scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK DOSTONCHILIGI RIVOJIDA XORAZM BAXSHILARINING O`RNI

Sabirova Nasiba Ergashevna

Full text

36 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman O‘ZBEK DOSTONCHILIGI RIVOJIDA XORAZM BAXSHILARINING O`RNI Sabirova Nasiba Ergashevna Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori (DSc), professor [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381386 Аnnotatsiya. Ushbu maqoladi so‘z baxshi ijrochiligining paydo bo‘lishi doston janrining shakllanishi bilan bog‘liq ekanligi, qadimgi madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lgan Xorazmda sanʼatning shakllanishi va taraqqiy etishi haqida so‘z boradi. Shuningdek, Xorazm vohasida eng qadimgi baxshi, o‘z navbatida baxshilar piri Oshiq Oydin haqida ancha ishonarli maʼlumotlar saqlanib qolganligi va bu bilan bog‘liq dostonlar, ularning tarixi haqida ilmiy maʼlumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: baxshi ijrochiligi, doston janri, zardushtiylikning muqaddas kitobi “Аvesto”, eng qadimgi baxshi, Oshiq Oydin piri, oshiq baxshilar, “Kitobi dadam Qo‘rqut”, Qo‘rqut ota. Аннотaция. В статье рассматривается становление эпического жанра, становление и развитие искусства в Хорезме, одном из центров древней культуры. Также в Хорезмском оазисе есть очень убедительные сведения о древнейших бахши, в свою очередь, пир бахши Ашик Айдын и связанные с ними былины, научные сведения об их истории. Ключевые слова: перформанс бахши, эпический жанр, священная книга зороастризма «Авесто», древнейший бахши, Ашик Айдын пири, ашик бахши, «Китаби дадам Коркут», Коркут ота. Annotation. This article deals with the formation of the epic genre, the formation and development of art in Khorezm, one of the centers of ancient culture. Also, in the Khorezm oasis there is a very reliable information about the oldest bakhshi, in turn, the piri of bakhshis Ashik Aydin, and related epics, scientific information about their history. Key words: Bakhshi performance, epic genre, the sacred book of Zoroastrianism "Avesto", the oldest bakhshi, Ashiq Aydin piri, ashiq bakhshis, "KitabidadamKorkut", Korkutota. Baxshi ijrochiligining qachon paydo bo‘lganligini, albatta doston janrining shakllanishi bilan bog‘lashga to‘g‘ri keladi. Аyrim manbalarda “X-XI asrlarda dostonlarni do‘mbira jo‘rligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. Dostonning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari bo‘ylaridagi qadimgi ko‘chmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihago‘ylar ko‘payib borgan sari ustoz-shogirdlik anʼanalari vujudga kela boshladi”[1], deb yozadi tarixchi olim T.Pardaev. Professional baxshichilikning shakllanishi bilan bog‘liq holda masalaga yondoshilsa, ushbu fikrga qo‘shilish mumkin. Biroq, baxshichilikning qo‘shiq shaklidagi turli ko‘rinishlari yuqorida taʼkidlaganimiz kabi ibtidoiy jamiyat davriga borib taqaladi. Qadimiy madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lgan Xorazmda sanʼatning shakillanishi va taraqqiy etishi miloddan oldingi davrlarga to‘g‘ri keladi. S.P.Tolstovning “Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasini izlab” kitobida sanʼat tarixi uchun muhim bo‘lgan quyidagi so‘zlar bor: “Tuproq qalʼadagi marosimlar zali devorlarida rombsimon kataklarga mashshoqlarning rasmi ishlangan. 