DAVLAT BYUDJETI MABLAG'LARIDAN FOYDALANISHDA MOLIYAVIY NAZORATNI KUCHAYTIRISH YO'LLARI
Abstract
Maskur maqolada davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanish va moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo’llari to’g’risida keng ko’lamda ko’rsatib o’tilgan. Asosan daromadlar maqsadli ravishda xarajatlarga yo’naltirilishi moliyaviy nazorat orqali amalga oshirilayotgani yoki aksincha, teskari holatda ekanligi aniq faktlar asosida keltirilib o’tilgan
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 147 DAVLAT BYUDJETI MABLAG’LARIDAN FOYDALANISHDA MOLIYAVIY NAZORATNI KUCHAYTIRISH YO’LLARI B.Sh. Mirzayev Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Samarqand viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi Ijtimoiy soha iqtisodiyoti va muassasalarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Annotatsiya: Maskur maqolada davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanish va moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo’llari to’g’risida keng ko’lamda ko’rsatib o’tilgan. Asosan daromadlar maqsadli ravishda xarajatlarga yo’naltirilishi moliyaviy nazorat orqali amalga oshirilayotgani yoki aksincha, teskari holatda ekanligi aniq faktlar asosida keltirilib o’tilgan Kalit so’zlar: nazorat, moliyaviy nazorat, byudjet, byudjet jarayoni, byudjetdan moliyalashtirish, byudjet tashkiloti, davlat moliyaviy nazorat, moliyaviy nazoratning subyektlari, moliyaviy nazorat obyektlari, moliyaviy nazorat ta’moyillari Kirish Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko’rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo’naltirilgandir. Davlat byudjeti hisobiga mablagʻ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan bir hisoblanadi. Byudjet mablagʻlaridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib boʻlmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Moliya, byudjet, soliq intizomiga yetarli darajada rioya qilinmayotganligi va byudjet mablagʻlarini maqsadsiz ishlatilishida koʻp sonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlatning moliyaviy nazoratini kuchaytirishning zarurligini koʻrsatmoqda. Byudjet mablagʻlarini sarflashda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xodimlarining ular oldiga qoʻyilgan asosiy vazifa-byudjet intizomiga rioya etishni ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Professorlar A.V.Vahobov va T.S.Malikovlarning fikricha, barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunshilikka rioya etilishi, moliyaviyxoʻjalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni oʻz ishiga oladi. Boshqacha soʻzlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir boʻlishining baholashni oʻz ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u oʻzining analitik yoʻnalishiga ega.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 148 Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan samarali davlat nazoratini amalga oshirishda moliyaviy nazorat organlar tizimi faoliyatini ham takomillashtirib borish muhim ahamiyatga egadir. Samarali nazoratni tashkil etishda byudjet munosabatlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro ma’lumot almashish tizimini keng qoʻyish ham muhim rol oʻynaydi. Bu borada byudjet tashkilotlarini moliyalashtiruvchi moliya organlari bilan tijorat banklari, soliq va bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjasi va uning savdo maydonchalari oʻrtasida oʻzaro axborot almashish aloqalarini yanada mukammalashtirish byudjet mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar tahlili. Davlat moliya tizimi va budjetning iqtisodiy mohiyati qadim zamonlardan iqtisodiyotchilar tomonidan o’rganila boshlangan. Masalan, G’arb olimlari tomonidan. Klassik iqtisodiy nazariya asoschilari U.Petti, A.Smit, D.Rikardo tomonidan davlat budjeti daromadlari shakllanishida soliq tizimining o’rni va vazifalari yoritilgan. Ular davlatni iqtisodiyotga minimal ishtiroki tarafdorlari bo’lib, davlatning asosiy vazifalari mudofaa va ijtimoiy masalalar deb belgilaganlar. Bozor munosabatlari esa, ularning fikricha, talab va taklif qonuniga asosan iqtisodiy rivojlanish muvofiqlashadi. Yalpi talab darajasini pasayishida davlat aralashish masalalari birinchi marta A.Marshallni ilmiy ishlarida tahlil qilingan. Iqtisodiyotga davlat aralashuvi, jumladan budjet tomonidan uni barqarorlashtirish masalalari J.M.Keynsni ilmiy izlanishlarida atroflicha yoritilgan Sharq olimlari Ibn Haldun, Al - Farobiy asarlarida davlat xarajatlari va uning mohiyati ko’rsatilgan. Budjet daromadlariga professorlar T.S Malikov va N.X.Haydarovlar quydagicha o’z fikrlarini bildirganlar: “Pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni ifoda etadigan, hokimiyat organlaring turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi budjet daromadlari deyiladi” [3]. