scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QALQONSIMON BEZDAGI O'CHOQLI HOSILALARNI DIAGNOSTIKA QILISHDA ULTRATOVUSH DOPPLEROGRAFIYASI

Omonova, Sarvinozxon Mo'minjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada qalqonsimon bezdagi o‘choqli hosilalarni aniqlashda ultratovush dopplerografiya usulining diagnostik ahamiyati tahlil qilinadi. Dopplerografiya qon oqimi holatini baholash, angiogenez jarayonini aniqlash va vaskulyarizatsiya darajasini o‘lchash imkonini beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dopplerografiya yordamida benign va malign o‘choqli o‘zgarishlarni farqlash imkoniyati an’anaviy ultratovush tekshiruviga nisbatan yuqoriroqdir. Maqolada rangli doppler xaritalash (Color Doppler Mapping — CDM) va Power Doppler texnologiyalarining diagnostik afzalliklari hamda ularning birgalikda qo‘llanilishi samaradorligi tahlil qilinadi.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 50 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17380528 QALQONSIMON BEZDAGI O‘CHOQLI HOSILALARNI DIAGNOSTIKA QILISHDA ULTRATOVUSH DOPPLEROGRAFIYASI Omonova Sarvinozxon Mo‘minjon qizi Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti magistri ANNOTATSIYA Ushbu maqolada qalqonsimon bezdagi o‘choqli hosilalarni aniqlashda ultratovush dopplerografiya usulining diagnostik ahamiyati tahlil qilinadi. Dopplerografiya qon oqimi holatini baholash, angiogenez jarayonini aniqlash va vaskulyarizatsiya darajasini o‘lchash imkonini beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dopplerografiya yordamida benign va malign o‘choqli o‘zgarishlarni farqlash imkoniyati an’anaviy ultratovush tekshiruviga nisbatan yuqoriroqdir. Maqolada rangli doppler xaritalash (Color Doppler Mapping — CDM) va Power Doppler texnologiyalarining diagnostik afzalliklari hamda ularning birgalikda qo‘llanilishi samaradorligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ultratovush dopplerografiya, angiogenez, vaskulyarizatsiya, qalqonsimon bez, o‘choqli hosila, rangli doppler xaritalash. Kirish Qalqonsimon bezdagi o‘choqli hosilalar bugungi kunda eng ko‘p uchraydigan endokrin kasalliklardan biridir. So‘nggi yillarda bu kasalliklarning tarqalish darajasi ortib bormoqda, bu esa aholi orasida profilaktika va erta diagnostika choralarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Ultratovush tekshiruvi (UTT) qalqonsimon bez kasalliklarida birlamchi diagnostika vositasi sifatida keng qo‘llaniladi. Biroq, UTT orqali olingan B-rejimdagi SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 51 tasvirlar ayrim hollarda benign va malign tugunlarni aniqlashda yetarli axborot bermasligi mumkin. Shuning uchun zamonaviy klinik amaliyotda dopplerografiya, elastografiya, kontrast bilan ultratovush va multiparametrik yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Ultratovush dopplerografiya usuli to‘qimalardagi qon oqimi xarakterini baholash imkonini beradi. Ayniqsa, angiogenez va vaskulyarizatsiya darajasi malign jarayonlarni erta aniqlashda muhim diagnostik mezon hisoblanadi. Rangli doppler xaritalash (CDM) va Power Doppler texnologiyalari yordamida qon tomirlarning yo‘nalishi, zichligi va perfuziya darajasi aniqlanadi. Dopplerografik tahlil natijalari ko‘pincha gistologik tekshiruv bilan solishtiriladi, bu esa usulning sezgirligini va o‘ziga xosligini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, ultratovush dopplerografiya usuli invaziv bo‘lmagan, bemor uchun mutlaq xavfsiz va takroriy qo‘llanishi mumkin bo‘lgan usul sifatida klinik amaliyotda o‘z o‘rniga ega. Material va metodlar Dopplerografik tekshiruvning diagnostik qiymatini aniqlash maqsadida jami 70 nafar bemor o‘rganildi. Kasallik kechishi va natijalariga ko‘ra bemorlar retrospektiv tahlil asosida 4 ta klinik guruhga ajratildi: I-guruh (n = 21) – ushbu guruhga qalqonsimon bezda yakka o‘choqli hosilalari aniqlangan bemorlar kiritildi. Hosilalarning o‘rtacha o‘lchami 5–10 mm ni tashkil etgan. Bu guruhdagi bemorlar 6–12 oy davomida endokrinolog kuzatuvida bo‘lganlar. Dinamik kuzatuv davomida hosilalarning morfologik va dopplerografik o‘zgarishlari qayd etilib, ularning barqarorligi