OCHIQ MAYDONLARDA YETISHTIRISHGA MOS BO'LGAN POMIDORNING (SOLANUM LYCOPERSICUM L.) SETORA NAVINI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI
Abstract
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati sharoitida ochiq maydonlarda “Sitora” pomidor navini yetishtirish agrotexnikasi yoritilgan. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bu nav ochiq maydonda issiqlikka va qurg‘oqchilikka nisbatan chidamli bo‘lib, mo‘l hosil berishi bilan ajralib turadi. Tajribada optimal ekish muddati, o‘g‘itlash me’yori, sug‘orish tizimi va hosildorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 16 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17380147 UDK 635.64:631.67:631.8(575.1) OCHIQ MAYDONLARDA YETISHTIRISHGA MOS BO‘LGAN POMIDORNING (SOLANUM LYCOPERSICUM L.) SETORA NAVINI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI N.Sh.Xoliqulova Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari agrotexnika va o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi D.A.Nosirova Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari agrotexnika va o‘simliklarni himoya qilish laboratoriyasi ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati sharoitida ochiq maydonlarda “Sitora” pomidor navini yetishtirish agrotexnikasi yoritilgan. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bu nav ochiq maydonda issiqlikka va qurg‘oqchilikka nisbatan chidamli bo‘lib, mo‘l hosil berishi bilan ajralib turadi. Tajribada optimal ekish muddati, o‘g‘itlash me’yori, sug‘orish tizimi va hosildorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Kalit so‘zlar: pomidor, Sitora navi, agrotexnika, ochiq maydon, hosildorlik, o‘g‘itlash, sug‘orish.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 17 АННОТАЦИЯ В статье рассмотрена агротехника выращивания сорта томатов «Ситора» в условиях открытого грунта Кашкадарьинской области. Результаты исследований показали, что данный сорт устойчив к жаре и засухе, отличается высокой урожайностью. Определены оптимальные сроки посадки, нормы удобрений и режим орошения. Ключевые слова: томат, сорт Ситора, агротехника, открытый грунт, урожайность, удобрение, орошение. ANNOTATION This article presents the cultivation technology of the tomato variety “Sitora” under open-field conditions in the Kashkadarya region. The study showed that this variety is resistant to heat and drought and provides high yield. Optimal planting time, fertilizer rates, irrigation system, and yield parameters were determined. Keywords: tomato, Sitora variety, open field, agro-technology, irrigation, fertilizer, yield. Kirish: O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida sabzavotchilik tarmog‘i oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholining to‘yimli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Pomidor (Lycopersicon esculentum Mill.) — sabzavotchilik tarmog‘ining eng muhim ekinlaridan biri bo‘lib, u nafaqat ichki iste’mol uchun, balki qayta ishlash sanoati uchun ham asosiy xomashyo hisoblanadi. Pomidor tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar (A, B, C, K), karotin, organik kislotalar, mineral moddalarning ko‘pligi bilan ahamiyatlidir. So‘nggi yillarda respublikamizda pomidorning yangi, yuqori hosildor, kasallik va stress omillariga nisbatan chidamli navlarini yaratish va ularni keng joriy etish bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishlari, suv
