FOLKLOR – ADABIYОT NAZARIYАSINING TAYАNCH MANBASI SIFATIDA
Full text
162 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman FOLKLOR – ADABIYОT NAZARIYАSINING TAYАNCH MANBASI SIFATIDA Boqijon TO‘XLIEV O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti “Adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar” bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381723 Men odatga xilof tarzda maqolani birdaniga ikkita ko‘chirma bilan boshlamoqchiman. Ularning biri akademik B.Nazarovga, ikkinchisi taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor N.Rahimjonovga (har ikkalalarining ham oxiratlari obod bo‘lsin) tegishli: Adabiyot nazariyasi so‘z san’atining mohiyatini, u yoki bu asar janri, poetikasini, shuningdek, tarkibiy qismlari konuniyati, ularning so‘z san’ati takomilidagi rolini tadqiq etadi, badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari va ularga baho berish me’yorlarini belgilaydi. Adabiyot nazariyasi o‘tmish va bugungi kun adabiy-tarixiy jarayonidan nazariy xulosalar chiqaradi, mavjud tajribalar asosida kelajak adabiyotining nazariy xossalari haqida bashorat kiladi” [4, 7]. “Ijtimoiy-estetik ideal adabiyot-san’atning, ma’naviy madaniyatning suvi, havosidir. Adabiyot – iste’dodlarning namoyon bo‘lish maydonidir. Har bir ijodkor o‘z dardi-dunyosi bilan yashaydi; o‘z badiiy olamini o‘z so‘zi bilan yaratadi. Xalqimizda, yolg‘iz otning changi chiqmaydi, changi chiqsayam dong‘i chiqmaydi, degan ibratli gap bor. Lekin bu hikmat ijodkorlardan bo‘lak hamma-hammaga daxldor. To‘g‘ri, so‘z san’atkorlari bir-biri bilan havo, nur o‘tmaydigan «devor»lar bilan ajratilmagan esa-da, badiiy-estetik g‘oya – ijodiy niyat har bir adibning o‘z ijod «qozon»ida qaynaydi, pishib yetiladi. O‘z ijodiy yo‘sini, tasvir tarzi bilan qog‘oz yuzini ko‘radi. Daftarga to‘kiladi. Har bir adib o‘z yog‘ida o‘zi qovrilish barobarida, so‘z san’atkorlari yagona bir kitobni yozishmoqda. Istiqlol adabiyotining badiiy tarixini yaratishmoqda. Hech bir adib u yoki bu mavzuni «taqimi»ga qisib olishga, tomorqasiga aylantirishga haqqi yo‘q; haddi sig‘maydi ham. Istiqlol mavzuining yagona egasi o‘zimman deyolmaydi. Negaki, milliy mustaqillik xalqimizning ma’naviy boyligi, sarvati va ruhoniyat davlatidir” [5]. Har ikki olim ham sohaning yirik mutaxassislari sifatida nihoyatda o‘rinli va ma’qul mulohazalarni bildirishgan. Dastlabki maqolada adabiyot nazariyasining umumiy mazmun va mohiyati ixcham va lo‘nda tarzda aks etgan bo‘lsa, keyingi ko‘chirmada alohida ijodkorlarning butun adabiy jarayonga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’siri, alohida ijodkorlarning butun silsiladagi o‘rni va ahamiyati ayricha bo‘lishi mumkinligi maxsus ta’kidlangan. Shungan qaramay, adabiyot nazariyasiga oid monografiyalar, darslik va o‘quv qo‘llanmadarida nima uchundir sohaga oid fakt va materiallar ham, tegishli xulosa va
