QURILISH SOHASIDA MODULLI-FUNKSIONAL KIYIMLARNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada qurilish sohasida mehnat qiluvchi ishchilar uchun modulli funksional kiyimlarni loyihalashda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologik yechimlar, dizayn yondashuvlari, transformatsiyalanuvchan strukturalar, ekologik barqarorlik, ergonomika va aqlli materiallar asosidagi dizayn uslublari va O‘zbekiston sharoitida modulli kiyimlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy imkoniyatlarni ko‘rib chiqilgan.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 52 QURILISH SOHASIDA MODULLI-FUNKSIONAL KIYIMLARNING AHAMIYATI G.D. Ulkanbayeva dotsent. Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti Annotatsiya;Ushbu maqolada qurilish sohasida mehnat qiluvchi ishchilar uchun modulli funksional kiyimlarni loyihalashda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologik yechimlar, dizayn yondashuvlari, transformatsiyalanuvchan strukturalar, ekologik barqarorlik, ergonomika va aqlli materiallar asosidagi dizayn uslublari va O‘zbekiston sharoitida modulli kiyimlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy imkoniyatlarni ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: qurilish, modulli kiyim, funksional dizayn, ergonomika, himoya elementlari, texnologik yangiliklar, transformatsiya. Qurilish sohasi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohada mehnat qiluvchi ishchilar yuqori xavf darajasiga ega muhitda ishlashadi. Qurilish sohasida balandlikda ishlash, og‘ir yuklarni ko‘tarish, metall va yog‘och materiallar bilan ishlash, payvandlash va boshqa xavfli jarayonlar mavjud. Shu bilan birga, iqlimning keskin o‘zgarishlariga hos ochiq havoda faoliyat yuritishni talab qiladi. O‘zbekiston sharoitida yoz oylarida harorat 40 °C gacha ko‘tarilishi, qishda esa sovuq havo - 10 °C darajagacha tushishi mumkin. Bu esa qurilish ishchilarining kiyimlariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytiradi. Modulli funksional kiyimlar bu borada zamonaviy yechim bo‘lib xizmat qiladi. Modulli funksional kiyimlar ko‘plab turli vazifalarni bajarishga imkon yaratadi Shu nuqtai nazardan, modulli-funksional kiyimlar ularning sog‘lig‘ini saqlaydi, ish samaradorligini oshiradi va xavfsizlikni ta’minlaydi. Ushbu kiyimlar bir necha qismlardan tashkil topib, foydalanuvchiga moslashuvchanlik, qulaylik va zamonaviy uslubni taqdim etadi [1]. Tikuvchilik sanoatida bugungi global o‘zgarishlar, ekologik muammolar va inson ehtiyojlarining ortib borishi natijasida funksional va moslashuvchan kiyimlarga bo‘lgan talab keskin oshmoqda [2]. Qurilish sohasida maxsus kiyimlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: - issiqlik va iqlim omillaridan himoya.Ishchi yozda yuqori harorat va quyosh radiatsiyasidan, qishda esa sovuqdan saqlanishi kerak. - mexanik xavflardan himoya. Tushuvchi buyumlar, kesuvchi asboblar, chang va zarbalarga bardosh beruvchi kiyim. - ergonomika va qulaylik. Harakat erkinligi, nafas oladigan mato va transformatsiyalanuvchan qismlar. - ko‘p funksiyalilik. Kiyim bir vaqtning o‘zida bir necha vazifani bajara olishi kerak. Modulli kiyimlar foydalanuvchi ehtiyojlariga qarab qismlarga ajraluvchi yoki transformatsiyalanadigan elementlarga ega bo’lib (1-jadval), moslashuvchanligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar kiyimlarning funksional imkoniyatlarini kengaytirganini ko‘rsatmoqda. Bu turdagi kiyimlar quyidagi afzalliklarga ega: Transformatsiyalanuvchan dizayn: kiyim bitta mahsulotda bir nechta qismlar yordamida o‘zgarishi (yoki bir nechta qismlarni mujassamlashtirish) mumkin. Ko‘p funksiyalilik: kiyim bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajarib foydalanuvchiga iqlim, faoliyat turi yoki vazifasiga qarab kiyim detallari konfiguratsiyasini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 53 o‘zgartirish va funksionalligini oshirish imkonini beradi. Ergonomik qulaylik: Kiyimlar foydalanuvchining harakatiga moslashgan bo‘lib, qulaylik va amaliyotda keng imkoniyatlar yaratadi. Materiallar innovatsiyasi: tashqi muhit va kiyim o‘rtasidagi interaktiv aloqani yaratishga xizmat qiladi. Ekologik yondashuv: Mahsulotlar qayta ishlanadigan materiallar asosida ishlab chiqariladi, bu esa ularning atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytiradi. 