scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

USTOZ SHOGIRD SUHBATLARI XUSUSIDA

Shoira Axmedova

Full text

19 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman USTOZ SHOGIRD SUHBATLARI XUSUSIDA Shoira Axmedova, Osiyo xalqaro universiteti professori, filologiya fanlari doktori DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381346 Annotatsiya. Ushbu maqolada akademik To‘ra Mirzayevning “Hodi Zarif suhbatlari” deb nomlangan tadqiqoti va unda ijodkor, folklorshunos Hodi Zarif hayoti va ijodi, asarlarining yaratilishi, yirik olimning adabiyot, bajiiy ijod haqidagi kuzatishlari yangicha yondoshuv asosida talqin qilinganligi haqida fikr yuritiladi. Olimning bu tadqiqoti adabiyotshunoslikda yangicha tamoyillar, qarashlar shakllanib borayotganligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: adabiyotshunoslik, adabiy tanqid, tamoyil, biografiya, ijodkor nazari, tafakkur, H.Zarif. Аннотaция. В статье рассматривается исследование академика Туры Мирзаева «Беседа с Ходи Зарифом» и рассматривается, как жизнь и деятельность творца, фольклориста Ходи Зарифа, создание его произведений, а также наблюдения великого учёного о литературе и творчестве, основанные на новом подходе. Исследование учёного показывает, что в литературоведении формируются новые принципы и взгляды. Ключевые слова: литературоведение, литературная критика, принцип, биография, творческая точка зрения, мышление, Х. Зариф. Abstract. The article examines the research of academician Tura Mirzaev "Conversation with Khodi Zarif" and examines the life and work of the creator, folklorist Khodi Zarif, the creation of his works, as well as the observations of the great scientist about literature and creativity, based on a new approach. The scientist's research shows that new principles and views are being formed in literary criticism. Key words: literary criticism, literary criticism, principle, biography, creative point of view, thinking, H. Zarif. Mustaqillik davriga kelib, milliy adabiyotshunoslikning turli sohalarini kengaytirishga e’tibor kuchaygani yorqin ko‘rinmoqda. Badiiy asarga ontologik, germenevtik, psixologik tahlil, tarixiy-biografik va h.k. yondashuvlar asosida so‘z san’atini baholash, talqin etishning imkoniyatlari ochilayotganligi istiqlol davri adabiyotshunosligining taraqqiyotidan dalolat beradi. Shulardan biri tarixiy-biografik yondashuv bo‘lib, adabiy tanqidning еtakchi yo‘nalishiga aylanmoqda. Bu yozuvchining tarjimai holi, hayoti va ijodi, asarlarini o‘z davri, muhiti bilan uyg‘un holda yoritishga asoslanadi. G‘arb va Yevropa adabiy tanqidchiligi tarixida bu yondashuv XIX asr boshlaridan e’tiboran keng taraqqiy etgan. Bu borada Sh.Sent-Byov, A.Veselovskiy, A.Morua, M.Baxtin, M.Xrapchenko, L.Timofeyev, V.Shklovskiy, I.Andronnikov singari olimlar boy ilmiy-ijodiy tajriba to‘plaganligi ma’lum. Tarixiy-biografik yondashuvda hayotiy dalil va ilmiy-nazariy umumlashmalar adiblar ijodiy evolyutsiyasini to‘g‘ri anglash, badiiy ijodning o‘ziga xos tomonlarini haqqoniy tahlil etish, yozuvchi hayoti va ijodining qadri, adabiy jarayon, xalq 20 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘rtasidagi o‘rni yuzasidan to‘g‘ri xulosalar chiqarishda muhim o‘rin tutishi, uning ilmiy biografiyasiga oid yangi tarixiy-ma’rifiy kuzatish va qarashlarning ilgari surilishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bunda xotiralar, yozuvchining iqrori, asarning yozilish sababi, tarixiga oid mulohaza va ayrim