163 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘xtamlar ham ko‘proq zamonaviy adabiyotga tayanishi e’tiborni tortadi. Ularda xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyotga suyanish yo yo‘q, yoki juda ham kam. Vaholanki, bu ikki jabha ham ayni adabiyot nazariyasi uchun bevosita “ozuqa” – adabiy manba bo‘lishi mumkin bo‘lgan fakt va materiallarga boyligi bilan ajaralib turadi. Maqolada mazkur tezis Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining birgina she’ri – “Tarjimayi hol” misolida isbotlashga harakat qilingan. Matn sarlavha qo‘yilmagan o‘ziga xos “kirish” bilan boshlanadi: “Men Zarafshon viloyatining Nurota jaribining Jo‘sh dahasining Qo‘rg‘on qishlog‘ida Mulla Ergash, oltmish bir yashar, Jumanbulbul o‘g‘li Mulla Xolmurod o‘g‘li, Mulla Xolmurod Mulla Toshning o‘g‘li, Mulla Tosh Usta Lafasning o‘g‘li, Usta Lafas Yodgorning o‘g‘li; o‘zim o‘zbek, turkman jamoasidan, urug‘im qorakisa qozoyoqliga qo‘shiladi (2). Men o‘z boshimdan o‘tgan hol, yaxshi-yomon kunlarimni nazm bilan pastda ma’lum qilmoqchiman”. Muqaddimadan ko‘rinib turibdiki, baxshi matnning kimga tegishliligi (bugungi atama bilan aytiladigan bo‘lsa – identifikatsiyasi)ga aniqlik kiritmoqda. Matndagi muhim axborotlar silsilastga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) Baxshining ism-sharifi; 2) Uning tug‘ilgan va yashagan yurti; 3) Uning shajarasi; 4) O‘zbek urug‘laridan qay biriga mansubligi; 5) Matnning janriy o‘ziga xosligi (“boshimdan o‘tgan hol, yaxshi-yomon kunlarim”, ya’ni “tarjimayi hol”); 6) Janrning ifoda shakli – nazm; 7) Materiallarning to‘lig‘icha o‘ziga taalluqli ekanini tasdiqlash (“Men ... ma’lum qilmoqchiman”). Ushbu ma’lumotlarning folklor manbashunosligi va matnshunosligi uchun ham jiddiy ahamiyat kasb etishini alohida qayd etish joiz. Shundan keyin baxshi aytgan nazm bilan ifodalangan sarguzashtlar boshlagnadi: Til borinda turli-turli so‘ylayin, O‘tganlarim bir-bir bayon aylayin, G‘animdan o‘tganin bayitman aytib, Eshitganlarga bir bo‘ston aylayin. “Tarjimai hol” murabba shaklida yozilgan. Bu har bir bandi to‘rtlik shakliga asoslanuvchi she’r turi demakdir, Ayni mana shu shakl adabiyot nazariyasining ko‘plab sohalari uchun nihoyatda muhim va jiddiy manba bo‘la olishi bilan alohida ilmiy ahamiyat ham kasb etadi. Bunda uning so‘z san’ati sifatida badiiy-estetik tizimining alohida namunasi ekani e’tiborga molik. O‘rni kelganida aytish lozimki, bu shakl ko‘plab olimlar tomonidan turkiy xalqlar og‘zaki ijodining ancha qadim davrlaridan
164 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman oziq olgani haqidagi mulohazalarga asos bergan. Bu yerda akademik Korsh keltirgan misollarni eslab o‘tish joiz. Asarga “Tarjimayi hol” deb sarlavha qo‘yilishi uning mavzu doirasiga ishora. Demak, bu asar avtobiografik asarlar silsilasiga mansub. Uning to‘rtlik shakliga tayanishi asarning janriy belgilari haqida mulohaza yuritishni taqazo etadi. Agar akademik F.EU.Korshning bunday misollarni “deyarli barcha turkiy qavmlardan istagancha topish mumkin” [3,2] – tarzidagi e’tirofini esga olsak, baxshilar repertuarida ham mazkur shakl va janrning faolligi qaysi manbalardan oziqlanishini juda yorqin tasavvur etish mumkin bo‘ladi. To‘rtlik o‘ziga xos “kirish” vazifasini ado etgan. Unda baxshi – ijrochi tinglovchilariga o‘zining maqsad va muddaolarini bildirib qo‘ymoqda. U barmoqning 6+5 = 11 ko‘rinishida ritmda yaratilgan. Qofiyalanish tartibi a : a : b : a shaklida. Qofiyalar to‘liq. Shunga qaramay, undagi bir o‘ziga xoslikni ham qayd etish lozim. Bandning hozirgi ko‘rnishi dastlab qofiyaga tortilgan so‘zlarning so‘ylayin : aylayin : aylayin silsilasida namoyon bo‘layotganday tasavvur uyg‘otadi. Bu yerda bir mulohaza joiz yeko‘rinadi. To‘rtlikning oxirgi misrasidagi qofiya “bo‘ston” tovushlar tarkibiga ko‘ra dasilabkt misralarga hamohagnglik nuqtai nazaridan juda mos vaa munosib