi muammoning bir qismini tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki O‘zbekistoga STEAM ta'limi yaxshi kerib kei.lmagan va yaxshi o'rganilib talimga tadbiq etilmaganligi,bundan tashqari fanlararo hamkorlikda dars rejalari ishlab chiqilmasligi va o‘qituvchilarning an’anaviy yondashuvdan voz kechishni istamasligidir. O‘quvchilarni mustaqil, kreativ fikrlovchi shaxsga aylantirish uchun ta’lim jarayoni har tomonlama yangilanishi zarurdir. Xususan, hozirgi zamonaviy ona tilida zamonaviy pedagogik loyihalar va ularni samarali o‘qitish hozirgi kun talabidir." 780 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ‘‘Tа’limdа STEАM yоndаshuvi аsоsаn texnik fаnlаrgа оid deb qаrаlgаn bо‘lsа-dа, sо‘nggi yillаrdа bu metоdikа gumаnitаr fаnlаrgа, xususаn, оnа tili dаrslаriga ham muvаffаqiyаtli tаtbiq qilinmоqdа. Bu yоndаshuv оrqаli о‘quvchilаr nаfаqаt grаmmаtik bilimlаrni egаllаydi, bаlki аnаlitik fikrlаsh, muаmmоlаrni hаl qilish ijоdiy yоndаshish vа о‘z fikrini аniq ifоdа etish kо‘nikmаlаrini hаm rivоjlаntirаdi". Ona tili – har bir insonning dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va madaniy merosiniifodalovchi eng muhim vositadir. U har qanday millat uchun o‘zligini anglash va o‘zmadaniyatini saqlab qolishning asosi hisoblanadi. Ona tilini o‘rganish, uning boyligini va o‘zigaxos xususiyatlarini anglash, nafaqat tilshunoslik nuqtai nazaridan, balki jamiyat, ijtimoiy hayotva insonning shaxsiy rivojlanishi uchun ham muhimdir.O‘zbekistonda ona tili fanining ahamiyati beqiyosdir. Bu nafaqat o‘zbek tilini o‘rganish,balki milliy madaniyatni, tarixni va o‘zligimizni anglashda muhim o‘rin tutadi. Ona tili faninio‘rganish va unga hurmat ko‘rsatish, yosh avlodni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. STEAM asosida o'qish va o'qitish an'anaviy talimdan yengil va qulayroqdir va o‘quvchlarni tanqidiy va kreativ fikrlаshga undaydi. An'anaviy ta'lim - bu asosan bilimni o'tkazish tizimi. U ma'lum bir bazani shakllantirish uchun juda muhim, ammo ko'pincha o'quvchini passiv qiladi va o'rganilgan narsalarning hayotdagi qo'llanilishini ko'rsatmay qo'yadi.Ta’lim tizimida islohotlarning samaradorligi umumta’lim fanlari mazmunni sayqallashtirish bilan aloqador. Ta’lim tizimida “Nimani o‘qitish kerak?”, “Qanday o‘qitish kerak?” va “Kim o‘qitadi?” degan savollar mazmunni tashkil etadi. Dastlab “Nimani o‘qitish kerak?” degan savolga javob berishimiz kerak. Xulosa.Ona tili — har bir millatning o‘zligini anglash, madaniy merosi va tarixini saqlashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan eng asosiy vositadir. Ona tilini chuqur va keng qamrovda o‘rganish, uning boyligini anglash nafaqat tilshunoslik, balki shaxsning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy rivojlanishi uchun ham juda muhimdir. Bugungi kunda ta’lim tizimida STEAM yondashuvini ona tili faniga tatbiq etish o‘quvchilarning nafaqat grammatika va lug‘at bilimlarini mustahkamlash, balki tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda STEAM ta’limi hali keng rivojlanmagan, ayniqsa ona tili fanida uning samarali qo‘llanilishi uchun imkoniyatlar va zarurat mavjud. Ta’lim mazmunining integratsiyalashuvi, fanlararo hamkorlik va innovatsion pedagogik metodlarning joriy etilishi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning shaxs sifatida rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ona tilida STEAM yondashuvi nafaqat ilm-fan va texnologiyalarni, balki san’at elementlarini ham o‘z ichiga olgani bois, tilni ijodiy, keng va amaliy kontekstda o‘rganishga imkon yaratadi. Shu sababli, ta’lim jarayonida ona tilida STEAM ta’limini keng joriy etish, o‘qituvchilarni zamonaviy metodikaga o‘rgatish va fanlararo