scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARIXIY-MA'NAVIY QADRIYATLARNI O'RGANISHDA MUZEYLARNING AHAMIYATI

Eshmoʻminov Ozodbek Ziyodulla oʻgʻli

Abstract

Maqolada asosan Vatanimiz hududida paydo bo‘lgan ilk muzeylar hamda ularning vazifalari, muzey ashyolarini kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, muzeylarning faoliyat turiga qarab turlarga bo‘linishi, Surxondaryo O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixi va faoliyati haqida ilmiy tahlillar yuritilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 266 TARIXIY-MA’NAVIY QADRIYATLARNI O‘RGANISHDA MUZEYLARNING AHAMIYATI Eshmoʻminov Ozodbek Ziyodulla oʻgʻli Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti “Jahon tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17382047 Annotatsiya. Maqolada asosan Vatanimiz hududida paydo bo‘lgan ilk muzeylar hamda ularning vazifalari, muzey ashyolarini kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, muzeylarning faoliyat turiga qarab turlarga bo‘linishi, Surxondaryo O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixi va faoliyati haqida ilmiy tahlillar yuritilgan. Kalit so‘zlar: Muzey, eksponat, qadriyat, an’ana, "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmon, "Moziydan sado", ilmiy tadqiqotlar. THE IMPORTANCE OF MUSEUMS IN THE STUDY OF HISTORICAL AND SPIRITUAL VALUES Annotation. The article mainly discusses the first museums that appeared in our country and their tasks, the importance of the work being carried out to pass on museum objects to future generations, the attention paid to the development of museum work in our country during the years of independence, the division of existing museums in Uzbekistan into types depending on the type of activity, and the history of the establishment and activities of the Surkhandarya Museum of Local Lore. Keywords: Museum, exhibit, value, tradition, decree "On the fundamental improvement and perfection of museum activities", "Voice from the Museum", scientific research. ЗНАЧЕНИЕ МУЗЕЕВ В ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИЧЕСКИХ И ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ Аннотация. В статье рассматриваются, в основном, первые музеи, появившиеся на территории нашей Родины, и их задачи, значение проводимой работы по передаче музейных предметов будущим поколениям, внимание, уделяемое развитию музейного дела в нашей стране в годы независимости, разделение музеев на типы в зависимости от вида деятельности, история создания и деятельности Сурхандарьинского краеведческого музея. Ключевые слова: музей, экспонат, ценность, традиция, Указ «О коренном улучшении и совершенствовании деятельности музеев», «Эхо музея», научные исследования. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarimizni avaylab asrash, va uni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu borada ma’naviy qadriyatlarimizning asosi bo‘lgan ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni o‘rganish, xalqimizning dunyo tamaddunida tutgan o‘rniga xolisona baho berish, hamda o‘tmishdagi boy tariximizni o‘rganishda albatta muzeylarning o‘rni va ahamiyati juda muhim hisoblanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 267 Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, ayniqsa, "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi farmoni muzeyshunoslik sohasida burilish yasadi. Natijada muzeylar faoliyatini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar zamirida o‘tmish tariximiz, boy madaniy merosimizni o‘rganish shuningdek, ilmiy tadqiqotlar orqali xalqaro aloqalarni, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida ham muhim ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mamlakatimizdagi mavjud muzeylar xorijiy hamkor davlatlar bilan o‘zaro ko‘rgazmalar faoliyatini tashkil etish orqali mamlakatning boy tarixi, bugungi yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, muzeylarda saqlanayotgan noyob ashyolarni dunyo bo‘ylab targ‘ib etish kabi hamkorlik aloqalari yanada