SUVSIZ KISLOTA-ASOSLI TITRLASH USULI BILAN ALLAPININNING MIQDORIY KO'RSATKICHINI ANIQLASH USULINI VALIDATSIYA QILISH
Abstract
Allapinin- lapokanitin tarkibli yurakdagi natriy kanallarini bloklash orqali antiaritmik ta’sir ko‘rsatuvchi preparat. Diterpen alkaloidlar guruhiga kirgan antiaritmik dori vositasi –Allapininning sifat ko‘rsatikichlarini baholash, parametrlarini o‘rganish va dori vositasining sifat nazoratini amalga oshirish usullarini qiyosiy baholash. Allapininning miqdoriy aniqlash usulining validatsiya ko‘rsatkichlarini baholash.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 74 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17380756 SUVSIZ KISLOTA-ASOSLI TITRLASH USULI BILAN ALLAPININNING MIQDORIY KO‘RSATKICHINI ANIQLASH USULINI VALIDATSIYA QILISH Mirzabdullayeva N.Sh Toshkent farmatsevtika instituti magistranti nodiramirzabdullaye[email protected]m ANNOTATSIYA Allapininlapokanitin tarkibli yurakdagi natriy kanallarini bloklash orqali antiaritmik ta’sir ko‘rsatuvchi preparat. Diterpen alkaloidlar guruhiga kirgan antiaritmik dori vositasi –Allapininning sifat ko‘rsatikichlarini baholash, parametrlarini o‘rganish va dori vositasining sifat nazoratini amalga oshirish usullarini qiyosiy baholash. Allapininning miqdoriy aniqlash usulining validatsiya ko‘rsatkichlarini baholash. Kalit so‘zlar: Allapinin, validatsiya, suvsiz kislota-asosli titrlash, xoslik, chiziqlilik, to‘g‘rilik, aniqlik, barqarorlik, aniqlash chegarasi, miqdoriy aniqlash chegarasi, 0,05 M perxlorat kislota, muz holidagi sirka kislotasi, simob(II) atsetati eritmasi, variatsiya koeffitsienti. ABSTRACT The study evaluates the quantitative determination method of Allapinin using validation parameters. The quantitative analysis was carried out by acid-base titration under non-aqueous conditions. The obtained results were validated according to analytical performance characteristics, confirming the accuracy, precision, and reliability of the proposed method for routine pharmaceutical analysis.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 75 KIRISH (ВВЕДЕНИЕ / INTRODUCTION). Analitik usulni validatsiya qilish — bu usulning belgilangan vazifalarni bajarishga yaroqliligini tajribaviy tarzda tasdiqlash jarayonidir. Ushbu jarayon dori vositalari, shu jumladan farmatsevtik substansiyalar va tayyor dori shakllarining sifat nazorati jarayonida natijalarning ishonchliligi va qayta ishlab bo‘lishini ta’minlaydi. Allapininning miqdoriy aniqlash uchun ishlab chiqilgan suvsiz kislota-asosli titrlash usulini validatsiya qilish jarayonida quyidagi validatsion parametrlar bo‘yicha natijalar olingan va qayta ishlangan: xoslik, chiziqlilik, to‘g‘rilik va aniqlik [1]. Yevropa farmakopeyasi talablariga muvofiq, miqdoriy aniqlash usullarining validatsiya diapazoni nominal miqdorning 80–120 % oralig‘ida bo‘lishi kerak. Shu oraliqda chiziqlilik, to‘g‘rilik va aniqlik isbotlanishi lozim. Validatsiya davomida analitik usuli quyidagi xususiyatlar bo‘yicha baholanadi (3.1.1-jadvalga muvofiq): • xoslik (specificity); • aniqlash chegarasi (detection limit); • miqdoriy aniqlash chegarasi (quantitation limit); • analitik soha (range); • chiziqlilik (linearity); • to‘g‘rilik (trueness); • aniqlik (precision); • barqarorlik (robustness). 3.1.1-Jadval Suvsiz titrlash natijalarining statistik ko‘rsatkichlari n A x di S2 S Δx Δx ε ε RSD 5 0,1980 0,1986 0,1999 0,2003 0,2010 0,1997 0,0017 0,0011 0,0002 0,0006 0,0013 0,00000155 0,00124 0,0034 0,00154 1,7% 0,77% 0,620