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, iqtisodiy tahlil va boshqa usullarni o’z ichiga oladi. Tahlil va natijalar. Davlat budjeti mablag’larini shakllantirishda uning ham xarajatlar qismini, ham daromadlar qismini belgilash muhimdir, chunki budjetning daromadlari va xarajatlari o’zaro bir-birini taqozo etadi, uni to’liq hisobga olmaslik, noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi. Budjet siyosatining asosiy yo’nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o’rtasida qayta taqsimlash va respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida, davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini arkazlashtirishdan iboratdir. Respublikamizda budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijroetish, budjetdan mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish hamda mablag’lardan samarali va maqsadli foydalanish, budjet intizomini ta’minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Budjet jarayonlarida, jumladan, budjet ijrosini qa’tiy ta’minlashda budjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish, budjet mablag’laridan maqsadli, samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor mexanizmining takomillashtirilishi va islohotlarning tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Budjet jarayonini mavjud qonunchilik asosida, budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 149 ijro etish, budjetdan mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish hamda mablag’lardan samarali va maqsadli foydalanish, budjet intizomini ta’minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi 17 ta modda va 10 ta ilovadan iborat. 2025-yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2026–2027-yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan. Xususan, 2025-yilda yalpi ichki mahsulotning 6 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab chiqarishni 6,1 foiz,qishloq xo‘jaligida 4,1 foizga, bozor xizmatlari 14,5 foizga o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda. Mazkur rivojlanish ko‘rsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan. Davlat budjetining o‘rta muddatga mo‘ljallangan prognoz parametrlari va 2025-yil uchun budjet loyihasi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga uyg‘unlikda, ya’ni ularni bajarish vazifasidan kelib chiqib ishlab chiqilgan. O‘rta muddatda soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari: konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini 2025–2027-yillarda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik; o‘rta muddatda asosiy soliq stavkalarini o‘zgartirmasdan saqlab qolish; budjet daromadlari bazasini kengaytirish, berilgan soliq, bojxona imtiyozlarini samarasi va bergan natijasiga qarab qayta ko‘rib chiqish va bosqichma-bosqich bekor qilish; soliq va budjet siyosatini bosqichma-bosqich Jahon savdo tashkilotining talablariga uyg‘unlashtirish; davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60 foizlik makroiqtisodiy xavfsiz darajadan oshib ketmasligi uchun barcha choralarni ko‘rish, bunda o‘rta muddatda YAIMga nisbatan 50 foizdan oshirmaslik; yillik budjetni shakllantirishda “Natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini bosqichma-bosqich to‘laqonli joriy etish; ish haqi va pensiya miqdorlarini inflyatsiyadan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish; budjet ochiqligini ta’minlash hamda budjetni shakllantirishda fuqarolar ishtirokini yanada oshirish; Davlat sektorida ichki nazorat va ichki auditni takomillashtirish va kuchaytirish; Davlat budjeti loyihasini tayyorlash hamda ko‘rib chiqishda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini aks ettirish;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 150 “Yashil budjetlashtirish” tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish; atrof-muhit va tabiat muhofazasi, iqlim o‘zgarishiga moslashish tadbirlarining, suv sarfini kamaytirish va iqtisod