FOSINTETIK PIGMENTLAR MIQDORIGA NAMLIK DARAJALARINING TA`SIRI
Abstract
O`simlik yer ustki organlariga nisbatan xlorofill miqdori hosil bilan to`g`ri proporsionaldir. Shunga asosan yuqori potensial imkoniyatga ega navlarni, shuningdek xlorofill miqdori yuqori bo`lgan o`simlik navlarini iqlim va tuproq sharoiti har xil bo`lgan hududlarga ekish uchun tavsiya qilish mumkin. Noqulay tashqi muhit omillarining (suv tanqisligi, sho`rlanish va va havo haroratining yuqori bo`lishi) ta`siri oqibatida o`simlik baglari tarkibidagi xlorofill pigmentlari miqdori va nisbatlari o`zgaradi. Bu esa barglarning faol ishlashiga ta`sir qiladi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 13 FOSINTETIK PIGMENTLAR MIQDORIGA NAMLIK DARAJALARINING TA`SIRI Anorboyeva Shaxzoda Sadriddin qizi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat ta’lim muassasasi Samarqand kampusi assistenti E-mail:[email protected] Anatatsiya: O`simlik yer ustki organlariga nisbatan xlorofill miqdori hosil bilan to`g`ri proporsionaldir. Shunga asosan yuqori potensial imkoniyatga ega navlarni, shuningdek xlorofill miqdori yuqori bo`lgan o`simlik navlarini iqlim va tuproq sharoiti har xil bo`lgan hududlarga ekish uchun tavsiya qilish mumkin. Noqulay tashqi muhit omillarining (suv tanqisligi, sho`rlanish va va havo haroratining yuqori bo`lishi) ta`siri oqibatida o`simlik baglari tarkibidagi xlorofill pigmentlari miqdori va nisbatlari o`zgaradi. Bu esa barglarning faol ishlashiga ta`sir qiladi. Kalit so’zlar: Qumqishloq, Kadan 1000, xlorofill a, xlorofill b, karatinoid . Navlarning suv tanqisligiga nisbatan himoya reaksiyasi sifatida mustahkam bog`langan xlorofill miqdorini oshiradi. Qurg`oqchilikka nisbatan chiniqtirilgan urug` o`simtalarida xlorofill “a” hamda “v” va karotinoidlar miqdori chiniqtirilmaganlarga qaraganda ancha yuqori bo`lgan. Har xil navlar bilan o`tkazilgan tajribalarda suv tanqisligi xlorofill miqdorining pasayishiga sabab bo`lgan. Suv stressiga chidamli bo`lgan navlarda bunday kamayish chidamsizlarga qaraganda kam bo`lgan [4], suv stressi sharoitida plastida pigmentlari, ayniqsa mustahkam bog`langan plastidalar yig`indisining kamroq o`zgarishi navlarning qurg`oqchilikka nisbatan chidamliligini belgilaydi. Makkajo`xori navlarining suv yetishmasligiga nisbatan javob reaksiyasini va moslashish mexanizmlarini o`rganish maqsadida o`tkazilgan dala tajribalarida barglardagi fotosintetik pigmentlar miqdoriga namlik darajalarining ta`siri aniqlandi. Ushbu ko`rsatkichning qiymati o`rganilgan jo`xori navlarining gullash bosqichida aniqlandi. O`tkazilgan dala tajribalarda ushbu ko`rsatkich bo`yicha gullash bosqichida olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Fotosintetik pigmentlar miqdoriga namlik darajalarining ta`siri, mg/g ho`l og`irlikka nisbatan (gullash bosqichi) t/r Navlar Tuproq namligi Gullash Xlorofill “a”, mg/g Xlorofill “b”, mg/g Karotinoidlar, mg/g 1 Qumqishloq mo``tadil 3,02±0,05 1,52±0,04 0,86±0,07
