scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAMONAVIY DARS TURLARI VA UNGA QO'YILADIGAN TALABLAR

Shomurodov Ulug'bek; Alloqulova Sevinch

Full text

839 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ZAMONAVIY DARS TURLARI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR Shomurodov Ulug‘bek Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi Alloqulova Sevinch 4bosqich 5BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17381307 Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy tafakkurni shakllantirish masalasi tahlil etilgan. Raqamli texnologiyalar, interfaol platformalar va onlayn o‘quv vositalaridan foydalanish o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, axborotni tahlil qilish, baholash va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi yoritilgan. Shuningdek, tanqidiy tafakkurni rivojlantirishda o‘qituvchining raqamli kompetensiyasi, o‘quv jarayonida muammoli vaziyatlar yaratish, ijodiy topshiriqlar va interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada raqamli ta’lim vositalari yordamida o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini faollashtirish, mantiqiy va tahliliy yondashuvni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy asosda bayon etilgan. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, tanqidiy tafakkur, boshlang‘ich sinf, raqamli kompetensiya, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mustaqil fikrlash, innovatsion yondashuv. Hamon ta’limning asosiy shakli dars ekan, unga bo‘lgan talab va ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida bizning mamlakatimizda yangi dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodning yetishib kelayotgani bilan belgilanadi. Dars – ta’lim va tarbiya ishlarining markaziy qismi hisoblanib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish bilan birga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida tushunchaga ega bo‘lishida, axloqiy sifatlarni o‘quvchilarda hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Bizga ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha darslar umumiy didaktik talablarga javob berishi, jumladan darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga tayanishi, undan foydalanish imkoniyatlarini izlashi lozim. Shubhasiz, mustaqillik yillarida ta’lim sohasidagi islohotlardan ko‘zlangan maqsadlardan biri ham dars jarayonida milliy qadriyatlar namunalarini o‘rganish hamda ularda ilgari surilgan insonparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari orqali yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Dars jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dunyoqarashi shakllana boradi, mustaqil fikrlashga o‘rganadi, dunyoviy bilimlar bilan tanishadi va ularning uzluksizligi rivojlanib boradi. Har bir darsning muvaffaqiyati uning oldiga qo‘yilgan maqsadga bog‘liqdir. Qachonki, maqsad aniq va puxta, o‘quvchini har taraflama rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, darsning samaradorligi ta’minlanadi. Olimlardan Habibullo Abdukarimovning ta’kidlashicha, “dars – pedagogik jarayonning ustaxonasidir. Bu ustaxonada ma’lumotlar bayon etiladi, idrok qilinadi, axborotlar o‘zlashtiriladi, bilim, ko‘nikma, malakalar nazorat qilinib, baholanadi. Xullas darsda o‘rgatish, yetkazib berish, bajarish, qo‘lga kiritish, hayotga qo‘llash ko‘nikmalari shakllantiriladi. Bunda o‘qituvchi muhim vazifani amalga oshiradi. – o‘quvchilarni bilim olishga yo‘naltiriladi, jalb qiladi va ularni bilmaslikdan bilishgacha, voqelikdagi narsa va hodisalarning oddiysidan murakkabigacha bilish sari olg‘a harakatlantiradi. Bu esa 840 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz o‘qituvchidan tayyorgarlikni, talab etib, uning nazariy, amaliy, metodik qurollanganlik bilan bog‘liq Har bir o‘qituvchi o‘z faoliyati jarayonida darsga tayyorlanishda quyidagi ishlarni amalga oshiradi: temani aniqlaydi va dars vazifalarini konkretlashtiradi; o‘quv materialini mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab chiqadi. Yetakchi g‘oya, tushuncha, qonun, fakt, amaliy ma’lumotlarni