1-jadval. Modulli funksional kiyimlar turlari va afzalliklari Kiyim turi Tavsifi Afzalliklari Transformatsiyalanuvchi kurtka Qavatli tuzilma, issiq/quruq obhavoga mos Moslashuvchanlik, funksionallik Kombinasiyalashgan sport kiyimlari Almashtiriluvchi qism va ventilyatsiya Harakat erkinligi, energiya tejash Ekologik kostyum Qayta ishlanadigan materialdan Barqarorlik, yangilanish imkoniyati Zamonaviy kiyim dizaynida transformatsiyalanuvchi strukturalarning qo‘llanilishi iste'molchi ehtiyojlariga moslashuvchanlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu strukturalar, odatda, fermuar, magnit, tugma va boshqa yechiluvchi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Bunday yechimlar foydalanuvchiga kiyimning funksional xususiyatlarini sharoitga qarab o‘zgartirish imkonini beradi. Masalan, ob-havo o‘zgarishlariga moslashish, harakat erkinligini ta’minlash yoki estetik ko‘rinishni yangilash maqsadida elementlar ajratilishi yoki qayta biriktirilishi mumkin [3]. Transformatsiyalanuvchi strukturalar nafaqat universal kiyim modellarini yaratish, balki ularning ekologik barqarorligini ta’minlashda ham dolzarb hisoblanadi. Sababi, bir nechta vazifani bajara oladigan yagona mahsulot ishlab chiqarish resurslarni tejash imkonini beradi. Kiyimning ko‘p funksiyaliligi shuni anglatadiki, bitta kiyim bir nechta funksiyalarni bajarishi mumkin, bu qulaylik, himoya va ma’lum sharoitlarga mos keladi. Kiyim bir nechta mustaqil yoki bir-biriga mos keluvchi qismlardan iborat bo‘lib, foydalanuvchi ehtiyojiga ko‘ra ularni yechish, almashtirish yoki qo‘shish mumkin. Bu ob-havo sharoitlari va jarohatlardan jismoniy himoyani ham, ma’lum bir guruhga mansubligini ko‘rsatish kabi ijtimoiy funksiyani ham o‘z ichiga olishi mumkin. Ko‘p funksiyali kiyimga shaharda ham, tabiatda ham kiyish mumkin bo‘lgan transformator kurtka yoki bir vaqtning o‘zida sovuqdan himoya qiladigan va harakat erkinligini ta’minlaydigan kiyim misol bo‘la oladi. Funksional moda uslub va amaliylikni birlashtirib, estetika va qulaylik o‘rtasida uyg‘unlik yaratadi [4]. Ergonomikaning asosiy maqsadi inson oʼzini qulay his qiladigan va ortiqcha zoʼriqishsiz hamda sogʼligʼiga xavf tugʼdirmasdan ishlay oladigan sharoitlarni yaratishdan iborat. Zamonaviy dizayn yondashuvlari inson tana tuzilmasini chuqur o‘rganishga asoslanadi. Ergonomika harakat erkinligini (bukilish, egilish, yurish paytida cheklovlarning oldini olish), zonal bo’laklar (bukiluvchi bo‘g‘inlarda (tizza, tirsak, yelka) maxsus tikuv yoki cho‘ziluvchi matolardan foydalanish), foydalanishdagi yengilligi tamoyillarini tasdiqlaydi. Kiyim konstruktsiyasining ergonomikligi koʼpincha chizmalar, sxemalar va eskizlar koʼrinishida tasavvur qilinadigan quyidagi omillar hisobiga taʼminlanadi: 1.Аnatomik bichim – tana harakatlarini takrorlaydigan maxsus vitachkalar, elastik qoʼshimchalar va choklardan foydalanish.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 54 2. Materiallarni tanlash – nafas oluvchi, elastik, namlikni tortib oluvchi matolar. 3. Funktsional elementlar – shamollatish uchun moslamalar, tortuvchi yoki qoʼllab-quvvatlovchi zonalar, qulay joylardagi choʼntaklar. 