scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ONA TILI DARSLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNI O'QITISHDA IJTIMOIY-MADANIY YONDASHUVLAR ASOSIDA O'QITISH

Xasanova Aziza Nurullayevna

Full text

220 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman ONA TILI DARSLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNI O‘QITISHDA IJTIMOIYMADANIY YONDASHUVLAR ASOSIDA O‘QITISH Xasanova Aziza Nurullayevna Urganch davlat universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi. [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381787 Annotatsiya. Ushbu ilmiy ishda do‘stlik va insonlararo munosabatlarni ifodalovchi frazeologik birliklarning o‘quv jarayonida o‘qitilishi masalasi yoritilgan. Frazeologizmlar tilning boy va mazmunli qatlamlaridan biri bo‘lib, ular orqali milliy mentalitet, xalqning dunyoqarashi hamda ijtimoiy munosabatlar aks etadi. Ayniqsa, do‘stlikka oid frazeologik birliklar yoshlarga ijobiy ijtimoiy qadriyatlarni singdirishda, ularni axloqan barkamol qilib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.Mazkur mavzuda frazeologizmlarning o‘quvchilarga qanday samarali va qiziqarli tarzda o‘rgatilishi, ularni amaliy nutqda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish usullari ko‘rib chiqiladi va o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: frazeologiya, frazeologik birlik, frazeologik kompetensiya, lug‘at,lingvistik asos, ijtimoiy asos. Аннотaция. Данная научная работа посвящена проблеме обучения фразеологизмам, выражающим дружбу и межличностные отношения, в образовательном процессе. Фразеологизмы – один из богатейших и содержательных пластов языка, через который отражаются нatsiональный менталитет, мировоззрение народа и общественные отношения. В частности, фразеологизмы, связанные с дружбой, играют важную роль в формировании позитивных социальных ценностей у молодёжи и её воспитании в нравственном отношении. В данной работе рассматриваются эффективные и интересные способы обучения студентов фразеологизмам, формирование навыков их использования в практической речи, а также даются рекомендatsiи по обучению. Ключевые слова: фразеология, фразеологическая единица, фразеологическая компетенция, словарь, лингвистическая основа, социальная основа. Abstract. This scientific work covers the issue of teaching phraseological units expressing friendship and interpersonal relationships in the educational process. Phraseologisms are one of the rich and meaningful layers of the language, through which the national mentality, the worldview of the people and social relations are reflected. In particular, phraseological units related to friendship play an important role in instilling positive social values in young people and raising them to be morally sound. This topic considers how phraseological units can be taught to students in an effective and interesting way, how to form skills in using them in practical speech, and recommendations for teaching are given. Keywords: phraseology, phraseological unit, phraseological competence, dictionary, linguistic basis, social basis. Frazeologizmlar — bu tilning madaniyati va ijtimoiy hayotining ifodasi bo‘lib, ular tilda nafaqat ma’nolarni, balki madaniyat, urf-odatlar, tarixiy va ijtimoiy tajribani ham aks ettiradi. Ijtimoiy-madaniy yondashuv frazeologizmlarni o‘rganishda ularning faqat lingvistik jihatini emas, balki ularning madaniyat, an’analar va ijtimoiy hayot bilan bog‘liqligini ham hisobga oladi. Frazeologizmlar ko‘pincha ma’lum bir millatning 221 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman yoki xalqning urf-odatlari, qadriyatlari va tarixiy voqealaridan kelib chiqadi. Masalan, o‘zbek tilidagi frazeologizmlar o‘zbek xalqining kundalik hayoti, ishqiy, ijtimoiy va oilaviy munosabatlaridan chuqur ildiz olgan. Frazeologizmlar ko‘pincha ijtimoiy rollar, jamiyatdagi o‘rni va madaniy normalarni aks ettiradi. Frazeologizmlar dostonlarda ham keng qo‘llanilgan. Xususan “Alpomish” dostonidagi frazeologik birliklarni o‘qitish metodlari – adabiyotni o‘qitishda frazeologizmlarni chuqur o‘zlashtirish, til boyligini rivojlantirish va milliy tafakkurni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Quyida frazeologik birliklarni o‘qitishda qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali metodlar, bosqichlar va amaliy mashg‘ulotlar keltirilgan. 