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 14 cheklangan 2,68±0,03 1,33±0,02 0,68±0,04 2 Kadan 1000 mo``tadil 3,15±0,02 1,78±0,03 1,15±0,05 cheklangan 2,95±0,05 1,50±0,05 0,96±0,06 Tuproq namligi ikki xil bo`lgan sharoitda dala tajribalarda barcha jo`xori navlar barglarida xlorofill “a” miqdorining har xil bo`lishi kuzatildi. Namlikning pasayishi bilan barcha jo`xori navlarida xlorofill “a” miqdori farqli ravishda kamayish holati ma`lum bo`ldi. Olingan natijalarga ko`ra, xlorofill “b” va karotinoidlar miqdori ham namlik darajasiga bog`liq holda har xil qiymatga ega bo`ldi. Jumladan, Qumqishloq navida mo``tadil namlikda xlorofill “a” 3,02 mg/g, xlorofill “b” 1,52 mg/g va karotinoidlar 0,86 mg/g bo`ldi. CHeklangan namlikda esa xlorofill “a” 2,68mg/g, xlorofill “b” 1,33 mg/g va karotinoidlar 0,68 mg/g darajasida qayd etildi. Kadan 1000 navida mo`tadil namlikda xlorofill “a” 3,15 mg/g, xlorofill “b” 1,78 mg/g va karotinoidlar1,15 mg/g ni, cheklangan namlikda esa xlorofill “a” 2,95 mg/g, xlorofill “b” 1,50 mg/g va karotinoidlar 0,96 mg/g ni tashkil qildi. Tuproq namligi mo`tadil bo`lgan sharoitda barcha navlarda pigmentlar sintezi jadallashdi, namlik cheklangan sharoitda esa pigmentlar miqdori barcha navlarda kamayib bordi. Tuproq namlik darajasining pasayishi bilan jo`xori navlari barglarida pigmentlar miqdorining pasayishi kuzatildi. Izlanishlar davomida yuqoridagi ko`rsatkichlar qiymati navlarning namlik bilan ta`minlanish darajasi hamda ularning nav va biologik xususiyatlariga bog`liq holda har xil bo`ldi. Umumiy pigmentlar miqdori cheklangan namlik sharoitida Kadan 1000 navida yuqori bo`ldi. Tuproq qurg`oqchiligi, ya`ni cheklangan tuproq namligi sharoitida o`stirilgan barcha jo`xori navlarida mo`tadil namlikdagi navlarga qaraganda barcha pigmentlar miqdori kamaydi. Fotosintetik pigmentlar miqdori bo`yicha navlar kesimida farqlar aniqlandi. Fotosintez jadalligiga namlik darajalari ta`siri. Qurg`oqchilik sharoitida fotosintezni o`rganish bo`yicha olingan ma`lumotlarga qaraganda ko`pchilik o`simliklarda suv tanqisligining ta`siri natijasida CO2diffuziyasi birmuncha faollashadi. Davomli qurg`oqchilikning keyingi bosqichlarida fotosintetik faollik pasayadi. Qurg`oqchilik, ayniqsa chidamsiz bo`lgan o`simliklar turi va navlarining fotosintez jadalligiga kuchli salbiy ta`sir ko`rsatadi. O`simliklarni suv bilan yetarli darajada ta`minlash fotosintez jarayoni uchun juda katta ahamiyatga kasb etadi. Chunki, barg to`qimalarida suv yetarli bo`lganda plastidalarning ishlashi jadallashadi. Aks holda o`simliklarning umumiy fotosintetik mahsuldorligi pasayadi. Suvning sarflanishi hisobiga fotosintezning pasayishi ba`zan labchalar qarshiligining kuchayishi hisobiga ham sodir bo`ladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar davomida dala tajribalari sharoitida jo`xori navlarida fotosintez jadalligiga har xil darajadagi tuproq namlik darajalarining ta`siri o`rganildi. Ushbu ko`rsatkich qiymati jo`xori navlarining naychalash, ro`vaklash va gullash bosqichlarida aniqlandi (2-jadval). Jadval ma`lumotlariga qaraganda, jo`xori navlarining fotosintez jadalligi tuproq namlik darajalariga bog`liq holda har xil bo`lishi aniqlandi. Tuproq namlik darajasi mo``tadil bo`lgan sharoitda o`stirilgan jo`xori navlarining fotosintez jadalligi barcha rivojlanish bosqichlarida yuqori bo`ldi. Navlar rivojlanishining naychalashdan gullash bosqichigacha fotosintez
