scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QAHRAMONLIK DOSTONLARIDA AYOLLAR MAVZUSINING O'RGANILISHI

Shohinur Rahmataliyeva

Full text

109 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman QAHRAMONLIK DOSTONLARIDA AYOLLAR MAVZUSINING O‘RGANILISHI Shohinur Rahmataliyeva O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381607 Annotatsiya. Ushbu maqolada, qahramonlik dostonlarida ayollar mavzusining o‘rganish masalalariga murojaat etildi. Unga ko‘ra ayollar obraziga doir materillar to‘plagan va ommaga taqdim etilgan o‘rta asr folkorchi tarixchilari, g‘arb olimlari, shuningdek XX asr o‘rtalaridan to bugunga qadar o‘zbek folklorshunos olimlarining mavzuga doir tadqiqotlari taqdim etildi. Kalit so‘zlar. o‘zbek folkorida ayollar mavzusini o‘rganilishi, rus olimlari tomonidan qahramon ayollar mavzusini o‘rganilishi, o‘zbek tadqiqotchilari tomonidan “Alpomish” qahramonlik dostonidagi ayollar mavzusining o‘rganilishi. Annotation. This article addresses the study of the role of women in heroic epics. It presents the research and materials related to female characters collected and disseminated by medieval folklorist-historians, Western scholars, as well as Uzbek folklorists from the mid-20th century to the present day. The article analyzes the approaches of these scholars to the portrayal of women in epic narratives and highlights the relevance of this topic in the context of folklore studies. Keywords: Study of the theme of women in Uzbek folklore, Research on heroic women by Russian scholars, Study of the theme of women in the heroic epic Alpomish by Uzbek researchers. Аннотация. В данной статье рассматривается изучение роли женщин в героических эпосах. Представлены исследования и материалы, посвящённые женским образам, собранные и опубликованные средневековыми фольклористами-историками, западными учёными, а также узбекскими фольклористами с середины XX века до наших дней. В статье анализируются подходы этих исследователей к изображению женщин в эпических произведениях и подчёркивается актуальность данной темы в контексте фольклористики. Ключевые слова: Изучение темы женщин в узбекском фольклоре, Исследования героических женских образов русскими учёными, Изучение женских образов в героическом эпосе «Алпомиш» узбекскими исследователями. Ayollar mavzusi folklorshunoslikda muhim tadqiqot mavzularidan biri hisoblanadi. Shuning uchun, folklor matnlarida ayolning ijtimoiy, madaniy va axloqiy funksiyalari, qahramonlik hususiyatlari va patriarxal davri va undan keyingi davrlardagi umumijtimoiy ong tasavvuridagi o‘rni badiiy obrazlar timsolida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayol obrazlari folklorda ko‘pincha an’anaviy ijtimoiy rollar orqali — ona, muhabbat timsoli, fidoyi yor yoki raqib ayol kabi arxetiplar shaklida aks etadi. Bu obrazlar o‘zining badiiy ifoda vositasi orqali, jamiyatdagi ayolga nisbatan shakllangan qarashlarning, qadriyatlar tizimining va ijtimoiy nazorat mexanizmlarining aksidir. O‘zbek folklorida ayollar mavzusini o‘rganish uzoq tarixga borib taqaladi. Masalan, O‘rta asr tarixchilaridan Hamza Isfaxoniy, Tabariy, Ma’sudiy, Beruniy, Saolibiy, Balamiylarning o‘z asarlarida qoldirgan ma’lumotlari “Bexistun”, “Avesta”, 110 