scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ABU RAYHON BERUNIY – O'RTA ASR SHARQINING BUYUK OLIMI

Eshmoʻminov Ozodbek Ziyodulla oʻgʻli

Abstract

Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning hayoti, ilmiy faoliyati, asarlari, ilmiy-metodologik qarashlari hamda uning bugungi kunda O‘zbekiston ilm-fani rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada Beruniy ilmiy merosining qadri, uning tabiiy fanlar, matematika, astronomiya va falsafadagi yondashuvlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 270 ABU RAYHON BERUNIY – O‘RTA ASR SHARQINING BUYUK OLIMI Eshmoʻminov Ozodbek Ziyodulla oʻgʻli Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti “Jahon tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17382070 Annotatsiya. Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning hayoti, ilmiy faoliyati, asarlari, ilmiy-metodologik qarashlari hamda uning bugungi kunda O‘zbekiston ilmfani rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada Beruniy ilmiy merosining qadri, uning tabiiy fanlar, matematika, astronomiya va falsafadagi yondashuvlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Kalit so‘zlar: Abu Rayhon Beruniy, ilm-fan, Sharq uyg‘onish davri, falsafa, astronomiya, matematika, tarixshunoslik. ABU RAYHAN BERUNI - A GREAT SCIENTIST OF THE MIDDLE EAST Annotation. This article analyzes the life, scientific activities, works, scientific and methodological views of the great scholar Abu Rayhan Beruni, as well as his role in the development of science in Uzbekistan today. The article highlights the value of Beruni's scientific heritage, his approaches to natural sciences, mathematics, astronomy, and philosophy on a scientific and theoretical basis. Keywords: Abu Rayhan Beruni, science, Eastern Renaissance, philosophy, astronomy, mathematics, historiography. АБУ РАЙХАН БЕРУНИ — ВЫДАЮЩИЙСЯ УЧЁНЫЙ БЛИЖНЕГО ВОСТОКА Аннотация. В статье анализируются жизнь, научная деятельность, труды, научные и методологические взгляды великого учёного Абу Райхана Беруни, а также его роль в развитии науки современного Узбекистана. В статье освещается ценность научного наследия Беруни, его подходы к естественным наукам, математике, астрономии и философии на научно-теоретической основе. Ключевые слова: Абу Райхан Беруни, наука, Восточное Возрождение, философия, астрономия, математика, историография. O‘rta asr Sharq sivilizatsiyasi dunyo ilm-fani tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Bu davrda yashab ijod qilgan buyuk allomalar orasida Abu Rayhon Beruniy nomi alohida ajralib turadi. U nafaqat o‘z davrining eng yirik olimi, balki ko‘p fan sohalariga beqiyos hissa qo‘shgan ensiklopedik shaxs sifatida e’tirof etiladi. Beruniy asarlari bugungi kunda ham ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973-yil 9-sentyabrda Xorazmning qadimiy Kot shahrida tavallud topgan. Uning nasabidagi “berun” so‘zi arabcha “tashqi shahar” degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun “Beruniy” nisbasi “tashqi shaharda yashovchi kishi” degan ma’noda ishlatiladi. Beruniy yoshligidan ilm-fanga kuchli qiziqish bilan yondashgan. U dastlabki ta’limni o‘z yurti Xorazmda olgan va mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo‘lida tahsil ko‘rgan. Bu olim Afrig‘iy xorazmshohlar sulolasiga mansub Iroqiylar oilasining vakili bo‘lib, o‘rta asr musulmon Sharqining buyuk allomalaridan biri hisoblanadi. Xorazmda tug‘ilgan, Kot, Gurganj va G‘aznada ishlagan. Ibn Iroqning 30 ga yaqin asarlari ma’lum. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 271 Ular sferik astronomiya va geometriyaga bag‘ishlangan. U o‘zining 12 ta ilmiy risolasini shogirdi Beruniyga bag‘ishlagan. Beruniy esa keyinchalik ustozining nomini doimo chuqur hurmat bilan tilga olib, o‘z asarlarida ehtirom bilan eslab o‘tgan. Beruniy o‘z davrining deyarli barcha fanlari bilan shug‘ullangan. U, eng avvalo, astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, ilohiyot, tarix, ma’danshunoslik va falsafa fanlarida chuqur tadqiqotlar olib borgan. Sharqning boy ilmiy-madaniy merosini puxta o‘rganish bilan birga, yunon ilm-fani bilan ham tanishgan va bu bilimlarni sintez qilgan holda yangi ilmiy yondashuvlar yaratgan. Abu Rayhon Beruniy nafaqat olim, balki shoir va adabiyotshunos ham bo‘lgan. U o‘z ona tilidan tashqari arab, fors, sug‘diy, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal o‘zlashtirgan. Keyinchalik, Hindistonda yashagan davrida sanskrit tilini ham o‘rgangan va bu til orqali hind xalqlarining ilm-fani, falsafasi hamda madaniyatini chuqur o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Beruniy o‘z ilmiy faoliyatini 990-yildan boshlab faol olib borgan. Xorazmda yashagan yillarida, xususan Kot shahrida, u muhim astronomik kuzatuvlar o‘tkazgan. Bu kuzatuvlar uchun Beruniy o‘zi maxsus astronomik asboblar ixtiro qilgan bo‘lib, ularning yordamida turli yulduzlarning koordinatalari, Quyosh va Oy harakatlari, Yerning radiusi kabi murakkab masalalarni aniqlashga harakat qilgan. X asr oxiri – XI asr boshlarida mamlakatda taxt uchun kechgan siyosiy kurashlar Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Qoraxoniylar sulolasining Somoniylarga qarshi yurishlari natijasida Xorazmda siyosiy beqarorlik yuzaga keldi. Kot shahri Urganch amiri Ma’mun I tomonidan bosib olingach, Beruniy hayoti xavf ostida qolib, 22 yoshida vatanini tark etishga majbur bo‘ldi. U dastlab Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) bordi va u yerda og‘ir moddiy sharoitda yashadi. Keyinchalik, 998-yildan boshlab Jurjon shahrida faoliyat olib bordi. Shu yerda u ikkinchi ustozi — tabib, astronom va faylasuf Ali ibn Saxl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan saboq oldi. Beruniy o‘zining mashhur “Al-osor al-boqiya ‘an al-qurun al-xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjon shahrida muhojirlik davrida yozishni boshlagan va 1000-yilda yakunlagan. Ushbu asar turli xalqlarning taqvimi, tarixiy sanalari, madaniyati hamda ilmiy merosini qiyosiy tahlil asosida o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘z davri uchun noyob ilmiy tadqiqot hisoblanadi. 1005-yilda Beruniy Xorazmga qaytib, Ali Abbos Ma’mun II saroyiga yaqinlashtiriladi. Urganchda tashkil topgan mashhur “Ma’mun akademiyasi”da u yetakchi olim sifatida faoliyat yuritgan. Bu davrda Beruniy bilan bir qatorda Ibn Sino, Ahmad ibn Muhammad as-Saraxsiy kabi yirik allomalar ham ilmiy izlanishlar olib borganlar. Beruniy va Ibn Sino o‘rtasidagi yozishmalar (bugungi kunda 18 tasi saqlanib qolgan) ularning ilmiy tafakkuridagi yuksaklikni, ayniqsa fizika, tabiiy falsafa va optika sohalaridagi ilg‘or qarashlarni ko‘rsatadi. 1017-yilda Xorazm Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olinadi. Natijada Beruniy boshqa olimlar bilan birga G‘azna shahriga olib ketiladi. Bu davr uning ijodida eng sermahsul bosqich bo‘ldi. Beruniy bu davrda bir qator muhim ilmiy asarlarni yaratdi. Ulardan: ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 272 “Xorazmning mashhur kishilari” – o‘z vatandosh olimlar va arboblar haqida biografik ma’lumotlar to‘plami; “Tahdid nihoyot al-amokin li tas’hih masofot al-masokin” (“Turar joylar orasidagi masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash”) – 1025-yilda yozilgan geodezik tadqiqot; “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar” – 1029-yilda yozilgan astronomiyaga oid asar; “Tahqiq ma li-l-Hind” (“Hindiston”) – 1030-yilda yozilgan, hind xalqi dini, falsafasi, geografiyasi va madaniy hayotini ilmiy tahlil qiluvchi yirik asar. Beruniy Mahmud G‘aznaviyning Hindistonga yurishlarida hamroh bo‘lib, sanskrit tilini mukammal o‘rgangan va hind olimlari bilan ilmiy muloqotlar olib borgan. Shu tajriba natijasida yaratilgan “Hindiston” asari Sharq va G‘arb olimlari tomonidan eng mukammal etnografik tadqiqot sifatida e’tirof