scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK XALQ SEHRLI ERTAKLARIDA MITTI QAHRAMON TALQINI ("QULOQBOY", "YARIMTA NO'XAT", "YARIMTAJON" ERTAKLARI MISOLIDA)

Laziza ORIFOVA

Full text

144 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman O‘ZBEK XALQ SEHRLI ERTAKLARIDA MITTI QAHRAMON TALQINI (“QULOQBOY”, “YARIMTA NO‘XAT”, “YARIMTAJON” ERTAKLARI MISOLIDA) Laziza ORIFOVA O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktorant DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381690 Annotatsiya: Mazkur maqolada mitti qahramonlar ishtirok etgan ba’zi o‘zbek xalq ertaklarining xususiyatlari ochib berilgan. “Quloqboy”, “Yarimta jon”, “Yarimtano‘xat” kabi ertaklardagi mitti qahramonlarning tug‘ilishi, sarguzashtlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: O‘zbek xalq ertaklari, sehrli ertaklar, syujet, motiv, obraz, mitti qahramon. Аннотaция: В этой статье были раскрыты особенности некоторых узбекских народных сказок, участвующих в героях карликов. “Қулоқбой”, “Яримтажон”, “Яримта нўхат” как герои тюрбана на сказке, были проанализированы приключения. Ключевые слова: узбекские народные сказки, волшебные сказки, сюжет, причина, образ, героизм карликов. Annotation: In this article, the features of some Uzbek folk tales participating in the heroes of the dwarfs were revealed. “Quloqboy”, “Yarimtajon”, “Yarimta no‘xat” as the heroes of the turban on a fairy tale, adventures were analyzed. Key words: uzbek folk tales, fairy tales, plot, motive, image, dwarf. Hayotiy va xayoliy uydirmalardan iborat bo‘lsada, insonni ezgulikka o‘rgatuvchi, ma’naviyatini yuksaltiruvchi, tasavvurini kengaytiruvchi ertaklar syujetidagi obrazlarning barchasi o‘z vazifasiga ega. Sehrli ertaklar turkumiga kiruvchi mitti qahramonlar ishtirok etgan ertaklar ham shular jumlasidandir. O‘zbek xalq ertaklaridagi mitti qahramonlar haqida ilk fikrlarni atoqli folklorshunos olim K.Imomov o‘zining monografik tadqiqotida sehrli ertaklarni o‘z navbatida tilsimli, tilsimsiz va mitti polvonlar haqidagi ertaklarga ajratib tasniflaydi. Mitti qahramonlar tashqi ko‘rinish jihatdan juda kichik, uddaburon, aqlli qahramonlardir. Folklorshunos olima J.Asqarova o‘z tadqiqotida mitti qahramonlar haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:“ Kampirdan tug‘ilgan g‘ayrioddiy qahramonlar notabiiy ko‘rinishlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Ularda odam+g‘ayritabiiy mavjudot unsurlari ko‘zga tashlanadi. Qahramon mitti yoki noqis bo‘lsa-da bemisl ishlarni amalga oshiradi.”[1, 87] Bunday qahramonlar ishtirok etgan ertaklar odatda befarzandlik motivi bilan boshlanadi. Farzandsiz qahramonlar aksar hollarda mehnatkash dehqon chol va kampir bo‘lishadi. "chol bilan kampir bor ekan. Ularning farzandi yo‘q ekan." "Qadim zamonlarda bir ovulda ikki bir-biriga yaqin hamsoya yashar ekan. Bittasining bolasi bor, ikkinchisining bolasi yo‘q ekan." Ba’zan befarzand qahramon podshoh ham bo‘lishi mumkin. "Bir podsho o‘tgan ekan, uning uchta xotini bo‘lib, uchalasi ham tug‘mas ekan" [2,105] So‘ng ertak syujeti tasodifiy homiladorlik motevi bilan davom