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 76 NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS). Xoslik (Specificity). Usulning xosligi Allapinin (C26H41NO7·HCl) miqdorini begona aralashmalar mavjudligida ham to‘g‘ri va selektiv tarzda aniqlash qobiliyati orqali baholandi. Qabul qilish mezonlari quyidagicha: • muz holidagi sirka kislotasi titrlash natijalarini buzuvchi moddalarga ega emas; • sinov eritmasidagi Allapinin sof moddasining miqdori normativ talablarga mos keladi. Titrlash natijalariga ko‘ra, ishlab chiqilgan usul Allapininni miqdoriy aniqlash uchun yetarli darajada xoslikka ega ekani isbotlandi [2]. Chiziqlilik (Linearity)— bu analitik signalning modda konsentratsiyasiga bog‘liqligini ifodalovchi xususiyat bo‘lib, u usulning analitik sohasida tajribaviy tarzda aniqlanadi. U kamida besh xil konsentratsiyadagi namunalar tahlili orqali tasdiqlanadi. Olingan natijalar eng kichik kvadratlar usuli bilan qayta ishlanib, regressiya parametrlari — og‘ish (b) va korrelyatsiya koeffitsienti (r) statistik mezonlar asosida baholanadi [3]. Allapininning miqdoriy aniqlash uchun ishlab chiqilgan usulning chiziqli diapazoni 0,05 M perxlorat kislota eritmasining titrlashda sarflangan hajmi bilan Allapinin miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash orqali belgilandi. Qabul qilish mezonlari quyidagicha belgilandi: • Korrelyatsiya koeffitsienti (r) kamida 0,998 bo‘lishi kerak; • Styudent t-mezoni bo‘yicha chiziqli regressiya tenglamasining erkin hadi (a) qiymati jadval qiymatidan kichik bo‘lishi kerak: (t_a < t_{jadval} = 2,78) (R = 95 %, n = 5) [4–6]. Chiziqlilikni aniqlash uchun Allapinin eritmasining besh xil hajmi (10 ml, 15 ml, 20 ml, 25 ml, 30 ml) tahlil qilindi. Buning uchun 100mg Allapinin aniq og‘irligi 100 ml hajmli o‘lchov kolbasiga joylashtirilib, 10 ml muz holidagi sirka kislotasi va 5 ml simob(II) atsetati eritmasida eritildi, so‘ngra hajm sirka kislotasi bilan belgilangacha to‘ldirildi (eritma A).Titrlash uchun ketma-ket ravishda 10 ml, 15 ml, 20 ml, 25 ml va
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 77 30 ml eritma A o‘lchab olindi (mos ravishda 0,1 g; 0,15 g; 0,2 g; 0,25 g; 0,3 g) va Allapininning miqdori yuqorida bayon qilingan usul bo‘yicha aniqlangan. Olingan natijalar 3.1.2-jadvalda keltirilgan. 