etilgan. Uning keyingi yirik asarlari orasida “Al-Qonun al-Mas’udiy” (“Mas’ud qonuni”) – astronomiyaga oid mukammal ilmiy qo‘llanma, “Kitob al-jamohir fi ma’rifat al-javohir” (“Qimmatbaho toshlarni bilish haqida ma’lumotlar to‘plami”) – mineralogiya sohasidagi asar, hamda “Saydana” (“Dorivor o‘simliklar haqida kitob”) kabi risolalar ham alohida o‘rin tutadi. Beruniy hayoti davomida 150 ga yaqin asarlar yozgan bo‘lib, shundan 30 ga yaqini bizgacha yetib kelgan hisoblanadi. Ayrim manbalarda asarlari soni 200 dan ziyot ekanligi takidlanadi. Beruniy umrining so‘nggi yillarini G‘aznada o‘tkazgan va shu yerda 1048-yil 13dekabrda vafot etgan. Uning ilmiy merosi bugungi kunda ham jahon ilm-fanining bebaho boyligidir. Abu Rayhon Beruniyning boy ilmiy merosi nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo miqyosida chuqur o‘rganilmoqda. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors va turk tillariga tarjima qilingan. Beruniy hayoti va ijodi ko‘plab yozuvchi hamda san’atkorlarning e’tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Beruniy ijodi haqida jahonning mashhur kishilar tomonidan yuksak baho berilgan. "Beruniy... qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko'ra, qiziqmagan sohalarini sanab chiqish osonroq". Akademik I.Yu.Krachkovskiy. Beruniy - IX asrning Leonardo da-Vinchisidir. J.Sarton Beruniyni Leonardo da-Vinchi bilan taqqoslab, uni IX asr Leonardo da-Vinchisi deyishdi. Bu noto'g'ri qiyoslash. Axir Ptolomeyni "II asr Beruniysi" deyishmaydi-ku. Aslida Leonardo da-Vinchini "XVI asr Beruniysi" desak, mantiqli bo'lar edi. S. Tolstov. Beruniy siymosi O‘zbekiston madaniyatida ham yuksak ehtirom bilan tilga olinadi. “O‘zbekfilm” kinostudiyasi ijodkorlari tomonidan “Abu Rayhon Beruniy” nomli ikki qismli badiiy film (1974-yil) yaratilgan. Shuningdek, taniqli adib Uyg‘un 1973-yilda “Abu Rayhon Beruniy” nomli pyesasini yozgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida Beruniy nomi bilan ataluvchi ko‘plab joy va muassasalar mavjud. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi shahar va tuman, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, shuningdek Toshkent metropolitenining “Beruniy” bekati buyuk alloma nomi bilan ataladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 273 Bundan tashqari, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Beruniy nomidagi ko‘chalar, maydonlar, maktablar va turli madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyat yuritadi. Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligi 2022-2023 yillarda YUNESKO shafeligida keng nishonlandi. Bu esa Beruniy merosining nafaqat ilmiy, balki ma’naviy qadriyat sifatida ham xalqimiz hayotida mustahkam o‘rin egallaganini ko‘rsatadi. Shuni alohida takidlash kerakki, Abu Rayhon Beruniy o‘z davrining eng buyuk ensiklopedik olimi bo‘lib, uning ilmiy merosi hozirgi zamon fani uchun ham bebaho ahamiyat kasb etadi. Beruniyning ilmiy metodologiyasi, tajribaviy yondashuvi, falsafiy qarashlari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. U insoniyat tafakkurining yuksalishida o‘chmas iz qoldirgan allomalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xolmuradov, R., Rahmatov, M. Z., Zaripov, B. Z., Abdullayev, B. I., Abdullayev, I. I., & Saparov, Q. A. Birinchi Renessans allomalari. Toshkent: Yangi Asr Avlodi, 2023. – 192 bet. 2. Abu Rayhon Beruniy. “Hindiston”. – Toshkent: Fan, 1963. 3. Abu Rayhon Beruniy. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”. – Toshkent: Fan, 1968. 4. H. Hasanov. “Abu Rayhon Beruniy hayoti va ilmiy merosi”. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. 5. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. – Toshkent, 2000. 6. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 7. Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722. 8. Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344. 9. To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.