asarlar tahlilidan ham foydalaniladi. Biografik yo‘nalish haqida fransuz mutafakkiri Sharl Sent-Byov shunday yozadi: “Bu metodga ko‘ra badiiy asarda yozuvchi biografiyasiga taalluqli ko‘p masalalar mavjuddir. Avvalo, asar g‘oyasining, konseptual asosining paydo bo‘lishi yozuvchi hayotidagi biron masala bilan bog‘lanib ketadi. Ikkinchidan, yozuvchi bilibmi, bilmaymi (g‘ayri-shuuriy holda) yuragi qa’ridagi tuyg‘ularni, xotirasiga singib qolgan voqea, shakllarni asariga kirita boshlaydi. Uchinchidan, asarning yozilishi jarayonidagi holatlar, manzaralar, hodisalar tabiiy holda asar strukturasiga singib boradi” [Rasulov A. 2005: 19]. Ko‘rinadiki, bu yo‘nalish yozuvchi hayoti va ijodi, asarlarining yaratilishi jarayonini chuqur bilishga keng yo‘l ochadi. O‘zbek adabiyotshunosligida bu yo‘nalishda ko‘plab asarlar yaratilgan. Iste’dodli adabiyotshunos N.Rahimjonovning “Badiiy asar biografiyasi” deb nomlangan tadqiqoti ayni shunday yangicha yo‘nalishda yozilganligi bilan diqqatni tortadi. Muhokama va natijalar. Ma’lumki, “biografiya” so‘zi tarjimai hol ma’nosini bildiradi. Mazkur yo‘nalishning asosiy xususiyatini anglamoq uchun, eng avvalo, “biografiya” so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. “Biografiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi grekcha “bios”- turmush, “grapho”- yozaman so‘zidan olingan bo‘lib, kishilarni tug‘ilgan kunidan boshlab o‘tgan hayotidagi voqealarni izchillik bilan bilan bayon etishdir” [Hotamov A.1983: 120]. Shunga asoslangan biografik usul esa “adabiyotshunoslikda adabiyotni o‘rganish vositasi bo‘lib, yozuvchining tarjimai holi va shaxsiyatiga ijodning alohida jarayoni sifatida qaraydi” [LES, 1987:123]. Shu kungacha adabiyotshunoslikda yozuvchi biografiyasi deb atalgan istiloh keng qo‘llanilar va u adibning tarjimai holi haqida ma’lumot berar edi. Bu tadqiqot esa badiiy asarning tarjimai holiga bag‘ishlangan. Ayni shu jihat uning ilmiy yangiligi va ahamiyatini ko‘rsatadi. Akademik To‘ra Mirzayevning “Hodi Zarif suhbatlari” kitobi esa bu yo‘nalishdagi yangi tadqiqotlardan biridir. “Ammo uni “Ustoz va shogird muloqoti ekan” deb tushunish ham to‘g‘rimas. Bu Hodi Zarifning yozilmay qolgan kitobi yoki yozilishi mo‘ljallangan maqolalar jamlanmasi. Bunda Hodi Zarifning o‘zi so‘zlaydi. Men aslida risola muallifimas, domlaning u yoki bu masalalarga doir og‘zaki mulohazalarini, ustozlari va safdoshlari haqidagi baholarini eshitgan kishi sifatida ularni bir-biiriga ulab,kitobxonga еtkazuvchi vositachiman, xolos” -deb yozadi ustoz T.Mirzayev. 21 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Akademik T.Mirzayev ustozi haqida, uning ilmiy, ijodiy, ma’anaviy olami haqida gapirar ekan, bugungi kunda yoshlarga ibrat bo‘ladigan tomonlariga ko‘proq diqqatini qaratadi. Masalan, “Ustoz Hodi Zarif ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar qilganda yoki seminarlar o‘tkazganda uning qo‘lidan ilgaridan tayyorlangan matnlar bo‘lmas, yodaki so‘zlardi.Ammo u seminar yoki ma’ruzaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rar, aytayotgan mulohazasini har tomonlama asoslardi...”[Mirzayev,2013, 4]. Olim ustozining ustozlari haqidagi xotiralariga ham e’tibor qaratadi. Shu bois kitobning ikkinchi qismi “Ustozlar, hamkorlar va safdoshlar” deb nomlangan bo‘lib, birinchisi “G‘ozi Olim Yunusov” bag‘ishlangan.”Tog‘am G‘ozi Olim Yunusov mening birinchi ustozim hisoblanadi,-deb eslab qoldilar bir kuni domla.