BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN TO'G'I VA SAMARALI FOYDALANISH USULLARI
Full text
925 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN TO‘G‘I VA SAMARALI FOYDALANISH USULLARI Ergasheva Xuriniso Uzun tuman 27-maktab o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17382977 Abstract. In the primary education system, modern medicine helps to improve the educational process of students more effectively. Modern pedagogical methods and technology used in design education are comprehensively analyzed in three articles. Including personalized learning, integrated curriculum, project-based learning (PBL), computer technology and artificial intelligence in education. Software plays an important role in the development of the software, software deepening and independent thinking of students. The article presents the influence of modern colors on the quality of education and recommendations for their use. Keywords: primary education, modern approaches, personalized education, project based education, digital technologies, artificial intelligence, improving the quality of education, integrated education. Anotatsiya. Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlaro‘quvchilarning ta’lim olish jarayonini yanada samarali qilishga yordam beradi. Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalar keng tahlil qilinadi. Jumladan, shaxsiylashtirilgan ta’lim, integratsiyalashgan o‘quv dasturlari, loyiha asosidagi ta’lim (Project-Based Learning, PBL), raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni muhokama qilinadi. Ushbu yondashuvlar o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ularning bilim darajasini chuqurlashtirish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada zamonaviy yondashuvlarning ta’lim sifatiga ta’siri va ularni muvaffaqiyatli qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, zamonaviy yondashuvlar, shaxsiylashtirilgan ta’lim, loyiha asosidagi ta’lim, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, ta’lim sifatini oshirish, integratsiyalashgan ta’lim. Bugungi kunda texnik vositalarsiz zamonaviy darslarni tasavvur qilishimiz qiyin. Bular xoh kopyuter bo‘ladimi xoh boshqa texnik vosita bo‘ladimi, faqat va faqat ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki mustaqilikkacha bo‘lgan davrda texnik vositalarning ayrimlaridangina ta’lim jarayonida foydalanilgan. U ham bo‘lsa, ba’zi fanlarni o‘qitish, xususan laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanilgan. Mustaqillikdan keyin esa ta’limga bo‘lgan e’tibor butunlay o‘zgarganligi, jahon standartlari darajasiga ko‘tarilayotganligi bois texnik vositalarning zamonaviy turlaridan mamlakatimiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida keng foydalanilmoqda: kompyuter, internet vositalari, elektron doska, televizor, multimediya vosilari shular jumlasidandir. Aynan mana shu tipdagi vositalardan boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda, o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda, darslarda olgan bilimlarini sinab ko‘rishda samarali foydalanish mumkin. Jumladan, kompyuter vositasining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, uning quyidagi imkoniyatlari mavjudligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz: Prezentasiya – taqdimot etish – Mavjud predmetga oid materiallarni namoyish etish, o‘quvchilarning tasavvur olamini kengaytirish, ayrim tushunchalar haqidagi bilimlarini hosil qilishda keng foydalaniladigan tipdir. Prezentasiyani yaratish uchun ko'p
926 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz hollarda Pover Point dasturidan. Prezentasiya bu elektron o'quv diafilmi bo'lib, animasion, audio va videofragmentlar, interaktiv elementlaridan tashkil topganligi bilan o'quv diafilmlaridan farq qiladi. Kompyuterdan foydalanishning bu xili o'ziga xos qiziqarli bo'lib, o'qituvchilar, umuman kompyuterni erkin foydalanuvchilar ham uni o'zlari yaratish imkoniga egadirlar. Prezentasiyani boshlang'ich sinflarda o'qitish va uning samaradorligini oshiruvchi jonli tasvirda ifodalash uchun tayyorlash va undan foydalanish mumkin. Jumladan, mashg'ulotlarda ma'lumotlarni tasvir, so'zlarning harakati bilan birga uzatish hamda boshqa jarayonlarni animasiya orqali namoyish etish o’quvchilarning mavzuga qiziqishini orttirib, o'zlashtirishni osonlashtiradi. Movie Maker dasturida berilgan rasmli ma'lumotlar so'zlar, musiqa va video effektlar orqali berilishi o'quv jarayonini yanada rang-rang namoyish etilishini ta'minlaydi. Boshlang'ich sinf darslarini o'qitishda ko'pchilik mavzularni mana shu usuldan foydalanib muvaffaqiyatli olib borish mumkin. Mashg'ulotlardagi ma'lumotlar ko'rgazmalilik va ilmiylik slaydlar, ya'ni ayni mavzu uchun tanlangan tasvir va ma'lumotlar kadrlarda bir necha bo'laklarga bo'lib namoyish etish orqali amalga oshiriladi. Bu usul an'anaviy uslubdagi dars strukturasini o'zgartiradi; o'qituvchi vaqtini tejaydi, o’quvchining darsga e'tiborini kuchaytiradi; o’quvchilarning dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda mustaqil bilim olishiga imkon yaratadi. Dasturiy trenajyorlar. Ulardan o’quvchi o'zlashtirishga qiynalayotgan mavzular va atamalarни o'rganishda, dasturlar tuzishda foydalaniladi. Bunday dasturlar aniq va tabiiy fanlar uchun ayniqsa muhimdir. Ushbu dasturlar boshlang'ich sinflarda bir necha predmetlar uchun tuziladi. Masalan, matematikadan misollar echimini topish, tabiat darslarida hayvonot va o'simliklar olami bilan tanishtirish, O'qish darsida matn yuzasidan kelib chiqqan holda allomalar yoki tarixiy obidalar, shaharlarni o'rganish o'rganish uchun ishlab chiqiladi. Mashg'ulotlardagi dasturiy trenajerlar o’quvchi o'zlashtirishi murakkab bo'lgan mavzular uchun ishlab chiqiladi. Darslar albatta kompyuterlashgan tizim asosida tashkil etiladi. Ular berilishi zarur bo'lgan ma'lumotlar aniq va ravon tilda bayon etiladi. Dasturlarning ko'rgazmali bo'lishi, materiallarning rang-barangligi ularning sifatini ta'minlaydi. Dasturiy trenajerlarda mavzuni to'liq yoritish uchun materiallar to'planiladi. Maxsus reja asosida ssenariy tuzilib, kompyuterda slaydlar yaratiladi. Tayyorlangan slaydlar ham o’quvchilarga qiyinroq mavzularni o'zlashtirishga darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda ham shug'ullanishga anchagina qulaylik yaratadi. O'rgatuvchi – dasturiy trenajyorlar - didaktik vosita vazifasini bajaradi. Ular o'rgatish bilan birgalikda o'z-o'zini baholash va yo'l qo'yilgan xatoni anglashga o’quvchilarga yordamchi bo'lib xizmat qiladi. Bugungi kunda kompyuterlarni takomillashuvi bilan birga ularning imkoniyatlari ham ortib bormoqda. Bir vaqtlar faqat hisoblash, yozish va chizish amallarini bajargan bu yordamchi vositalar endilikda ta'lim tizimining eng zamonaviy vositasiga aylanmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. References: 1. Abduvaliyev, S. (2020). Integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalari va ularning samaradorligi. Toshkent: O‘zbekiston Pedagogika Universiteti. 2. Akhmedov, T., & Karimov, F. (2019). Markaziy Osiyo mamlakatlarida ta’limning zamonaviy tendensiyalari. Bishkek: Ilmiy nashr. 3. Askarova, L. (2018). Pedagogik innovatsiyalar va integratsiyalashgan ta’lim. Moskva: Prosveshcheniye.
927 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 4. Meliyeva, D. O. (2025). BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING MUSTAQIL ISHLASH KOʻNIKMALARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMI. Inter education & global study