scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING MUHIMLIGI

Sobirjonov Muxiddin Toxirjon o'g'li

Abstract

Turizm sohasidagi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hamda unga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillar va ushbu tadqiqotning ahamiyati uni shakllantirishning shart-sharoitlari va omillari shuningdek, turizm faoliyatini axborot bilan ta’minlashning rivojlanishi uchun muhim masalalar ko‘rib chiqilgan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 152 O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING MUHIMLIGI Sobirjonov Muxiddin Toxirjon o‘g‘li, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituda raqmli ta’lim texnologiyalari markazi bo‘lim boshlig‘i Annotatsiya. Turizm sohasidagi raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hamda unga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillar va ushbu tadqiqotning ahamiyati uni shakllantirishning shart-sharoitlari va omillari shuningdek, turizm faoliyatini axborot bilan ta’minlashning rivojlanishi uchun muhim masalalar ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar. raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt, turizmda raqamlashtirish, dinamik sayohat paketlari. elektron to'lovlar, elektron tijorat, elektron biznes. Kirish Hozirgi zamonaviy rivojlangan jamiyatda faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan davlatning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalariga ta'sir qiladigan sohalardan biri bu turizmdir.Turizm sohasi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga katta rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib, ularni faol qayta qurishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga, jahon bozoridagi raqobatda faol ishtirok etishga hamda investitsiyalarni rag‘batlantirishga va rivojlanishiga kata ta’sir qiladi.Turizm industriyasini hududning iqtisodiy, madaniy va tabiiy salohiyatidan kompleks foydalanishga asoslangan kompleks shakllantiruvchi sanoat deb atash mumkin. Ushbu tadqiqot raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi hamda ko'pgina iqtisodiy faoliyat turlarining, shu jumladan turizmning ishlash modelini tubdan o'zgartish, raqamli transformatsiya milliy xavfsizlik hamda mahalliy kompaniyalarning jahon miqiyosida raqobatbardoshligini oshirish masalalarini hal etishga qaratilgan bo’lib uning ahamiyati shundan iboratki, raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning shart-sharoitlari va omillari hamda turizm faoliyatini axborot bilan ta’minlashning hozirgi ko‘rib chiqilishi uning rivojlanishi uchun eng muhim hisoblangan masalalar ko‘rib chiqilgan. Hozirgi kunda barcha xizmatlar iste’molchilariga, maishiy xo‘jaliklarga, davlat organlariga, faoliyati muayyan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan turizm sohasidagi firmalarga kata ta’sir ko‘rsatadigan murakkab jarayon bu turizm sohasida raqamli iqtisodiyotni rivojlanishidir. Turizm sohasida raqamli texnologiyalarni kundalik hayotga joriy etish hamda yangi kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish ushbu jarayonlarni chuqur o'rganish va tushunish zarurligini keltirib chiqaradi. Zamonaviy rivojlangan turistik sharoitda ushbu xizmatlar iste'molchilarining xulq-atvori hamda talablari doimiy ravishda o'zgarimoqda va shu bois tobora ko'proq ma'lumotlar talab qilinmoqda. Hukumatlar hamda korxonalar, o'z navbatida, yangi marketing kanallarini yaratishga, biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga va ekotizimlarni shakllantirishga qaratilgan turli xil tadbirlar va qulayliklarni ishlab chiqmoqdalar [4]. Hozirgi kunda turizm industriyasi davlat iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, u yuqori raqobatbardosh hamda shu bilan birga yangi va zamonaviy ma’lumotlarga boy bo‘lib, iste’molchilarning xulq-atvoridagi o‘zgarishlarga zudlik bilan javob berishi lozim ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 153 bo’ladi. Ushbu vazifalar ayniqsa, turizm xizmatlarini ilgari surish uchun to'g'ri keladi, chunki u marketing strategiyasi muvaffaqiyatining asosiy omili bo'lgan ommaviy raqamlashtirish davrida iste'molchilarning e'tiborini jalb qilish va sifatli xizmat ko’rsatish asosiy vazifa bo’lib kelmoqda. Bugungi kunga kelib turizm sanoatida raqamli texnologiyalarni joriy etishga toʻliq eʼtibor qaratildi, aksariyat biznes jarayonlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi paradigmasiga muvofiq qayta qurilmoqda. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot-kommunikatsiya muhiti, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va platformalariga yangidan yangi talablarni shakllantirmoqda va yagona axborot makonini shakllantirish hamda jamiyatning, davlatning, ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga yo‘naltirilgan sifatli va aniq axborot olishga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.Turizm industriyasini axborot bilan ta’minlash turizm faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi va uni qayta ishlashga mo‘ljallangan, tarmoqning samarali faoliyatini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalarining yig‘indisidir. Turizm sohasida raqamlashtirish vositalaridan foydalanish mijozga real vaqt rejimida turistik korxona hamda mehmonxonani mustaqil tanlash, turistik mahsulot haqida kerakli ma’lumotlarni topish, xizmatlar narxlarini solishtirish va xarid qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, ushbu xizmatlardan foydalanish kechayu kunduz bo'lishi juda muhim hisoblanadi. Turizm industriyasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish hamda raqamli xizmatlar va platformalardan foydalanuvchilarning xabardorligini oshirish orqali turizm mahsulotining barcha tarkibiy qismlariga ta’siri turizm sanoatining raqamli ekotizimi ochiq axborot texnologiyalari infratuzilmasi bo‘lib, iste’mol, muvofiqlashtirish hamda biznes sektorlari o‘rtasidagi hamkorlik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Raqamli iqtisodiyotning har qanday tarmog‘i kabi turizm sanoati ham bilim iqtisodiyotiga asoslanadi [4]. Raqamli platformalar orqali xizmatlar sifatining oshgani va sayyohlar uchun qulayliklar yaratilgani qayd etildi (1jadval). ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 154 1-jadval. O‘zbekiston turizm sektorining iqtisodiyotga ta’siri (2020-2024) Turizm infratuzilmasining rivojlanishida raqamli platformalar (masalan, onlayn bronlash tizimlari va mobil ilovalar) joriy qilinishi sayyohlar uchun qulay sharoit yaratdi. Shu bilan birga, yangi mehmonxonalar, turizm markazlari va transport yo‘nalishlari rivojlanib, iqtisodiyotga qo‘shimcha turtki berdi. 1-rasm. Turistik safarlar soni 1) (tegishli yil uchun, ming safar) 1-rasm ma’lumotlariga ko’ra 2024 yilda respublikaga turistik maqsadlarda kelgan xorijiy davlatlar fuqarolarining umumiy safarlari soni 7 957,2 mingtani tashkil etgan va 2023 yilning mos davriga nisbatan 20,1 % ga oshgan. Xorijiy davlatlarga turistik maqsadlarda chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy safarlari soni esa 6 183,8 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,2 % ga ortgan. Bundan ko’rinib turibdiki turizmning raqamli iqtisodiyot tizimida bilim tashuvchisi semantik yadro bo'lishi kerak, uni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish eng muhim va ilm-fanni talab qiladigan jarayondir. Mintaqaviy turizmni raqamlashtirish salohiyati bevosita muayyan subyektning moliyaviy va texnologik imkoniyatlariga bog‘liqdir. Shuningdek, turizm industriyasini raqamli o‘zgartirish uchun ba’zi asosiy vositalarni alohida ta’kidlash lozim. Mintaqaviy turizmni raqamlashtirish salohiyati bevosita muayyan subyektning moliyaviy va ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 155 texnologik imoniyatlariga bog‘liq.Turizm sohasini raqamli o‘zgartirish uchun ba’zi asosiy vositalarni alohida ta’kidlash lozim bo’ladi. Jumladan, turistik xizmatlar iste'molchilari xaridni rejalashtirish va amalga oshirishda bir nechta ma'lumot manbalariga tayanadilar, bu esa mijoz bilan uzluksiz va uzluksiz ma'lumot almashish uchun turli xil aloqa kanallarini yagona tizimga birlashtirish zarurligini ko'rsatadi.Yagona turistik axborot maydoni -bu turizm bozorining barcha ishtirokchilari oʻrtasida axborot oʻzaro aloqasi, turistik mahsulotni shakllantirish, shuningdek, uni keyinchalik reklama qilish va sotish maqsadida yaratiladigan, koʻchiriladigan va isteʼmol qilinadigan kommunikatsiyalar majmui yakunida ste'molchilar fikrini inobatga olish zarurligini ham ta’kidlab o’tish joiz bo’ladi. Potentsial iste'molchilar bilan muloqot qilishning markaziy platformalaridan biri bu veb-saytdir. Veb-sayt yaratish sohasidagi tendentsiyalar juda tez o'zgarib turadi. Iste'molchilar esa, o'z navbatida, turistik tashkilotlarning saytlari imkon qadar ma'lumotli, sodda va harakat qilish uchun qulay bo'lishini kutishadi.Turizm industriyasiniraqamli transformatsiya qilishning asosiy vositalari. Axborotning mavjudligini oshirishga qaratilgan texnologiya bu chatbotlar va ularni shakllantiruvchi sun'iy intellektdir. Xulosa va takliflar. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘plab iqtisodiy faoliyat turlarini, jumladan turizmni infratuzilma bilan ta’minlashni sezilarli darajada o‘zgartiradi. Raqamli iqtisodiyotning asosi katta hajmdagi axborotni qayta ishlash ekanligini hisobga olsak, axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatishning yuqori texnologiyali tizimi alohida ahamiyatga ega. Potensial sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida aviachiptalarni xarid qilish, mehmonxonalarni bron qilish, hudud bo‘ylab sayohat qilish, diqqatga sazovor joylar, madaniy va tarixiy meros haqida ma’lumot, reytinglarni taqdim etish kabi keng funksiyalarni ta’minlovchi mobil texnologiyalar faol rivojlanishini kutishimiz kerak. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy turizmni rivojlantirishni rejalashtirish jarayoniga raqamli iqtisodiyot vositalarini joriy etish muhim o’rin egallaydi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot texnologiyalarni keng joriy etishda turizm faoliyatini texnologik jihatdan takomillashtirish, bozorning barcha ishtirokchilarini birlashtira oladigan turizm industriyasining raqamli tizimini yaratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-dekabrdagi PF-5598son “To‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyotni, elektron hukumatni, shuningdek, axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “20222026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. 3. M.T. Aliyeva. Turistik mamlakatlar iqtisodiyoti. Darslik. -T.: TDIU, 2007 yil 4. S.V.O‘zbekxonov, R.B.Qoʻldoshov. Turizm sohasida raqamli iqtisodiyotning tutgan o‘rni. «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya. 5. M.M. Irmatov, Aliyeva M.T.va boshqalar.Turizmni rejalashtirish.Т.: Moliya, 2005 yil ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 156 6. Raximov Z.O., Ismailov N.I. Rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda raqamlashayotgan turizmning ahamiyati./ Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Axborotnomasi. Nukus 2020 yil 3-son (ISSN 2010-9075). 42-45 bet. 7. Raximov Z.O. Raqamli iqtisodiyotda raqamlashayotgan turizmning yangi turlarining rivojlanishi./ SamISIda o‘tkazilgan «Turizmda innovatsion -investitsiya jarayonlarini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konfrensiyasi. (2020 yil, 3iyun) –Samarqand: SamISI, 2020