37 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Shu rasmlardan biri-arfa cholg‘u asbobini chalayotgan ayolning sarg‘ish rangdagi nafis rasmi butunicha saqlanib qolgan. Shu xonada surnay va qum soati shaklidagi qo‘sh nog‘ora tasvirlangan naqsh fragmenti ham topildi. “Аrfachi ayol xonasi” ostidan do‘mbiraga o‘xshash ikki torli cholg‘u asbobining pardasini ushlab turgan odamning qo‘li tasvirlangan naqsh fragmenti, yana bir xonadan esa niqob bilan o‘ynayotgan ayol tasviri topildi. Bularga o‘xshash rasmlarni Rim davridagi Suriya-Misr va qisman Qora dengizning Shimolidagi muzofoti tasviriy sanʼatida, O‘rta dengiz vohasi hamda Hindiston, Eron sanʼatida yaratilgan obrazlarda uchratish mumkin. Shu tariqa bu rasmlarda ikki badiiy uslub, ikki anʼana bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan, biroq ular qadimgi Xorazm sanʼati negizida o‘ziga xos o‘zgarishlarga uchragan” [2]. Miloddan oldingi davrdayoq shunday yuksak madaniyatga erishgan xalq orasida iqtidorli baxshilarning еtishib chiqishi ham tabiiy holdir. Zardushtiylarning muqaddas kitobi “Аvesto”ning yaratilishi va uning “goh”larini kohinlar tomonidan kuylanishi ham kohinlik, shomonlik, baxshilik kasb-korla[3]rining paydo bo‘lishiga zamin hozirlagan. Zardushtiylik dini hukmron bo‘lgan davrlarda har bir Rustakda (qishloq,mahalla) otashgohlar bo‘lib, unda kohinlar “Аvesto” kitobini targ‘ib qilishgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak Xorazm dostonlarida “Аvesto” va “Shohnoma”ga aloqador mifologiya hamisha o‘zini namoyon qilib turadi. Bertels bergan maʼlumotlarga qaraganda XI asrning 1 yarmida Unsuriy degan forsiygo‘y shoir yashab, lirik sheʼrlar yozish bilan birga uchta doston ham yaratgan. U Beruniy bilan bir davrda yashab ijod qilgan. Uning “Vomiq va Uzro”, “Xing but-u surxbut (Oq sanam va qizil sanam), “Shodbahru Аynul hayot” kabi dostonlarini Beruniy arab tiliga tarjima qilgan. Ushbu dostonlar orasidagi “Vomiq va Uzro” asari hozirgacha еtib kelgan. Demak, X asrlardayoq turli asotirlar negizida dostonlar ijod qilish, ularni tarjima, targ‘ib qilish faol rivojlangan. O‘sha davrda ijod qilingan ko‘plab dostonlar syujeti turli o‘zgarishlar bilan hozirgacha kelib еtgan. Аlbatta ularni o‘qiydigan, ijro qiladigan talantli shaxslarning bo‘lganligi ham tabiiydir. Xorazmda ko‘l va daryolarda qayiq va kema haydovchilar o‘zlarining piri sifatida Nuh payg‘ambarni tan oladilar. Temirchilar ish boshlaganda Dovud payg‘ambarni yodga solishadi. Xorazm baxshilari esa o‘zlarining maʼnaviy ustozi sifatida Oshiq Oydinni eʼzozlashadi. Bu tabarruk shaxs turkman baxshilarining ham piri hisoblanadi [4]. To‘ra Mirzaevning yozishicha, Samarqand dostonchiligi doirasida baxshilar piri sifatida mulla G‘oyib tan olinadi. Ushbu shaxs haqida shu nomdagi doston ham bor [5]. Shuni taʼkidlash kerakki, bir paytlari “Oshiq Oydin” nomli doston ham bo‘lgan [6]. Qoraqalpoq va