ajratadi; ilgari o‘rganilgan bilan bog‘lanishni, mazmunni joylashtirishni mantiqan nazarda tutadi; o‘quvchilarning o‘quv bilimi faoliyatlari xarakterini aniqlaydi, ya’ni qanday bo‘lishni o‘ylab qo‘yadi. Shu shakldagi tayyorgarlikni ishlab chiqadi. Dars qismlarini ajratadi; o‘qitish metodlari: masala, mashq muammoli savollar, topshiriqni dasturlashtirish elementlarini tanlaydi va aniqlaydi. O‘qitishning texnik vositalarini tanlaydi va tekshiradi; butun dars jarayonini rejalashtiradi. Dars rejasida, odatda sana va dars nomeri, uning temasi, vazifalari mazmunining asosiy masalalari, o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyat turlari, o‘qitish metodlari va vositalari, so‘raladigan o‘quvchining familiyasi, individual topshiriqlar, uyga vazifa ko‘rsatiladi. Ammo dars rejalarining tuzilishi va hajmi o‘qituvchining malakasi hamda tajribasidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Masalan, o‘qituvchilikni yangi boshlanayotgan har bir o‘qituvchi darsning vazifalari, har bir qismning mazmuni ko‘rsatilgan mufassal rejaga ega bo‘lish foydalidir. O‘qituvchining tajribasi ortib borishga qarab dars rejaga qisqarib borishi ham mumkin. Yaxshi tayyorlangan darsni yana uyushgan holda aniq va samarali o‘tkaza bilish ham kerak. Darsda o‘qituvchi o‘quvchiga ma’lum bilimni yetkazar ekan, ularda berilgan bilimga nisbatan ko‘nikma va malakani shakllantiradi. O‘qituvchi o‘quvchiga bilim berar ekan, o‘z faoliyatini ham kengaytirib boradi, bilim va tajribalarini oshiradi. O‘qituvchi darsda ko‘proq o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi, turli xil diskussiyalar, savol javoblarni uyushtirishi zarur. Bu ham zamonaviy darslarga qo‘yilgan talablardan biridir. Bunda ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo‘lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchalar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liklikni o‘rnatish usul va vositalari sifatida klaster, toifalash jadvali, insert, B/B/B jadvallari foydalaniladi. Ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari sifatida esa T-jadvali, Venna diagrammasi va boshqalardan foydlaniladi. Mavjud muammoni aniqlash, uni xal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari usuli sifatida esa “Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “Piramida”, “Nilufar guli” sxemalari, “Kanday?” iyerarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiymantikiy sxemalar hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning samarali metodlaridan yana biri bu - klasterdir. «Klaster» so'zi “g'ujum”, “bog'lam” ma'nosini anglatadi. Bu usul ko'p variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klasterlar asosan yangi fikrlarni uyg'otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo'lib, muayyan mavzu bo'yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha o'quvchilarning ishtirok etishi lozim bo’ladi. Ushbu metodlardan foydalangan holda darslarni tashkil etish uning o‘quvchilar tomonidan faol qabul qilinishiga olib keladi. 180 Demak, bugungi kun zamonaviy darslari har bir o‘qituvchidan o‘z ustida tinimsiz ishlashni, ijodkorlikni, muntazam malakasini oshirib borishni, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nnikmasiga ega bo‘lishni talab bo‘ladi. References: 1. Chris Abbott ICT: Changing Education, London and New York, Routledge Falmer, 2001, 45p. 841 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 2. Попов А.М., В. Н. Сотников Информатика и математика. Учебник и практикум для прикладного бакалавриата. Из-во Юрайт, 2015 г. ISBN 978-5-9916-3338-3. 430стр. 3. Tosheva Nurzoda Toshtemirovna. Methods and techniques of developing cognitive activities of primary school pupils //ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal, 2020. № 10.(7.13.) Стр 80-87. https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/1537/943 4. N.T.Tosheva, M.H. Mustafoyeva Registration of age and individual characteristics in education as a pedagogical problem. European scholar journal ISSN(E): 2660-5562 Jurnal Impact Faktor: 7.235 Volume 2, Issue 4 Aprril 2021.– B. 8590