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman “Bundaxshin”, “Denkarda” kabi va Rashidi ad-Dinning yozma yodgorliklari, arxeologik qazilma namunalarida turli ma’budalarning ayol qiyofasidagi haykali va boshqa madaniy yodgorliklar O‘rta Osiyo qadimgi madaniyatidan darak berishi, bu tarix xalq og‘zaki ijodida o‘z ifodasini topgani to‘g‘risida ma’lumotlar saqlanib qolgan[1.32-b]. Tarixchi at-Tabariy ko‘chmanchi turkiy qabilalarda xotin-qizlarga nisbatan bo‘lgan hurmat haqida quyidagilarni yozadi: “…Uyga o‘g‘il kirishida avval onasiga ta’zim qilar, so‘ngra otasiga… xotin qizlar erlariga tob bo‘lsalar ham, ular erlariga o‘z ta’sirini o‘tkazar edilar. Turklarda xotinlar orqali hamma ishni bitkazish mumkin”[2.38-b]. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk”, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Firdavsiyning “Shohnoma” asarlarida ham O‘rta Osiyo hududida yashagan xotinqizlarning erkaklar bilan bir qatorda mardona hayot kechirganliklari ta’kidlanadi[2.15b]. G‘arb olimlari Gippokrat, Strabon va Pompey Troglarning asarlarida jangchi ayollar, amazonkalar haqida qiziq faktlar qayd etilgan. Unga ko‘ra, amazonkalarning asl joyi Kichik Osiyo, Kavkaz, Skifiya(O‘rta Osiyo) va Shimoliy Afrikadir. Bu fikrni V-XV asrning mashhur tarixchilari ham tasdiqlaydilar va ba’zi hikoyalarini keltiradilar[1.39b]. Tarixchi L.N.Gumliyev O‘rta Osiyoga kirib kelgan xunn xalqlari orasida xotinqizlar huquqi haqida quyidagicha ma’lumot beradi. “Xotin-qizlarning siyosatga aralashuvi shuni ko‘rsatadiki, ularda xotinlar Xitoy, Hindiston va Eronda bo‘lgani kabi kamsitilmas edi”[3. 132-b]. Urfu-odatlardagi bunday o‘xshashliklar massaget, parfyan, saramat, shak sug‘diy xalqlarning xotin-qizlari bilan xunn xalqi xotinlari o‘rtasida yaqinlikni maydonga keltirgan bo‘lishi mumkin[1.19-b]. Shuningdek, Ikki daryo oralig‘i hamda Farg‘ona vodiysi hududlarida xotin-qizlar davlat boshqaruvida faol ishtirok etganlari, shuningdek, harbiy janglarda erkaklar bilan teng qatnashganliklari olim B.A.Litvinskiy tomonidan ham ilmiy manbalarda tasdiqlangan. B.A.Litvinskiy qadimgi hind olimi Panini (miloddan avvalgi V asr), Gerodot hamda Yu.A.Zadneprovskiylarning ma’lumotlariga tayangan holda, Farg‘ona nomi “Avesto”da uchraydigan “parika” atamasidan – ya’ni go‘zalligi, shu bilan birga ayyorligi va sehrgarligi bilan ajralib turadigan ayollar – parilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin degan fikrlarni ilgari suradi[4. 98-b.]. Akademik V.V.Bartold “Islomning ilk davri va ayol”[7] maqolasida, E.Y.Bertels [6.217-b]o‘zining “Nizomiy” asarida turkiy xalqlar ayollari qadimdan erkin huquqqa ega bo‘lib, jamoat ishlaridagi faolligi, qo‘liga qurol olib janglardagi ishtiroki to‘g‘risida habar beradilar. Akademik V.V.Bartold “Islomning ilk davri va ayol” [7]maqolasida, E.Y.Bertels o‘zining “Nizomiy” asarida turkiy xalqlar ayollari qadimdan erkin huquqqa ega bo‘lib, jamoat ishlaridagi faolligi, qo‘liga qurol olib janglardagi ishtiroki to‘g‘risida habar beradilar. 