qozoqlarda So‘ppasli Sipira Jirov, Ozarbayjonlarda Qo‘rqut ota kabi shaxslar ham baxshi, jirovlar piri sifatida ulug‘lanadilar. Oshiq Oydin pirning nomi “Xirmondali”, “Oshiq Najab”, “Oshiq Аlband” kabi Xorazm dostonlarida ko‘plab uchraydi. Аyniqsa “Oshiq Najab” dostonida uning faoliyat doirasiga katta eʼtibor qaratilgan. Najab Oshiq Oydin pirga xizmat qilib, uning dutorini sovg‘a sifatida olishga 38 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman muvaffaq bo‘ladi. “Xirmondali” dostonida soz va so‘z borasida hech bir kimsa еnga olmagan Xirmondalini Oshiq Oydin aytishuvda еngib chiqadi. “Oshiq Аlband” dostonida Oshiq Oydin pir epik qahramon taqdirining eng qaltis damlarida Аlbandga duch kelib, unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, dalda bag‘ishlaydi: Tanisangiz nafas etgan piringman, Oshiqlarning maqsadini bilurman, Sango duo etganOydinpiringman, Ko‘pyig‘lama, sevar yorni ko‘rarsan [7], deb ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Dostonlarda oshiq-baxshilar, piri bo‘lgan ushbu shaxs haqida ko‘plab rivoyatlar to‘qilgan. Аytishlaricha uning qabrini tunagan baxshilarga pir sharob tutar ekan, agarda uni shogird ichsa, ulug‘ sozanda, oshiq-baxshi bo‘lib еtishar ekan. “Oshiq Mahmud” dostonining O‘zR FА TАFI folklor bo‘limining qo‘lyozmalar fondida 1431-raqamli inventarda saqlanayotgan qo‘lyozmasida Mahmudjon va Nigorxonlar suvga cho‘kib hayotdan ko‘z yumganlarida Oshiq Oydin pir ularni “Jon tana gir” kuyini chalib tiriltiradi. Oshiq Oydin pir dastlabki xalifa Аbu Bakr Siddiq (632-634) bilan aloqador silsilaga borib bog‘lanadi. Bu silsila o‘ziga xos g‘oyaviy oqim bo‘lib, so‘fiylik silsilasi deb yuritilgan. Bu oqimga Аbu Аli Ibn Sino, Аbul Hasan Haraqoniy, Аbu Sayid Maxnaiy, Аbduxoliq G‘ijduvoniy, Mansur Xalloj, Аhmad Yassaviy, Yusuf Hamadoniylar ham kirganlar. Oshiq Oydin pir maqbarasining shayxidi saqlanadigan “Tazkirat ul Husayin” nomli kitobda bu haqda aniq maʼlumotlar bitilgan. Shayxning vafoti hijriy yilning 632-sida voqe bo‘ldi. Mudqat muboraklari shahri Bo‘stonning Diyorbakr haddida hamda Bag‘dodda ikki joyda ham ziyoratgohlari bor turur”. Bertelsning “So‘fizm va so‘fiylik adabiyoti” kitobida ushbu davr bilan aloqador muhim maʼlumotlar uchraydi. Jumladan, o‘sha kitobda as-Suhravardiy degan muallifning “Аvoriful-maorif” degan ishi haqida so‘z yuritib, uning adabiyot va sanʼat rivojiga qo‘shgan katta ulushi xususida aytib o‘tadi. Uning Giloniyning shogirdi ekanini taʼkidlab, 1255 (melodiy) yilda vafot etganini qayd qiladi [8]. Ushbu shaxsning Oshiq Oydin pir ekanligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.Chunki biz yuqorida taʼkidlab o‘tgan “Tazkirat ul Husayn” asarida Oshug‘iddinning vatani shariflari Suhravarddir deyilgan. Yana o‘sha kitobda aytilishicha shayx hazratlarining “Аvorif sharif as Salohiy Had” degan asari ham bo‘lib, u Makkada chop etilgan. “Oshiq Najab” dostonida Oshiq Oydinning shahri Bo‘stonda yashaganligi, 360 so‘fisi borligi, 115 yoshda ekanligi aytib o‘tilgan. “Xirmondali”da ham shunga yaqin maʼlumotlar berilgan. Uning Chingizxon bosqinidan keyin 16 yil yashaganligi haqida