ko‘rinadi. Shunga qaramay, determenizm qonuniga ko‘ra bu so‘zning mazkur misraga sig‘may turishi e’tiborni jalb etadi. Biz buni o‘z tasavvur va tushunchalarimiz doirasida “doston” so‘zi bilan almashirilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Zero, “bo‘ston” aytilmaydi, balki yaratilishi yoki kuylanishi mumkin “Doston” esa “aylayin” bilan ham, “so‘ylayin” bilan ham grammatik aloqaga kirisha oladi. Endi boshqacharoq bir shaklga e’tibor qaratish joiz ko‘rinadi: Til borinda turli-turli so‘ylayin, O‘tganlarim bir-bir bayon aylayin. Mazkur ko‘rinishda bayt yakunlangan va to‘liq mazmun kasb eta oladi. Undagi misralar qofiyadoshligi ham risoladagidek. To‘rtlikning ikkinchi yarmi uni davom ettiradi: G‘animdan o‘tganin bayitman aytib, Eshitganlarga bir bo‘ston aylayin. Bu bayt o‘qilganidan keyin, “aylayin”ning qofiyalikdan chiqib, radifga aylangan holati kuzatiladi. Unda qofiya “bayon” va “bo‘ston”, (bizning variantimizda “doston”) so‘zlariga tayanayotgani ma’lum bo‘ladi. O‘rni kelganida ta’kidlash lozimki, arab-fors poetikasining asosiy qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan “Qutadg‘u bilig” (Yusuf Xos Hojib) dostoni matni
165 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman tarkibidagi to‘rtliklarda ham folklorga xos bo‘lgan mazkur poetik hodisaning ilk namunalari o‘sha davrlarda yozma adabiyot tarkibida saqlanib turganini tasdiqlaydi: Qulub bermagu nangni qulma kuchun, Tilab bo‘lmag‘uni tilama kuchun. Yurib tegma yerku ma borma yadag‘, Qali barding ersa teg emgak uchun. 3747-3748 Ma’nosi: So‘raganda berilmaydigan narsani majburlab so‘rama, Orzu qilib topilmaydigan narsani zo‘rlik bilan so‘rama. Shuningdek, har yerga yurib po-yu piyoda boraverma, Agar borgudek, bo‘lsang, mashaqqat uchun yetishgan bo‘lasan. Dastlabki ikki misradagi «kulma» bilan «tilama» qofiya bo‘lib, «kuchun» radif vazifasini ado etayapti [1, 53]. To‘rtlikning oxirgi misrasidagi «uchun» esa «qulma» bilan «tilama»ga emas, balki “kuchun”ga qofiya bo‘ladi. Shunga ko‘ra «kuchun» radiflikdan chiqib qofiyaga aylanib ketadi. Nazarimda, bu hodisani arab-fors poetikasi talablaridan chekinish deb emas, aksincha uni amaliy jihatdan boyitishga qaratilgan urinish sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi. Asarda turli morfologik hamda sintaktik elementlar radif vazifasida qo‘llangan. Agar banddagi boshqa misralarning mazmun xususiyatlari e’tiborga olinsa, misradagi “bo‘ston” so‘zining umumiy kontekst bilan alaqasining yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Darhaqiqat, birinchi misradagi “so‘ylamoq”, ikkinchi va uchinchi misralardagi “aytmoq” fe’lining ishtiroki, yakunlovchi misradagi “eshitganlarga .... aytmoq” tuzilmasi “bo‘ston”dan ko‘ra, “doston” so‘zining ishtirokini ko‘proq taqozo etib turibdi. Agar butun matnning Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ajdodlari, baxshichilik an’analari haqidagi sarguzashtlar tavsifiga bag‘ishlangani nazarda tutilsa matndagi “bo‘ston”ning nojoizligi va “doston”ning ehtiyojga mos va munosibligi ochiq ko‘rinadi. Keyingi bandlar ham e’tiborga loyiq: Beshlanchi otamning otidir Yodgor, Shu vaqtda elida so‘zga e’tibor, Har yerda o‘tkazib yurgan so‘zini, Chechanlikda hech kim bo‘lmay barobar. 21-bet Turtinchi otamning otidir Lafas, Shoirlikda unga hech kim teng emas, Uz vaqtida suzin eldan utkazib, Tuylarda o‘lanni, gapni o‘ylamas (7-8-betlar.)