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 18 resurslarining cheklanganligi va qurg‘oqchilik sharoitida ochiq maydonda yetishtirishga mos bo‘lgan navlarni tanlash muhim agrotexnik masalalardan biridir. “Sitora” pomidor navi o‘zining erta pisharligi, yuqori hosildorligi, mevasining transportga bardoshliligi va bozorbopligi bilan ajralib turadi. Ushbu nav Qashqadaryo viloyati kabi issiq va quruq iqlim sharoitlariga yaxshi moslashgan bo‘lib, ochiq maydonlarda yetishtirishda barqaror natija beradi. Mazkur tadqiqotda “Sitora” pomidor navining ochiq maydondagi o‘sish, rivojlanish va hosildorlik ko‘rsatkichlariga turli agrotexnik tadbirlarning (ko‘chat ekish muddati, o‘g‘it me’yori, sug‘orish rejimi va boshqa omillar) ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari mazkur navni viloyat sharoitida yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etish imkonini beradi. Pomidor (Solanum lycopersicum L.) O‘zbekiston sharoitida eng muhim sabzavot ekinlaridan biridir. So‘nggi yillarda mahalliy iqlimga mos, yuqori hosildor va kasalliklarga chidamli navlarni yaratish va ularni ochiq maydonlarda yetishtirish agrotexnikasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Sitora” pomidor navi Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiytadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, ochiq maydonda yetishtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu nav erta pishar, bir xil mevalar hosil qiluvchi va transportbopligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotning maqsadi: Tajribaning asosiy maqsadi — Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani sharoitida ochiq maydonda “Sitora” pomidor navining optimal ekish muddati, o‘g‘itlash me’yori, sug‘orish oralig‘i va hosildorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot usullari va o‘tkazilgan joy Tajriba joyi: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani tajriba maydoni. Tuproq turi: bo‘z tuproq, o‘rtacha mexanik tarkibli, gumus miqdori 1,2–1,4%. Urug‘ ekish muddati: 25 martda ko‘chat tayyorlangan, 10–12 iyunda dalaga o‘tkazilgan. Ekin sxemasi: 70×40 sm.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 19 Sug‘orish tizimi: an’anaviy ariqli sug‘orish. O‘g‘it me’yori: N₁₅₀P₁₀₀K₁₀₀ kg/ga hisobida. Nazorat: o‘g‘itsiz va agrotexnik tadbirlarsiz variant. Olingan natijalar № Variantlar Sug‘orish tizimi O‘g‘it mey’yori (kg/ga) O‘rtacha hosil (t/ga) Mevaning o‘rtacha massasi (g) Qisqacha tavsif 1 Nazorat (o‘g‘itsiz) Ariqli 0 32.8 86 O‘rtacha o‘sish, past hosil 2 N100P75K75 Ariqli 250 46.3 98 Mevalari bir xil, o‘rtacha hosil 3 N150P100K100 Ariqli 350 51.2 101 Eng yuqori hosil, sifatli mevalar Izoh: Optimal o‘g‘it me’yori (N₁₅₀P₁₀₀K₁₀₀) bilan o‘stirilgan variantda hosildorlik eng yuqori bo‘lib, nazoratga nisbatan 56% ga oshdi. Mevalar yirik, bir xil shaklli va bozorbopligi yuqori bo‘ldi. Xulosa O‘tkazilgan tajriba natijalariga ko‘ra, “Sitora” pomidor navini ochiq maydonlarda yetishtirishda quyidagi agrotexnik tadbirlar tavsiya etiladi: 1. Ko‘chat tayyorlash muddati: 25 mart, dalaga o‘tkazish — 10–12 iyun. 2. Ekin sxemasi: 70×40 sm, 1 gektarga 35–36 ming tup. 3. O‘g‘itlash me’yori: N₁₅₀P₁₀₀K₁₀₀ kg/ga. 4. Sug‘orish: an’anaviy ariqli usulda, har 8–10 kunda bir marotaba. 5. Ushbu sharoitda “Sitora” navining hosildorligi 50–52 t/ga gacha yetadi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 20 Demak, “Sitora” pomidor navi Qashqadaryo viloyati kabi issiq iqlimli hududlarda ochiq maydonda yetishtirish uchun tavsiya etiladi. U yuqori hosildorlik, yaxshi ta’m sifati va transportbardoshliligi bilan ajralib turadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. (2023). Pomidor yetishtirish agrotexnikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2. Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlari (2024). 3. Qodirov B., Tursunov M. (2022). Pomidor navlarining agrobiologik xususiyatlari. “Agrobiologiya” jurnali, №2. 4. FAO. (2021). Tomato Production under Open Field Conditions. Rome. 5. Xolmatov Sh. (2020). O‘zbekiston iqlimida sabzavot ekinlarini sug‘orish tizimlari. Toshkent: “Fan va texnologiya”.