Full text
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 112 LAVANDULA ANGUSTIFOLIA MILL. O‘STIRISHNING AGROEKOLOGIK ISTIQBOLLARI VA BIOLOGIK-FAOL MODDALARNING FARMAKOLOGIK AHAMIYATI Xo’janazarova F. H1., Oripova B.B2. Turon universiteti1 Toshkent davlat tibbiyot universiteti2 Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston sharoitida Lavandula angustifolia Mill. o‘simligini keng miqyosda yetishtirish imkoniyatlari hamda uning farmakologik ahamiyati chuqur tahlil qilindi. Olingan ilmiy dalillar asosida lavandaning agroiqlimiy moslashuv darajasi, fenologik rivojlanish fazalari va tuproq-iqlim omillari bilan o‘zaro bog‘liqligi baholandi. Fitokimyoviy tahlillar efir moylari tarkibidagi terpenoid komplekslarining xilma-xilligi va ularning terapevtik potensialini aniqlash imkonini berdi. Shuningdek, Lavandula angustifolia Mill. asosidagi biofaol komponentlarning farmakodinamik xususiyatlari va farmatsevtik qo‘llanilish istiqbollari yoritildi. Tadqiqot natijalari lavanda plantatsiyalarini milliy agroekotizimga joriy etishning nafaqat iqtisodiy samaradorligini, balki sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tarmoqlarida qo‘llash uchun katta imkoniyatlar yaratishini ko‘rsatdi. Kalit so’zlar: Lavandula angustifolia Mill., dorivor o‘simliklar, efir moylari, farmakologik xususiyatlar, farmatsevtik xususiyatlari, biofaollik. Аннотация. В данной работе рассматриваются перспективы возделывания Lavandula angustifolia Mill. на территории Узбекистана и её ценные лечебные свойства. Освещены ботанические особенности растения, пути получения эфирных масел, их фармакологическая активность и возможное применение в фармацевтической практике. Особое внимание
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 113 уделено биоактивным соединениям, определяющим терапевтический потенциал лаванды. Представленные данные подтверждают, что данная культура может занять значимое место в развитии лекарственного растениеводства и фармацевтической индустрии Узбекистана. Ключевые слова: Lavandula angustifolia Mill., лекарственные растения, эфирные масла, фармакологические свойства, фармацевтические свойства, биологическая активность. Abstract. This study explores the prospects of cultivating Lavandula angustifolia Mill. in Uzbekistan and its valuable medicinal properties. The botanical characteristics of the plant, methods of obtaining essential oils, their pharmacological activity, and potential applications in pharmaceutical practice are discussed. Special attention is given to the bioactive compounds that determine the therapeutic potential of lavender. The findings indicate that this plant species may play an important role in the advancement of medicinal plant cultivation and the pharmaceutical industry in Uzbekistan. Keywords: Lavandula angustifolia Mill., medicinal plants, essential oils, pharmacological properties, pharmaceutical properties, bioactivity. Kirish. Lavandula turkumi Lamiaceae oilasiga mansub bo‘lib, asosan O‘rta yer dengizi hududida keng tarqalgan. Ushbu o‘simlik farmakologik xususiyatlari yuqori bo‘lgan efir moylari bilan mashhurdir [1]. Lavanda dorivor va aromatik o‘simlik sifatida qadimdan tibbiyot, atir-upa, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanib kelinadi. O‘simlikning gullari, barglari va boshqa qismlaridan farmatsevtika, kosmetika hamda parfyumeriya sohalarida foydalaniladi [1]. Lavanda gullari va efir moylari tinchlantiruvchi, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, gullar (Lavandulae flores) faol moddalar (3 % gacha), antosianinlar, shakarlar, fitosterollar, mineral moddalar va taninlarni o‘z ichiga oladi. Efir moyining
