scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA FANLARARO INTEGRATSIYA VA KREATIV FIKRLASH

Shomurodov Ulug'bek; G'afforova Shaxnoza

Full text

848 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA FANLARARO INTEGRATSIYA VA KREATIV FIKRLASH Shomurodov Ulug‘bek Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi G‘afforova Shaxnoza Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 5BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17382746 Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quv jarayonini fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish jarayoni, o‘qitishda fanlararo integratsiyani amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, ularda boradigan jarayonlar va o‘zgarishlarning mazmun mohiyatini anglash, mazkur o‘quv fanlari mazmunidagi umumiy va xususiy tushunchalarni yaxlit tasavvur qilish va amaliyotga taqbiq etish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyo qarashini shakllantirish masalalari bayon qilingan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, integratsiya, fanlararo aloqadorlik, ta’lim, maktab, dars, o‘quvchilar. Аннотация: В статье учебный процесс, основанный на интеграции предметов, особенности реализации межпредметной интеграции в обучении, понимание содержания процессов и происходящих в них изменений, общего и индивидуального содержания этих учебных предметов. содержание в целом. описываются проблемы наблюдения научной картины мира у студентов через ее воображение и применение на практике. Ключевые слова: вспомогательное образование, интеграция, межпредметность, образование, школа, урок, учащиеся. Annatation: In the article, the educational process based on the integration of subjects, the specific features of the implementation of interdisciplinary integration in teaching, the understanding of the content of the processes and changes that occour in them, the general and individual content of these educational subjects. contents as a whole. the problems of observing the scientific world view of the students through imagining and applying it to practice are described. Key words: auxiliary education, integration, interdisciplinarity, education, school, lesson, students. Hozirgi kunda ta’lim sohasida juda ko‘plab o‘zgarishlar va innovatsiyalar kiritilmoqda. Bu o‘z o‘zida ta’lim sohasini rivojlantirishning asosiy sababi hisoblanadi. Shunday yangiliklardan biri bu fanlararo integratsiyalashdir. So‘nggi paytlarda boshlang‘ich maktab ta’limda fanlararo yondashuv asosiy e’tiborga sazovor bo‘ldi. Jacobs. H. fanlararo ta’limni “markaziy mavzuni, masalani, muammoni, yoki tajribani o‘rganish uchun bir nechta fanlardan metodologiya va tilni ongli ravishda qo‘llaydigan bilim nuqtai nazari va o‘quv dasturi yondashuvi” deb ta’riflaydi. Fanlararo integratsiyada, doimiy o‘rganishni davom ettirish uchun o‘qituvchilar mavzular, mazmun va faoliyatini bo‘glash uchun ikki yoki undan ortiq fanlarni birlashtiradi. Boshlang‘ich ta’limda fanlarni o‘zaro bir biriga bog‘lashda asosiy maqsad o‘quvchilarning qiziqishini va dars samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”,-degan fikri muhim 849 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ahamiyat kasb etadi. Maktablarda darslarni bir biri bilan aloqadorlikda tashkil etish bu hozirgi zamon talabi hisoblandi, bu o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi, mantiqiy fikrlash qobiliyatini va amaliy bilimlarini ham rivojlantiradi. L.N. Baxareva o‘zining "Boshlang‘ich maktab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘lkashunoslik asosida integratsiyalash» maqolasida «Integratsiya -differensiya jarayonlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib. Yangi, butun, yaxlit bilimlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir» -deb ta’kidlaydi. «Intergratsiya» so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, bog‘lash «integer» butun so‘zidan kelib chiqqan. Integratsiyalashgan darslar –interaktiv ta’lim tizimi bo‘lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o‘rganadi. Ko‘rgazmali ta’lim tizimi turli xildagi turlar, shakllar, usullar, obyektlar asosida qurilgan. Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang‘ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur qilish, misollarini qo‘yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatini bildirishni shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o‘quvchisi predmet yoki voqea-hodisalarni bir necha tomondan ko‘rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy-ommabop maqolalar, biolog, so‘z ustasi, rassom, musiqachi nuqtayi nazaridan va boshqalar.Boshlang‘ich ta’limda bir nechta fanlardan bitta o‘qituvchi dars o‘tadi va bu o‘z o‘zida bu o‘qituvchi o‘zining fanlarini albatta bog‘lab o‘tadi. Boshlang‘ich ta’limda ona tili, matematika, texnologiya, tabiiy fan, ingliz tili va o‘qish fanlari bilan integratsiyalash mumkin. Masalan matematika fanini oladigan bo‘lsak, bu fanni o‘qish, ingliz tili, tasviriy san’at va texnologiya fani bilan bog‘lash mumkin. Tartib raqamlarini o‘quvchilarga ketma-ket shaklda o‘qitishi yoki ingliz tilida sonlarni aytirishi. Bundan tashqari geometrik shakllarni chizishlari, turli rangli qog‘ozlardan foydalanib ularni qirqib yopishtirishi mumkin. Boshlang‘ich ta’limda integratsiya imkonlari chegaralangan. Bolalar boshlang‘ich ta’limda juda ko‘p hodisa, tushuncha, fanlar bilan tanishishadi, lekin ular to‘g‘risida elementar tushuncha olishadi. Keyingi yillarda mavjud bilimlarini to‘ldirib va kengaytirib borishadi. Shuning uchun o‘qituvchi bir xillikdan qochishi va rang -barang shakl va usullarda dars o‘tishi talab etiladi.O‘qituvchi