3.1.2-jadval. Usulning chiziqliligini tadqiq etish uchun Allapininning miqdoriy aniqlash natijalari (suvsiz kislota-asosli titrlash usuli bo‘yicha) № Sinov eritmasi A hajmi, ml Allapinin miqdori (m), g Titrlash uchun sarflangan 0,05 M pexlorat kislota eritmasi hajmi, ml r b A 1 10 0,1000 3,00 0,9993 30,04 0,074 2 15 0,1500 4,45 3 20 0,2000 6,03 4 25 0,2500 7,60 5 30 0,3000 9,00 3.1.1-rasmda keltirilgan grafik asosida shunday xulosa qilish mumkinki, qo‘llanilgan usulda yaxshi ifodalangan chiziqli bog‘liqlik mavjud bo‘lib, korrelyatsiya koeffitsienti 0,9993 ga teng, chiziqli regressiya tenglamasi esa y = 30,4x – 0,074 ko‘rinishidadir. Qabul qilinadigan mezonlarga ko‘ra, korrelyatsiya koeffitsienti 0,990 dan kam bo‘lmasligi kerak [7-9]. To‘g‘rilik. Usulning to‘g‘riligi o‘rtacha natijaning haqiqiy qiymatdan og‘ish darajasi bilan belgilanadi. Analitik usulning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun Allapinin gidroxloridining faol modda konsentratsiyasi 80 dan 120% gacha bo‘lgan to‘qqizta sinov eritmasi tayyorlandi va tahlil qilindi. Sinov namunalarining quyidagi konsentratsiyalari bo‘yicha eritmalar tayyorlanib, o‘lchovlar o‘tkazildi: faol modda konsentratsiyasi 80% (0,16 g) bo‘lgan 3 ta eritma, 100% (0,20 g) bo‘lgan 3 ta eritma, 120% (0,24 g) bo‘lgan 3 ta eritma. Qabul qilinadigan mezonlar: -Xalqaro talablarga ko‘ra, hisoblangan variatsiya koeffitsienti qiymati 2% dan oshmasligi lozim [10].
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 78 -Ishonch oralig‘ini hisobga olgan holda aniqlangan qoplanish koeffitsienti qiymati validatsiya qilinayotgan metodika talablari (99,0–101,0%) doirasida bo‘lishi va haqiqiy qiymatni o‘z ichiga olishi kerak. Allapinin gidroxloridi miqdori 0,16 g, 0,20 g va 0,24 g bo‘lgan sinov eritmalarining titrlash natijalari usulning to‘g‘riligini aniqlash uchun 3.1.3-jadvalda keltirilgan. 3.1.3-jadval. To‘g‘rilikni aniqlash uchun sinov eritmalarining titrlash natijalari № Allapinin gidroxloridi namunasi, g Titr uchun sarflangan 0,05 M perxlorat kislota eritmasi hajmi, ml Aniqlangan allapinin gidroxloridi miqdori, g Qamrov koeffitsienti qiymati, % 1 0,1610 4,80 0,1600 99,37 2 0,1600 4,78 0,1598 99,87 3 0,1610 4,80 0,1600 99,38 4 0,2010 5,98 0,2000 99,50 5 0,2000 6,00 0,2000 100,00 6 0,2020 6,04 0,2010 99,50 7 0,2400 7,28 0,2420 100,83 8 0,2420 7,27 0,2420 100,00 9 0,2410 7,24 0,2410 100,00 O‘rtacha qiymat, x 99,83 Standart og‘ish, S 0,45 Variatsiya koeffitsienti, Sx (%) 0,45 Mazkur usul bo‘yicha olingan natijalar tizimli xatolik yo‘qligini ko‘rsatadi. Qamrov koeffitsientining o‘rtacha qiymati 99,83 % ni tashkil etdi, variatsiya koeffitsienti esa 0,45 ga teng bo‘lib, bu qiymat 2 % dan oshmaydi. Analitik protsedura chiqishining qiymati 99,0 dan 101,0 % gacha bo‘lgan oraliqda joylashgan. Shunga
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 79 muvofiq, ushbu analitik metod «to‘g‘rilik» (pravilnost) validatsion talablariga javob beradi [11]. Aniqlik (pretsizionlik). Usulning aniqligi olingan natijalarning o‘rtacha qiymatdan qanchalik og‘ishiga asoslanadi. Usul aniqligini baholashda ikki parametr: takrorlanuvchanlik (sxodimost) va laboratoriya ichidagi aniqlik (ichki pretsizionlik) ko‘rsatkichlari hisobga olindi [12]. Usulning takrorlanuvchanligini aniqlash uchun bir xil sharoitlarda, bitta allapinin gidroxloridi namunasi asosida tayyorlangan 100 % ishchi konsentratsiyadagi olti xil sinov eritmasi tahlil qilindi. Laboratoriya ichidagi aniqlik esa shu usulda, biroq boshqa tahlilchi tomonidan, boshqa kunda va