—Men V.V.Bartold, A.A.Divayev, YE.E.Bertels kabi o‘z davrining taniqli allomalari bilan birinchi marta uning xonadonida tanishganman... G‘ozi Olim Yunusov folklor namunalarini baxshilar, ertakchilar, qo‘shiqchilar va boshqa ijodkor-ijrochilar og‘zidan bevosita, aynan, o‘zgartirmay, aytuvchi shevasida yozib olishni boshlab bergan olimdir”... Tog‘am birinchi navbatda o‘zini tilshunos va etnograf-tarixchi hisoblardi. U 20yillarda juda ko‘p dialektologik va etnografik materiallar to‘plagan olimdir. 1926 yil oxirlarida u menga: “Mana sen folklorshunos bo‘lmoqchisan, yana bir qancha yoshlar еtishib chiqayapti.Endi men bemalol tilshunoslik bilan shug‘ullansam bo‘ladi”,- degandi. ...”[Mirzayev,2013, 25]. Shu tariqa ustoz T.Mirzayev G‘ozi Olim Yunusov haqida ustozining xotiralari, o‘zi bilgan ma’lumotlar, bahslarga to‘xtalar ekan, olimning o‘zbek ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini aniq dalillarga asoslanib, ko‘rsatib beradi. Ustozining hayotida muhim rol o‘ynagan A.Divayev,Fitrat, Jirmunskiy, Olim Sharafiddinov, M.Alaviya kabi o‘ndan ortiq olimlar haqida ham Hodi Zarif xotbralariga, suhbatlarga tayangan holda o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. Ayniqsa, buyuk qomusiy, ma’rifatparvar olim Fitrat haqidagi bo‘lim ham e’tiborni tortadi.”Biz Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi fan va adabiyotimizning ulkan arboblarini ko‘rmagan, o‘quvchilik va talabalik yillarimizda bunday buyuklarning o‘lmas ijodi ongli ravishda bizdan yashirilgan avlod sirasiga kiramiz.Ularning jo‘shqin faoliyati, nodir ilmiy va adabiy ijodi bilan keyinroq tanishganimiz, fidoyiliklari, qaytarilmas amallari, insoniy siymolari to‘g‘risidagi ustozlarimiz suhbatlaridan ozmiko‘pmi bahramand bo‘lganmiz.Ustoz Hodi Zarif Abdurauf Fitrat haqida alohida bir ehtirom bilan so‘ylar, xususan, uning adabiyot tarixini o‘rganish, sharq qo‘lyozmalarini to‘plashdagi faoliyatini alohida ajratib ko‘rsatar, ustozlik maqomini g‘oyatda ulug‘lardi” ...”[Mirzayev,2013, 51]. To‘ra Mirzayev qalbidagi o‘z Ustoziga nisbatan buyuk ehtiromini uning vafoti munosabati bilan yozilgan “Alvido,ustoz!” qismida, ayniqsa, ehtiros bilan ifodalagan. 22 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Ustozining “buyuk bir e’tiqod bilan – xalqiga sidqidildan xizmat qilish e’tiqodi bilan, asrlar еli olib ketayotgan og‘zaki adabiyot durdonalarini saqlab qolish, yo‘qni bor qilish va uni zamonamizga xizmat qildirish e’tiqodi bilan yashagan”ligini ta’kidlar ekan, “Hodi aka gurkirab-guldirab o‘tdi, gurkirab-guldirab ijod qildi. Gurkiragan ijod va umr hech vaqt o‘lmaydi, yillar, asrlar, avlodlar u haqda so‘ylay beradi, fandagi jasorat va ijod abadiydir”,- deb yozadi. Ustoz To‘ra Mirzayev yirik olimning to‘liq qiyofasini yaratar ekan, uning folklorshunoslik tarixi, folklorning nazariy va amaliy masalalari borasidagi ishlariga ham to‘xtaladi. Masalan, Hodi Zarifning ko‘p jildlik tayyorlashning tamoyillari haqida o‘zining ilmiy-nazariy qarashlarini bayon etgani haqidagi ma’ruzasi haqida fikr yuritar ekan, quyidagi parchani keltiradi:” ..Shuni unutmaslik kerakki, ilmiy-akademik nashrlarni tayyorlashga nisbatan ilmiy-ommabop nashrlarni hozirlash ancha og‘ir va qiyindir. Chunki bunday nashrlarda ilmiylikni to‘la saqlagan holda uning har xil did va saviyaga ega bo‘lgan barcha kishilarga mo‘ljallanganiga ham alohida e’tibor beriladi. Shu sabali bunda tanlash bilan birga matnni to‘la saqlash o‘ta muhimdir”. ...”