4. Dinamik loyihalash – harakat erkinligi tekshiriladigan 3D modellashtirish. Zamonaviy kiyim dizaynida aqlli va texnologik materiallardan foydalanish innovatsion yondashuvlar qatoriga kiradi. Bunday materiallar tashqi muhit sharoitlariga mos ravishda reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega bo‘lib, foydalanuvchining maksimal qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, haroratga sezgir (termoreaktiv), namlikni boshqaruvchi (gigroskopik), UV nurlarini qaytaruvchi (ultrabinafsha filtrlovchi) matolar kundalik va maxsus kiyimlarda keng qo‘llanilmoqda. Termoreaktiv materiallar inson tana harorati yoki tashqi muhit haroratiga qarab kiyimning issiqlik izolyatsiyasini o‘zgartira oladi, bu esa ayniqsa sport va ekstremal sharoitlar uchun mo‘ljallangan kiyimlarda muhimdir. Namlikni boshqaruvchi materiallar esa ter ajralishini nazorat qilib, terini quruq holda saqlaydi va antibakterial muhit yaratadi. Shu bilan birga, UV nurlarini qaytaruvchi qatlamlar inson terisini zararli nurlanishdan himoya qiladi, bu esa ochiq havoda ishlovchilar yoki sayohatchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Aqlli to‘qimachilik materiallarining qo‘llanilishi nafaqat funksionallikni oshiradi, balki kiyimning estetik va ergonomik ko‘rsatkichlarini ham yaxshilaydi. Bu turdagi texnologiyalar yaqin kelajakda kundalik kiyimlar dizaynida kengroq qo‘llanishi kutilmoqda [5]. Kiyim dizaynida ekologik yondashuv tamoyillarining qo‘llanilishi zamonaviy moda sanoatida dolzarb yo‘nalishlardan biriga aylangan. Atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida qayta ishlanadigan materiallardan foydalanish, chiqindilar miqdorini qisqartirishga xizmat qiluvchi modulli strukturalarni yaratish hamda ishlab chiqarish jarayonida energiya samaradorligini ta’minlash asosiy ekologik dizayn mezonlari sirasiga kiradi. Qayta ishlanadigan xom ashyolardan tayyorlangan to‘qimachilik mahsulotlari chiqindi hajmini kamaytirish bilan birga, tabiiy resurslarni tejash imkonini beradi. Masalan, PET (polietilentereftalat) butilkalardan qayta ishlab chiqarilgan polyester matolar bugungi kunda nafaqat sport kiyimlarida, balki kundalik kiyimlarda ham keng qo‘llanilmoqda (2-jadval). Shuningdek, modulli strukturalar — ya’ni elementlari alohida ajratiladigan va almashtiriladigan kiyim modellarining ishlab chiqilishi, eskirgan qismlarni yangilash orqali butun mahsulotni yangidan ishlab chiqarish zaruratini kamaytiradi. Bu yondashuv ekologik barqarorlikni ta’minlash bilan birga, iqtisodiy samaradorlikni ham oshiradi. Ekologik yondashuv nafaqat material tanlash va konstruktsiyaviy yechimlarda, balki butun dizayn falsafasida o‘z aksini topmoqda. 2-jadval. Ekologik dizayn tamoyillariga mos yechimlar Yondashuv turi Amalga oshirish usuli Ekologik foydasi Qayta ishlanadigan materiallar PET, organik paxta, bambuk tolalari Resurslarni tejash, chiqindini kamaytirish Modulli struktura Almashtiriluvchi qismlar, yechiluvchi elementlar Umumiy kiyim umrini uzaytirish Minimal chiqindi dizayni To‘liq kesimsiz yoki aniq o‘lchamdagi konstruksiyalar Ishlab chiqarishdagi chiqindini kamaytirish Zero, bugungi ekologik muammolar fonida barqaror moda (sustainable fashion) konsepsiyasi global dizayn strategiyalarining ajralmas qismiga aylanmoqda. O‘zbekistonda rivojlanish imkoniyatlari
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 55 O‘zbekistonning geografik va iqlimiy xususiyatlari modulli funksional kiyim dizaynini joriy etish uchun qulay sharoit yaratadi. Respublika hududida keskin kontinental iqlim hukmron bo‘lib, yoz oylarida yuqori harorat uzoq muddat (ba’zan 40 °C dan yuqori), qish mavsumida esa sovuq havo qisqa muddat (−5…−20 °C gacha) kuzatiladi. Bunday yuqori harorat ishchining kun davomida ish unumdorligining pasayishiga olib kelishi mumkin (1-rasm). Modulli-funksional yondashuv yordamida ish kiyimlarining ergonomikasi, xavfsizligi va ish unumdorligi sezilarli darajada oshadi. Bunday keskin harorat farqlari kiyimlarda transformatsiyalanuvchi yoki modulli strukturalar qo‘llashni ayniqsa maqsadga muvofiq qiladi. Masalan, yozda yenglari yechiladigan, qishda esa qo‘shimcha izolyatsiyalovchi qatlamlar qo‘shilishi mumkin bo‘lgan modellar foydalanuvchiga maksimal moslashuvchanlikni taqdim etadi. 