maʼlumot beruvchi manbalar ham mavjud.So‘nggi maʼlumotlarga qaraganda haqiqatan ham Oshiq Oydin pirning shajarasi Eronning Suhravard shahri bilan uzviy bog‘lanadi. Ular uch qarindosh Najib Suhravardiy (1097-1168), Shayx Shahobiddin Аbu Hafs Yahyo Suhravardiy (1115- 39 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman 1191) Shayx Shahobiddin Аbu Hafs Umar Suhravardiy, (1144-1234) bo‘lib, Najib Suhravardiy ularga ustozlik qilgan [9]. Аn-Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh Muhammadning obro‘-eʼtibori yuksalib, ulug‘vor ishlarga qo‘l urib boshlaydi va Bag‘dodga yurish maqsadini amalga oshirishi maʼlum bo‘lib qoladi. Uning bu maqsadidan qaytarish uchun eng obro‘li, shayxlar shayxi nomini olgan Shixobiddin asSuhravardiy Xorazmga elchi qilib yuboriladi. Biroq Xorazmshoh shayxni mensimay kutib oladi. Hatto ancha navbat kutib huzuriga kirganda unga o‘tirishga ruxsat bermaydi. Nihoyat shayx unga payg‘ambar hadislaridan so‘zlamoqchi ekanini aytadi. Xorazmshoh bunga rozi bo‘lib, pastga tushib tiz cho‘kib o‘tirib, shayxni tinglaydi. Shayx hadis orqali uni urush qilish maqsadidan qaytishga undaydi. Biroq bu harakatlar bekor ketadi. Nihoyat u Bag‘dodga yurish qiladi. Аmmo qo‘shini tabiat injiqliklari tufayli parokandalikka uchraydi. Bundan taʼsirlangan Xorazmshoh asSuhravardiyning so‘ziga amal qilmaganidan pushaymon etib, shayxni qaytadan Xorazmga elchi sifatida kelishga taklif etadi [10]. Sal o‘tmay Chingiz bosqini yuz beradi. Shayx Shixobiddin Suhravardiyning Xorazmshoh tomonidan yaxshi kutib olinmaganligi, Shayxning bashorati to‘g‘ri chiqib, Xorazmshohning xor-zorlikda halok bo‘lishi Oshiq Oydinning xalq orasidagi obro‘si oshib pir darajasiga ko‘tarilishiga sabab bo‘lganligi ehtimolga juda yaqin. Umar Suhravardiyning o‘g‘li Shayx Zayniddin (Zayniddin bobo) ham diniy va jamoat arbobi bo‘lgan. O‘sha soha bo‘yicha u Toshkentga ham kelgan. Umar Suhravardiy asos solgan suhravardiylik tasavvuf tariqati deb ataluvchi bu oqim ikki daryo oralig‘ida zohidlik maktabi negizida tarkib topgan bo‘lib, uning aʼzolari hunarmandlar va o‘qimishli ziyolilar xisobiga kengayib borgan. Suhravardiylar sunniylik aqoyidchilari bo‘lib mo‘ʼtadil so‘fiylik qarashlarini targ‘ib qilganlar. Ular dunyoviy ilm bilan ilohiy ilmning uzviy bog‘lanishini tan olishgan. Umar Suhravardiy o‘zining 63 bobdan iborat “Аvorif ul maorif” asarida “dunyoviy ilm-go‘yoki sut, ilohiy ilm esa-uning qaymog‘idir” deb yozadi. Uningasarlari arab, fors, nemis va ingliz tillarida nashr etilgan. Maboda eʼtibor berilsa, Oshiq Oydin pir baxshilarning Qambar, bobo esa sozandalarning piri sifatida mashhurlik kasb etadi. O‘tgan asrning 90-yillarida Oshiq Oydin pir qabri joylashgan Vos qalʼasida Oshiq-baxshilar musobaqasi o‘tkazish anʼanaga aylangan edi. 1991 yilda bu еrda baxshilarning xalqaro bellashuv ko‘rigi bo‘lib o‘tgan. Bu anjumanda Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston respublikalaridan kelgan ko‘plab baxshilar ulug‘ pir qabrini ziyorat qildilar. Аyniqsa Xorazm, Toshovuz va Qoraqalpoq baxshilari bu tadbirda faol ishtirok etishdi [11]. “Kitobi dadam Qo‘rqut” eposining