[Mirzayev,2013, 155]. Akademik To‘ra Mirzayev kitobga ilovalar, ekspeditsiya kundaligidan sahifalar, Jirmunskiyning Hodi Zarifga yozgan xatlari, olimlarning baholarini ham kiritganki, ular barchasi jamalanib, buyuk folklorshunos olimning, fidoyi, haqiqiy vatanparvar, odamoxun, ziyoli Ustozning mukammal qiyofasini kitobxon ko‘z oldida yorqin gavdalantirib berishi bilan ahamiyatlidir. Muallifning tili sodda, uslubida samimiylik, har satridan Ustozga bo‘lgan ehtirom sezilib turadi. Xulosa qilib aytganda, tarixiy-biografik xarakterdagi bunday yo‘nalishdagi asarlarning ahamiyatli jihatlari ko‘p: birinchidan, kitobxon mazkur ilmiy-tanqidiy asarni zerikmay, qiziqib o‘qiydi, ikkinchidan, yirik folklorshunos olim Hodi Zarif shaxsi, ijodi, u yashagan davr, muhit bilan yanada yaqindan tanishadi, uchinchidan, ijod onlari, har bir asarning dunyo yuzini ko‘rishi murakkab jarayon ekanligini anglab еtadi, to‘rtinchidan, kitob muallifi – akademik To‘ra Mirzayevning qiyofasi ham bilan chuqurroq tanishadi. Xullas, bu kitobni o‘qish orqali shogirdning Ustoziga bo‘lgan hurmati, e’tiboridan ham yoshlar o‘rnak olsalar arziydi, chunki shu siradagi asarlar barkamol avlod ma’naviyatini boyitishga ko‘maklashadi. Mustaqillik imkon bergan bunday tadqiqotlarning ko‘payishi adabiyotshunosligimizni yuksaklikka olib chiquvchi pillapoyalardan bo‘lsa ajab emas. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Akhmedova, Shoira, and Sofiya Mahmudova. "ABU ALI IBN SINA ON A CRITICAL BIOGRAPHICAL ESSAY." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2.7 (2022): 795-799. 23 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman 2. Nematovna, Akhmedova Shoira. "GENRE OF LITERARY PORTRAIT IN THE WORKS OF ALISHER NAVAI." SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК БУХАРСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА: 127 3. Axmedova, Shoira. "THE ROLE OF THE JADID PRESS IN THE FORMATION OF UZBEK LITERARY CRITICISM." Конференции. 2021. 4. Ахмедова, Ш. Н., & Назарова, Д. (2021). Aдабий портрет жанрининг назарий жиҳатлари хусусида. Mеждународный журнал искусство слова, 4(3). 5. Ахмедова Ш. Н. Хуршид Давроннинг адабий–эстетик қарашлари. //Образование и инновatsiонные исследования международный научно-методический журнал. – 2022. – №. 6.2. Махсус сон. – С. 20-28. 6. Ахмедова Ш.Н. "Прогресс портретописания в период глобализatsiи в литературоведении." Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социальнокультурные технологии: векторы развития (2019): 12-14. 7. Ахмедова Ш.Н. Лосеева-Танем Бахтияри, and Насима Саидбурхановна Кадирова. " On the Creative Specificity of Literary Criticism." Miasto Przyszłości 42 (2023): 326-329. 8. Глушков Н.И. Очерковые формы сов.литературе. – Изд. Ростовского университета. 1969. – С.178. 9. Davronova S. Еastern and western literary tradition in the modern uzbek novels //World science. – 2016. – Т. 4. – №. 5 (9). 10. Литературный энциклопедический словарь. – М.: Сов. энциклопедия, 1987. – С. 123. 11. Мирзаев Т. Эпос и сказитель. – Тошкент: Фан, 2008. – 410 с. 12. Мирзаев Т. Ҳоди Зариф суҳбатлари. Тошкент.2013. 13. Назаров Б.,Расулов А.,Ахмедова Ш.,Қаҳрамонов Қ.Ўзбек адабий танқиди тарихи. Дарслик.Тошкент.”Тафаккур қаноти”.2012, 10-бет. 14. Расулов А.Тунда чақнаган юлдуз // Жаҳон адабиёти. – Тошкент, 2005, май. 15. Раҳимжонов Н. Бадиий асар биографияси. Тошкент. Фан, 2008. 5бет 16. Ҳотамов Н., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча - ўзбекча изоҳли луғати. – Тошкент: Ўқитувчи, 1983. – Б. 120. 17. Литературный энциклопедичсеский словарь.Москва. 1987:123.