baholangan. II-guruh (n = 25) – bu guruhda yakka o‘choqli hosilalari mavjud bo‘lgan, ularning o‘rtacha diametri 11–25 mm oralig‘ida bo‘lgan bemorlar kiritilgan. Ushbu bemorlarga aspiratsion-punksion biopsiya (fine needle aspiration biopsy) o‘tkazilgan hamda olingan namunalar sitologik tahlil qilinib, hosilalarning benign (yaxshi sifatli) tabiati tasdiqlangan. III-guruh (n = 14) – jarrohlik davolanishi o‘tkazilgan bemorlardan tashkil topgan. Operatsiya uchun asos bo‘lgan holatlar quyidagilar edi: ko‘p sonli tugunli SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 52 hosilalar mavjudligi, hosilaning o‘sish dinamikasi, 25 mm dan katta yakka tugun, shuningdek, sitologik natijalar noaniqligi tufayli malign jarayonni butunlay inkor etishning imkoni bo‘lmagan holatlar. Bundan tashqari, qo‘shni organlar funksiyasining buzilishi — jumladan, yutishning qiyinlashuvi yoki nafas olishda to‘siqlar mavjudligi, biroq limfa tugunlarida patologik o‘zgarishlar yo‘qligi bilan kechuvchi bemorlar ham ushbu guruhga kiritilgan. IV-guruh (n = 10) – bu guruhga qalqonsimon bez raki tashxisi bilan operatsiya qilingan bemorlar kiritilgan. Ulardan 7 nafari (70%) da papillyar rak, 2 nafari (30%) da follikulyar rak aniqlangan. Shuningdek, 1nafar bemorda (10%) birlamchi o‘choq regional limfa tugunlaridagi metastatik o‘zgarishlar bilan birgalikda kuzatilgan. Tadqiqot doirasida bemorlarning kasallik tarixlari (anamnezlari) va ambulator kartalari retrospektiv tarzda o‘rganildi. Tahlillar TTA klinikasida o‘tkazilgan, shu jumladan, sog‘lom shaxslar nazorat guruhi sifatida jalb etilgan. Tadqiqot jarayonida quyidagilar baholandi: klinik belgilar, laborator tahlillar, UTT, rangli dopplerografiya, ultratovush nazorati ostida o‘tkazilgan aspiratsion biopsiya hamda sitologik tekshiruv natijalari. Rangli doppler xaritalash (CDK) barcha bemorlarga shubhali anexogen va gipoxogen hosilalarning qon tomir (vaskulyar) tabiatini aniqlash yoki inkor etish, ularning vaskulyarizatsiya darajasi hamda qon aylanishining xususiyatlarini o‘rganish maqsadida o‘tkazildi. Shuningdek, bu usul yordamida qon tomirlarining joylashuvi, soni va yo‘nalishlari o‘rganildi. Qalqonsimon bezda tomirlarning diametri kichik bo‘lgani sababli, insonatsiya burchagini korreksiya qilish amalga oshirilmadi. Vizualizatsiya sifatini oshirish maqsadida “qiziqish zonasi” (region of interest) o‘lchami tomir qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik kamaytirildi. Kulrang shkaladagi tasvirlar uchun maksimal kattalashtirish rejimi qo‘llanildi. Tasvir yorqinligi maksimal darajada, biroq to‘qima harakatlaridan kelib chiqadigan sun’iy rangli dog‘lar (artefaktlar) paydo bo‘lmasligi uchun optimal holatda sozlandi. Natijalar tahlili davomida hosilalar SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 53 giper-, gipovaskulyar, avaskulyar va o‘rtacha vaskulyarizatsiyaga ega turlarga ajratildi. Qon oqimining xarakteriga ko‘ra esa peri-, intranodulyar va aralash tiplarga bo‘lindi. Energetik doppler xaritalash (EK) usuli 8 bemorda qo‘llanildi, ayniqsa rangli doppler rejimi yetarli informativlik bermagan hollarda bu usul tomirlarning yanada batafsil tasvirini olish imkonini berdi. Spektral dopplerografiya yordamida qon tomirlarining arterial yoki venoz ekanligi aniqlanib, qon oqim tezligi ko‘rsatkichlari qayd etildi. Dopplerografik tadqiqotlarda quyidagi sozlamalar qo‘llanildi: • Chastotali filtr — 100 Gts (qalqonsimon arteriyalar uchun); • Kichik tomirlar uchun — 50 Gts; • Sekin qon oqimini aniqlashda — 3–10 sm/sek tezlik oralig‘i; • Shovqinsiz signal qabul qilish uchun optimal darajada doppler signali ishlatildi. Bemorlarning yurak qisqarish chastotasi 60–80 zarba/min oralig‘ida bo‘lgan. Tadqiqot davomida qalqonsimon bez to‘qimalari va patologik o‘choqlarning vaskulyarizatsiya darajasi va turi, rangli signal (color locus) lar soni, ularning joylashuvi va tarqalish xususiyatlari baholandi. Natijalar Tadqiqotda jami 70 nafar bemor o‘rganildi. Ultratovushli dopplerografiya natijalari shuni ko‘rsatdiki, qon aylanish xarakteri va vaskulyarizatsiya darajasi o‘choqli hosilalarning turiga bevosita bog‘liqdir. I-guruh (n=21) – o‘rtacha 5–10 mm o‘lchamdagi yakka hosilalari bo‘lgan bemorlar. 