scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"GO'RO'G'LI" DOSTONLARI HAQIDA HODI ZARIFOV TADQIQOTLARI

Xidirova Farangiz Rustam qizi

Full text

29 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman “GO‘RO‘G‘LI” DOSTONLARI HAQIDA HODI ZARIFOV TADQIQOTLARI Xidirova Farangiz Rustam qizi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori insituti 1-kurs tayanch doktaranti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381359 Annotatsiya. Mazkur maqoladа ustoz Hodi Zarifovning “Go‘ro‘g‘li” dostonlari haqida olib borgan tadqiqotlari va izlanishlari haqida fikr yuritiladi. Bu silsila dostonlar qachon va qanday holda paydo bo‘ldi, rivojlandi va shu kunga qadar qay darajada saqlanib qoldi. Folklorshunosligimizning asoschisi bo‘lmish Hodi Zarifovning bu yo‘ldagi izlanishlarining bir qismiga to‘xtalib o‘tamiz. Kalit so‘zlar: doston, qahramon, qahramonlik eposi, folklor, folklorshunoslik, Go‘ro‘g‘li. Аннотaция. В данной статье рассматриваются исследования, проведённые Хади Зарифовым над эпосами «Горуглы». Когда и как возник и развивался этот цикл эпосов, а также насколько они сохранились до наших дней? Мы остановимся на некоторых исследованиях в этой области, проведённых основоположником нашей фольклористики Хади Зарифом. Ключевые слова: эпос, герой, героический эпос, фольклор, фольклористика, Горогли. Annotation. This article discusses the research and studies conducted by Hadi Zarifov on the “Gorugli” epics. When and how did this series of epics appear, develop, and to what extent have they been preserved to this day? We will touch upon some of the research in this field conducted by the founder of Uzbek folklorestudies, Hadi Zarifov. Keywords: epic, hero, heroic epic, folklore, folklore studies. Gorugli. Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi, dastlabki foklor namunalarini yig‘uvchisi, to‘plovchisi, ularni nashr ettiruvchi va o‘rganuvchi jonkuyar olimdir. Folklorshunoslikka oid qanday ish qilinmasin, har doim Hodi Zarifov tadqiqotlariga murojaat qilinadi. Olimning hayot yo‘liga nazar solsak, u dastlabki ta’limni o‘zi istiqomat qilgan mahalladagi Yusufxon domla maktabida olgan. Keyin bir muddat rus-tuzem maktabida o‘qigan, 1916-yildan esa jadidlarning yangi usuldagi maktabida tahsil olgan. Otasi vafot etguniga qadar esa O‘zbek bilim yurtida ham ta’lim olgan. 1923-yilda 1926-yiga qadar Boku o‘qituvchilar seminaryasida tehsil olgan. Keyinchalik folklor asarlarini yig‘ishga shunchalik berilib ketganki, hatto Samarqand pedagogika akademiyasini tamomlay olmagan. Bu haqida folklorshunos olim To‘ra Mirzayev “Hodi Zarif suhbatlari” kitobida shunday deydi: “1927-yilda Samarqnd pedagogika akademiyasiga (hozirgi Samarqand davlat universiteti) o‘qishga kirganiga qaramay, aqalli uning birinchi kursini ham tamomlay olmagan. O‘zining aytishicha, xalq ijodi materiallarini to‘plash va o‘rganishga shu darajada berilib ketganki, natijada o‘qishini davom ettirishga imkoni bo‘lmagan” [Mirzayev T. 2013:5]. Ehtimol, olimning aynan Samarqandda o‘qishni davom ettirishi folklorga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq bo‘lgandir. Ma’lumki, 30 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Samarqand va uning atrofida yirik dostonchilik maktablari mavjud edi. Hodi Zarif singari fidoyi olimlar tufayli ko‘plab folklor asarlari bizgacha еtib keldi. O‘zbek folklorshunosligida yaratilgan dastlabki yirik ilmiy asarlar, albatta, Hodi Zarifov nomi bilan bog‘liq. Olimning rus olimi V.M.Jirmunskiy bilan hammualliflikda yozgan “O‘zbek xalq qahramonlik eposi” (1947) kitobi folklorshunosligimizda fundamental asar sifatida tan olingan. Mazkur asar 5 bobdan iborat: I. Xalq baxshilari. II. Epik repertuar. Mazkur bob o‘z ichida bir necha bo‘limlarga bo‘lingan a. Qahramonlik eposi: “Alpomish”; b. Jangnoma dostonlari: “Yusuf va Ahmad”; c. Tarixiy dostonlar; d. “Go‘ro‘g‘li” silsilasi; e. Kitobiy dostoslar. III. O‘zbek xalq eposlarning umumiy tavsifi. G‘oya, tasvir va uslub. IV. Yangi dostonlar. V. Xulosa. O‘zbek xalq eposini o‘rganishning navbatdagi vazifalari. Rus folklorshunos olimi B.A.Karriyev kitob haqida shunday tarif beradi.: “V.M,Jirmunskiy va H.Zarifovlarning fundamental asarining nashr etilishi o‘zbek xalq folklorini o‘rganishda muhim bosqich bo‘ldi. Kitobda o‘zbek dostonlarining batafsil tavsifi, g‘oyaviy mazmuni, janr xususiyatlari va badiiy boyligi, milliy o‘ziga xosligi ochib berilgan.”