boshqa asbob-uskunalar yordamida o‘tkazilgan tajribalar asosida baholandi. Takrorlanuvchanlik va laboratoriya ichidagi aniqlikni baholash mezonlari sifatida variatsiya koeffitsienti qiymati hamda Styudent – t (P(n), f) va Fisher – F (P(n), f1; f2) kriteriylari bo‘yicha hisoblangan natijalar asos qilib olindi [13]. Sinov eritmalarini titrlash natijalari metodikaning takrorlanuvchanligi va laboratoriya ichidagi aniqligini (pretsizionligini) aniqlash maqsadida 3.1.4-, 3.1.5va 3.1.6-jadvallarda keltirilgan. 3.1.4-jadval Allapinin gidroxloridining suvsiz kislota-asosli titrlash usuli bo‘yicha metodikaning takrorlanuvchanligini aniqlash natijalari № Allapinin gidroxloridi namunasi, g Titr uchun sarflangan 0,05 M perxlorat kislota eritmasi hajmi, ml Allapinin gidroxloridi miqdori, % 1 0,2010 6,05 100,17 2 0,2030 6,10 100,00 3 0,2000 5,95 99,00 4 0,2015 6,00 99,09 5 0,2000 5,98 99,50 6 0,2020 6,05 99,67 O‘rtacha qiymat, x 99,57 Standart og‘ish, S 0,47 Variatsiya koeffitsienti, Sx (%) 0,47
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 80 3.1.5-jadval Allapinin gidroxloridining suvsiz kislota-asosli titrlash usuli bo‘yicha laboratoriya ichidagi aniqligini (pretsizionligini) aniqlash natijalari № Allapinin gidroxloridi namunasi, g Titr uchun sarflangan 0,05 M perxlorat kislota eritmasi hajmi, ml Allapinin gidroxloridi miqdori, % 1 0,2005 6,00 99,59 2 0,2000 6,05 100,67 3 0,1990 5,95 99,50 4 0,1995 6,00 100,09 5 0,2010 6,05 100,17 6 0,2015 6,00 99,09 O‘rtacha qiymat, x 99,85 Standart og‘ish, S 0,56 Variatsiya koeffitsienti, Sx (%) 0,56 3.1.6-jadval Allapinin gidroxloridining laboratoriya ichidagi aniqligini (pretsizionligini) aniqlashda olingan ma’lumotlarning statistik ishlov natijalari Statistik xususiyatlar Analitik 1 Analitik 2 Eng kichik qiymat, % 99,00 99,09 Eng katta qiymat, % 100,17 100,67 O‘rtacha qiymat, x 99,57 99,85 Standart og‘ish, S 0,47 0,56 Variatsiya koeffitsienti, Sx (%) 0,47 0,56 F (P(n), f1; f2) 0,7015 t (P(n), f) 0,3739 MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION) Styudent – t (P(n), f) va Fisher – F (P(n), f₁; f₂) kriteriylarining 95 % ishonchlilik darajasida va n=6 holat uchun jadvaldagi qiymatlari mos ravishda 5,05 va 2,57 ni tashkil etadi. Takrorlanuvchanlikni baholashda variatsiya koeffitsienti 0,47 ga, laboratoriya ichidagi aniqlikni baholashda esa 0,56 ga teng bo‘lib, bu qiymatlar 2 %
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 81 dan oshmaydi. 3.1.5-jadvalda keltirilgan Styudent – t (P(n), f) va Fisher – F (P(n), f₁; f₂) kriteriylarining amaliy qiymatlari jadvaldagi qiymatlardan kichik bo‘lgani sababli, olingan natijalardagi o‘rtacha qiymatlar va standart og‘ishlar orasidagi farq statistik jihatdan ahamiyatsiz ekanligi tasdiqlandi. 