166 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Endi ajdodlar sanog‘iga o‘tiladi. Bevosita baxshilik – shoirlik bilan mashg‘ul bo‘lgan eng katta ajdod – beshlanchi bo‘g‘in – Yodgor baxshi bilan tanishtiriladi. Ana’ananing boshlanishini keyingi uch misra yanada mustahamlab boradi. Bunda: 1) O‘sha avlodning “so‘zga e’tibor”i bo‘lgani maxsus qayd etiladi. Voqeaaning sodir bo‘lish o‘rniga urg‘u berilayotgani bejiz emas. “Elda” so‘zi ijrochiga qanchalik taalluqli bo‘lsa, uning tinglovchilari – auditoriyasiga ham shunchalik daxldordir. 2) “so‘zini o‘tkazmoq” – xalq orasidagi iboralardan biri. U anchayin serma’noliligi bilan ham mashhur. Ularning eng ommalashgan shakli “boshlqalarning e’tirof qilishiga sabab bo‘lgan yoki “e’tirofga majbur qilgan” demakdir. Umuman, ushbu misra bobolar shuhratining ancha baland va keng bo‘lganiga guvohik berib turadi. “Har yerda” ravishi hamda sifatdosh fe’l shaklining hozirgi -kelasi zamondagi ko‘rinishi shu hodisanng uzoq davom etishini, muntazamligini ta’kidlab turadi. Banddagi oxirgi misra ham kamida ikki vazifaan baajarishga xoslangan: a) bu avlod chechanligii bilan dong taratgan; b) ularningmuqobilida biror baxshi – shoir haligacha uchragan emas. Bu to‘rtlikning qofiya tizimida bir o‘ziga xoslik kuzatilaadi. Qofiyalanishning umumiy tartibiga (a : a : b : a) to‘la rioya etilishiga qaramasdan yakunlovchi misra qofiyasida bir istisno yuzaga kelgan. Oldingi bandga nisbatan dastlabki ikki misrada qo‘llangan qofiyalar (Yodgor: e’tibor) bilan yakunlovchi misra qofiyasida kichikkina bir o‘zgarish (barobar) paydo bo‘lgan. Demak, oxirgi bo‘g‘indagi “o” unlisi “a”ga aylangan. Ta’kidlash joizki yozma adabiyotning mumtoz davri uchun ruxsat etilmaydigan mazkur holat, folklor estetikasi uchun “odatdagi hol”dir. Bu faqat Ergash shoir uchun emas, balki barcha baxshishoirlar ijrosidagi she’riy misralarda har zamonda bir marta uchraydigan hodisaalar turkumiga kirmaydi. U turli variantlarda ancha faol iste’molda bo‘lgan. Navbatdagi to‘rtlik mazmun nuqtai nazaridan xususiy mantiqiy silsilani ldavom ettiradi. Lafas baxshining nomi umumiy sanoqni boyitishi bilan e’tiborni tortadi. Uning poetikasi yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Turtinchi otamning otidir Lafas, Shoirlikda unga hech kim teng emas, Uz vaqtida suzin eldan utkazib, Tuylarda o‘lanni, gapni o‘ylamas. bitta yangi nom – navbatdagi bo‘g‘in qayd etiladi:
167 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Uchinchi otamning oti Mulla Tosh, Mulla Toshning suzi har yerdadir chosh, Shul zamonning borib turgan donosi, Uzi oqil ekan, sohibi kengash. Har bir ba’shining o‘ziga xosligini ko‘rsatadigan so‘zlarning tanlanish an’asi bu yerda ham to‘la saqlangan. Ayniqsa, “so‘zi – chosh”, “zamonning donosi”, “oqil”, “sohibi kengash” singari epitetlar Mulla Tosh baxshining o‘ziga xosliklarini juda aniq va ta’sirli