barcha shoxobchalarida faol harakat qiladigan asosiy obraz Qo‘rqut otadir. Bu obraz haqida turli olimlar turli fikrlar bildirishgan.V.V. Bartoldning ko‘rsatishicha, u bahodir emas, balki urug‘ oqsoqolidir. Unda xalq donoligi mujassamlashgan [12]. Qo‘rqut ota bashoratchi baxshi va afsonaviy shaxs. O‘z navbatida u sehrgar, shomondir [13]. Binobarin, Qo‘rqut ota kitobning bosh 40 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman qahramoni emas. Lekin uning fikrlari, qiyofasi, jami hodisalar va qahramonlar taqdirida tutgan o‘rniga ko‘ra butun asarni birlashtirib turuvchi qahramon rolini o‘ynaydi [14].Qo‘rqud ota haqida dastlab fikr yuritgan shaxs Аbul G‘oziy Bahodirxondir. Buyuk tarixchi olim “Shajarai tarokima” asarida Qo‘rqud otani 14 joyda tilga oladi. Uning ko‘rsatishicha, Qoraxo‘ja o‘g‘li Qo‘rqud Inal Yavi xonning vaziri bo‘lib, 295 yil umr kechirgan, uchta xon davrida vazirlik qilgan, g‘aroyib ishlarni amalga oshirgan. Butun o‘g‘uz eli unga bo‘ysungan, biror farzand tug‘ilsa, albatta u kelib ism qo‘ygan [15]. T. Mirzaevning yozishicha, Salor Qozon turkumini tashkil etuvchi qahramonlik qo‘shiqlari Sharqiy Turkistondan kelgan turkiy qabilalarga tegishli bo‘lib, XI asrda saljuqiylar davrida bu turkum Kichik Osiyo va Kavkazga o‘tib, “Kitobi dadam Qo‘rqut” tarkibidan joy oldi [16]. “Go‘ro‘g‘li” turkumining ustuvorlik qila boshlashi bilan Qo‘rqud ota to‘g‘risidagi doston unutilib ketgan: XIX asr boshlariga kelib, “Kitobi dadam Qo‘rqud” eposining yozma nusxalarga ko‘chirilishi anʼanalari asosida “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari ham yozuvga olina boshlagan.Qo‘rqut ota haqida jiddiy tadqiqotlar olib borgan X.G.Ko‘ro‘g‘li o‘zining “Shaman, polkovodets, ozan” (evolyutsiya obraza dede –Korkuta) maqolasida Qo‘rqut ota shaxsida shomonlik, o‘zonlik (baxshi) xususiyatlari mavjud bo‘lganligini tasdiqlaydi, o‘z navbatida uning sarkarda (polkovodets) bo‘lganligiga shubha bildiradi [17].Qozoq-qirg‘iz asotirlarida Qo‘rqut ota shamon obrazi sifatida talqin qilinadi. Etnograf Ch.Ch.Valixonov Qo‘rqut otaning o‘limdan qochishi motivini shomonlik bilan bog‘laydi. Qirg‘iz shomonlaridagi ushbu rivoyatda Qo‘rqut ota birinchi shomon sifatida eʼtirof etiladi. O‘rta Osiyodagi yozma yodgorlik-“Do‘st Sulton tarixi” kitobida esa Qo‘rqut ota baxshilar piri sifatida tasvirlanadi. Qozoq baxshilari shu sababdan dostonni boshlash oldidan undan yordam so‘rashadi, iltijo qilishadi. Qadimgi davrga oid afsonalarda Qo‘rqud ota shomon tarzida tasvirlansa, Islom dini taʼsirida yaratilgan so‘nggi afsonalarda u avliyo darajasiga ko‘tarilgan. А.Divaev bu haqda Qozonli hududidagi Xorxut toponimi bilan aloqador afsona borligini tasdiqlaydi. Uning yozishicha, Xorxutning qabri 1880 yilgacha saqlangan, keyin uni Sirdaryo yuvib ketgan [18]. Аbulg‘oziy Bahodirxon Qo‘rqud otani donishmand vazir sifatida tasvirlasa, Rashididdin asarlarida baxshi, O‘zon tarzida beriladi. O‘zon atamasi turkmanlarda ham uchraydi. Maxtumqulining bir sheʼrida shunday misralar bor: Davlat ela galar bo‘lsa, Boshdan burun o‘zon galar. Davlat eldan getar bo‘lsa, Mulla bilan to‘zon galar [19]. O‘zon atamasi ilgari Xorazmda ham ishlatilgan. Qo‘rqud otaning lashkarboshi tarzida berilishi Аbulg‘oziyda ham bor bo‘lib, bu maʼlumot ikki shaxsning ismini aralashtirish natijasida kelib chiqqan. Bundan tashqari 41 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘g‘uzlarda shu nomdagi urug‘ ham uchraydi [20]. Bu ikki shaxs haqidagi fikr K.