18 bemorda (85,7 %) rangli signallar aniqlanmagan, 2 bemorda (10 %) periferiya bo‘ylab kam qon tomirlanish qayd etilgan. II-guruh (n=25) – o‘lchami 11–25 mm bo‘lgan yakka hosilalarga ega bemorlar. 14 bemorda (56%) rangli lokuslar aniqlangan, ulardan 8 tasi (32 %) periferik, 3 tasi (12 %) markaziy qon oqimi bilan namoyon bo‘lgan. III-guruh (n=14) – ko‘p tugunli yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlar. 6 bemorda (42 %) markaziy, 2 bemorda (14 %) aralash tipdagi qon oqimi qayd etilgan. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 54 IV-guruh (n=10) – qalqonsimon bez raki bilan og‘rigan bemorlar. 3 bemorda (30 %) markaziy, 5 bemorda (50 %) aralash qon oqimi, 2 bemorda (20 %) gipovaskulyar shakl aniqlangan. Spektral dopplerografiya ma’lumotlariga ko‘ra, maksimal sistolik tezlik benign hosilalarda o‘rtacha 16–19 sm/sek, malign jarayonlarda esa 28 ± 4,7 sm/sek bo‘lgan. Diastolik tezlik malign tugunlarda o‘rtacha 10,3 ± 2,8 sm/sek, benign holatlarda esa 6,2 ± 1,9 sm/sek ni tashkil etgan. Rezistentlik indeksi (RI) benign hosilalarda o‘rtacha 0,55 ± 0,1, malignlarda esa 0,42 ± 0,08 gacha kamaygan. Pulsatsion indeks (PI) esa malign hosilalarda 0,48 ± 0,1 bo‘lib, benign tugunlardagidan past qiymat qayd etilgan. Venoz qon oqimi ham kasallik og‘irlashishi bilan ortgan: benign holatlarda maksimal venoz tezlik o‘rtacha 4,6 sm/sek, rakda esa 8,0 sm/sek gacha oshgan. Bu malign hosilalarda arteriovenoziy anastomozlar shakllanishini ko‘rsatadi. Umuman olganda, dopplerografiya yordamida benign va malign hosilalarni farqlash sezgirligi 90 % dan yuqori bo‘lib, qon oqimi tipi, vaskulyarizatsiya darajasi hamda RI va PI ko‘rsatkichlari asosida malign o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlash imkoniyati tasdiqlandi. Xulosa Ultratovush tekshiruvi dopplerografiya usuli bilan birgalikda o‘tkazilganda, qalqonsimon bez raki har doim ham aniqlanavermaydi. Biroq klinik amaliyotda rangli doppler xaritalash (CDK) texnologiyasidan foydalanish quyidagi muhim afzalliklarni beradi: 1. Qon tomir arxitektonikasini baholash va organ darajasidagi qon aylanishini aniqlash imkonini beradi. CDK rejimi yordamida B-rejimda ko‘rinmaydigan nozik qon tomirlarni ham vizualizatsiya qilish mumkin. 2. O‘smadagi ichki qon oqimini ko‘rsatish hamda o‘sma tomirlarining tuzilishi va joylashuv xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 3. O‘sma atrofidagi to‘qimalarda qon aylanishini baholash, ya’ni patologik o‘choq bilan chegaradosh hududlarda qon oqimi o‘zgarishlarini ko‘rish imkonini yaratadi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 55 4. O‘sma turini farqlash — yaxshi rivojlangan tomir tarmog‘iga va yuqori qon ta’minotiga ega o‘smalarni past vaskulyarizatsiyali (kam tomirli) o‘smalardan ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Frates, M. C., Benson, C. B., Doubilet, P. M., Cibas, E. S., & Marqusee, E. (2003). Prevalence and distribution of carcinoma in patients with solitary and multiple thyroid nodules detected at ultrasound. Radiology, 226(3), 849–853. 2. Russ, G., & Bonnema, S. J. (2018). European Thyroid Association Guidelines for Ultrasound Malignancy Risk Stratification of Thyroid Nodules in Adults. European Thyroid Journal, 7(4), 225–237. 3. Gharib, H., Papini, E., Garber, J. R., & et al. (2016). American Association of Clinical Endocrinologists, Associazione Medici Endocrinologi, and European Thyroid Association Medical Guidelines for Clinical Practice for the Diagnosis and Management of Thyroid Nodules. Endocrine Practice, 22(5), 622–639. 4. Solbiati, L., Cova, L., Ierace, T., & et al. (2001). Ultrasound of thyroid gland: New applications and techniques. Radiologic Clinics of North America, 39(3), 495– 510. 5. Киселев, В. И., & Долгова, Л. М. (2017). Современные возможности ультразвуковой диагностики заболеваний щитовидной железы с использованием допплерографии. Медицинская визуализация, 2, 45–52. 6. Платонов, В. Г., & Орлова, Е. С. (2020). Ультразвуковая диагностика узловых образований щитовидной железы: роль цветного допплеровского картирования. Вестник эндокринологии, 26(4), 33–38.