1-rasm. Haroratning ish unumdorligiga ta’siri. Bundan tashqari, O‘zbekistonning boy madaniy merosi, xususan, milliy naqshlar, ranglar va bezak elementlari zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirilganda, innovatsion va bozorda raqobatbardosh mahsulotlar yaratish imkonini beradi (3-jadval). Shuningdek, mamlakatda to‘qimachilik sanoatining rivojlanib borayotgani, yosh dizaynerlar avlodining shakllanishi va eksport salohiyatining ortib borayotgani [6] transformatsiyalanuvchi va aqlli kiyimlarga oid texnologik yechimlarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish uchun qulay zamin yaratmoqda. 3-jadval. O‘zbekiston iqlim sharoitlari asosida modulli dizayn yechimlari Mavsum Iqlim xususiyati Tavsiya etiladigan modulli yechimlar Yoz Issiq, quruq (35–45 °C) Yenglari yechiladigan, nafas oluvchi matolar Qish Sovuq, ba’zan qorli Qavatlanadigan issiqlik izolyatsiyali qatlamlar Bahor/Kuz O‘zgaruvchan havo Transformatsiyalanuvchi plash va ko‘ylaklar Modulli funksional kiyimlar — bu nafaqat estetik ko‘rinish, balki texnologik yondashuv, ergonomik qulaylik va ekologik barqarorlikni o‘zida mujassam etgan zamonaviy dizayn
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 56 konsepsiyasidir [7]. Transformatsiyalanuvchi strukturalar, aqlli materiallar va modulli konstruktiv yechimlar yordamida foydalanuvchining o‘zgaruvchan ehtiyojlariga moslashuvchan tarzda javob berish mumkin. O‘zbekiston sharoitida bunday yechimlar ayniqsa dolzarb bo‘lib, mahalliy iqlim xususiyatlari, to‘qimachilik sanoati salohiyati hamda milliy madaniy unsurlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda yangi avlod mahsulotlarini ishlab chiqarishga zamin yaratadi (4jadval). Shu asosda modulli funksional kiyimlar ishlab chiqarish nafaqat ichki bozor ehtiyojlarini qondirish, balki eksport salohiyatini oshirish orqali yengil sanoatni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Bu taqqoslashdan ko‘rinadiki, modulli kiyimlar nafaqat ishchining salomatligini saqlash, balki mehnat unumdorligini ham oshirishga yordam beradi. 4-jadval. Oddiy maxsus kiyim va modulli kiyim taqqoslanishi Oddiy maxsus kiyim Modulli-funksional kiyim faqat asosiy himoya funksiyalariga ega, yozgi va qishki variantlarga bo‘linadi, ergonomik imkoniyatlari cheklangan turli iqlim sharoitlariga moslashadi, sovituvchi va isituvchi modullarni qo‘shish mumkin, ergonomik va yuqori himoya darajasini ta’minlaydi Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik. Modulli kiyimlarni joriy etish nafaqat xavfsizlikni, balki iqtisodiy samaradorlikni ham ta’minlaydi. Chunki bitta asosiy kiyimga turli vazifalarni bajaruvchi modullar qo‘shish orqali bir necha xil maxsus kiyim xarid qilish zarurati kamayadi. Bu esa korxonalar uchun xarajatlarni tejash, xodimlar uchun esa qulaylikni oshirish imkonini beradi Qurilish sohasida modulli-funksional kiyimlar ishchilarning sog‘ligi, xavfsizligi va samaradorligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi [8]. Ularning moslashuvchanligi tufayli turli iqlim sharoitlari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga javob bera oladi. O‘zbekiston sharoitida bunday kiyimlarni ishlab chiqarish sanoatning rivojlanishi, ekologik barqarorlik va mehnat xavfsizligini oshirish uchun istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ульканбаева Г.Д.и др. Формирование требований к спецодежде для строителей. Научно-технический журнал Проблемы текстиляТашкент, ТИТЛП, №1 2019г. 2. Smith J., et al. (2020). Modular Design in Functional Fashion. Fashion Technology Journal. 3. Zhang L. (2022). Adaptive Clothing for Urban Lifestyle. Textile Innovations, Vol. 12. 4. Gao C., Kuklane K., Holmer I. (2012). Personal cooling with phase change materials to improve thermal comfort. Ergonomics. 5. Hanif M., et al. (2020). Cooling garments and phase change materials in extreme environments. Journal of Textile Engineering. 6. 2022 – 2026 -yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli Farmoni. 7. Tojiev, A.T., “Funktsional kiyimlar texnologiyasi”, TTYSI, 2022. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi. (2023). “Qurilish ishlarida xavfsizlik standartlari.”