scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURKIY ADABIYOTDA BADIIY TAHLIL METODOLOGIYASI TADRIJI MASALASI

Tilovova Muyassar Yo'ldosh qizi

Abstract

Sharq adabiyotshunosligida metodologiya tarixining ildizlari falsafa, din va tilshunoslik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, qadimiy va o‘rta asr olimlari tomonidan yaratilgan nazariyalar zamonaviy ilmiy usullarga asos bo‘ldi. Ular o‘z asarlarida adabiyotni falsafiy, tarixiy, til va janr yondashuvi asosida o‘rganish metodlarini ishlab chiqqan. Ammo adabiyot va til turg‘un soha bo‘lmaganidek, badiiy asarga yondashuv usullari ham o‘zgaruvchandir. Ular mantiqan eskiradi, yangilanadi, iste’moldan chiqadi yoki butunlay yangilanadi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 124 TURKIY ADABIYOTDA BADIIY TAHLIL METODOLOGIYASI TADRIJI MASALASI Tilovova Muyassar Yo‘ldosh qizi Turon universiteti dotsenti, f.f.f.d. Annotatsiya. Sharq adabiyotshunosligida metodologiya tarixining ildizlari falsafa, din va tilshunoslik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, qadimiy va o‘rta asr olimlari tomonidan yaratilgan nazariyalar zamonaviy ilmiy usullarga asos bo‘ldi. Ular o‘z asarlarida adabiyotni falsafiy, tarixiy, til va janr yondashuvi asosida o‘rganish metodlarini ishlab chiqqan. Ammo adabiyot va til turg‘un soha bo‘lmaganidek, badiiy asarga yondashuv usullari ham o‘zgaruvchandir. Ular mantiqan eskiradi, yangilanadi, iste’moldan chiqadi yoki butunlay yangilanadi. Annotation. In eastern literary studies, the roots of the history of methodology are closely related to philosophy, religion and Linguistics, and theories created by ancient and medieval scientists became the basis of modern scientific methods. In their works, they have developed methods of studying literature on the basis of a philosophical, historical, linguistic and genre approach. But just as literature and language are not a stagnant field, so are the methods of approach to fiction. They are logically worn out, updated, withdrawn or completely updated. Kalit so‘zlar. metodologiya, tahlil usullari, uslub, til, janr, nazariya, metod, poeziya, mimises. Key words. methodology, methods of analysis, style, language, genre, theory, method, poetry, mimises. Aristotel poeziya deb butun san’atni nazarda tutganida uni hayotga nisbatan taqlid orqali vujudga kelishini tushuntirarkan, fabulada nima tasvirlanishi, tasvirlashning qaysi vositalari va usullari muhim ekanini ko‘rsatib o‘tadi. Mimesis adabiyotshunoslik nazariyasi ibtidosida “badiiy asar nima?, u qanday yaratiladi?” kabi savollarga berilgan dastlabki javob edi. Ya’ni badiiy asar Aristotelga ko‘ra real hayotning in’ikosi. Ammo soha rivojlanib borarkan boshqa adabiyotshunoslar orasida, aynan, taqlid emas, unda ijodkorning individual dunyosi yotadi degan qarashlar paydo bo‘ldi. XVIII asrda nemis faylasuflari yaratgan fenomenologik maktab a’zolari badiiy asar mavjud makon va zamon to‘g‘risida bahsga kirishadilar. Badiiy asar hayot in’ikosimi yoki muallifning individual dunyosimi? Badiiy asar yaratishga qaysi omil ta’sir qiladi, ko‘rsatma yoki boshlang‘ich nuqtani beradi? Bahs qanchalik qizg‘in bo‘lmasin, “Poetika”ni ilk javob