etadi. Bu 145 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman motiv turli sabablar tufayli yuzaga chiqadi. “Yarimta no‘xat” ertagida bunga kampirning nolishi sabab bo‘ladi. “Bir kuni turib-turib, -ey xudoyim, menga ham bir o‘g‘il bersang edi. Cholga men non tashib yurmas edim, – debdi. Xuddi shu mahal, xudo mehribon bo‘lib, ayol yukli bo‘libdi” [3, 362]. “Yarimtajon” ertagida esa tasodifiy homiladorlik devona bergan olma tufayli kuzatiladi. “Devona: -Xafa bo‘lma, – deb podshoga uchta olma beribdi. Olmalarning ikkitasi oq, bittasi qizil ekan. – Qizil olmani eng sevgan xotiningga bergin, – debdi.” “Quloqboy” ertagida hech qanday sababsiz, kutilmagan homiladorlik ro‘y beradi. "Kundan kun, oydan oy o‘tib, cholning xotini homilador bo‘libdi." Mitti qahramonlar haqidagi ertaklarda yuqorida kuzatilgan holatlardan so‘ng tasodifiy homiladorlik g‘ayritabiiy tug‘ilish moteviga ulanib ketadi. "Podshoning xotinlari homilador bo‘lishibdi. oy-kuni еtib tug‘ishibdi. Katta xotinlar bittadan ikki o‘g‘il tug‘ishibdi, kichkinasi esa yarimta o‘g‘il tug‘ibdi." Yuqoridagi ertakda bolaning oddiy odam bolasidek emas, yarimta bo‘lib tug‘ilishiga sabab korsatiladi: "Podshoning kichik xotini xamir qilayotgan ekan, podsho bergan qizil olmaning yarmisini еb, yarmisini tokchaga qo‘yibdi. Shu payt olmaning qolgan yarmisini echki еb qo‘yibdi." “Kampir Qarasa, yarimta no‘xat tug‘ilibdi.” “Quloqboy” ertagida ham tug‘ilishda o‘zgachalik yaqqol ko‘zga tashlanadi. "Kunlardan bir kun kampirni to‘lg‘oq tutibdi. Chol shunday qarasa, xotini еttita quloq tug‘gan emish." Ertak voqialari davomida mitti qahramonlarning xususiyatlari ochilib boradi. Masalan, “Yarimta no‘xat” ertagida qahramon tug‘ilib, “Yarimta no‘xat shu zahoti tilga kiribdi.” “Ularning surati quloqqa o‘xshasa ham og‘zi, ko‘zi bor, ovqat еr ekan. Har biri bir odamning ovqatini еb qo‘yar ekan.” Yuqoridagi ertaklar syujetida mitti qahramonlarning sarguzashtlari asosiy o‘rin egallaydi. “Quloqboy”, “Yarimta no‘xat” ertaklarida bolalar onasi zimmasidagi yumushlarni yingillashtirishga harakat qiladilar. “Ena, nonni menga bering, otamga men olib boraman, — debdi u. Onasi: — Bolam Quloqboy, nonni qanday qilib olib borasan? — desa, Quloqboy: — Non bilan meni mana bu qovoqqa solib qo‘ying, olib keta beraman, — debdi. Kampir Quloqboyning so‘zidan dimog‘i chog‘ bo‘lib, non bilan uni qovoqqa solib eshikdan chiqarib yuboribdi. Quloqboy qovoqni yumalatib nonni olib ketibdi.” “Yarimta no‘xat non, qatiqni olib, yantoqlarni oralab, otasi oldiga boribdi.” Yarimta no‘xat, Quloqboy singari mitti qahramonlar otasiga ham jonkuyar yordammchi bo‘lib, otasi zimmasidagi vazifalar: qo‘sh haydash, tegirmonga un tortirish kabi bajarishga ko‘maklashadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish davomida mitti bo‘lsada, o‘zlariga xos bo‘lmagan darajada yirik ishlarni uddalay olishitasvirlanadi. Qahramonlar kichikligi tufayli turli muammolarga ham yo‘liqadilar. Ya’ni, Quloqboyni tuya, it, bo‘ri; Yarimta no ‘xatni esa tuya va bo‘ri kabi hayvonlar ozuqalariga qo‘shib еb qo‘yadilar. Yuqoridagi ikki ertakda ham bo‘ri qo‘ylarni еyish uchun yaqinlashganda qahramon uning qornida turib, cho‘ponlarni xavfdan ogohlantiradi. 