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 114 miqdoriy va sifat tarkibi genotip, o‘sish hududi, iqlim sharoiti, ko‘paytirish usuli va morfologik xususiyatlarga qarab o‘zgaradi [1,2]. An’anaviy tibbiyotda, jumladan Xitoy tabobatida, lavanda asabiylik, bepushtlik kabi turli kasalliklarni davolashda qo‘llanilgan. Qadimda esa lavanda aromatik vosita sifatida mumiyolash marosimlarida ishlatilgan [1]. So‘ngi yillarda O‘zbekistonda ham lavandani yetishtirish va undan tabiiy dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda [3,4]. Lavandaning asosiy turlari orasida Lavandula angustifolia (ingliz lavandasi) va Lavandula intermedia (lavandin) keng tarqalgan bo‘lib, ular efir moylari va turli xildagi dorivor vositalar ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega (Jalilov F.S., Zokirjonov A.D.) [1]. Lavandula angustifolia gullash infloresensiyalari davomida efir moylarining kimyoviy tarkibi o‘zgarib boradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘sish va gullashning turli bosqichlarida terpenlar profili (linalool, linalil-asetat va boshqa monoterpenlar) sezilarli darajada farqlanadi. Bu o‘zgarishlar, asosan, gen ekspressiyasi darajasida boshqariladigan biosintetik jarayonlar bilan izohlanadi. Natijalar shuni tasdiqlaydiki, lavanda infloresensiyasining turli bosqichlarini tahlil qilish orqali farmakologik jihatdan eng yuqori faol komponentlarga boy davrini aniqlash mumkin. Bu ma’lumotlar O‘zbekiston sharoitida yangi dorivor preparatlar va bioaktiv qo‘shimchalar ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi [3]. Lavandula angustifolia gullari hosildorligi an’anaviy (konvensional) ekinlarga qaraganda yuqori bo‘ladi, ammo efir moyining foizi biroz pastroq. Efir moyi tarkibi, ayniqsa linalool, geraniol, cymene va pinene kabi asosiy faol komponentlar, geografik joylashuvga qarab katta o‘zgarish kuzatilmagan. Shuningdek, urug‘ hosildorligi ekinlarda qoniqarli darajada bo‘lishi, va xomashyolar Evropa Farmakopeyasi standartlariga mos, mikrobiologik ifloslanish darajasida bo‘lishi, fermerlar uchun keying ekinlar ekish tizimlarini joriy qilishga asos bo‘ladi [5]. Begmatov va O‘ralov (Zien Journals) tomonidan Surxondaryo
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 115 sharoitida olib borilgan kuzatuvlarda ham lavandaning urug‘ unuvchanligi, morfologik rivojlanish fazalari va gullash maromi, iqlim sharoitiga bevosita bog‘liq ekani qayd etilgan. Urug‘ berish ko‘rsatkichining yuqoriligi, gullash davrining barqarorligi va agroiqlim sharoitiga moslashuvchanligi janubiy viloyatlarni lavanda uchun istiqbolli hudud sifatida ko‘rsatmoqda.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 116 Material va metodlar. Tadqiqotlarda Lavandula angustifolia officinalis L. urug‘lari O‘zbekiston sharoitida introduktsiya qilinib, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining tajriba maydonlarida ekilgan. Qashqadaryo sharoitida ekinlarni barqaror o‘sishi uchun tuproq 25– 28 sm chuqurlikkacha ishlov berildi. Yerlarni ekishga tayyorlashda tuproqqa organik hamda mineral o‘g‘it (superfosfat) qo‘llanildi. Urug‘lar noyabr oyining birinchi o‘n kunligida, 2–3 sm chuqurlikka ekildi va unib chiqqunga qadar tuproq namligi 70 % dala nam sig‘imida saqlab turildi. Shuningdek, ko‘paytirish vegetativ usullar orqali — ko‘chatlar va qalamchalaridan foydalanib ekildi. Tajriba davomida morfobiologik belgilari, o‘sish fazalari va hosildorlik ko‘rsatkichlari kuzatib borildi. Kimyoviy sintez jarayonlari (GC–MS va boshqa spektrometrik metodlar) yordamida o‘simlikning efir moyi konsentratsiyasi va tarkibiy nisbatlari aniqlandi. Urug’larni bahorgi ekishga tayyorlashda, urug’larni fevral– mart oylarida laboratoriya sharoitida unuvchanlik yuqori bo‘lishi uchun termostatda ekishga tayyorlandi. 1-jadval. Lavandula angustifolia officinalis L. urug‘larini ekishga tayyorlash T/r Urug’lar uchun sovuq stratifikats iya +6 °C da (kun) Urug’larning unuvc hanligi (kun) Urug’larni unishi uchun optimal harorat 0C 1 14-42 14-28 18–24
