scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ARAB TILINI O'SMIR YOSHLARGA O'QITISHDAGI ZAMONAVIY METODLAR

Xidirova Movjuda Ziyoratullayevna

Abstract

Ushbu maqola arab tilining o‘smir yoshlarga o‘rgatilishi va uning ahamiyatini yoritadi. Arab tili, Islom olamidagi asosiy manba va madaniy meros sifatida, o‘smirlar uchun muhim bilim manbai hisoblanadi. Maqola chet tillarni o‘qitish metodologiyasini, jumladan, grammatikadan tortib kommunikativ yondashuvlargacha bo‘lgan turli metodlarni tahlil qiladi. O‘quvchilarning psixologik xususiyatlari inobatga olinib, interaktiv darslar, o‘yinlar va multimedia vositalaridan foydalanish natijasida samaradorlikni oshirish taklif etiladi. O‘quv jarayonida o‘yin metodlari va madaniy integratsiya orqali o‘smirlar nafaqat arab tilini o‘rganish, balki arab va o‘zbek xalqlarining madaniy yaqinligini his qilishlari mumkin.

Full text

2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 116 ARAB TILINI O‘SMIR YOSHLARGA O‘QITISHDAGI ZAMONAVIY METODLAR Xidirova Movjuda Ziyoratullayevna Yangi asr universiteti, 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17383129 Annotatsiya. Ushbu maqola arab tilining o‘smir yoshlarga o‘rgatilishi va uning ahamiyatini yoritadi. Arab tili, Islom olamidagi asosiy manba va madaniy meros sifatida, o‘smirlar uchun muhim bilim manbai hisoblanadi. Maqola chet tillarni o‘qitish metodologiyasini, jumladan, grammatikadan tortib kommunikativ yondashuvlargacha bo‘lgan turli metodlarni tahlil qiladi. O‘quvchilarning psixologik xususiyatlari inobatga olinib, interaktiv darslar, o‘yinlar va multimedia vositalaridan foydalanish natijasida samaradorlikni oshirish taklif etiladi. O‘quv jarayonida o‘yin metodlari va madaniy integratsiya orqali o‘smirlar nafaqat arab tilini o‘rganish, balki arab va o‘zbek xalqlarining madaniy yaqinligini his qilishlari mumkin. Kalit so‘zlar. O‘smirlar ,Chet tillarni o‘qitish,Metodologiya ,Interaktiv darslar,Kommunikativ yondashuv, O‘yin metodlari ,Madaniy integratsiya ,Psixologik xususiyatlar. Shu narsani ta’kidlash lozimki, arab tili islom olamidagi aksariyat manbalarning asosiy tili hamda ilmiy va madaniy merosning kaliti hisoblanadi. Shuning uchun o‘smir yoshlarga ushbu tilni o‘rgatish, ularning dunyoqarashini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi va u bir nechta metodlar asosida amalga oshiriladi. Tillar turlicha bo’ladi. Masalan: Ona tili va ikkinchi til hamda chet tili. Birinchi va ikkinchi tillar tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o‘rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o‟rganish va o‟rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o’z navbatida, tegishli chet til o’qitish texnologiyasini qo’llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o’zlashtirish orqali o’quvchi-talabaning to’plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o’rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi 1 . Akademik L.V.Shcherbaganing fikricha, har qanday fanni o‟qitish metodikasi fan bo‟lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi. Jumladan, chet til o‟qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi. Metod – metodika tushunchasi grek-lotincha “metodos-“metodus” so‟zidan olingan bo‘lib, ma’lum maqsadga eltuvchi yo’llar, usul ma’nosini anglatadi 2 . Tarixan metodlar to‟rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga “tarjima”, “tog‘ri”, “qiyosiy”, “aralash” deb atash qabul qilingan. Metodlar tarixi atoqli metodist prof. I.V.Raxmanov tomonidan chuqur o‟rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko‟rinishda bo’lib, grammatikatarjima va matn-tarjima metodlari nomi bilan yuritiladi. Grammatika-tarjima metodi nuqtayi nazaridan chet til umumta’limiy maqsadda o’rganilgan. Grammatik mashqlar til o’rganuvchining 1 Zayniddin Sanaqulov. Chet tillarini o’qitishdagi zamonaviy metodlar. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 2 O’zbek tilining izohli lug’ati. J. 1. - T. 2012. - B. 458. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 117 mantiqiy tafakkurini o’stirish maqsadida bajarilgan. Grammatik bilimlarni bayon etish ta`limning asosiy maqsadi deb qabul qilingan. Bu metodning asosiy prinsiplari quyidagilar: 1. Til o‘rganish yozma nutqqa asoslangan. 2. O‘rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo‟lgan. 3. Oldin, grammatik qoida yod olingan, so‟ng esa qoidalar asosida gaplar tuzish tavsiya qilingan. 4. Grammatik shakl va so‟zlarning ma’nosi so‘zma-so‘z tarjima vositasida ochib berilgan. 5. So‘zma-so‘z tarjima va quruq yodlash yo‘li bilan til materiali o‘zlashtirilgan. 6. So‘zlarni kontekstdan tashqarida, yakka yodlash bilan chegaralanilgan. Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko‟rinishlari tarixan ma‟lum. Ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va tog‘ri metodlar. Tabiiy metodda chet tilni o’rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo‟lishi kerak. Metodning bosh maqsadi chet tilida gapirishni o’rganish orqali o’qish va yozishni o’rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g‘oya amaliy maqsad tarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi-til muhitini yaratishdir 3 . Chet tili ta’limining asosiy yo‘nalishi 70-yillarda “kommunikativ metod” bir qator urinishlardan so‟ng bir necha bosqichda o’z isbotini topdi. Shunday asnoda metodika fani rivojlanib bordi. Demak, talaba hech qaysi chet tilini uning metodikasini chuqur o’rganmasdan egallay olmaydi. Chet til o‘qitish metodikasida “kommunikativ didaktika” metodi ham ahamiyatga molik sanaladi. Kommunikativ didaktika quyidagilarni o’zida mujassamlashtiradi. - Ochiq va moslashuvchan dars konsepsiyasi; - mavzu va mazmun muhim; - darsdagi asosiy ish shakli: suhbatlashish va guruh bo‟lib ishlash; - o‟quvchilarni faollashtirish va tildan ijodiy va erkin foydalanishga e’tibor katta bo’lishi zarur; - Tushunishdan fikrni izhor qilishga prinsipi asosida mashqqa kuchli e‟tibor berish; - Ma’noni ochishda, harakat ko’lamini belgilashda va mashqni tashkil qilishda vizualizatsiya (ko‟rish tayanchi) muhim ro’l o’ynaydi; - Kundalik nutqiy muloqotni hayotiy vaziyatda o’rganish (dialogni mashq qilish); - Tildan og‘zaki foydalanish va shu bilan birga asliy matnlarni tushunish muhim hisoblanadi. Kommunikativ didaktika tinglab tushunish materiali sifatida tabiiy nutqiy vaziyatdan foydalanishni birinchi o’ringa qo’ydi, ya’ni, transportdagi, e’lonlar, radio va televideniyedagi reklamalar, telefondagi suhbatlar va shu kabilarni misol keltirishiiz mumkin. Axborotni tinglab tushunish qabul qilish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlar o’zgardi. Tinglaganini hikoya qilish va nazorat qilish ham boshqacha tus oldi. Mazkur metod maqsaddan kelib chiqqan holda tinglovchiga tinlab tushunishning quyidagi turlarini ajratib berdi: 3 Zayniddin Sanaqulov. Chet tillarini o’qitishdagi zamonaviy metodlar. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 118 § Keng ma’noda matnning ba’zi bir detallariga ahamiyat bermay, uning asosiy mazmunini tushunish; § Aniq informatsiya muhim bo’lganda, masalan, ma’lum bir joy uchun ob-havoning zarurligi, poyezdning kelishi-ketishi tog‟risidagi e’lon va boshqalar shu metod jumlasidandir. Masalan, chet til o‘qitishning tarjima metodi, tog’ri metod, ongliqiyosiy metod, an’anaviy metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘smir yoshdagi o‘quvchilar o‘ziga xos psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun, ularga mo‘ljallangan metodlar samarali bo‘lishi zarur. Darslarni zerikarli ma’ruzalar shaklida emas, balki interaktiv usullar bilan o‘tkazish katta natija beradi. Masalan: 1. Interaktiv darslar – Multimedia vositalaridan foydalanib, videodarslar, animatsiyalar va o‘yinli mashg‘ulotlar tashkil etish. Bu usul o‘quvchilarni darsga qiziqtiradi va ularning tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. 2. Kommunikativ yondashuv – O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, ular o‘rtasida arab tilida suhbat mashqlarini o‘tkazish. Bu orqali ularda amaliy nutq ko‘nikmalari shakllanadi. 3. O‘yinlar orqali o‘rgatish – So‘z yodlash uchun viktorinalar, kartochkalar va interaktiv o‘yinlardan foydalanish. O‘smir yoshdagilar o‘yin orqali tezroq o‘rganadilar. 4. Madaniy-ma’naviy integratsiya – Arab mamlakatlarining madaniyati, urf-odatlari va adabiyotidan parchalar keltirish. Bu usul o‘quvchilarni tilni o‘rganishga ruhlantiradi. 5. Axborot texnologiyalaridan foydalanish – Mobil ilovalar, onlayn kurslar va audiodarsliklardan foydalanib, o‘smir yoshlarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. Shuningdek, arab tilini o‘rgatishda tinglash, talaffuz va yozma nutq ko‘nikmalarini uzviy ravishda uyg‘unlashtirish muhimdir. Tilni faqat grammatikaga asoslangan holda o‘qitish samarali emas. O‘quvchi nutqiy vaziyatlarda arab tilidan erkin foydalanishi kerak. Demak, o‘smir yoshdagi bolalar uchun arab tilini o‘rganishda eng samarali va esda ko‘p qoladigan metod – bu o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish hisoblanadi. Chunki psixologik xususiyatlarga mos uslubda o‘smirlar tez charchab qoladilar, o‘yin esa ularni qiziqtirib turadi. Faol ishtirokda ular faqat tinglovchi emas, balki bevosita ishtirokchi bo‘ladilar. Kuchli xotirada saqlanish – o‘yin orqali o‘rganilgan so‘z va jumlalar uzoqroq esda qoladi. Motivatsiya – rag‘batlantirish va musobaqalar o‘quvchilarni yanada faol qiladi. Xulosa o’rnida aytish mumki, o‘yin metodini boshqa usullar (kommunikativ suhbatlar, multimedia vositalari, madaniy parchalar) bilan uyg‘unlashtirish orqali eng samarali natijalarga erishish mumkin. O‘smir yoshlarga arab tilini o‘rgatishda o‘qituvchi o‘z metodikasini yoshlarning qiziqishi, psixologik xususiyatlari va zamonaviy talablarga moslashtirishi lozim. Innovatsion yondashuvlar orqali arab tilini o‘rganish jarayoni samarali va qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi. Shuningdek, o‘smir yoshlarni rag‘batlantirish va ularning til o‘rganishdagi muvaffaqiyatlarini qadrlash motivatsiyani yanada oshiradi. Arab tili orqali ular nafaqat til ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, balki o‘zbek va arab xalqlarining madaniy yaqinligini ham his etadilar. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 119 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdujabborov A. Arab tili. TIU. – T. 2011. – b. 3. 2. Al-Ayoubi M. Teaching Arabic as a Foreign Language, Cairo University Press, 2020. 3. Zayniddin Sanaqulov. Chet tillarini o’qitishdagi zamonaviy metodlar. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 4. Internet manbalari: www.arabiclanguage.net, www.qfi.org