integratsiyani kuchaytirish ta’lim tizimida sifatli o‘zgarishlarga olib keladi. Bu esa yosh avlodni mustaqil, kreativ, tanqidiy fikrlaydigan va jamiyatda faol ishtirok etadigan shaxslar sifatida shakllantirishga yordam beradi. STEAM yondashuvi zamonaviy ta’lim tizimida fanlararo integratsiyani ta’minlash, o‘quvchilarning ijodiy, mantiqiy va amaliy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim innovatsion ta’lim konsepsiyasidir. Bu yondashuvning samarali amalga oshirilishida ona tilining o‘rni beqiyosdir. Chunki til — bu barcha fanlar o‘rtasidagi aloqa, muloqot va tafakkurning asosiy vositasi sanaladi. Ona tili orqali o‘quvchilar nafaqat fikrlarini ifoda etadilar, balki ilmiy tushunchalarni anglaydilar, muammoli vaziyatlarni tahlil qiladilar va yangi 781 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz g‘oyalarni yaratadilar. Shu bois, STEAM asosidagi pedagogik loyihalarda ona tilini faol qo‘llash ta’lim jarayonining sifatini belgilovchi asosiy omillardan biridir ‘‘Ona tili darslari STEAM loyihalarida ilmiy, texnik, muhandislik va san’at yo‘nalishlaridagi topshiriqlarni til orqali ifodalash, yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, o‘quvchilarda tafakkur madaniyatini shakllantirish imkonini beradi. Masalan, tabiiy fanlar yoki texnologiya bilan bog‘liq loyihalarda o‘quvchilar tajriba natijalarini izohlash, natijalarni taqdim etish yoki hisobot yozish jarayonida ona tilidan faol foydalanadilar. Bu esa o‘z navbatida tilni amaliy qo‘llashni, nutq madaniyatini va ilmiy savodxonlikni oshiradi”. Bundan tashqari, ona tili STEAM loyihalarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda ham markaziy o‘rin tutadi. O‘quvchilar guruh bo‘lib ishlash jarayonida o‘z fikrlarini asoslab berish, dalillar keltirish, muhokama yuritish orqali ijtimoiy va nutqiy faoliyatlarini boyitadilar. Bu esa “fikr – so‘z – amal” zanjirining faol ishlashini ta’minlaydi, ya’ni til nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkurni rivojlantiruvchi kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi ‘‘STEAM ta’limida tilning ahamiyati shundaki, u fanlararo tafakkurni uyg‘unlashtiradi. Masalan, matematika va texnologiya fanlari o‘rtasidagi aloqani tushunish uchun o‘quvchi til orqali muammoli holatni ifodalaydi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. Shu bois, ona tili o‘qituvchilari STEAM metodlarini o‘z darslariga tatbiq etish orqali o‘quvchilarda ilmiy muloqot madaniyati, tahliliy fikrlash, hamda yozma va og‘zaki ijodiy ifoda ko‘nikmalarini shakllantirishlari lozim”. Amaliy tajribalarga ko‘ra, ona tili fanini STEAM loyihalari bilan bog‘lash orqali o‘quvchilar “fikrni modellashtirish” ko‘nikmasini egallaydilar. Bu jarayonda ular til vositasida g‘oya yaratadi, uni mantiqiy ketma-ketlikda ifodalaydi va amaliy natijaga aylantiradi. Shu bois, ona tili nafaqat lingvistik bilimlarni beruvchi fan, balki barcha yo‘nalishlarda innovatsion tafakkurni shakllantiruvchi tayanch fan sifatida namoyon bo‘ladi. References: 1. (Qurbonova M.F., ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 19-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2022). 2. (Qosimov A. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. –Toshkent: “O‘qituvchi”,) 3. (Ergаshоv Bekzоd Jаhоngir о‘g‘liILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI 125-126) 4. (O’ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 19-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI Maxtuma Fazliddinovna Qurbonova) 5. (Tursunova, M. STEAM yondashuvi va lingvistik kompetensiya integratsiyasi, Ilm va ta’lim, №4, 2022). 6. (Rasulova, N. Til va fanlararo integratsiya: yangi ta’lim tendensiyalari, Zamonaviy ta’lim jurnali, №5, 2023).