BOSHLANGʻICH TA'LIMDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI
Full text
799 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANGʻICH TA’LIMDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI Ergasheva Yulduz Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 3BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17376959 Annotatsiya: Maqolada oʻqituvchilarning dars jarayonini sifatli, mahorat bilan olib borishlari, muvaffaqiyatli ishlashlari, oʻquvchilarga sifatli bilim berishlari uchun, oʻquv jarayoniga yangiliklardan, axborot texnologiyalardan foydalanish shart. Innovatsiyaning ta’limtarbiya ishida toʻliq va aniq qoʻllash uchun uning mohiyatini, mazmunini tushungan holda u orqali oʻqituvchi va oʻquvchining oʻzaro munosabatlarini optimallashtirishi bayon etilgan. Kalit soʻzlar:oʻquv jarayoni, usul, bilim, oʻzlashtirish, ijod, faollik, pedagogika, oʻquvchi, ta’lim Abstract: The article states that in order for teachers to conduct the lesson process qualitatively and skillfully, to work successfully, and to provide students with quality knowledge, it is necessary to use innovations and information technologies in the educational process. In order to fully and accurately apply innovation in educational work, it is necessary to understand its essence and content and optimize the relationship between the teacher and the student through it Keywords: educational process, method, knowledge, mastery, creativity, activity, pedagogy, student, education Аннотация: В статье утверждается, что для качественного и квалифицированного проведения урока, успешной работы и предоставления учащимся качественных знаний необходимо использовать инновации и информационные технологии в образовательном процессе. Для полного и точного применения инноваций в образовательной работе необходимо понимать их сущность и содержание, а также оптимизировать взаимоотношения между учителем и учащимся посредством их использования. Ключевые слова: образовательный процесс, метод, знание, мастерство, творчество, деятельность, педагогика, учащийся, образование Maktabdagi oʻquv jarayonning sifati koʻp omillarga bogʻliq boʻlib, ular orasida oʻqitishning usul va metodlari hal qiluvch ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning ongli va chuqur oʻzlashtrishda oʻquvchilardan mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga tasir koʻrsatadi. Pedagogika amaliyotida oʻqitish usullari va metodlariga juda katta boylik toʻplangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar oʻqitilayotgan fanning xarakteri bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hokozalar hisobga olinadi. Burhoniddin Zarkujiyning fikricha, insonning bilish faoliyati bilmaslikdan bilishga qarab boradi. Aql - faol, ijodiy kuchdir, koinotni bilish qurolidir. Ammo dastlabki tajribasiz bilishning boʻlishi mumkin emas. Chunki umuminsoniy aql tushunchasi taqqoslash, kuzatish va tajriba yoʻli bilan tarkib topadi. Inson hissiy idrokni boyitish bilangina oʻzining bilimlarini oshira oladi. Shuning uchun ta’limda oʻquvchilarning oʻzidagi tajribaga tayangan metodlardan iloji boricha keng foydalanish kerak. Metodlar va usullarni tanlash oʻqituvchi darsda hal qilishi moʻljallangan masalaga bogʻliq
800 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz boʻladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir xil metodlar qoʻllansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtrishda ya’nada boshqa xil metodlar qoʻllanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta oʻylash samarali usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir. Oʻqitish metodlarining juda koʻp turlari mavjud va ularning sonini aniqlab belgilab boʻlmaydi. Metodlar oʻqitishning mantiqiy tomonlariga, komponentlari va vazifalariga asoslanib tasniflanadi. Maktabdagi oʻqitish metodlarining yagona tasnifi yoʻq. Tasnif