3.1.3–3.1.5-jadvallarda keltirilgan natijalarga ko‘ra, ushbu usul tanlangan baholash mezonlariga javob beradi va yuqori darajadagi takrorlanuvchanlik hamda laboratoriya ichidagi aniqlik (pretsizionlik) ko‘rsatkichlariga ega [14]. XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION) O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida allapinin gidroxloridining miqdorini aniqlash uchun 0,05 M perxlorat kislota eritmasidan foydalaniladigan suvsiz kislota-asosli titrlash usulidan foydalanildi. Validatsiya bosqichida olingan ma’lumotlar ushbu usulning analitik jihatdan ishonchli ekanini va uni allapinin gidroxloridining miqdoriy tahlilida samarali qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida aniqlanishicha, ishlab chiqilgan titrlash usuli xoslik, chiziqlilik, aniqlik hamda to‘g‘rilik kabi asosiy validatsion parametrlar bo‘yicha belgilangan talablarga to‘liq javob beradi. ADABIYOTLAR RO‘YXATI (ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА / REFERENCES) 1. Alekseeva, G. M., Apraksin, V. F., & Generalova, Yu. E. (2019). Study of acidbase properties, development and validation of a quantitative determination method for an original pharmaceutical substance. Drug Development and Registration, 8(1). 2. Derffel, K. (1994). Statistics in analytical chemistry. Moscow: Mir. 3. Epstein, N. A. (2019). Validation of analytical methods: Graphical and calculation criteria for assessing the linearity of methods in practice. Drug Development and Registration, 8(2). 4. Gosudarstvennaya farmakopeya Rossiyskoy Federatsii (State Pharmacopoeia of the Russian Federation), 14th ed. (2018). Moscow: State Pharmacopoeia Committee.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 10 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 82 5. Grizodub, A. I. (2016). Standardized procedures for validation of quality control methods for medicines. Kharkov: Ukrainian Scientific Pharmacopoeial Center for Quality of Medicines. 6. Green, J. M. (1996). A practical guide to analytical method validation. Analytical Chemistry News & Features, 1, 305A–309A. 7. ICN Guidelines. (2008). Validation of analytical methods: Content and methodology. Pharmacy Journal. 8. Lukashov, R. I., & Kurpik, E. A. (2023). Standardization of medicinal products: A guide. Part 2. Minsk: BSMU. 9. Rawsky, R. I., Sanecki, P. T., Kijowska, K. M., Skital, P. M., & Saletnik, D. E. (2016). Regression analysis in analytical chemistry: Determination and validation of linear and quadratic regression dependencies. South African Journal of Chemistry, 69, 166–173. https://doi.org/10.17159/0379-4350/2016/v69a20 10. Rukovodstvo dlya predpriyatiy farmatsevticheskoy promyshlennosti. (2007). Guidelines for pharmaceutical industry enterprises. Moscow: Sport i Kultura – 2000. 11. Rukovodstvo dlya predpriyatiy farmatsevticheskoy promyshlennosti. (2007). Guidelines for validation of drug analysis methods. In N. V. Yurgel, A. L. Mladentsev, & A. V. Burdein (Eds.), Part I. Moscow: Sport i Kultura – 2000. 12. Souza, S. V. C. de, & Junqueira, R. G. (2005). A procedure to assess linearity by ordinary least squares method. Analytica Chimica Acta, 552(1–2). https://doi.org/10.1016/j.aca.2005.07.043 13. United States Pharmacopeia (USP 40–NF 35). (2017). Validation of compendial procedures. United States Pharmacopeial Convention. 14. Ermer, J., Miller, D. H., & Mac B. (2013). Validation of methods in pharmaceutical analysis: Best practice examples. Moscow: Vialek.