rivojlantirib borilmoqda. Muzeyshunoslik sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish borasida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli "Moziydan sado" ilmiy jurnalining nashr etilishi bu boradagi ilmiy tadqiqotlarda yanada muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida ko‘plab muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari viloyat markazlari va poytaxtimizda joylashgan. O‘zbekistonda mavjud muzeylar faoliyat turiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. Birinchi, turdagi muzeylarga ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar kiradi. Ushbu turdagi muzeylar bir vaqtning o‘zida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir sohaga ixtisoslashgan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradigan muzey laboratoriyalariga ega bo‘lgan maxsus muzeylar (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi. Shuningdek, uchinchi turdagi muzeylarga faqat o‘quv turidagi muzeylar kiradi. Bu turdagi muzeylarning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Shuningdek, mamlakatimizda ko‘plab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblari uy muzeylari mavjud. Bu muzeylar xalqimizning uzoq tarixidan xikoya qiluvchi, moziydan sado beruvchi ma’naviyat maskanlari bo‘lib, milliy mafkura va tafakkurni rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g‘urur va iftixorni yuksaltirishda ulug‘ qadamjolar bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda muzeyshunoslik sohasida zamonaviy ilmiy tasniflarga ko‘ra, muzey tur va sohalar bo‘yicha farqlanadi. Muzeyshunoslikni turlarga ajratishda ularning ijtimoiy vazifasiga ko‘proq e’tibor qaratilib, bunday muzeylarlarda ko‘proq, ilmiy tadqiqot-ma’rifiy masalalar muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, ba’zan ular xalq muzeyi, ommaviy muzeylar deb ham ataladi. Shuningdek, tadqiqot (ilmiy tadqiqot muassasalari qoshida o‘ziga xos labarotoriya vazifasini o‘tovchi) va o‘quv turidagi muzeylarga bo‘linadi. Sohalar bo‘yicha faoliyatiga qarab tarix, tabiatshunoslik, san’atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa sohalarga oid muzeylarga bo‘linadi. Bugungi kunda muzeylarning memorial muzeylar, hamda o‘lkashunoslik kabi turlari ham faoliyat olib bormoqda. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 268 Tarixiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, Turkiston o‘lkasida muzeyshunoslik ishlari XIX asrning 2 yarmida faol tarzda olib borilib 1876-yil (hozirgi O‘zbekiston tarixi muzeyi) dastlabki muzeylar tashkil etilgan. Shuningdek, bu davrda respublika hududida, 1896-yilda Samarqand xalq muzeyi (hozirgi A. Ikromov nomidagi O‘zbekiston xalqlari, madaniyati va san’ati tarixi muzeyi), 1899 -yilda Farg‘ona xalq muzeyi (hozirgi Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi) lari faoliyati ham dastlabki tarzda yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘zbekistonning janubiy o‘lkalarida XX asrning boshlarida muzey ishlarining tashkil etilishi albatta bu vohamizning o‘ziga xos boy o‘tmish tarixi qadimgi davrlarga borib taqalishi kabi omillar bilan bog‘liqdir. Aynan tarixiy ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, eng qadimgi shaharsozlik madaniyati (Sopollitepa, Jarqo‘ton) hamda davlatchilik tarixiga (Baqtriya) ega bo‘lgan vohamiz tarixi bugungi kunda dunyo olimlari tomomnidan katta qiziqishlar bilan o‘rganilib bormoqda. Tarixiy jarayonlarda o‘ziga xos madaniyatga ega Termiz tarixi azal-azaldan tarixchi va sayyohlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Shu tufayli ko‘plab tadqiqotchilar Termiz tarixiga doir topilmalardan iborat kolleksiyalarni yaratish ustida ishlarni amalga oshirishgan. Ammo bu kollleksiyalar aynan o‘lkamiz hududida emas, balki uzoq o‘lkalarda olib ketilgan va shu yerlarda turli ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. O‘lkamiz tarixi va madaniyatiga oid bo‘lgan eng ko‘p moddiy-ma’naviy boyliklarimiz uzoq davrlar mobaynida tashib olib ketilgan. Bunday noyob asori-atiqalarimiz nafaqat