sifatida qabul qilamiz. Chunki yunon faylasufi mimesisni tabiiy hodisa deb tushuntiradi. Inson taqlidga va o‘xshatishga moyil qilib yaratilgan. Boshqa narsalar, atrofdagi kishilarga taqlidning aniq namoyon bo‘lishini bolalarda ko‘rish mumkin. Tabiat o‘xshatish orqali o‘zlashtirilgani ta’kidlanadi. “Poetika”dagi fikrlar Aristotel tomonidan majburiy nazariy qoidalar sifatida talqin qilinmagan, albatta. U o‘z davri badiiy asarlari qurilishi va ma’no ifodalash usullariga ko‘ra nazariy formula ishlab chiqadi. Faylasufning fikrlarini ilk yozma va ma’lum qolipga tushirilgan adabiyot nazariyasi sifatida butun dunyo adabiyotshunoslari qabul qiladi. Adabiy tanqid rivoji, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanuv jarayonini ilmiy tahlil etuvchi ushbu asar keyinchalik adabiy tanqid metodlari va usullari paydo bo‘lishiga zamin yaratgan. Qadimgi yunon va uning ta’siridagi rim, yevropa xalqlari adabiyotida tanqidiy tahlilning asosan ikkita yo‘nalishi ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 125 shakllangan. Normativ prinsiplarga asoslangan tahlil usulida asosan, matnning tuzilishiga doir grammatika, uslub, estetika kabi qoidalar badiiy ijod me’yorlari hisoblangan. Ammo normalar badiiy matnni ijtimoiy sohalar bilan bog‘lamagan. Badiiy tahlilning ikkinchi usuli esa asarning jamiyat kayfiyati va kitobxonning ruhiy olami, tuyg‘ulariga qanday ta’sir qilishi masalasini ko‘rib chiqadi. Ayni shu usul sotsiolistik, psixologik, publitsistik va tarixiy tanqid prinsiplariga asos bo‘ladi. Biz yuqorida adabiy tanqid va badiiy matnni tahlil qilish usullarining boshlanishini g‘arb adabiyoti doirasida ko‘rib chiqdik. Ammo bu sharq adabiyotshunosligida tanqid nisbatan kechroq boshlanganini anglatmaydi. Sharqda uning ilk ko‘rinishlari xalq og‘zaki ijod na’munalariga nisbatan og‘zaki ko‘rinishda mavjud bo‘lgan. X-XI asrlarga kelib esa ilmiy asoslari Farobiy, Ibn Sino Arastuning “Poetika”siga sharhlar bitish asnosida sharq adabiyotida mavjud janrlar, she’r turlari, sharhlash usullarini aytib o‘tishadi. Sharq adabiyotshunosligi qadimiy davrda shakllangan. Dastlab, badiiy asarlar ko‘proq diniy va falsafiy nuqtayi nazardan o‘rganilgan. Masalan, klassik hind, fors, arab va boshqa Sharq adabiyotlarida diniy matnlar, falsafiy tafakkur asosida tahlil qilingan. Sharq xalqlari, ayniqsa, fors, arab va hind adabiyoti tahlilchilarining birinchi usullari ko‘proq adabiy matnni etiqodiy, falsafiy yoki diniy nuqtai nazardan tushunishga asoslangan. Masalan, arab sharqshunoslari Qur’on va hadislarni chuqur tahlil qilish uchun maxsus usullar ishlab chiqqan. “Al-Musiqa alKabir”, “Ihsa' al-‘Ulum” (Ilm turlari haqida). Al-Farobiy falsafa va adabiyotni uzviy bog‘lagan holda, ilmiy tahlil va klassifikatsiya usullarini ishlab chiqqan. U adabiyotshunoslikda ilmiy metodologiya asoslarini yaratishda muhim shaxs hisoblanadi. Farididdin Attor “Tazkirat alAwliya”, “Mantiq al-Tayr” (Qushlarning mantiqi) nomli asarlarida hikmat va sufiylik asosida adabiy asarlarni tahlil qilgan. Uning asarlarida simvolik va falsafiy talqinlar metodologiyasi mavjud. Ibn Sino “Kitab al-Shifa” (Shifo kitobi), “Al-Isharat wa al-Tanbihat” asarlarida falsafiy yondashuv bilan