BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MATN USTIDA ISHLASH KO'NIKMASINI STEAM YONDASHUVI ASOSIDA SHAKILLANTIRISH
Full text
1044 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MATN USTIDA ISHLASH KO‘NIKMASINI STEAM YONDASHUVI ASOSIDA SHAKILLANTIRISH Ahmadova Dilnoza Erkinovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi Tel:(-50) -099 -22-01 Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17383457 ANNOTATSIYA Annotatsiya: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matn ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni zamonaviy STEAM yondashuvi asosida tahlil etilgan. Maqolada o‘qish darslarini fanlararo integratsiya asosida tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. STEAM komponentlari – fan (science), texnologiya (technology), muhandislik (engineering), san’at (art) va matematika (mathematics) orqali matn ustida ishlash jarayonini boyitish, o‘quvchilarda tahliliy, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada dars jarayonida o‘quvchilarning matnni o‘qish, tahlil qilish, asosiy g‘oyani ajratish va uni amaliy faoliyat bilan bog‘lashga yo‘naltirilgan innovatsion usullar misollar bilan yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, ijodkorligi hamda mustaqil fikrlash salohiyatini oshiradi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, matn ustida ishlash, STEAM yondashuvi, o‘qish savodxonligi, fanlararo integratsiya, ijodiy fikrlash. Kirish. Hozirgi globallashuv davrida ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish va amaliy faoliyatga tayyorligini shakllantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari orqali o‘quvchilarning tafakkur doirasini kengaytirish, matnni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb masalaga aylangan. So‘nggi yillarda ta’limda qo‘llanilayotgan STEAM yondashuvi (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) o‘quv jarayonini fanlararo integratsiya asosida tashkil etish imkonini beradi. Bu yondashuv o‘quvchilarni nafaqat bilim oluvchilar, balki amaliyotchi, izlanuvchan va ijodkor shaxs sifatida shakllantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limda matn ustida ishlashni STEAM yondashuvi asosida tashkil etish orqali o‘quvchilar matnni chuqurroq anglaydi, asosiy g‘oyani aniqlay oladi, tahlil natijasida yangi g‘oyalar yaratadi hamda o‘qish jarayonini fanlararo bog‘liqlikda ko‘ra boshlaydi. Shu sababli, ushbu mavzuni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning maqsadi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matn ustida ishlash ko‘nikmalarini STEAM yondashuvi asosida shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish hamda samarali metodlarini ishlab chiqishdan iborat. 1. Matn ustida ishlashning nazariy asoslari Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish va tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish ularning keyingi bosqichlardagi o‘quv muvaffaqiyatining poydevorini yaratadi. Matn ustida ishlash o‘quvchilarning tahliliy fikrlashini rivojlantiruvchi, lug‘at boyligini oshiruvchi hamda mantiqiy tafakkurni shakllantiruvchi jarayon hisoblanadi. Pedagogik adabiyotlarda “matn ustida ishlash” tushunchasi o‘qilgan materialni tahlil qilish, mazmunini tushunish, asosiy g‘oyani aniqlash, qahramonlarga baho berish va xulosa
1045 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz chiqarish faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi matn ustida ishlash jarayonida nafaqat so‘zlarni o‘qiydi, balki ular ortidagi ma’no, g‘oya va hissiy holatni ham anglay boshlaydi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘qish fanini o‘qitishning zamonaviy metodlari ishlab chiqilmoqda. Ularning asosiy maqsadi o‘quvchini faqat tayyor bilim oluvchi emas, balki faol izlanadigan, savol beradigan, kuzatuvchan shaxs sifatida shakllantirishdir. Shu nuqtai nazardan, o‘qish darslarida matn ustida ishlashni faollashtirish, o‘quvchilarning fikrini mustaqil shakllantirishga qaratilgan yondashuvlar juda muhimdir. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ham o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shu sababli, matn ustida ishlash jarayonini innovatsion, integratsiyalashgan usullar asosida tashkil etish zamon talabi hisoblanadi. 