qilib ishlatilishini rag‘batlantiruvchi tadbirlar ustuvorligini ta’minlash; xalqaro ekspertlar bilan birgalikda budjet xarajatlari tuzilmasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni barqaror davom ettirish, jumladan, iqtisodiyotda mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanish orqali 2030-yilga qadar iqtisodiyotni milliy strategiyada belgilangan 160 mlrd AQSH dollaridan oshirib, 200 mlrd AQSH dollariga yetkazish maqsad qilinmoqda. Bu, oʻz navbatida, “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish, aholi jon boshiga daromadlarni 5 ming AQSH dollaridan oshirish orqali kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish, mamlakatimizning suveren reytingi koʻrsatkichini investitsion darajaga chiqarish va buning natijasida jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish uchun zamin yaratadi. Ushbu koʻrsatkichga 2030-yilgacha YIMning yillik oʻsishini kamida 6 foiz, inflatsiyani 5 foiz, budjet taqchilligini YIMga nisbatan 3 foizdan oshmasligini taʼminlash hamda davlat qarzini moʻtadil darajada saqlab qolish orqali erishish maqsad qilingan. Xulosa va takliflar. O’zbekiston Respublikasida nazorat ishlari samaradorligini ta’minlash, hamda byudjet mablag’laridan foydalanish yuzasidan samarli moliyaviy nazoratni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari yuzasidan quyidagi asosiy xulosa, taklif va tavsiyalarimizni aks ettiramiz: - davlat siyosatiga mos ravishda moliyaviy nazorat tizimini isloh qilib borishni ta’minlash; - moliyaviy nazorat qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ko’zda tutilgan natijaga erishishni ta’minlashga xizmat qilishi lozim; - moliyaviy nazorat organlarining byudjet xarajatlarini optimallashtirishga qaratilgan yuqori samarali faoliyatini rag’batlantirish mexanizmini takomillashtirish; - moliyaviy nazorat sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini amalga oshirish; - moliyaviy nazorat tizimi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning me’yoriyhuquqiy asoslarini yanada mustahkamlash va takomillashtirish; - nazorat organi tizimi bilan turli tashkilotlar (tijorat banklari, soliq, bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjalari) o’rtasidagi axborot almashish tizimini yanada muvofiqlashtirish; - xorijiy davlatlarda byudjet mablag’laridan foydalanish yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish mexanizmini va nazorat-taftish organlari faoliyatini kuzatish va tajribalarini o’rganish, so’ngra ularning ijobiy yutuqlari va natijalarini milliy moliyaviy nazorat tizimimizga tadbiq etish lozim.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 151 Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati 1. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. Oʻquv qoʻllanma.T.:“Iqtisodmoliya” 2008 y. 316 b. 2. Gaibnazarova Z.T., Isamuxametov Sh.A. darslik “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent-2020 y. 14 b. 3. Malikov T.S. “Byudjet-soliq siyosati” T.: “Iqtisod-moliya” 2019 y. 4. Lex.uz O’RQ-813-son Toshkent sh., 2022-yil 30-dekabr 1-ilova 5. Lex.uz O’RQ-813-son Toshkent sh., 2022-yil 30-dekabr 2-ilova 6. Jumaniyazov I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109-116. 7. Jumaniyozov I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88. 8. Jumaniyozov I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(5), 1. 9. Jumaniyazov I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1. 10. Jumaniyazov I.T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of Sovereign Wealth Funds. The Am erican Journal of Management and Economics Innovations, 3(05), 30-37. 11. Жуманиязов И. Т. (2016). Основные задачи Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Наука, образование и культура, (7 (10)), 2728. 12. Жуманиязов И.Т. (2016). Направления использования средств Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Economics, (7 (16)), 28-29. 13. Jumaniyazov I. T. (2022). O’zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari. Science and Education, 3(5), 1637-1645. 14. Inomjon Turaevich Jumaniyazov, & Bexruz Hazratov (2022). Foreign experience in the development of special economic zones in Uzbekistan. Science and Education, 3 (5), 1628-1636. 15. Jumaniyazov Inomjon Turaevich, & Juraev Maqsud Annaqulovich (2022). Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari. Science and Education, 3 (5), 1646-1654.