tarzda ko‘rsatib bera olgan. Bu yerda yana qofiyadagi o‘ziga xoslik nazarga tushadi. Yana oxirgi misrada “raviy”dan oldingi tovushning o‘zgarishi seziladi. Ergash shoir “Tosh” va “chosh”ga “kengash” so‘zini shu silsilaning navbatdagi bo‘g‘ini sifatida jalb etadi. Bu oldingi banddagi “o” : “a” yaqinligining yana bir o‘ziga xos dalili sifatida namoyon bo‘lgan. Murabbadagi beshinchi to‘rtlik Xolmurod baxshi – shoirning bobosi tavsifiga bag‘ishlangan: Mulla Xolmurod der bobomning oti, Shul zamonda chechanlarning ustodi, Bular gap bobida so‘zning dehqoni, Chechan bo‘lgan buning qancha avlodi. Bu yerda ham avtobiografik ahamiyat kasb etgan misralar mavjud. Shunga qaramay, unda adabiyot nazariyasiga, aniqrog‘i, poetikaga oid manba va material sifatidagi xislatlari ham afzal ko‘rnadi. Bu yerda o‘z maktabiga ega bo‘lgan baxshi haqida so‘z borayotir. “So‘zning dehqoni” baxshining istioraviy ifodasi sifatida o‘zbek milliy-ma’naviy xazinasini boyitib turgan so‘z san’atidagi yangi va yaxshi topildiqlardan biri hamdir. Ko‘rinadiki, Mulla Xolmurod ham alohida, betakror fazilatlar egasi. U “chechanlarning ustodi”, “so‘zning dehqoni”dir. Oxirgi misrada ham yana bir yangi sifat – uning baxshichilik silsilasidagi ko‘plab ajdodlarga bog‘lanib ketishi maxsus urg‘u olgan. Bu to‘rtlikda ham qofiya bilae bevosita aloqador bo‘lgan yana bir hodisa e’tiborni tortadi. Qofiyaga tortilgan so‘zlarning o‘zagi “ot”, “ustod” va “avlod”dir. Demak, raviy harflari “t” va “d”dir. Arab-fors poetikasi bu tipdagi qofiyalarni noqis hisoblaydi. Turkiy xalqlar nazmiyotida esa bir-biriga yaqin bo‘lgan jarangli va jarangsiz undoshlarning qofiyada tayanch tovush bo‘lib kelishi odatdagi holdir. Buni butun turkiy xalqlar folklori, shuningdek, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”
168 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman dostonidagi misollar ham tasdiqlab turibdi. Ushbu hodisaning qonuniylashtirilishi esa Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog‘liq [2, 240]. Alohida ta’kidlash joizki dastlab folklorda yuz ko‘rsatgan mazkur holat butun turkiy xalqlar poeziyasida qofiyalar tizimining mislsiz tarzda kegaytirish uchun juda muhim va jiddiy omil bo‘ldi. To‘rtliklar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlar sezilib turadi. Ayni mana shu holat uning kompozitsiyasi voqeaga – “lirik syujet” borasidagi mulohazalarga turtki berishi mumkinligidan dalolat qiladi. O‘rtanchisi — oti Yorlaqab bulgan, Chechanlikda tani so‘z bilan to‘lgan, U Joshuzoqdan baland bo‘lib utgandir, Tamom umri elga shoirlik qilgan. Adabiyot so‘z san’ati sifatida chechanlik bilan bnvosita bog‘lanib ketadi. Badiiy ijodkorlikda chechanlik birinchi darajali ahamiyatga molik. “So‘z –bir, sayqal – qirq”, ”, “Chechanning tili – Chevarning qo‘li” [7, 512] maqoli bejiz paydo bo‘lmagan. She’riy shakli, uning vazn va ritmik o‘ziga