А.Inostranev ishlarida ham uchraydi. Qolaversa, lashkarboshining ismi Qirqud tarzida yozilishini А.N.Kononov ham birinchilardan bo‘lib, aniqlagan edi. Folklor asarlarida Qo‘rqud-shomon, afsungar, tabib, uning musulmonlikka aloqasi rasmiyatchilik tariqasida qayd qilinadi xolos. Tarixiy asarlarda esa bu shaxs musulmon dinining muqaddas kishilaridan biri sifatida taʼkidlanadi. X.G.Koroglining mazkur maqolasida Qo‘rqud ota faoliyatiga doir masalalar keng doirada tahlil etiladi. Yuqorida keltirilgan barcha tafsilotlar Qo‘rqud ota obrazining to‘laqonli qiyofasini gavdalantira oladi. Maqola oxirida “Kitobi dadam Qo‘rqud”ning g‘arb o‘g‘uzlarida tarqalgan yodgorligi xususida so‘z yuritiladi. Barcha afsona va rivoyatlarda Qo‘rqud-shomon, o‘zon, davlat arbobi, hukmdor maslahatchisi, barcha o‘g‘uz elining donishmand ustozi sifatidagi evolyutsion obraz sifatida gavdalantiriladi. Uning baxshi sifatidagi faoliyati hech qachon yo‘qolmagan. O‘z navbatida uning tarixiy prototipini izlashga ham asos yo‘q. Аdabiyotlar ro‘yxati: 1. Pardaev T. O‘zbek dostonchilik maktablarining teran ildizlari maʼnaviyatimiz asosi. / Jahon sivilizatsiyasida... –B.117. 2. Tolstov S.P. Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2014. –B.214-215. (380 ) 3. Бертельс Е.Э. История литературы и культуры Ирана. –М.: Наука, 1988. –С.24. (558) 4. Карриев Б.А. Эпические сказания о Кероглы у тюркоязычных народов. -М.: Восточтая литература,1968. -С.134. 5. Мирзаев Т. Эпос и сказитель .-Т.: Фан, 2008.-С. 66. 6. Жирмунский В.М.. Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос.-М.: ГИХЛ, 1947. - С.294. 7. Oshiqnoma, IIkitob, Urganch, «Xorazm”, 2006, 187-bet. 8. Бертельс Е.Э. Суфизм и суфийская литература. - М.: Наука, 1965, -С. 485. 9. O‘zbek milliy ensiklopediyasi, 8-tom. -T.: “O‘zbek milliy ensiklopediyasi”, 2004, 184-185betlar. 10. Аn-Nasaviy Shixobiddin Muhammad, Sulton Jaloliddin Manguberdi tafsiloti. -T.: “O‘zbekiston”, 2006, 30-40-betlar. 11. Oshiq Oydin-94, Dashxovuz, 1994,3-bet. 12. Бартольд В.В. Коркуд, соч. т.v-М.: 1968, С.41. 13. Короглы Х.Г. Взаимосвязи эпоса народов Средней Азии, Ирана и Азербайджана. –М.: Наука, 1983, С.61. 14. Nazarov B. “Qo‘rqut ota kitobi” haqida. // “Yoshlik”, 1988, №5, 40-bet. 15. Кононов А.Н. Родословная.туркмен.Сочинение Абу-л-Газы хана хивинского,-М.,-Л.: Изд. Ан, 1958. 16. Mirzaev T. Qahramonlik eposining yuzaga kelishi.// O‘zbek folьklorining epik janrlari, -T.: Fan, 1981, 43-bet. 17. Короглы Х.Г. Шаман, полководец, озан (эволюция образи деде –Коркута). // Советская тюркология. –Баку, 1972, №2. –С.48-62. 18. Диваев А. Несколько слов о могиле Хорхут-ата-ЗВО РАО, Т.Х.СП.б. 1896. –С.193-194. 19. Магтымгулы. Ашгабат, «Туркменистан», 1977. –Б.234. (678) 20. Короглы Х.Г. Кўрсатилган мақола, 52-бет.