146 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman “Yarimtajon ertagida esa Yarimtajonning akalari ortidan xo‘‘rozga minib ovga chiqishi, ularning kechki payt adashib qolib yalmog‘iz kampir uyiga kirishlari, Yarimtajonning sarguzashtlari bilan birga uning uddaburonligi ham hikoya qilinadi. “Yarimtajon kampir pishirib qo‘ygan quymoqlarni bittadan cho‘pga ilib-ilib akalariga olib beraveribdi.” So‘ng Yarimtajonning hiyla bilan yalmog‘iz kampirning o‘limiga sabab bo‘lishi, uning barcha mol-dunyolarini akalari bilan birga uyga olib ketishi kabi voqealar tasvirlanadi. “Yarimtajon”, “Quloqboy” ertaklari tugallamasida an’anaviy yaxshilik, tantanali vaziyatifodalanadi. “Podsho yo‘qolib ketgan bolalarining topilganiga xursand bo‘lib, qirk kechayu qirq kunduz to‘y qilib beribdi. Aqlli Yarimtajonni o‘z o‘rniga podsho qilib, murod-maksadiga еtibdi.” “Qarindoshlarinichaqirib, Quloqboyga to‘y qilib berishibdi. Shunday qilib, kampir bilan chol Quloqboydan dimog‘i chog‘ bo‘lib, murod—maqsadiga еtibdi.” “Yarimta no‘xat” ertagi esa fojiaviy yakun topadi. “Qo‘shnisining o‘g‘li o‘tin terishga chiqib qarasa, bir to‘da o‘tin turibdi. Bu bizga taqdir qildi deb, o‘tinni kotarib hovlisiga olib boribdi. Uning onasi tandirga o‘tin solib, no‘xatni ham kuydirib yuboribdi.” Yuqoridagi uch ertakning o‘xshash jihatlari ulardagi mitti qahramonlarning o‘g‘il farzand ekanligi, ertak syujetida bosh qahramon sifatida ko‘zga tashlanishi, aqilli va uddaburonligi, yovuzlarni yo‘q qilishga harakat qilishi (yalmog‘iz kampir, bo‘ri kabi), mitti bo‘lsa-da yirik ishlarni amalga oshirishi, mitti qahramonlarning butun emasligi (Quloqboy bundan mustasno) bo‘lsa, farqli jihati esa turli predmetlarga: dukakli o‘simlikka “Yarimta no‘xat”, inson tana a’zosiga “Quloqboy” singari o‘xshashligidir. Yuqoridagi ertaklar tahlili natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, mitti qahramonlar odatda farzandsiz oilalarda dunyoga keladi. G‘ayritabiiy ko‘rinishda tug‘iladi. Oddiy odamlarga xos ishlarni qiyinchiliksiz amalga oshiradi va turli sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Yuqoridagi kabi mitti qahramonlar ishtirok etgan ertaklar o‘zbek xalq ertaklari orasida talaygina uchraydi. Ularni aniqlash, o‘rganish va tahlil qilish o‘zbek folklorida yangi qo‘riq ochilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Asqarova J. O‘zbek xalq sehrli ertaklarida obrazlar tizimi: Filol. fan. dokt. … diss. – Toshkent, 2024. – 235 b. 2. “Uchar gilam” (O‘zbek xalq ertaklari) - T.: Adabiyot uchqunlari, 2018. – 128 b. 3. “Сумбул қуш” (сеҳрли эртаклар): 19-жилд / Ўзбек халқ ижоди дгорликлари 100 жилдлик. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ, 2020. – 470 b. 4. “Гулпари” (Ўзбек халқ эртаклари): 38-жилд / Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари 100 жилдлик. – Тошкент: Renessans рress, 2024. – 444 b. 5. Bakhadirovna, A. J. (2019). The Creative Work and Artistic Repertoire of Professional Uzbek Narrators. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 23-32.