111 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman O‘zbek xalq dostonlarida xotin-qizlar obrazining favqulodda badiiy mahorat bilan talqin etilgani M.Saidovning bir qator ilmiy tadqiqotlarida alohida e’tirof etilgan[7]. Professor H.Razzoqov o‘zining “ O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va yumor[8]” monografiyasida, M.Qodirov “O‘zbek xalq og‘zaki dramasi”[9]da xalq badiiy ijodida xotin-qizlar obrazlarining muhabbat bilan kuylanishini yaxshi tahlil qilib berganlar. M.Obidova o‘zbek xalq dostonlaridagi nasliy, biografik, jug‘rofiy va tarixiy turkumlik namunalarining, M.Murodovning qator asarlarida xalq og‘zaki ijodida xotinqizlar obraziga alohida muhabbat bilan qaralganligi haqida misollar keltirilgan[1]. O‘zbek xalq dostonlaridagi ayol obrazlarini tizimlash dostonlar xususiyatidan hamda obrazlarning matnda tutgan o‘rni va bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagicha guruhlashni taklif etamiz: a) qahramonlik dostonlarida ayollar obrazining o‘rganilishi; b) romanik dostonlarda ayollar obrazining o‘rganilishi; c) tarixiy dostonlarda ayollar obrazining o‘rganilishi. Jumladan, qahramonlik eposlarida ayollar obrazining tasvirlanishi, xalqlarning uzoq o‘tmishida yurt ozodligi yo‘lida kurashgan vatanparvar ayollar timsoli bilan bog‘liq. Bunday obrazlar xalq poetik tafakkurida shakllanib, xalqning ijtimoiy-estetik qadriyatlari, tarixiy ong va milliy o‘zlikni aks ettiruvchi badiiy timsollar sifatida qaraladi. Tarixchi Rashid-ad-Dinning xabar berishicha, turkiy xalqlarning o‘g‘il va qiz farzandlarining asosiy fazilati qahramonlik, qo‘rqmaslik hisoblangan. Xalqning ana shu xarakteri u yaratgan doston, qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan[1.18-b]. V.M.Jirmunskiy, H.T.Zarifovlar o‘zbek xalq dostonlaridagi qahramon alp qiz haqidagi masalaga alohida bo‘lim ajratadilar[10.112-b]. Ular qahramonlik dostonlarida ayol-qizlarning mifologik kelib chiqishini quyidagicha ta’kidlaydilar: “…xalqlarning bahodir qizlar haqidagi an’anaviy qadimiy ildizlari matriarxat davrining real turmush munosabatlari bilan ham bog‘liq. Patriarxal urug‘chilik jamiyatida, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘chmanchilar hayotida nisbatan mustaqil ahvolda bo‘lishlari, ularning dastlab, erkaklar bilan barobar keyinroq ayrim hollarda urushlar va jang-u jadallarda ishtirok etishlari bahodir qiz epik obrazining real shart-sharoitlari hisoblanadi”[10. 113-114]. “Alpomish eposining asosiy motivlari”ga doir ko‘plab tadqiqot ishlari olib borgan H.Zarifov Barchin obrazini quyidagicha ta’riflaydi: “Barchin obrazi o‘zbek xalq eposida eng mukammal ishlangan ayol obrazidir. Unda o‘z davrining ilg‘or kishisiga xos bo‘lgan yuksak fazilatlar mujassamlashgan. Uning vatanparvarligi, insoniy muhabbati, oilasini sevishi, xalqqa, qarindoshlariga hurmati, murakkab masalalarni hal qilishda mustaqillik va jasorati bu obrazning ichki mazmunini boyitgan. Bundan tashqari Barchin obrazida qahramonlik eposlariga xos bo‘lgan botir qiz haqidagi an’anaviy tushuncha mujassamlashgan”[11.41-b]. H.Zarifov Barchinning obrazini oilaparvar, vatanparvar, xususan, qahramon ayollarga xos o‘zgacha quvvat 112 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman sohibi ekanligiga alohida to‘xtaladi. Shuningdek, V.Jirmunskiy, H.T.Zarifovlar dostonlarda qahramonona nikoh motividagi tortishuvlarda “xalqlarning qadimiy urfodatlariga ijtimoiy hayotdagi real voqea va hodisalar borib taqaladi [10. 