MUAMMOLI TA'LIM-RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM TEXNOLOGIYASI
Full text
852 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz MUAMMOLI TA’LIM-RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM TEXNOLOGIYASI Samariddinova Sevara Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 5BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17382767 Annotatsiya: Ushbu maqolada muammoli ta’lim va rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining nazariy asoslari hamda ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Muammoli ta’lim o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qilsa, rivojlantiruvchi ta’lim shaxsning intellektual va ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, maqolada mazkur texnologiyalarning amaliy qo‘llanishi va samaradorligi tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: muammoli ta’lim, rivojlantiruvchi ta’lim, ta’lim texnologiyasi, muammoli vaziyat, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur, shaxs rivoji. Abstract: This article examines the theoretical foundations of problem-based learning and developmental learning technologies, as well as their role in the educational process. Problem-based learning develops students’ independent thinking, critical analysis, and creative skills, while developmental learning plays an essential role in shaping intellectual and social potential. The article also analyzes the practical application and effectiveness of these technologies. Keywords: problem-based learning, developmental learning, educational technology, problem situation, independent thinking, creative thinking, personal development. Аннотация: В данной статье рассмотрены теоретические основы проблемного и развивающего обучения, а также их значение в образовательном процессе. Проблемное обучение способствует формированию у учащихся самостоятельного мышления, критического подхода и творческих способностей, тогда как развивающее обучение играет важную роль в развитии интеллектуального и социального потенциала личности. Кроме того, в статье проанализированы практическое применение и эффективность данных технологий. Ключевые слова: проблемное обучение, развивающее обучение, образовательная технология, проблемная ситуация, самостоятельное мышление, творческое мышление, развитие личности. Bugungi kunda ta’lim tizimida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, mustaqil fikrlaydigan va ijodiy yondashuvga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim jarayonida an’anaviy yondashuvlardan ko‘ra zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, muammoli ta’lim va rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari ta’lim jarayonida samarali metodlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muammoli ta’limning asosiy mohiyati shundaki, unda o‘quvchi oldiga hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo qo‘yiladi va u mustaqil fikrlash, izlanish hamda mantiqiy xulosaga kelish orqali bilimni egallaydi. Bu jarayon o‘quvchini nafaqat bilim olishga, balki ilmiy izlanishga, muammoga tanqidiy qarashga, ijodiy faoliyatga undaydi. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi esa o‘quvchining intellektual, ruhiy, ma’naviy va ijtimoiy qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning bilish jarayonini faollashtirish, tafakkurni o‘stirish va mustaqil
853 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shunday qilib, muammoli ta’lim va rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari zamonaviy pedagogik jarayonning ajralmas qismi bo‘lib, ular o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga emas, balki bilimni mustaqil izlab topishga, uni hayotiy faoliyatda qo‘llashga o‘rgatadi. Shu sababli mazkur maqolada ushbu texnologiyalarning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanish yo‘llari va samaradorligi keng yoritiladi. Muammoli ta’lim pedagogikaning samarali yondashuvlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, solishtirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ushbu texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv jarayonida maxsus muammoli vaziyatlarni yaratishga asoslanadi. Muammoli vaziyat – bu o‘quvchining bilim doirasidan tashqaridagi savol yoki topshiriq bo‘lib, unga javob topish jarayonida o‘quvchi yangi bilimlarni egallaydi. Bu jarayon o‘quvchilarda izlanish faoliyatini kuchaytiradi, qiziqishni uyg‘otadi va bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosiy bosqichlari quydagicha hisoblanadi: Muammoli vaziyat yaratish – o‘quvchi oldiga javobi noma’lum bo‘lgan masala yoki savol qo‘yiladi. Muammoni anglash – o‘quvchi muammo mohiyatini tushunadi va uni hal qilish zarurligini sezadi. Muammoni yechish yo‘llarini izlash – o‘quvchilar mustaqil fikrlash, suhbat, izlanish, tajriba o‘tkazish orqali yechim topishga urinadi. Yechimni asoslash – topilgan javob ilmiy asosda tushuntiriladi va xulosalanadi. Shu o‘rinda muammoli ta’limning afzalliklari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak bu jarayon quyidagicha jihatlarda namoyon bo‘ladi: O‘quvchilarni faollikka undaydi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishga yordam beradi, tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantiradi. Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi shaxsning intellektual salohiyatini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Bu yondashuvda ta’limning asosiy maqsadi – o‘quvchini tayyor bilimlar bilan ta’minlash emas, balki ularni o‘zlashtirish jarayonida shaxsiy qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy prinsiplariga biz quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Faollik prinsipi – o‘quvchi ta’lim jarayonida faol ishtirokchi bo‘lishi kerak. Mustaqillik prinsipi – o‘quvchi bilimni o‘zi izlab topishi va unga mustaqil egalik qilishi zarur. Ijodkorlik prinsipi – har bir o‘quvchi ijodiy yondashuv asosida yangi g‘oyalar yaratishga undaladi. Shaxsga yo‘naltirilganlik – o‘quvchining qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlaridan kelib chiqib ta’limni tashkil etish. Shu o‘rinda rivojlantiruvchi ta’limning afzalliklari haqida so‘z yurutadigan bo‘lsak Afzalliklarini biz quydagi jihatlarda namoyon bo‘ladi deb ayta olamiz. Masalan: O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Muammoli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilishga o‘rgatadi. Shaxsning muloqot, hamkorlik va ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantiradi. O‘quvchilarning mustaqil izlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini oshiradi. Muammoli va rivojlantiruvchi ta’limning uzviy bog‘liqligi. Amaliyotda bu ikki texnologiya ko‘pincha o‘zaro uyg‘un holda qo‘llaniladi. Muammoli vaziyat yaratish orqali o‘quvchining qiziqishi va bilishga intilishi ortadi, rivojlantiruvchi ta’lim esa ushbu jarayonda shaxsiy qobiliyat va tafakkurni shakllantiradi. Demak, muammoli ta’lim bilim olish jarayonini faollashtirsa, rivojlantiruvchi ta’lim esa o‘quvchining shaxsiy rivojlanishini ta’minlaydi. Keling biz bazi amaliy misollarni keltirib o‘tamiz. Matematika darsida: “Agar uchburchakning ikki tomoni va ular orasidagi burchak ma’lum bo‘lsa, uchburchakni qanday yasash mumkin?” – bu muammoli vaziyat o‘quvchini izlanishga undaydi. Ona tili darsida: matnga muallif g‘oyasini aniqlash topshirig‘i – o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Tarix darsida: “Agar tarixiy shaxs boshqa qaror qabul qilganida tarix oqimi qanday bo‘lardi?” –
854 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz bu savol o‘quvchilarni ijodiy va tanqidiy fikrlashga yo‘naltiradi. Shunday qilib, muammoli ta’lim va rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini uyg‘un qo‘llash zamonaviy ta’lim jarayonida samaradorlikni oshiradi, o‘quvchini faqat bilim oluvchi emas, balki faol izlovchi, fikrlovchi va ijodkor shaxs sifatida shakllantiradi. Xulosa qilib aytganda, muammoli ta’lim va rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari zamonaviy pedagogik jarayonning eng muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Muammoli ta’lim o‘quvchilarni mustaqil izlanishga, tanqidiy va mantiqiy fikrlashga o‘rgatsa, rivojlantiruvchi ta’lim shaxsning intellektual, ijodiy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalar o‘zaro uyg‘un qo‘llanilganda, ta’lim jarayonida o‘quvchining faolligi ortadi, bilimlarni mustahkam egallash va hayotiy faoliyatda qo‘llash imkoniyati kengayadi. Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim metodlari qo‘llanilganda o‘quvchilar dars jarayonida faolroq qatnashadi, o‘z fikrini erkin bayon qiladi, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topishga intiladi. Natijada, ta’limning asosiy maqsadi – mustaqil fikrlaydigan, bilimli, ijodkor va mas’uliyatli shaxsni shakllantirishga erishiladi. Shu bois, kelgusida pedagogik faoliyatda ushbu texnologiyalarni keng joriy etish, ularni turli fanlar va ta’lim bosqichlarida qo‘llash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. References: 1. Ziyomuhamedov B., Toʻraqulov E. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2009. 2. Hasanboeva O., Yoʻldoshev J. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. 3. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2010. 4. Meliyeva, D. O. (2025). BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING MUSTAQIL ISHLASH KOʻNIKMALARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMI. Inter education & global study, (2), 320-328. 5. Мелиева, Д. (2024). Bоshlang ‘ich sinf о ‘quvchilarining mustaqil ishlash qоbiliyatini rivоjlantirishning davlat miqyоsidagi ahamiyati. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 1106-1108. 6. Dewey J. Democracy and Education. – New York: Macmillan, 1916. 7. Vygotsky L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Harvard University Press, 1978. 8. Bruner J. The Process of Education. – Harvard University Press, 1960. 9. Давыдов В.В. Проблемы развивающего обучения. – Москва: Педагогика, 1986. 10. Подласый И.П. Педагогика. Новый курс. – Москва: Владос, 2010.