[ Каррыев Б.А.1968:211] Bizning tadqiqot obyektimiz mazkur kitobning II bobda tavsiflangan “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlaridir. Folklorshunoslikda dostonlar haqida izlanish olib borganda, birinchi navbatda mazkur kitobga murajaat qilinadi. Zarifov folklor materiallarini faqat yig‘ibgina qolmagan, balki ular ustida birinchi bo‘lib ilmiy izlanishlar olib borgan. U doston tarkibidagi obrazlarini birma-bir tavsiflagan. Dastlab, Go‘ro‘g‘li obrazining kelib chiqishi haqida umumiy ma’lumot beradi. Olimning ta’kidlashicha, dostonning asoslari Ozarbayjonda XVI-XVII asrlarda kechgan tarixiy voqelarga borib taqaladi. Bu fikr B.A.Karriyevning tadqiqotlarida ham keltiriladi: “Shimoliy Eron va Janibiy Ozarbayjonda XVI asrning oxirlaridan boshlangan jalolilar harakati boshliqlaridan biri Ko‘ro‘g‘li ismli shaxs bo‘lgan. Arman tarixchisi Arakel Tavriziy bu shaxsni ozarbayjon oshiqlari hozirgi paytda kuylab kelayotgan qo‘shiqlarni to‘qigan Ko‘ro‘g‘lining ayni o‘zidir,deya xabar beradi. Shuningdek, doston ozarbayjon versiyasining ayrim namunalari dastlab XVIII-XIX asrlarda Janubiy Ozarbayjondan yozib olingan.” [Каррыев Б.А.1968:43] Olimning doston yaratilgan davr haqidagi fikrlarini yanada kengroq qilib T.Mirzayev “Hodi Zarif suhbatlari” nomli kitobida “Go‘ro‘g‘li” turkumi bir davrning mahsuli emasligini, turkum asrlar davomida shakllanganligini aytib o‘tadi. 31 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Bu siklga dostonlarning ko‘plari XV, XVI va ba’zan XVII asr voqealarini ozmi ko‘pmi o‘zida aks etganligini, lekin “Malika ayyor” dostonini o‘rganilganidan keyin bu dostonning asosi islomdan oldingi davrlarga borib taqalishi haqida fikr yuritadi. “O‘zbek xalq qahramonlik eposi” kitobida Hasan ko‘lvar, Hasan chopson, Xoldorxon, Zamonbek otaliq, Xidirali elbegi, Asad va Shodmon merganlar, Safar ko‘sa, Soqibulbul, Ahmad sardor kabi obrazlarning har birining dostondagi o‘rni, vazifasiga to‘xtalib o‘tilgan. Mazkur obrazlarlar tadqiqi hozirgacha ko‘plab ilimiy izlanishlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Folklorshunos olim Sh.Turdimov o‘z ilmiy izlanishlarida Go‘ro‘g‘li va uning atrofidagi obrazlarni yanada chuqurroq tahlil qilgan. Masalan, birgina Hasanlar obrazi tadqiqiga to‘xtalib o‘tamiz. Olimning fikricha, Hasan Chopson, Hasan Ko‘lbar va Hasan Yakdasta obrazlarining kelib chiqishi bevosita turkiy xalqlar epik an’analariga, xususan, Oltoy eposi “Maday-Kara”dagi g‘aroyib ko‘makchilar motiviga borib taqaladi. Ushbu qahramonlarning har biri o‘ziga xos epitet va funksiyalarga ega bo‘lib, ular bosh qahramonning sodiq yordamchilari sifatida gavdalanadi. Bu jihat ularni Oltoy eposida uchraydigan mifologik yordamchi obrazlar bilan qiyoslash imkonini beradi. Natijada, Hasanlar obrazining poetik ildizlari nafaqat o‘zbek xalq og‘zaki ijodida, balki umumturkiy epik merosning arxaik qatlamlarida ham o‘z ifodasini topganini ko‘rish mumkin.Olim ularning ya’ni kelib chiqishini oltoy eposi bo‘lmish g‘aroyib ko‘makchilarga qiyoslaydi. Yildan yilga o‘zbek folklorshunosligi rivojlanib bormoqda. Ustoz olimlarimiz umumiy tarzda o‘rgangan dostonlar, obrazlar, motivlar bugun alohida tadqiq etilmoqda. Har bir folkloristik izlanishda Hodi Zarif singari allomalarimizning ilmiy merosiga qayta murojaat qilinmoqda. Uning “Go‘ro‘g‘li” dostonlariga oid tadqiqotlari esa zamonaviy folklorshunoslikda hanuz asosiy ilmiy tayanchlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Жирмунский В.М. Зарифов Х. Т. Узбекский народный героический эпос. – М.: ГИХЛ, 1947. 2. Каррыев Б.А. Эпические сказания о Кёр-оглы у тюркоязычных народов. М.: Наука,1968. 3. Мирзаев Т. Ҳоди Зариф суҳбатлари. – Тошкент: “SHAMS-ASA” МЧЖ, 2013. 4. Турдимов Ш. “Гўрўғли” достонларининг генезиси ва тадрижий босқичлари. – Тошкент: “Фан”, 2011.