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 15 jadalligining oshib borishi qayd etildi va ushbu ko`rsatkich qiymati barcha variantlarning gullash bosqichida eng yuqori bo`lganligi aniqlandi. 2-jadval Fotosintez jadalligiga namlik darajalari ta`siri t/r Navlar Tuproq namligi Naychalash Ro`vaklash Gullash FJ, g/m2soat FJ, g/m2soat FJ, g/m2soat 1 Qumqishloq mo``tadil 0,93±0,03 1,24±0,06 1,81±0,07 cheklangan 0,67±0,02 0,89±0,04 1,53±0,05 2 Kadan 1000 mo``tadil 2,05±0,03 3,26±0,04 4,95±0,04 cheklangan 1,38±0,04 2,89±0,05 4,37±0,06 Cheklangan namlik sharoitida fotosintez jadalligi mo``tadil namlik sharoitida o`stirilgan navlarga qaraganda past bo`ldi. Ikki xil namlik sharoitida o`stirilgan jo`xori navlarini ushbu ko`rsatkich qiymati bilan solishtirsak, ular o`rtasida sezilarli farqlar kuzatildi. Bunday farqlar qiymati navlarning individual biologik xususiyatlariga bog`liq bo`ldi. Olingan natijalar shuni ko`rsatdiki, fotosintez jadalligiga cheklangan namlik salbiy ta`sir qilganligi kuzatildi. Tuproq namlik darajasining mo`tadil bo`lishi barcha navlar fotosintez jadalligiga ijobiy ta`sir ko`rsatib, organik moddalarning to`planishi faollashdi. Ushbu ko`rsatkich bo`yicha eng past natijalar barcha navlar uchun cheklangan namlik sharoitida kuzatildi. Tabiiy sharoitda o`suvchi madaniy o`simliklar o`sish va rivojlanish davomida tashqi muhitning noqulay omillari (suv tanqisligi va yuqori harorat) ta`siriga duch kelib, suv balansida o`zgarishlar kuzatiladi. O`rganilgan barcha mo`tadil namlik variantlarida cheklangan namlik variantlariga qaraganda ushbu ko`rsatkich qiymati yuqori bo`ldi. Tuproqdagi namlikning kamayib borishi fotosintez jadalligini ancha sekinlashtirdi. Tajribalarimiz davomida fotosintez jadalligi bo`yicha olingan ma`lumotlar ushbu jarayonning faolligi tuproq namlik darajasiga, shuningdek o`simliklarning rivojlanish bosqichlariga hamda navlarning biologik xususiyatlariga bog`liqligini ko`rsatdi. Demak, cheklangan namlik, ya`ni suv yetishmasligi fotosintez jadalligining keskin pasayishiga olib keldi. Cheklangan namlik variantlarida bu ko`rsatkich qiymati bo`yicha navlar kesimidi har xil darajada kamayishi kuzatildi va bu ularning bevosita suv ta`minoti va chidamlilik hamda biologik xususiyatlari bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Ushbu ko`rsatkich qiymati bo`yicha navlar o`rtasida farqlar aniqlanib, suv stressi sharoitida Massino va Samuray navlarida boshqa navlarga nisbatan fotosintez jadalligining qiymatining yuqoriligi qayd etildi. Foydalanilagan adabiyotlar:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 16 1. Атабаева Х.Н., Массино И.В. Биология зерновых культур (учебник). Ташкент. Национальная энциклопедия Узбекистана, 2005, 112-1202.To‘xtayev N.T., Qosimov B.Q. Dehqonchilik va o‘simlikshunoslik asoslari – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2018.(Don ekinlari, shu jumladan makkajo‘xori haqida ma’lumot.) 3. Karimov A.A., Bozorov A.B. Fitopatologiya – Toshkent: O‘quv qo‘llanma, 2019.(Makkajo‘xori kasalliklari fitopatologik jihatdan yoritilgan.) 4. Islomov A.K. “Makkajo‘xori o‘simligida keng tarqalgan zamburug‘li kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari”,O‘zbekiston agrar fanlari jurnali, 2022-yil, №3. 5. Tursunov S.“Makkajo‘xorida pufakli qora kuydirgi (Ustilago maydis)ning ekologik omillarga bog‘liqligi”,Qishloq xo‘jaligi va agrobiznes, 2021. 5.Jalilov, A. (2019). Oziq-ovqat va salomatlik. Tashkent: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi nashriyoti. 6. Ismoilov, D. (2020). Fitoterapiya: O‘simliklar va tibbiyot. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti. 7. Samarqandiy, I. (2016). Tabiiy mahsulotlar va ularning tibbiyotdagi roli. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi nashriyoti. 8.World Health Organization (WHO). (2015). Traditional medicine strategy 2014-2023. Geneva: World Health Organization