1. O‘quvchilarga frazeologik birliklar haqida tushuncha berishbunda quyidagilarga alohida ahamiyat qaratish lozim. “Alpomish” dostonidagi frazeologizmlarni tanitish; Ularning ma’no va funksiyalarini tahlil qilish; Og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish. 2. O‘qitish metodlaribunda o‘qituvchi o ‘quvchilar bilan ishlashda turli xil metodlar orqali shug‘ullanishi mumkin. 1. Matnga asoslangan tahliliy metod. “Alpomish” dostonining parchalari o‘qiladi va undagi frazeologik birliklar ajratiladi. Misol uchun: Frazeologik birlikni toping, uning kontekstdagi ma’nosini tushuntiring. Misol: “Ko‘ngli tog‘dek bo‘ldi” – bu еrda Alpomish xursand bo‘lganini bildiradi. 2.Taqqoslash va kontekstual metod. Frazeologik birliklar so‘zma-so‘z tarjimasi va majoziy ma’nosi bilan solishtiriladi. Misol: “Ko‘zidan o‘t chaqdi” – so‘zma-so‘z va ko‘chma ma’noni yozing; 3. Rol o‘ynash (dramatizatsiya). Frazeologik birlik keltirilgan vaziyatni sahnalashtirish orqali tushuntirish. Misol: “Yuragi orqaga tortdi” frazeologizmi ishtirokidagi sahnani rollarda ko‘rsatish. 4. Frazeologik lug‘at yaratish. O‘quvchilar bilan birga “Alpomish”dagi frazeologik birliklardan iborat kichik lug‘at tuzish. Misol: Frazeologizm + izoh + misol keltiring. Yerni tishladi | Halok bo‘ldi | Qalmoq lashkari еrni tishladi. 5. Krossvord va testlar tuzish. Frazeologik birliklar asosida didaktik o‘yinlar tuzish. Misol: “Qaysi frazeologizm Alpomishning g‘azab holatini bildiradi?” A) Yuragi orqaga tortdi B) Ko‘zidan o‘t chaqdi (to ‘g‘ri javob) C) Boshi osmonga еtdi 222 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Frazeologizmlar ko‘pincha ijtimoiy rollar, jamiyatdagi o‘rni va madaniy normalarni aks ettiradi. Ular tildagi an’anaviy va zamonaviy ijtimoiy munosabatlarni tushunishga yordam beradi. Frazeologizmlar madaniyat va ijtimoiy hayotning muhim qismidir. Ularni ijtimoiy-madaniy yondashuv asosida o‘rganish tilning nafaqat lingvistik, balki madaniy kodini ham ochib beradi. Bu esa til o‘rganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi. Ramziy ma’no: Frazeologik birikmalar ko‘pincha madaniy ramzlar va obrazlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, “oyoq ostida” iborasi nafaqat jismoniy joylashuvni, balki noaniq, noqulay sharoitni ham bildiradi. Madaniy tafovutlar: Har bir xalqning frazeologizmlari boshqa xalqlardan farq qiladi, chunki ular har xil tarixiy va madaniy sharoitlarda shakllangan. Ijtimoiy-madaniy yondashuvning o‘qitishda ahamiyati. Madaniyatlarni anglash: O‘quvchilarga frazeologizmlarni o‘rgatishda ularning madaniy ildizlarini tushuntirish, tilni chuqurroq anglash imkonini beradi. Madaniyatlararo muloqot: Frazeologizmlarni madaniy kontekstda o‘rganish boshqa millatlarning til va madaniyatini o‘rganishda ham yordam beradi. Ijtimoiy moslashuv: Tilni madaniy va ijtimoiy kontekstda o‘rganish o‘quvchilarga turli ijtimoiy vaziyatlarda to‘g‘ri frazeologizmlardan foydalanishga yordam beradi. Muloqot madaniyatini oshiradibunda frazeologizmlar yordamida o‘quvchi o‘z fikrini ko‘proq obrazli, ta’sirli va madaniyatga xos usulda еtkaza oladi. Ironiya, kinoya, istiora va obrazlilikni tushunishga yordam beradi.Bu nafaqat til o‘rganish, balki badiiy matnni tushunish, madaniyatlararo muloqotda erkin harakat qilish uchun ham zarur.Pragmatik yondashuv orqali frazeologizmlarning hayotiy, muloqotdagi roli ochiladi. O‘quvchi ularni faqat yodlash emas, to‘g‘ri joyda, to‘g‘ri ohang bilan, to‘g‘ri odamga nisbatan qo‘llashni o‘rganadi. Bu yondashuv natijasida o‘rganuvchi tilni “kitob tilidan”, “tirik muloqot tili”ga aylantira oladi. Adabiyotlar 1. Добрыднева Е.А. Коммуникативно-прагматическая парадигма русской фразеологии: автореф. дисс. … д-ра филол. наук. – Волгоград, 2000. 42 с. 2. Азимов Э.Г., Щукин А.Н. Новый словарь методических терминов и понятий (теория и практика обучения языкам). –М.: ИКАР, 2009. –448 с. 3. Шанский Н. М. Фразеология современного русского языка. Изд. 5-е, испр. и доп. –М.: Книжн.дом «Либроком», 2010. –272 с. 4. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. –Тошкент: Ўқитувчи, 1978. 5. SH.Rahmatullayev. va b. O‘zbek tili frazeologik lug‘ati. –Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashiriyoti, 2022. 6. https://cyberleninka.ru/article. 7. https://kh-davron.uz/ 8. https:// ziyouz.com/