29-33].” - degan xulosaga keladilar. O‘zbek xalq dostonlarining gultoji [12] deb talqin etilgan “Alpomish” bugungi kunga qadar o‘rganilayotgan, tadqiq etilayotgan qahramonlik dostonlarining eng yorqin namunasi ekanligidan kelib chiqib, “oila uchun, yor uchun va shu bilan bog‘liq ravishda yangi tipdagi urug‘ boshlig‘i uchun kurash g‘oyalarini ilgari suruvchi epos ekanligi haqida O.Safarov,T.Mirzayevlar [13.40-b] qayd etib o‘tganlar. “Alpomish” dostonini nashr etishda ko‘p xizmat qilgan, kitobga so‘zboshi yozgan shoir H.Olimjon “Alpomish” dostonidagi voqealarning xalqchilligini alohida ta’kidlaydi, “Alpomish va Barchin”[14] deb nomlangan maqolasida Barchin obrazining Fozil shoir ijodida ko‘tarinkilik bilan yaratilgan obraz ekanligini qayd qilib o‘tadi. Folklorshinos olim T.Mirzayev “Alpomish” dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Murod Otaboy o‘g‘li variantlarida xotin-qizlar obrazining alohida ko‘tarinkilik bilan ifodalangani, Barchin obrazining jismoniy faoliyati dostonning shart motivida yaqqol ko‘rsatib berilganini alohida ta’kidlagan[12]. T.Mirzayev ilmiy faoliyatini “Alpomish” dostonining ishtirokisiz tasavvur etish qiyin. Olimning eng ilg‘or yangiligidan biri “Alpomish” dostoni versiya va variantlarini o‘rganib, dostonlarni barcha variantlari bilan birgalikda o‘rganish an’anasini boshlab berganidir, shuningdek dostonning yetakchi g‘oyalarini ochib berishda yetakchilardan bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. Barchin uchun bo‘lgan kurash faqat yor uchun bo‘lmay, oila uchun, vatan uchun ijtimoiy xarakter kasb etgan kurash ekanligini ta’kidlaydi [15.160-b]. Folklorshunos T.G‘oziboyevning “Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li” asarida ham shoir ijodi, shuningek uning tomonidan kuylangan “Alpomish” dostoni va undagi ayollar obrazi yaxshi tahlil qilingan[16]. Alpomish dostonining u yoki bu jihatlariga tegishli ilmiy mulohazalar, shunindek, B.Sarimsoqov, M.Saidov, M.Murodov va boshqa olimlarning tadqiqot va maqolalaridan o‘rin oldi[16.28-29 b]. Shuningdek, G‘.Musina[1,2], K.Imomov[17], Sh.Turdimov[18], J.Eshonqul[19] “Alpomish” dostoning o‘rganilishiga doir qator ilmiy ishlarida ayollar mavzusiga to‘xtalib o‘tishgan. G‘.G.Musina, o‘zbek xalq dostonlarida tasvirlangan xotin-qizlar obrazining tarixiy-etnografik asoslari, alp qizlar obrazining paydo bo‘lishi, turkiy xalqlar qahramonlik eposidagi jangchi-mergan qizlar obrazlarining tipologiyasi, dostonlarda xotin-qizlarning salbiy obrazlari talqini, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” dostonlarining genezisiga doir tadqiqotlar yaratgan[20]. Qahramonlik dostonlarida ayollar obrazi, xususan “Alpomish” dostonining yetakchi qahramoni Barchin obrazini izchil tahlil etadi[2,3]. Tadqiqoti jarayonida quyidagi jihatlarni ochib beradi: a) dostonning o‘zbek versiya va variantlaridagi Barchinning qiyosiy tahlili; b) obrazning kelib chiqishiga tarixiga doir faktlar; 113 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman c) Barchin obrazini qardosh xalq dostonlaridagi yetakchi qahramon ayol obrazlari bilan qiyosi. Barchin obrazining xalq baxshilari tomonidan kuylangan variant, versiyalarini o‘rganish jarayonida quyidagi umumiy xulosalarga keladi: Murod Otaboy o‘g‘li varianti Barchin obrazini tasvirlashda ko‘proq jismoniy faoliyatiga urg‘u beriladi, qalmoq