scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Tojiyeva Sevinch

Full text

788 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH Tojiyeva Sevinch Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17376833 Annotatsiya: Boshlang`ich sinf o`quvchilarida kitobga bo`lgan mehr-muhabbatni oshirishda oila, maktabgacha ta`lim muassalari bilan bir qatorda maktab juda muhim ahamiyatga egaligi, darslikda berilgan hikoya, ertak, qissa va hatto romandan parchalarni ham juda katta qiziqish va sinchkovlik bilan mutoala qilishlariga undash. Kalit so‘zlar:raqamli ta’lim, tanqidiy tafakkur, boshlang‘ich sinf, raqamli kompetensiya, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mustaqil fikrlash, innovatsion yondashuv. Аннотация: Помимо семейного и дошкольного образования, школа играет важную роль в повышении любви к книгам у учащихся начальной школы. Abstract: In addition to family and preschool education, the school plays an important role in increasing the love of books among elementary school students. Mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarimizda ta`lim-tarbiya olayotgan yosh avlodga, ularning har tomonlama yetuk va barkamol inson bo`lib voyaga yetishiga bog`liqdir. Bunday mas`uliyatli vazifani bajarishda boshlang`ich sinf o`qituvchilarning ham o’rni beqiyosdir. Shuning uchun bugungi kun o`qituvchisi o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga kunning dolzarb yangiliklaridan xabardor bo`lishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalana olishi va ayni damda ushbu texnologiyalarni amaliyotga tadbiq eta bilishi juda muhimdir. O`quvchilarning fikr doirasi, ongi dunyoqarashini o`stirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, o`z fikr-mulohazalarini to’liq bayon eta oladigan erkin ishritirokchiga aylantirish kun tartibidagi eng muhim masalalardan biridir. Buning uchun esa ularning eng yaqin do`sti kitob bo`lmog`I joizdir. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Adabiyot va san`at madaniyatini rivojlantirish xalqimiz ma`naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma`ruzasida yoshlar masalasiga, ayniqsa, ularning ma`naviy dunyosiga boyitishga katta e`tabor qaratdi. Shu bilan birga “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora tadbirlar dasturi to`g`risida”gi Prezident Qarori ham bu boradagi dasturul amal bo`ldi. Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi 4789-sonli Farmoyishi esa bu borada keng ko`lamli islohatlarni jadal suratlarda amalga oshirishga zamin yaratdi. 2017-yil 13-sentabrda “Kitob mahsulotlarini nash etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi PQ 3271sonli Qarorining qabul qilinishi va uning doirasida belgilangan vazifalar ham yurtimizda kitob mahsulotlarini chop etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida katta o`zgarishlarga zamin yaratdi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Xususan, mamlakat bo`ylab “Yosh kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruh”, “Eng kitobxon oila” 789 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz tanlovlarining tashkil qilinishi va g`olib kitobxonlar qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishi buning isbotidir. O`quvchilarda kitobga bo`lgan mehr-muhabbatni oshirishda oila, maktabgacha ta`lim muassalari bilan bir qatorda maktab juda muhim ahamiyatga ega. Biz boshlang`ich sinf o`quvchilariga e`tibor beradigan bo`lsak, ular darslikda berilgan hikoya, ertak, qissa va hatto romandan parchalarni ham juda katta qiziqish va sinchkovlik bilan mutoala qiladilar. Shulardan biri hikoya janridir. Boshlang`ich sinflarda uchraydigan badiiy asar janrlaridan biri bu hikoyadir. Hikoya – badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar bo`lib, mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. O`zbek