2. STEAM yondashuvining mohiyati va ta’limdagi ahamiyati So‘nggi yillarda xalqaro ta’lim amaliyotida keng qo‘llanilayotgan STEAM yondashuvi (Science – fan, Technology – texnologiya, Engineering – muhandislik, Art – san’at, Mathematics – matematika) o‘quv jarayonini integratsiyalashgan holda tashkil etishga asoslanadi. Ushbu yondashuv o‘quvchilarda fanlararo bog‘liqlikni ko‘ra bilish, ijodiy va tanqidiy fikrlash, muammoni amaliy yo‘l bilan hal etish qobiliyatlarini shakllantiradi. STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quvchi markaziy o‘rinda turadi. O‘qituvchi esa yo‘naltiruvchi, maslahat beruvchi va nazorat qiluvchi rolni bajaradi. Bu yondashuv o‘quvchining o‘z tajribasiga asoslanib bilim hosil qilishiga, fanlararo aloqadorlikni tushunishiga va o‘qish jarayonini hayotiy tajriba bilan bog‘lashiga yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda STEAM yondashuvini qo‘llash o‘qish darslarini jonlantiradi. Masalan, o‘qilgan matn asosida tabiat hodisalarini ilmiy tushuntirish (Science), matndagi voqealarni texnologik vositalar bilan aks ettirish (Technology), qahramonlar uchun maket yoki loyiha yaratish (Engineering), matnni rasm yoki qo‘shiq orqali ifodalash (Art), hamda voqealar ketma-ketligini raqamlar yordamida tartiblash (Mathematics) orqali o‘quvchilarning ishtirokini faollashtirish mumkin. Natijada o‘quvchi matnni nafaqat o‘qiydi, balki uni tahlil qiladi, qayta ishlaydi va amaliy faoliyat orqali chuqur o‘zlashtiradi. Bu esa o‘qish savodxonligini oshirish bilan bir qatorda, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni ham rivojlantiradi. 3. STEAM asosida matn ustida ishlashning amaliy imkoniyatlari Matn ustida ishlashni STEAM yondashuvi asosida tashkil etish uchun o‘qituvchi dars jarayonini turli faoliyat turlariga bog‘lashi zarur. Quyidagi metodik usullar bu borada samarali natija beradi: 1. Fanlararo integratsiyalashgan darslar – o‘qish darslarini matematika, texnologiya, tabiatshunoslik yoki san’at fanlari bilan bog‘lab o‘tkazish. Masalan, “Zumrad va Qimmat” ertagini o‘qish jarayonida o‘rmonda yashovchi hayvonlar haqida ilmiy faktlarni o‘rganish yoki saroyning maketini yasash. 2. Loyiha usuli (Project method) – o‘quvchilar matn asosida kichik loyiha tayyorlaydilar (ertakdagi qahramonlar uchun turar joy, transport vositasi, yoki voqeani sahnalashtirish). 3. Texnologik vositalardan foydalanish – matn mazmunini animatsiya, video, slayd yoki raqamli viktorina orqali ifodalash. 4. Ijodiy yondashuvlar – matn asosida rasm chizish, qo‘shiq aytish, sahna ko‘rinishi yaratish kabi san’at faoliyatlari orqali tushunchani mustahkamlash.
1046 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Amaliy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘z fikrini erkin ifodalaydi, matnni tahlil qilishga qiziqish bildiradi, mustaqil ishlashga harakat qiladi. O‘qituvchi esa dars jarayonini boshqaruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi rolida bo‘ladi. Shunday qilib, STEAM yondashuvi orqali o‘qish darslarida matn ustida ishlash o‘quvchilarning bilimni amaliyot bilan bog‘lash, mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa zamonaviy ta’limning asosiy maqsadlariga to‘liq mos keladi. “Mehribon bola” (4-sinf o‘qish kitobidan) Matn mazmuni (qisqacha) Matnda bir bola yo‘lda yiqilib tushgan qushchani ko‘radi va uni uyiga olib borib, parvarish qiladi. Unga g‘amxo‘rlik qilgani uchun qushcha sog‘ayadi. Bu voqea bola qalbida mehr, rahmshafqat va tabiatga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi. 1 Matn ustida ishlashni STEAM yondashuvi asosida tashkil etish STEAM elementi Amalga oshiriladigan faoliyat Maqsad S – Science (Fan) Qushlarning hayoti, oziqlanishi, parvarishi haqida suhbat. Qushlarning inson hayotidagi ahamiyati haqida qisqa ilmiy ma’lumot berish. O‘quvchilarda tabiatga mehr va ekologik ongni shakllantirish. T – Technology (Texnologiya) “Qushlar haqida” PowerPoint taqdimoti yoki onlayn rasmli slayd tayyorlash. Axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish. E – Engineering (Muhandislik) O‘quvchilar kichik guruhlarda “Qushlar uyasi” maketini karton, plastilin yoki yog‘ochdan yasaydilar. Loyihaviy faoliyatni rivojlantirish, jamoada ishlashga o‘rgatish. A – Art (San’at) “Men mehribon bolaman” mavzusida rasm chizish yoki ertakdagi sahnani sahnalashtirish. Ijodkorlik va estetik didni rivojlantirish. M – Math (Matematika) Qush uyasidagi tuxumlar sonini, oziq miqdorini hisoblash bilan bog‘liq masalalar tuzish. Mantiqiy va miqdoriy fikrlashni mustahkamlash. Biz matn ustida ishlash ko‘nikmasini STEAMasosida ko‘rib chiqdik.Keyingi navbat matn ustida ishlash bosqichlariga bo‘lib chiqamiz. 1. Tayyorgarlik bosqichi – o‘qituvchi “siz qushlarni yoqtirasizmi?”, “uyda hayvon parvarish qilganmisiz?” kabi suhbat orqali mavzuga kirishadi. 2. O‘qish bosqichi – matn o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan ifodali o‘qiladi. 3. Tahlil bosqichi – o‘quvchilar matndan asosiy fikrlarni ajratadi, qahramon xattiharakatini baholaydi, “siz o‘sha bolani o‘rnida bo‘lsangiz nima qilardingiz?” degan savollarga javob beradi. 1 4-sinf “O‘qish kitobi” (Mualliflar: S. Matchonov, N. Karimova, T. Ashurova va boshqalar)