alplariga o‘zi qarshi kurash olib borib, Alpomishni ham mag‘lub etib davrani aylanib chiqishi aytiladi Baxshi Zohir Qo‘chqor varianti Barchin va uning atrofidagi qizlar qilichbozlikda erkaklardan qolishmasligi, o‘zlari barpo qilgan Guliston shahrini mardona himoya qilib, Toychixon qo‘shinlarini tor-mor keltirishlariga urg‘u beriladi. [1.43] Bekmurod Jo‘raboyev varianti Barchin qalmoq pahlavonlari bilan yakkama yakka kurashadi. Qalmoqlarning 90 alpning yoyini sindiradi, faqatgina Alpomishning yoyini sindira olmaydi. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li kuylagan variant Barchin alplar bilan jangga kirmaydi, u tadbirli, aqlli, jismoniy jihatdan yetuk, alp va go‘zal qiz sifatida tasvirlanadi”[1.42]. Shuningek, Barchin, Qaldirg‘och, Tavka Oyim, Surxayl kabi obrazlar mustaqilligi, o‘ziga xos jasorati ularni tarixiy asoslari Abulg‘ozixonning “ShajaraiTarokima”[1.43-b] kitobida qayd etilgan qahramon ayollar bilan bog‘lanadi. Abulg‘ozixon “Kitobi dadam Qo‘rqud” kitobida qayd etilishicha, qahramonlar orasida Barchin ismli ayol borligi tilga olinadi: “O‘g‘uz elina beklik qilgan qizlarning zikri: turkmanning tarix bilaturg‘on yaxshilari va baxshilari aytib tururlar: …Momishboyning haloli Barchin Salor edi, aning qabri Sir suvining yoqasida turur va xalqqa mashhur turur. O‘zbek anga Barchinning ko‘k koshonasi der. Koshinkorli yaxshi gumbaz turar”[21]. Barchin Salorning nomini xalq abadiylashtirish maqsadida, Sirdaryodan Qizilqumga qarab oqqan daryo izi qolganligini, shu qurigan daryo Barchindaryo deb nomlanganini ta’kidlaydi. Aynan shu yerda “O‘g‘uz jilg‘a”, “Kelin tepa”, “Qiz qal’a”, “Kelin ariq” kabi joylarning bo‘lganini Kallur[2. 39-b] ham ta’kidlaydi. “Demak, Barchin obrazining yaratilishida ma’lum bir tarixiy shaxs sabab bo‘lgan ekan. Tarixda o‘tgan alp ayollar obrazining xalq dostonlarida ko‘tarinkilik bilan kuylanish sabablari ham shundadir”[2. 43-b]. Olima xalq dostonlaridagi ayollar obrazini umumiy klasifikatsiyani tuzib chiqadi. Unga ko‘ra, dostonlarda talqin etilgan ayollar obrazi ikki tipda, ya’ni bir turi qahramonlik, o‘z huquqini himoya eta oladigan, jamiyatdagi ijtimoiy tuzum kamchiligiga qarshi tura oladigan aktiv ayollar obrazini ifodalasa, keyingi tur vakilalari, himoyalanuvchi, jamiyatdagi adolatsiz tuzum, undagi amalini suviste’mol qilgan amaldorlardan aziyat chekkan passiv ayollar taqdiri xalq eposlarda kuylanganini ta’kidlaydi. Barchin obrazini esa, bir vaqtning o‘zida har ikki turga ham mos tushadigan obraz deb hisoblaydi. Bizningcha ham epos taqdirida ayollarning rolini yuqoridagidek, qismlarga bo‘lish, eposlarning tarkibidagi ayollar ishtirokini o‘rni va qadriyatini ochishda qo‘l keladi. 114 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman K.Imomov “Alpomish” dostoniga oid, dostondagi g‘ayritabiiy tug‘ilish, alp atalish, nikoh bilan bog‘liq epik kurash, poyga kabi tayanch motivlar dostonning qahramonlik harakterini belgilashiga oid tadqiqotlar olib boradi. Barchin obrazini qator dostonlardagi yetakchi ayollar bilan qiyoslaydi: “ Oybarchin tabiati, dostonda tutgan o‘rni va vazifasiga ko‘ra qadimgi afsonaviy To‘maris, Zarina, Odatida, Yunus pari, Oysuluv singari jasur qizlar bilan tipalogik o‘xshashlikka egadir”[17.11-b]. Bu obrazlarning umumlashtiruvchi