xosigi, qofiya tizimi, tasvir vositalari haqidagi tasavvur va tushunchalar uchun ham uning shakliy-poetik qurilishida ko‘plab ma’lumotlar jamlangan. Qichulining Jumanbulbuldir oti, O‘z vaqtinda shoirlarning ustodi, Har qanday to‘y bo‘lsa, katta yig‘inda, Hamma elga pisand bo‘lgan abyoti. Xudoy bergan bunga necha usuldi, O‘ziga qoyil qip jami eldi, Shu zamonda shoirlarning ichinda Jami elga Bulbul e’tibor bo‘ldi” [6, 22]. Bular Ergash Jumanbulbulning o‘zi haqidagi qaydlar, o‘ziga xos she’riy faxriyalardir. Bu mumtoz adabiyotdagi masnaviy shaklida aks etadigan qasidai faxriyaning o‘zbek folklorida murabba shaklida namoyon bo‘lishidir. Bu yerda Ergash shoir o‘z akalari haqidagi suhbatni boshlagan. Joshuzoq shoir – akalarning kattasi. U shogirdlarining ko‘pligi bilan mashhur bo‘lgan. Ushbu to‘rtlikdagi qofiya tizimi yana bir qadimiy qonuniyatni o‘zida mujasamlashtrgani bilan e’tiborga loyiqdir. Bu yerda ham dastlabki ikki misradagi
169 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman qofiyalar (qolgan : bo‘lgan) barcha talablarga mos va munosibligi bilan ajralib turadi. Oxirgi misra esa qofiyaning (chiqargan) xalqona variantiga murojaati bilan oldingi holatlarda ko‘rilgan avariantlar bilan uyg‘unlashadi. Bu yerda ham o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi qofiyadoshlik ro‘y bergan Albatta, folklorshunoslarimiz bu asarning turli qirralari, ayniqsa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida juda ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan. Bularning barchasi ulardan adabiyotshunoslikning turli jabhalarida o‘z o‘rnida foydalanish imkonlarini kengaytiradi. Hamma gap ularni amaliy faoliyatga ko‘proq, muntazam va o‘rinldi tarzda jalb etishda qolmoqda, xolos. Adabiyotlar: 1. Алишер Навоий. Мажолис ун-нафоис. Матнни изоҳ ва таржималар билан нашрга тайёрловчи С.Ғаниева. Мукаммал асарлар тўплами. Йигирма жилдлик. 13-жилд.53-бет.) 2. Бобур Заҳириддин Муҳаммад. Мухтасар. Нашрга тайёрловчи Саидбек Ҳасан. – Тошкент, Фан, 1971. – Б.240. 3. Коршъ Ф.Е.. Древнъйшıй народный стихъ турецкихъ племень. Томъ XIX – С.– Петербургь. Типографıя императорской академıи наукъ, 1909.с.2. 4. Назаров, Бахтиёр, Расулов, Лбдугафур,Ахмедова, Шоира,Кахрамонов, Курдош. Узбек адабий танкиди тарихи. Дарслитк. –Тошкент, Tafakkur qanoti, 2012, 7-бет (396 Б). 5. Раҳимжонов Н. Адабиёт – маънавият дастурхони.- // https://xs.uz/uzkr/post/adabiyotmanaviyat-dasturkhoni 6. Эргаш Жуманбулбул ўғлининг достон ва термалари. Беш жилдлик. 5-жилд. Булбул тароналари. Достонлар ва термалар. Нашрга тайёрловчи Ҳоди Зариф. –Тошкент, “Фан”, . 1963.21-22-бетлар. 7. Ўзбек халқ мақоллари. Тузувчилар: Т.Мирзаев, А.Мусақулов, Б.Саримсоқов. Масъул Муҳаррир Ш.Турдимов. – Тошкент, “Шарқ”, 2003, – Б.512. 8. Ўзбек халқ мақоллари. Икки томлик.Т.2. Масъул муҳаррирлар: Т.Мирзаев, Б.Сарисоқов. – тошкент, “Фан”, 1988, – Б.372.