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 117 Urug’larning yaxshi unib chiqishi uchun starifikatsiyaga (urug‘larning unib chiqishi uchun ularni maxsus sharoitda ya’ni namlik va ma’lum haroratda saqlanishi) qo’yildi. Urug’lar 1jadvaldan ko’rinib turibdi-ki, Lavandula angustifolia officinalis L. sekin o’sadigan ko’p yillik o’simliklardan biri hisoblanadi. 2-jadval. Urug’larni ekish me’yorlari T/r Ko‘chat ekish chuqurligi (sm) Qator oralig’i (sm) 1 5-7 40 Ko‘chatni ochiq maydonga ko‘chirish ishlari Qashqadaryo hududi janubiy hudud bo’lganligi uchun biroz ertaroq mart oyining oxirida aprel oyining boshlarida amalga oshirildi. 2-aprelda ochiq maydonga o’tkazilgan ko’chatlar 4 haftadan so’ng 5-10 sm li birinchi haqiqiy barglarni hosil qildi. O’simlik suvni kam talab qiladigan o’simlik bo’lganligi uhun sug‘orish va tuproqqa ishlov berishni ko’p talab qilmaydi. O‘simlikning suvga talabi past bo‘lib, yaxshi drenajlangan qumli tuproqlarda samarali o‘sishi aniqlandi. Tuproq yaxshi drenajlangan, qumli tuproq, suvi to‘lib qolmaydigan sharoit kerak — ortiqcha namlik o’simlik ildizini chirishiga olib keladi.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 118 1,2,3-rasm. Lavandula angustifolia Mill. bir yillik namunasi, tadqiqotchi tomonidan namuna olish jarayoni. Lavandula angustifolia Mill. ning bioekologik xususiyatlarini Surxondaryo viloyati sharoitida Begmatov va O‘ralov (Zien Journals) o‘rganishgan. Tadqiqotda o‘simlikning urug‘ unuvchanligi, morfologik rivojlanish bosqichlari va gullabyashnash ritmi kuzatilgan. Natijalarga ko‘ra, lavanda urug‘larining unuvchanligi iqlim sharoitiga bevosita bog‘liq bo‘lib, optimal harorat va namlik sharoitida yuqori ko‘rsatkichga erishgan. Shuningdek, o‘simlikning ontogenez davrlari bosqichma-bosqich o‘rganilib, o‘sish va gullash jarayonlari mahalliy agroiqlim sharoitiga moslashganligi aniqlandi. O‘zbekiston janubiy hududlari lavanda uchun istiqbolli hisoblanadi, chunki bu yerda gullash davri barqarorligi, urug‘ berish ko‘rsatkichi yuqori ekanligi kuzatildi. O’simlik hududda iqlim shatoitiga mosligi tufayli sanoat miqyosida ekish samarali natija beradi [4]. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sharoitida olib borilgan introduksiya tajribalari natijalari shuni ko‘rsatadiki, Lavandula angustifolia officinalis L. ekini turli agroiqlim zonalariga yaxshi moslashish xususiyatiga ega. Tajribalar Qashqadaryo viloyatlarida olib borilgan bo‘lib, tuproqqa chuqur (25–28 sm gacha) ishlov berish, organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish hamda dala nam sig‘imini 70 % darajada saqlash urug‘larning yuqori unuvchanligini ta’minlagan Vegetativ ko‘paytirish usullari (ko‘chat va qalamchalar) ham muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Shunday qilib, olib borilgan tadqiqotlar lavandaning O‘zbekiston sharoitida keng miqyosda ekish va sanoat asosida efir moyi yetishtirish uchun katta imkoniyatga ega ekanini isbotladi. Bu ekinning barqaror agrotexnik ko‘rsatkichlari, yuqori urug‘ berish qobiliyati va efir moyi sifatining xalqaro standartlarga mosligi uni nafaqat mahalliy, balki eksport salohiyatiga ham ega bo‘lgan qimmatli dorivor-oziqaviy va sanoat o‘simliklari qatoriga kiritadi.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.6 (2025) 119 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Rasulov, A., & Nazarmetov, J. (2023). Agrotechnics of the Narrow-Leaved Lavender Plant Cultivation (Lavandula angustifolia officinalis L.). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.XXXX 2. O’ralov, A., & Begmatov, B. (2022). Bioecological Properties of Lavandula angustifolia Mill. Zien Journals. https://zienjournals.com/article/XXXX 3. Demissie, Z., Cella, M. A., Sarker, L. S., & Mahmoud, S. S. (2013). Lavender inflorescence: A model to study regulation of terpene synthesis. BMC Plant Biology, 13(1), 1–10. https://doi.org/10.1186/1471-2229-13-29 4. Koulivand, P. H., Ghadiri, M. K., & Gorji, A. (2013). Lavender and the nervous system. Evidence-Based Complementary and Alternative Medicine, 2013, 681304. https://doi.org/10.1155/2013/681304 5. Woelk, H., & Schlafke, S. (2010). A multi-center, double-blind, randomised study of the lavender oil preparation Silexan in comparison to Lorazepam for generalized anxiety disorder. Phytomedicine, 17(2), 94–99. https://doi.org/10.1016/j.phymed.2009.10.006