BOSHLANG'ICH TA'LIM TIZIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Full text
922 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Abdimajidova Zulfiya Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 4BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17382975 Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kundagi ta’limda bo‘layotgan islohotlar va zamonaviy maktablarda rivojlanish jarayonlari, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, yutuq va kamchiliklari, afzalliklari, ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish lozimligi, “Milliy o‘quv dasturi” asosida tuzilgan yangi avlod darsliklarining amaldagi qiyosiy tahlili, kompetensiya, tinglab tushunish,o‘qib tushunish va yozma nutqning o‘quvchilarda qay tarzda rivojlanishi, ahamiyatliligi, rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi mohiyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, kompetensiya, tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qib tushunish, yozma nutq, zamonaviy ta’lim, xorijiy tajriba, darslik, dastur, milliy o‘quv dasturi. Davlatimiz rahbari “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan soha vakillariga yo‘llagan tabrik nutqida ta’kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Aynan, shuning uchun ham, prezident: “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi”,–deb ta’kidlaganlarida “Uchinchi Renessans poydevori”ni ta’lim islohotlarida ko‘rdi. Ta’lim jarayoni uzluksiz bo‘lib, uning shakllanishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan sifatli natijalarga olib keladigan islohotlarga bog‘liqdir. Ushbu maqolada biz asosan umumiy o‘rta ta’limning ilk bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich ta’lim haqidagi fikrlarga alohida e’tibor qaratamiz. Haqiqatan ham, ta’limga zamonaviy yondashuvlar ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil qilish va qo‘yilgan o‘quv dasturlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Bu borada Finlandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha dunyoda eng ilg‘orlardan biri. Ta’limni isloh qilish haqida fikr yuritar ekanmiz, ta’lim olishning asosiy vositasi bo‘lgan darsliklarni yangilamay turib, o‘quvchi va o‘qituvchi mustaqilligiga erishmasdan natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning:“Darsliklar masalasida ham ancha muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi. Ularning saviyasi haqida katta muhokamalar bo‘ldi. Finlandiya standarti bilan 14 -sinflar uchun darsliklar qiladigan bo‘ldik. Finlandiya xalq ta’limi Yevropa miqyosida, umuman, dunyoda raqobatbardosh hisoblanadi”, - degan fikrlari bu sohaga yuksak iqtidorga ega soha vakillarini jalb qilishni anglatadi. Barcha maktablarda “Milliy o‘quv dasturi”ni to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish amalga oshirildi. Boshlang‘ich maktab o‘quvchining umumiy ta’lim jarayonidagi eng muhim bosqichdir. To‘rt yil ichida u nafaqat fan fanlarining dasturiy materialini o‘zlashtirishi, balki qanday o‘rganishni – “professional talaba” bo‘lishni ham o‘rganishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mas’uliyati doimo eksklyuziv bo‘lgan. Boshlang‘ich maktabda olingan ta’lim keyingi ta’lim uchun asos, poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim boshlang‘ich
923 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz maktabning sifat jihatidan yangi shaxsga yo‘naltirilgan rivojlanish modelini belgilaydi, u quyidagi asosiy maqsadlarga erishish uchun mo‘ljallangan:o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, o‘qishga qiziqish, o‘rganishga intilish va qobiliyatni shakllantirish; ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiya; turli tadbirlarni amalga oshirishda bilim, ko‘nikma, tajriba tizimini o‘zlashtirish; bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolaning individualligini saqlash va qo‘llab-quvvatlash. Jahon ta’lim tizimini kuzatar ekanmiz, har bir rivojlangan davlatning boshlang ‘ich ta’limida alohida ustivorlikka ega jihatlar mavjud. Jumladan, Xitoyda 6 yoshga to‘lgan bolalar boshlang‘ich maktab yoki o‘rta maktabga kiradilar va u yerda 6 yil o‘qiydilar. Boshlang‘ich maktabda bolaning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Bolalar jismoniy tarbiya darslariga ko‘p vaqt ajratadilar, cholg‘u asboblarini chalishni o‘rganadilar, ingliz va rus tillaridagi bilimlarini oshiradilar. Darslar 7:00 da boshlanadi. Har kuni ertalab barcha o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan birgalikda jismoniy mashqlar qiladilar. Keyin soat 8.00 dan 12.00 gacha tabiiy va matematika fanlari o‘rganiladi. Soat 12.00 dan 13.00 gacha tushlik tanaffusi mavjud bo‘lib, unda bolalar maktabda uxlashlari mumkin, tushdan keyin esa gumanitar fanlar bo‘yicha yana uchta dars o‘tkaziladi. Keyin bolalar uy vazifalarini bajaradilar va faqat soat 16.00 da uyga qaytishlari mumkin. Turkiya boshlang‘ich ta’lim tizimida ekologiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2005-yilda joriy qilina boshlagan boshlang‘ich maktab o‘quv dasturida u yoki bu tarzda ekologik muammolarga ta’sir etuvchi mavzular “Hayot xavfsizligi (atrof-muhit)”, “Tabiiy fanlar va texnologiya” fanlari materiallariga kiritilgan. Ta’lim muassasasi qoidalariga ko‘ra, ushbu fanlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: o‘z-o‘zini bilish, tabiat va unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni tushunish qobiliyati, hayot sifatini yaxshilash yo‘llarini topish, tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish. Finlandiya 2014-yilda asosiy ta’lim bo‘yicha yangi milliy tayanch o‘quv dasturini ishlab chiqdi va u 2016-yil avgust oyidan boshlab Finlandiya maktablarida amaliyotga joriy qilina boshlandi. O‘quv dasturini isloh qilishdan maqsad o‘qituvchilar va pedagoglarga bolalar va yoshlarning hayotida zarur bo‘lgan narsalarni o‘rgatishda yordam berishdir. (Sahlberg 2015.) Finlandiya ta’limining oliy maqsadi farzandlarimizni hayotga tayyorlashdir. Biz farzandlarimiz kelajakda ularning hayotida yordam beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat va qadriyatlarni o‘rganishlarini xohlaymiz. Shuning uchun biz bugungi tez o‘zgaruvchan dunyoda ularga qanday muhim kompetensiyalar kerak bo‘lishi haqida o‘ylashimiz kerak. Boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi yaratilgan “Milliy o‘quv dasturi” asosida chiqarilgan darslikda o‘quvchilarning og‘zaki bilim ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratilgan.O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari o‘quv rejasidagi adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bolani qurshab olgan hayot, tabiatdagi o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim. O‘quvchini o‘qishga o‘rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko‘riladi. O‘qish darslari bolalarda go‘zallikka muhabbat uyg‘otadigan, poklik tuyg‘ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o‘tkirlashtiradigan, aqlni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o‘stiradigan musiqa va tasviriy san’at fanlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘qish, musiqa va tasviriy
924 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz san’at darslarini o‘zaro bog‘lab uyushtirish bolalarda san’at asarlarini to‘g‘ri tushunish va qadrlash ko‘nikmalarini o‘stiradi, o‘quvchining shaxs sifatida ma’naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi. References: 1. Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik nutqi. Toshkent, 2020 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 3. Ona tili fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari. Toshkent, 2021. 4. https://kun.uz/uz/news/2022/10/08/ 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.05.2022 yildagi PF-134-son 9. 6. Новые подходы к обучению в начальных классах в условиях обновления содержания образования (infourok.ru) 7. Моисеенко О.А., Краснополова А.С. К вопросу об учебной игре как интенсифицирующем средстве начального иноязычного образования // Современные проблемы науки и образования. – 2018. – №