funksiyalari: jamiyatda erkaklar bilan teng qo‘yilishi, yurt-vatan mudofasi uchun g‘animga qarshi kurashishi, romanik turkum dostonlaridagi ayol obrazlaridan ularni ustvorligini ko‘rsatadi: “Romanik dostonlarda tasvirlangan Zulxumor, Yulduz bilan Qunduz tipidagi lirik qahramonlar harakati va munosabatida nisbatan itoatkorlik, mayinlik aks etib tursa, Oybarchinda hukmronlik, shijoat va isyonkorlik belgilari ustvorlik qiladi”. Barchinning roli “kurash” motivida bevosita faolligini, alplar bilan kurashga tushish epizodi dostonning talay versiya va variantlarida saqlanib qolganligini ta’kidlaydi: “Talabga ko‘ra kuyov Oybarchin bilan kurashmog‘i va bor qudratini ko‘rsatmog‘i shart. Kurash yetakchi va yordamchi personajlarning faol harakati, ruhiy kechinmalarini uyg‘unlashtiradi, nihoyat nikoh shart vazifasini ado etadi”. Surxayl maston obrazi to‘g‘risida, raqib personajlardan biri, ziddiyatlar sababchisi, qalmoq alplarining qasoskori ekanligini ta’kidlab, u ertak va dostonlardagi yalmog‘iz, sehrgar, jodugar, shum kampir, maston singari obrazlar bilan tipalogik o‘xshash ekanligini keltirib o‘tgan[17]. Sh.Turdimov ham Barchin uchun kechayotgan kurash hokimyat uchun kechayotganligini: “Ko‘kaldoshning Barchinga da’vosi faqat yor uchun kurash emas, Barchinga uylanish alplarga o‘ng ming uyli Qo‘ng‘irotga biylik va Kashal taxtiga da’vogarlik qilish uchun siyosiy tayanch huquqini berardi”[18.12-b] ta’kidlaydi. Qaldirg‘och esa“…yerdan ko‘kka intilgan Boysun-Qo‘ng‘irotning quvvat “tashuvchi”laridir…Qultoy va Qaldirg‘och – etnosning ma’naviyat qo‘rg‘onlari edi”. Surxayl obrazining izchil tahlilga tortib, Alpomishga, alamzada Surxayl mastondek munosib dushman yo‘qligini, butun kuch-qudratini Alpomishga qarshi ishlatishini, eng so‘nggi nafasigacha tinchimaganini ta’kidlaydi[18. 24-b]. Navbatdagi tadqiqotchi olim J.Eshonqul “Folklor: obraz va talqin”, “Mif va badiiy tafakkur” nomli kitoblarida “Alpomish” dostonidagi ayol obrazlari talqiniga doir yangicha mifalogik qarashlarni olib kirdi. Xususan, Alpomishning onasi Kuntug‘di, Barchin, Qaldirg‘och obrazlari tahlili davomida bu obrazlarga Alpomishning “homiy”si, yordamchi, ko‘makdoshlari sifatidagi nazariyani ilgari surdi. Bu esa eposning tub qatlamidagi mifologik qarashlarni ochilishida asos vazifasini o‘tadi[19]. Yaqin yillarda o‘zining nomzodlik disertatsiyasini yo‘qlagan N.Allamberganovaning “Alpomish” dostoninig o‘zbek va qoraqalpoq versiyalari 115 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman qiyosiy tipalogiyasi” nomli tadqiqot ishida Barchin va Surxayl obrazining variantlardagi qiyosi, umumiy va xususuiy funksiyalari to‘g‘risida izchil to‘xaladi[22]. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida, xususan, qahramonlik dostonlarini o‘rganish masalalari uzoq tarixiy ildizga ega ekanligini ko‘rdik. Qadimiy, ibtidoiy va keyingi bosqich davriga oid folklor matnlarida ayollarning jamiyatdagi o‘rni yuqori bo‘lgani, bu davr dostonlarida ayollar nafaqat ma’naviy-maishiy hayotda, balki ijtimoiy va hatto harbiy jarayonlarda ham faol ishtirok etishganligi, dono, jasoratli va ko‘p hollarda yetakchi qahramon sifatida tasvirlanishi bizga ularni o‘rganish, tadqiq etish imkoniyatini beradi. Biz yuqorida faqat qahramon ayollar mavzusini o‘rgangan tadqiqotchilar va ularning ishlarida ayollar mavzusini qay darajada yoritilgani xususida to‘xtaldik. Unga ko‘ra, o‘zbek xalqi uchun qahramonlik, vatan madhi, yor sadoqati, ornomus masalalari yuqori ekanligini ko‘rsatib beruvchi, “Alpomish” dostoni va undagi ayol obrazlarining o‘rganish masalalari ustvorlik qildi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Ғолима Мусина.