tartib va tizimni vujudga keltiradi. Umumiy va muayyan, nazariy va amaliy, muhim va tasodifiy oʻqitish metodlarini aniqlashga yordam beradi, shu orqali ulardan amaliyotda samaraliroq foydalanishga xizmat qiladi. Bugungi mavzudan nimalar oʻrgandingiz? kabi savollarga har bir oʻquvchi oʻz javobini yozib, olib chiqadi va oʻqib beradi. Bu mashgʻulotda ham oʻquvchilarning oʻtgan va yangi mavzu asosida olgan bilimlari aniqlanadi. Darsni chiroyli boshlashda samarali muloqot Fedbek berish bilan ham boshlash juda yaxshi natija beradi. Men shunday boshlayman. Salom aziz bolalarim, mening gul-u lolalarim. Hammangiz bor, omonmisiz, bugungi darsga tayyormisiz?. Oʻquvchilar: Aziz ustoz sogʻ-omonmiz, dars boshlashga biz tayyormiz. Juda yaxshi bolajonlar, bilishimcha, bugun hamma darsga tayyor. Adashmasam bugungi darsimizda hammangiz yuqori bal olishga oshiqmoqdasizlar kabi muloqotlar oʻz samarasini bermoqda. Yaxshilarning ziynati bobidan savollar: 1-guruhga: Xushmuomalalik mavzusida 2-guruhga: Kulish madaniyati mavzusida Bunda oʻquvchilar oʻz bilganlari va donolar hikmatlari, mavzumazmuniga tayangan holda tezroq oʻz gʻoyalari bilan togʻlarga chiqishga harakat qiladilar. Xulosa qilib aytganda, dars samaradorligiga erishishda ilgʻor pedagogik texnologiya usullaridan foydalanishni tashkil etish, oʻqituvchidan oʻz ustida ishlash, intilish, innovatsion texnalogiyalarni oʻrganib, darslarda qoʻllash, zamon talabiga munosib boʻlishga undaydi. “Innovatsiya - yangilik” soʻzining qachon paydo boʻlganligi aniq boʻlmasa-da, bu tushuncha umumiy fanlarga, tabiiy fanlardan chiqib kelganligi haqida fikrlar mavjud. Innovatsiya jamiyat paydo boʻlishidan boshlab oʻzgarib kelmoqda. Ba’zi pedagoglar innovatsiya soʻzining tor ma’noda ta’limni takomillashtirish, zamonaviylashtirish, boshqalari unga kengroq tushuncha bermoqda. Ta’lim sohasidagi ayrim yangi tushunchalarning, islohot, oʻqitishni zamonaviylashtirish, takomillashtirish, optimallashtirish kabilar bilan almashtirmoqdalar. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida innovatsiya soʻzi quyidagicha izohlanadi: “innovatsiya - inglizcha innovationas - kiritilgan yangilik, ixtiro boʻlib, ilmiy texnika yutuqlari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mahoratni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, faoliyat doiralarda qoʻllanilishi” deb koʻrsatilgan. “Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda oʻqituvchi oʻquvchi faoliyatiga yangiliklar va oʻzgarishlar kiritish boʻlib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan toʻliq foydalaniladi.” Pedagoglarning muvaffaqiyatli ishlashlari, oʻquvchilarga ta’lim berishlari uchun ta’lim jarayoniga yangiliklarni tatbiq etishni bilishlari shart. Shuning uchun innovatsiya yangilik atamasi koʻpchilikni e’tiborini tortdi. Innovatsiyaning ta’lim - tarbiya ishidan toʻliq va aniq qoʻllash uchun uning mazmunmohiyatini tushunib yetish lozim. Innovatsiya orqali oʻqitish jarayoni oʻqituvchi va oʻquvchining oʻzaro munosabatlarini optimallashtiradi. References:
801 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 1. Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo`llari. - T., Nizomiy nomidagi TDPU, 2009. 2. Lafasov M. Jahon tarixi. (1918-2008). –T.: Turon-iqbol, 2011. 3. Ochilov M. «Yangi pedagogik texnologiyalar» /Qo`llanma. -Qarshi: Nasaf, 2000. 4. Fuzailova G.S, Rahmatullayeva O.R Tarix fanini kasbiy sohalarga yo`naltirib o`qitish metodikasi. Uslubiy qo`llanma. – T., TDPU, 2012. - 140 b. 5. Fuzailova G.S, Rahmatullayeva O.R Tarix fanidan o`quv qo`llanma. -T.:TDPU, 2012. - 200 b. 6. Usmonov Q., Sodiqov M. O`zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). Akademik litsey va kasbhunar kolejlari uchun darslik. -T.: Sharq, 2002, 2003, 2011. 7. Usmonov Q. O`zbekiston tarixi. Milliy istiqlol davri. Akademik litsey va kasb-hunar kolejlari uchun. -T.: O`qituvchi, 2003.