1047 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 4. Ijodiy faoliyat bosqichi – STEAM elementlari asosida yuqoridagi jadvaldagi topshiriqlar bajariladi. 5. Refleksiya bosqichi – o‘quvchilar o‘z ishlari haqida fikr bildiradi, xulosa chiqaradi. Bundan kutilgan natijalar: 1.O‘quvchilar matn mazmunini chuqur tushunadi; 2.Tabiatga nisbatan mehr va mas’uliyat hissi shakllanadi; 3.Axborot texnologiyalaridan foydalana oladi; 4.Ijodkorlik, mantiqiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi Matn ustida ishlash bo‘yicha olimlar fikrlari S. Matchonov (pedagogika fanlari doktori): “Matn ustida ishlash o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, tafakkurini kengaytirish, shaxsiy fikrini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu jarayon har bir o‘quvchining mustaqil fikr bildirish malakasini oshiradi.”2 N. Karimova: “Matnni o‘qish jarayoni shunchaki tovushlarni talaffuz qilish emas, balki mazmunni idrok etish, tahlil qilish va o‘z fikrini ifodalash faoliyatidir.” • A. Abdullayeva (O‘zbekiston): “Matn ustida ishlashning samaradorligi o‘quvchining faol ishtirokiga, savol-javoblar, munozaralar va ijodiy topshiriqlar orqali faollashtirilishiga bog‘liq.” • L.S. Vygotskiy (rus psixologi): “Bola bilimni tayyor holatda emas, balki o‘z faoliyati jarayonida o‘zlashtiradi. O‘qituvchi bu jarayonda yo‘naltiruvchi va yordamchi rolni bajaradi.” (Bu fikr konstruktivistik yondashuvning asosiy tamoyiliga mos keladi.) • J. Piaget (shveysariyalik olim): “Bola o‘rganish jarayonida faol ishtirok etishi zarur. U yangi bilimni o‘z tajribasi asosida quradi.” 2. STEAM yondashuvi bo‘yicha olimlar fikrlari • Yakman Georgette (AQSH, 2008) – STEAM konsepsiyasining asoschilaridan biri: “STEAM — bu ta’lim jarayonida fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani bir butun tizim sifatida o‘qitish orqali o‘quvchilarda real hayot muammolarini hal qilish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi yondashuvdir.” • Beers, S. (2011): “STEAM yondashuvi o‘quvchilarga nafaqat bilim beradi, balki ularni o‘ylash, tahlil qilish va yangi g‘oyalar yaratishga o‘rgatadi.” • A. P. Dusi (ta’lim innovatsiyalari bo‘yicha tadqiqotchi): “STEAM ta’limi o‘quvchilarni muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishga, ilmiy fikrlash va ijodiy yechim topishga o‘rgatadi.” • E. W. Eisner (Art Education nazariyotchisi): “San’at (Art) komponenti STEAM yondashuvida markaziy o‘rinni egallaydi, chunki u o‘quvchining his-tuyg‘ulari, estetik didi va ijodkorligini uyg‘otadi.” Xulosa va takliflar. Nazariy tahlillarni o‘rganib quyidagi xulosani keltirish mumkin: Matn ustida ishlash jarayonini STEAM yondashuvi asosida tashkil etish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini oshirish, tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish, fanlararo integratsiyani mustahkamlash imkonini beradi.
1048 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Nazariy tahlilni o‘rganib quyidagi taklifni keltirish mumkin: 1.O‘qish va boshqa fanlardan matn ustida ishlayotganda ”Milliy o‘quv dasturi”ga tayangan holda matn tahlil qilish. 2.O‘quvchilarni STEAM yondashuvi bilan tanishtirish va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun dars vaqtlarida qo‘llash. References: 1. Matchonov S., Karimova N., Ashurova T. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2018. 2. Abdullayeva A. Boshlang‘ich sinfda o‘qish darslarini tashkil etish metodikasi. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “STEAM-ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–238-son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti (2020-yil). – Boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv dasturlari. 5. Karimova N. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish fanini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2019. 6. Dusi, A. P. (2017). Innovative Approaches in STEAM Education. – International Journal of Education and Development. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. 4-sinf “O‘qish kitobi”. – Toshkent: “Sharq”, 2021.