ZAMONAVIY DARSLARNI TASHKIL ETISHDA O'QITUVCHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Full text
928 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz ZAMONAVIY DARSLARNI TASHKIL ETISHDA O’QITUVCHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Hamroyeva Nodira Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 4BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17383000 Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy tafakkurni rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslari va samarali metodlari tahlil etilgan. Yozma va og‘zaki ijodiy faoliyat turlari orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal etish qobiliyati, hamda yangi g‘oyalarni ishlab chiqish jarayonlari o‘rganilgan. Maqolada “fikrlash xaritalari”, “ijodiy laboratoriyalar” va “tadqiqotchilik burchaklari” texnologiyalarining amaliy natijalari keltirilgan. O‘qituvchining innovatsion yondashuvi, o‘quvchi motivatsiyasini oshirish usullari hamda ijodkorlikni baholash mezonlari haqida ilmiy xulosalar berilgan. O‘qituvchilik kasbi o‘ta mas’uliyatli kasb bo‘lib, u har bir pedagogdan ruhiy tetiklik va jismoniy sog‘lomlikni talab etadi. Shubhasiz o‘qituvchidan talab etiladigan bu ko‘rsatkichlar dars jarayonida namoyon bo‘ladi yoki muayyan psixologik shart-sharoitlar hamda omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Shunga ko‘ra pedagogik omillarni psixologik omillardan bo‘lakcha holda o‘rganish va tatbiq etish mutlaqo mumkin emas. Bizga ma’lumki, o‘qituvchi faoliyatida pedagogik va psixologik omillar bir-birini uyg‘un ravishda to‘ldirib, dinamik shakllanish xarakteriga ega bo‘ladi. Bizga ma’lumki, yosh va tajribasiz o‘qituvchi faolliyatida hududiy o‘ziga xoslik va tegishli shartsharoitlar hisobga olinishi kerak bo‘ladi. Ayniqsa, ularda dastlabki vaqtlarda begonalar, yoshi kattalar, tajribali o‘qituvchilar davrasida bir muncha tortinish, istihola qilish yoki shoshib qolish hollari tez-tez uchraydiki, bu jarayon darslarni tashkil etishda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Yosh o‘qituvchidagi bunday holat uning pedagogik mahorat qirralari va ijtimoiy tajriba yetishmasligi bilan izohlanadi. Bu har bir yosh o‘qituvchi faoliyatida uchraydigan tabiiy holat hisoblanadi. Ammo kasbni to‘g‘ri tanlagan va egallayotgan kasbiga nisbatan qiziqish hamda mas’uliyat hissi bilan qaraydigan yosh o‘qituvchining faolligi o‘quvchilar jamoasi bilan tez til topib keta olishi, bolalarning hurmat va ishonchini qozonishi, bilimdonligi, tashkilotchiligi hamda eng muhimi o‘quvchi va o‘qituvchilardan cho‘chimaydigan, tortinmaydigan, sinf o‘quvchilari faoliyatini o‘quv-metodik talablar darajasida tashkil eta oladigan bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Chunki mahalliy shart-sharoitdan kelib chiqib, har bir maktabning o‘ziga xos tomonlari, pedagogik jamoaning o‘z qadriyatlari bor mavjud bo‘ladi. Yosh o‘qituvchining yangi sharoitga ko‘nikishi, faoliyatga kirishib ketishi, uning qanday jamoaga qo‘shilib ketishiga ham bog‘liq. Biz buni ta`lim jarayonida ham kuzatib o‘qituvchi shaxsiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillarni quyidagichi izohladik: Navbatdagi eng muhim psixologik omil o‘qituvchining ruhiy va jismoniy sog‘lomligi deb ko‘rsatib o‘tgan edik. O‘qituvchi ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lmasa, o‘qituvchi bo‘lib ishlashga ham haqqi bo‘lmaydi. Ruhan sog‘lomlik juda ko‘plab psixologik omillar rivojiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘qituvchining ruhiy tetikligida rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning alohida o‘rni bor. O‘qituvchi mehnati adolatli ravishda va o‘z vaqtida rag‘batlantirib, qo‘llab-quvvatlanib borilsa, u o‘zida ruhan bardamlik, o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchni sezadi. Yangi kuch-quvvat bilan ishga kirishadi. O‘qituvchilik faoliyatida psixologik omillar bevosita shaxs temperamenti bilan chambarchas bog‘liq ekanligi tajriba-sinov jarayonida ma’lum bo‘ldi. Shundan kelib chiqib,
929 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz o‘qituvchilarning temperamenti bilan bog‘liq tomonlariga ham e’tibor qaratildi. Bu hol ularning qaysi temperamentga mansubligi bilan izchil bog‘liq ekanligini ham ko‘rsatdi. Bugungi kun o‘qituvchisi ijtimoiy faol bo‘lishi, jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘z shaxsiy munosabatini bildira olishi darkor. Buning uchun u ommaviy axborot vositalarida berib borilayotgan eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishi, o‘z navbatida ularda o‘zining chiqishlarida qatnashib borishi lozim. Ammo shu bilan birgalikda o‘qituvchining faolligiga salbiy ta’sir etuvchi psixologik omillarning tez-tez takrorlanib turishi o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishiga g‘ov bo‘lishi mumkinligi kuzatiladi. Bu boradagi xulosamiz shundan iboratki, o‘qituvchi vatanimiz kelajaki va buguni bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalaydi, shu sababdan u jismoniy va ruhiy tetik, bardam bo‘lishi kerak. References: 1. Chris Abbott ICT: Changing Education, London and New York, Routledge Falmer, 2001, 45p. 2. Попов А.М., В. Н. Сотников Информатика и математика. Учебник и практикум для прикладного бакалавриата. Из-во Юрайт, 2015 г. ISBN 978-5-9916-3338-3. 430стр. 3. Tosheva Nurzoda Toshtemirovna. Methods and techniques of developing cognitive activities of primary school pupils //ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal, 2020. № 10.(7.13.) Стр 80-87. https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/1537/943 4. N.T.Tosheva, M.H. Mustafoyeva Registration of age and individual characteristics in education as a pedagogical problem. European scholar journal ISSN(E): 2660-5562 Jurnal Impact Faktor: 7.235 Volume 2, Issue 4 Aprril 2021.– B.8590 https://scholar.google.com/citations?user=jJE1SeoAAAAJ&hl=ru&oi=ao 5. N.T.Tosheva, A.M.Ibodullayeva Pedagogical bases of training of qualified pedagogical staff. International Engineering Journal For Research & Development: Vol.