adabiyotni o‘rganishda mantiqiy va hermenevtik metodlarni qo‘llagan. Uning ishlari Sharq adabiyotining falsafiy tahliliga asos yaratgan. Sharq adabiyotshunosligining Klassik davrida esa adabiyotshunoslik o‘zining an’anaviy usullarini rivojlantirdi. Bu davrda matnlarni tahlil qilishda aniq qoidalar va mezonlar paydo bo‘ldi. Masalan, arab adabiyotida “balag‘at” (adabiy til nazariyasi), fors adabiyotida esa badiiy qoidalar ishlab chiqildi. Bu davrda adabiyotshunoslik ko‘proq nazm va nasrning shakllari, janrlari va uslublarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, Sharq klassik adabiyoti usullarini tizimlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 15-asrda Atoulloh Husayniy, Zamaxshariy, Xondamir, Zayniddin Vosifiy asarlari klassik davr adabiyotshunosligi haqida muhim ma’lumotlar beradi. Ularning asarlarida shakl va mazmun masalasi, aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar, badiiy asar tili to‘g‘risidagi fikrlar bayon qilingan. Bu davrda, ayniqsa, Navoiy muhim figuralardan biri hisoblanadi. Uning “Muhokamat al-Lug‘atayn”, “Mezon ul-avzon”, “Tarixi anbiyo va hukami” asarlarida turkey va forsiy adabiyotning taqqoslanishi, adabiy nazariya va metodologiya masalalari, til va janrlar tahlili muammolariga e’tibor qaratilgan. XIX asr oxiri XX asr boshlari adabiyotimizda tahlil usullariga yondashuv shakli va ko‘lami butunlay o‘zgardi. Buni yangi tahlil usullari misolida ko‘rishimiz mumkin. Tarixiy-tanqidiy, tipologik, komparativ (solishtirma) metodlar qo‘llanila boshlandi. Shu davrda Sharq adabiyotshunosligi ilmiy asosda rivojlandi, milliy va xalqaro miqyosda tan olinadigan fan sifatida shakllandi. XIX-XX asrlarda Sharqda g‘arb taʼsirida adabiyotshunoslik metodlari rivojlanib, ilmiy asoslangan tahliliy metodlar keng qo‘llanila boshlandi. Bu davrda strukturalizm, hermenevtika, marxizm va boshqa ilmiy yondashuvlar Sharq adabiyotini o‘rganishda qo‘llandi. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 126 Adabiyotning tarixiy nazariyasi adabiyotning tarixan o‘zgaruvchan xususiyatlarini ko‘rib chiqishda mantiqiy ketma-ketlikni saqlaydigan tarkibiy bo‘linishini ta’minlaydi. Hatto eng murakkab muammolar ham ularni o‘z joyiga qo‘yish va to‘g‘ri bog‘lash orqali oddiy va deyarli aniq hal qilinadi. Adabiyotning tarixiy nazariyasida mantiqiy mulohaza yuritish adabiy taraqqiyotning tarixiy jarayonini takrorlash shaklidir. Ob'ektni nazariy jihatdan ko‘rib chiqish uning aniq-umumiy shaklda takrorlanishini, haqiqiy tarixiy jarayonning o‘zi beradigan qonuniyatlarga muvofiq tuzatilgan aks ettirilishini nazarda tutadi. Adabiyotning tarixiy nazariyasi adabiyot tarixidagiga qaraganda adabiy jarayonni tahlil qilishning keng ko‘lamliligi bilan tavsiflanadi. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Arastu “Poetika. Axloqi Kabir. – T.: Yangi asr avlodi, 2004. 2. Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур. – Тошкент: Академнашр, 2004. – 7 б. 3. Йўлдашев Қ. Бадиий таҳлил асослари. – Тошкент: 2016. – 56 б. 4. Расулов А. Мустақиллик даври адабиётининг назарий-методологик асослари. – Т.: Маънавият, 2012. 5. Жўраев Т. Онг оқими ва сюжет. Онг оқими. Модерн. – Фарғона: “Фарғона”, 2009. – 62 б.