integratsiyalashgan darsda quyidagilarni e’tiborga olishi kerak: darsning maqsadini, yangi ma’lumot manbalarini, har xil fanlarning ma’lumotlarini birlashtirish, bilimlarning funksional yo‘nalishini, fan mazmunini qayta ishlash, eski shakllarni buzish, tizimda alohida bo‘lgan elementlar orasida aloqalar yaratish. Fanlararo integratsiyaning yana bir muhim maqsadidan biri, o‘zi ishlayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog‘liqlik ta’minlashdan iborat. Integratsiyalashgan darslar o‘quvchilarning charchog‘ini va zerikib qolishini oldini oladi, ya’ni o‘quvchilarni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazadi. Bundan tashqari o‘quvchilarni ziyraklikni, hushyorlikka, intiluvchanlikka o‘rgatib boradi. O‘qituvchi boshlang‘ich ta’limda integratiyalashda turli xil ko‘rgazmalardan, videorolik va tarqatmali materiallardan foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda boshlang‘ich maktab ta’limini integratsiya qilish haqida ko‘p gapirilmoqda. Bu tushuncha kichik maktab o‘quvchisi atrofidagi olamni bir butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rustili, musiqa va boshqa o‘quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turlitumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog‘liqligini ko‘rishga o‘rgatish kerakligini o‘qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan, ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob beradimi, uni qanday tashkil 850 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz etish kerak kabi savollar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlash ko‘nikma va malakasini rivojlantirishda o‘quv jarayonida fanlararo integratsiya mexanizmidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv jarayonida hosil qilingan tasavvur va bilimlarni umumlashtirgan holda o‘quvchilarda aniq fanlar turkumdagi o‘quv jarayonida fanlararo integratsiya asosida muayyan bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi va quyidagicha xulosalash mumkin. 1. O‘quv jarayonida fanlararo integratsiya va kreativ fikrlash hodisasi pedagogik-didaktik, serqirra va murakkab jarayon. 2. Fanlararo integratsiyaning falsafiy asosi, fanlar va ilmiy tushunchalarning o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishi taniqli olimlar tomonidan ochib berilgan. Ular o‘quv jarayonida fanlararo integratsiya qonuniyatlari metodologik-didaktik tamoyillar asosida etakchi didaktik hodisa ekanligini ta’kidlab o‘tiladi. 3. Fanlararo integratsiya-ta’lim jarayoni va uning barcha o‘qitish shakllarida didaktik shart-sharoitlarni takomillashtiruvchi hodisa. 4. O‘quv jarayonida fanlararo integratsiyani ta’minlashda mazmunan birbiriga yaqin o‘quv fanlarining materiallari nihoyatda talabchanlik bilan muvofiqlashtiriladi. 5. O‘rganilayotgan materialning ilmiy va amaliy darajasini oshirishga harakat qilinadi. 6. O‘zaro aloqador bilimlar didaktik birlik sifatida yaxlitlashtiril adi. 7. O‘quvchilar ongida barqaror va tizimlashtirilgan bilimlarni singdirish yo‘llari ko‘rsatiladi. 8. Umumlashtirilgan bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vositalar belgilab beriladi.2 O‘quv jarayonida fanlararo integratsiya ta’lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘quv materiali mazmuni, o‘qitish metodlari va texnik vositalar ushbu jarayonga muvofiq holda tanlanadi. o‘quv fanlarini fanlararo integratsiya asosida o‘qitish shartlari quyidagilar: • turli o‘quv fanlarida ko‘rib chiqiladigan obyektlar o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rnatish; • turdosh fanlar orasidagi aloqadorlikni tashkil etish; • tadqiqot usullari va o‘quvchilarning amaliy faoliyatlari orasidagi aloqadorlikni yuzaga keltirish; • psixologik-pedagogik va falsafiy bilimlar hamda ta’lim-tarbiyaning metodik jihatlari, uslublari orasidagi aloqadorlikni tashkil etish. Xulosa qilib aytganda, ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang‘ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi yaxshi tasavvur asoslarini qo‘yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatlarini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o‘quvchisi predmet yoki voqelik hodisalarining bir necha tomondan ko'rish muhimdir. Boshlang‘ich maktablarda fanlararo aloqadorlikni tashkil etuvchi asosiy shaxs bu o‘qituvchi hisoblanadi. Chunki u o‘quvchilarga yozishni, o‘qishni, arifmetikani va har bir elementar tushunchalar haqida asosiy va boshlang‘ich tushunchani o‘rgatadi. Shu paytgacha asosan nazariy bilimlarga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endilikda fanlarni integratsiyalash orqali o‘quvchilarga ham nazariy, ham amaliy bilimlarni teng ravishda berib borishadi. References: 1. Abduraimov Sh.S. Kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlash sifatini ta'minlashda tarmoqlararo amaliy integratsiya. Monografiya. -Toshkent. Navro'z, 2014. - 120 b. 2. Берулава М.Н.Интеграция содержания образования М.Н.Берулава. - М.: Педагогика, Бийск: Науч.-изд. центр БиГПИ, 1993. С.-113-115. 851 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 3. Безрукова В.С. Теория педагогической интеграции как методологическое знание/ В.С.Безрукова// Интеграционные процессы в педагогической теории и практике: сборник науч. трудов/ Отв.ред. В.С.Безрукова. -Свердловск: СИПИ, 1991.- Вып. 2. - с.5-13. 4. Жукова Т.Н. Интеграционные тенденции в обучении грамоте// Начальная школа. - 2001. - № 9. - С. 37-40. 5. Yulbarsova Х.А. Integrativ yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilaning kommunikativ kompetentliligini shakllantirish texnologiyasi: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)., diss... avtoref.- Namangan, 2019. - 48 b.