Surxondaryo vohasidan balki, mamlakatimizning yana ko‘plab shaharlaridan turli sabab bahonalar bilan olib chiqib ketilgan. Ammo XX asrning boshlariga kelib milliy respublikalar tashkil etilishi hamda madaniy muassasalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida aksariyat moddiy ma’naviy boyliklar hamda ma’naviy meroslar o‘lka hududlarida saqlab qolinishiga erishilgan. Bu borada albatta Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi vohamiz tarixiga oid ilmiy ma’naviy meroslarimizni saqlab qolishda muhim o‘rin tutgan. O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixiga haqida so‘z borar ekan, albatta bu hududdagi noyob tarixiy manbalar hamda ularning topilishi jarayonlari bilan bevosita bog‘liq ekanligi ko‘rishimiz mumkin. Rossiya imperiyasi tomonidan Termiz ishg‘ol etilgach, Amudaryo bo‘ylab Pattakesarda joylashgan chegara harbiy brigadasi qo‘shinlari tomonidan sim to‘siqlar Qarshi shahridan Termizgacha tortib chiqiladi. Ana shu jarayonda chegara hududlaridan (Qoratepa, Fayoztepa, Chingiztepa, Eski Termiz, Payg‘ambar oroli) ko‘plab noyob tarixiy buyumlar topilib, Termizdagi chegara brigadasiga qarashli zobitlar uyi binosining ikkita xonasida arxeologiya, numizmatika va etnografiyaga doir buyumlar to‘plana boshlaydi. Keyinchalik ushbu binoda to‘plangan ashyolar asosida yopiq muzey, 1917-yilga qadar faoliyat ko‘rsatadi. Vohaning ko‘plab, fidoiy insonlarining samarali mehnatlari tufayli, 1933-yil Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi faoliyatiga dastlabki tarzda tashkil etiladi. ga asos solingan edi. Ushbu muzeyning birinchi rahbari A.Parfyonov hisoblanib, muzey dastlab 7 bo‘limdan iborat holda faoliyat olib borgan. O‘lkashunoslik muzeyi uzoq davrdagi smarali faoliyati davomida voha tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, etnografiyasi va boshqa sohalariga oid boy ilmiy eksponatlarni to‘plash va uni namoyish etish borasida muhim ishlarni amalga oshirib, hozirgi kunda ushbu muzeyning eksponotlari soni 80 mingdan ortiqni tashkil etadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 269 Shuningdek, mustaqillik yillarida muzeyshunoslik sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilishi va bu sohani yangi bosqichlarga olib chiqish ishlari yanada rivojlantirilib, Termiz shahrining 2500 yillik yubeleyi munosabati bilan 2002-yil aprel oyida Termiz arxeologiya muzeyi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi tarixiy voqealardan biri bo‘ldi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash muhimki, boy tariximiz va ma’anaviy merosimizni ko‘z qorachig‘iy asrash, kelgusi avlodlarga yetkazishda muzeylarning o‘rni va ahamiyatini a’lohida hisoblanadi. Shu bois, boy ma’naviy qadriyatlarimizni har doim teran his qilgan holda muzeyshunoslik sohasini rivojlantirish bu tariximizni yanada chuqurroq bilish bilan bir qatorda davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlarni kelgusi avlodlarga meros sifatida yetkazishda muhim ma’naviy maskan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Botirov.I.T. Surxondaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyi tarixi.Fan.-Toshkent 2011. 2. Ibroximov.I. Muzeyning ekologiya darsxonasi./ Xalq so‘zi.2011-yil 24iyun.123-son. 3. Hakimov.A.O‘zbekiston badiiy hunarmandligi mustaqillik davrida. “Moziydan sado”, 2013.-3-son.(59). 4. Safarov Sh.Termiz va Termiziylar Termiz «Jayxun», 1993. 5. Termiz buyuk yo‘llar chorrahasidagi ko‘hna va yangi shahar. T., «Sharq», 2001. 6. Tursunov S.N., Qobilov E.O va boshq. Surxondaryo tarix ko‘zgusida. T., «Sharq», 2001. 7. “Xalq so‘zi” gazetasi 1998-yil 23-yanvar №12-247. 8. Xolmuminov X.E. Tarixiy o‘lkashunoslik. O‘quv qo‘llanma. T: “Tafakkur” nashriyoti, 2021. 9. Xolmirzaev A. Surxondaryoning tabarruk ziyoratgohlari. – T.: “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at” nashriyoti, 2001 10. Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722. 11. Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344. 12. To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.