Туроннинг алп қизлари:(баде’а) – Т.Ёзувчи.1997. 2. Ғ. Мусина. Ўзбек халқ достонларида хотин-қизлар образи. Т., Фан. 1983. - 43-б. 3. Гумилёв Л.Н. Древние тюрки. – М.: Наука, 1967. – С. 132. 4. Б.А. Литвинский. Проблеми етнической истории древней Фергани. 1976. 5. Л.Н.Гумлиев. хунну. М.,1960, c.97. 6. Бертельс E.Э. Низами. – М.: Гослитиздат, 1956. – С. 217. 7. Бартольд В.В. Первоначальный ислам и женщина // Историк-марксист. – 1939. 8. М. Саидов. Ўзбек достончилигида бадиий маҳорат. Тошкент, 1969. 9. Ҳ.Раззоқов. Ўзбек халқ оғзаки ижодида сатира ва юмор. Тошкент, 1965. 10. М.Қодиров. Ўзбек халқ оғзаки драмаси. Тошкент, 1963. 11. Жирмунский В. М., X. Т. Зарифов, Узбекский народный героический эпос, М., ГИХЛ, 1946. 12. Ҳоди Зариф. “Алпомиш” эпосининг асосий мотивлари. “Алпомиш” ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси. – Т., “Фан” 1999-й. 13. Миразев Т. Халқ бахшиларининг эпик репертуари. – Т.: Фан, 1979. 14. O. Safarov. To‘ra Mirzayev. Adabiy portret. T; A.Qodiriy XALQ MEROSI nashriyoti.2006-y. 40b. 15. Ҳ.Олимжон. Алпомиш ва Барчин. “Қизил Ўзбекистон газетаси, 1938-йил, 18-май. 16. Мирзаев Т. «Алпомиш» достонининг ўзбек вариантлари. – Тошкент: Фан, 1968. – 160 б. 17. М.Муродов. Ижод дурдоналарини излаб. Тошкент. Гъазал ва қилич. “Меҳмет ва Турмуш” журнали,11-сон, 1976,28-29 бетлар. 18. К.Имомов. “Алпомиш” эпосида конфликт масаласи // “Алпомиш” достони ва жахон халқлари эпик ижодиёти” мавзуидаги халқаро конференсия материаллари. Т,: 1999. - Б.2325. “Алпомиш” достониниг айрим хусусиятлари // “Алпомиш” ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси. - Тошкент, 1999. // “Алпомиш” эпосининг айрим хусусиятларига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1999. – 1-сон. – Б.12-16. // “Алпомиш” эпосида образлар тизими.Ўзбек тили ва адабиёти. – 1999. – 4-сон. – Б.9-13. // Алпомиш ва қўнғиротнинг алп қизи Маърифат. – 1999. – 20 октябрь.// “Алпомиш” достонида кураш мотиви // Ўзбек тили ва адабиёти. – 2000. – 6-сон. – Б.28-29. //«Алпомиш» достонида синов мотиви // Ўзбек тили ва адабиёти. – 2000. – 5-сон. //Алпомиш ва Қўнғиротнинг алп қизи // Маърифат. – Тошкент, 2000, 20 октябрь. 19. Shomirza Turdimov.Etnos va Epos.Toshkent – “O‘zbekiston”-2012. 116 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman 20. Жаббор Эшонқул.Фолклор образ ва талқин.Қарши.1999.// Jabbor Eshonqul.Mif va badiiy tafakkur.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan”nashriyoti T-2019. 21. M.Jo‘rayev. O‘zbek folklorshunosligi.(biobibliografik tadqiqot) T., “FIRDAVS-SHOH” -2021. 92-b. 22. Абдулғазыхан. Родословная туркмен.М.,1958. - c.79. 23. N. Allambergenova. “Alpomish” dostoninig o‘zbek va qoraqalpoq versiyalari qiyosiy tipalogiyasi. T.2019. 24. Bakhadirovna, A. J. (2019). The Creative Work and Artistic Repertoire of Professional Uzbek Narrators. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 23-32.