hikoyachiligi juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar - “Kultegin” va “To`nyuquq” bitiklarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonining beshinchi maqolotidagi “Hotami toy” hikoyati, yigirmanchi maqolotidagi “Ul qul hikoyati”, “Sabbai sayyor” dostonidagi “Yetti musofir” hikoyalari ham bu janrning uzoq tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda esa bolalar adabiyotining ko`plab yozuvchilari hikoya janrida qalam tebratayotganini uchratamiz. Ulardan biri Safar Barnoyevdir. Safar Barnoyev 1938-yilning 6-mayda Buxoro yaqinidagi Dilkusho qishlog`ida tavallud topgan. 1959-yil o’rta maktabni tugatib, bir muddat qurulishda ishlagan. Harbiy xizmatdan qaytgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika bo`limida tahsil oladi. Adib “Kamalak” nashriyoti, “Gulxan” jurnalida xizmat qiladi. Safar Barnoyev taniqli bolalar yozuvchisi bo`lib, ko`pgina she`riy, nasriy asarlar muallifidir. Uning bir qancha hikoyalarini boshlang`ich sinf o`qish darsliklarida uchratamiz. 1-sinf O`qish darsligida “Chiroyli salom”, 3-sinfda “Bobonur”, “Sinfdan tashqari o`qish kitobi”da “Oq laylaklar”, “Dala oftobi” kabi hikoyalarni ko`rishimiz mumkin. S.Barnoyev hikoyalarini o`qir ekanmiz, uning hayotiy real voqealarga asoslanganligi hamda axloqiy jihatdan bolalarga yaxshi ta`sir ko`rsata olishi bilan ajralib turishining guvohi bo`lamiz. Ayniqsa, adibning 1-sinf O`qish darsligida keltirilgan “Chiroyli salom” hikoyasi o`zining tarbiyaviy-axloqiy jihati ustunligi, tili ravon, sodda hamda bolajonlar tilida yozilganligi bilan ajralib turadi. Hikoyada Bobo va nabirasining o`zaro suhbatiga guvoh bo`lamiz. Jajjigina qizaloq bobosiga chiroyli salom berishi uchun apil-tapil yuzqo`llarini yuvishi va bobosi ketib qolmasidan oldin unga salom berishga shoshilishi haqida hikoya qilinadi. Hajmi jihatdan juda qisqa berilgan bu hikoyaning zamirida esa juda ulkan ma`nomazmun berilgan. Biz o`zbeklarda “Salomingga qarab sening kimligingni aytish mumkin” degan naql bor. “Odob boshi salom” , - deb ham xalqimiz bejizga aytmagan yoki biz sevib o`qiydigan ertaklarimizda ko`p uchraydigan jumlalardan biri ham salom berish bilan bog`liq: Saloming bo`lmaganda seni bir yamlab yutar edim... E`tibor bering-a, salom berishning o`zida qancha hikmat yashiringan… Biz o`quvchilarni maktabga ilk qadam qo`ygan kunlaridan boshlab ularga salomlashish odobini o`rgatamiz. “Assalomu alaykum”- “Sizga salomatlik tilayman” degan ma`noni anglatishini va salomlashganda o`ng qo`limizni ko`ksimizga qo`yib salom berishimiz kerakligini hamda salomlashganda to`liq salom berish lozimligi to`g`risida o`quvchilarga ma`lumot beramiz. “Vaalaykum assalom”, ya`ni, “Sizga ham sihat-salomatlik tilayman” ma`nolarini o`quvchilarga aytamiz. Biz Safar Barnoyev hikoyalarida ana shunday tarbiya namunalarining guvohi bo`lamiz. Shu boisdan ham o`quvchilarni kitobga bo`lgan mehrini oshirish kunning eng muhim vazifa bo`lmog`i lozim. Badiiy asarning eng muhim xususiyati shundaki, u inson qalbini mayinlashtiradi, tuyg`ularini o`tkirlashtiradi, ma`naviy- 790 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ruhiy barkamollikni tarbiyalaydi. Shunday ekan, kelajak avlod bo’lgan yosh o’quvchilarga yoshligidan kitob o’qishga mehr uyg’otaylik va ularga namuna bo’laylik. References: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni. – Toshkent, 2020. 3. Ziyomuhamedov, B. T., To‘raqulov, H. T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2021. 4. Hasanboyeva, O. U. Boshlang‘ich ta’limda innovatsion yondashuvlar va raqamli ta’lim. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022. 5. G‘ulomov, A., Mamarasulov, M. Raqamli pedagogika: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Ilm ziyo, 2023. 6. Ennis, R. H. Critical Thinking. – New York: Prentice Hall, 1996.