scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSIQANING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJIGA TA'SIRI: MUSIQA VA BOLALARNING NUTQ RIVOJI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK

Baxodirova Yulduzxon Baxtiyor qizi

Abstract

Ushbu maqolada musiqa mashg‘ulotlarining maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga, xususan, ularning nutqiy qobiliyatlari shakllanishiga bo‘lgan ijobiy ta’siri o‘rganilgan. Bolalar musiqani tinglash, kuylash, ritmik harakatlar qilish jarayonida nafaqat eshitish va his qilish qobiliyatlarini, balki talaffuz, lug‘at boyligi, tovushlarni farqlash va so‘z boyligini ham rivojlantiradi. Tadqiqotda musiqa va nutq rivoji o‘rtasidagi bog‘liqlik psixologik, pedagogik va lingvistik jihatdan yoritiladi. Shuningdek, maqolada musiqa o‘yinlari, ritmik mashqlar va qo‘shiqlar orqali bolaning nutqiy faolligini oshirishga doir samarali metodikalar tahlil qilingan.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar MUSIQANING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJIGA TA’SIRI: MUSIQA VA BOLALARNING NUTQ RIVOJI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK Muallif: Baxodirova Yulduzxon Baxtiyor qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti 2-bosqich magistranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17383733 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada musiqa mashg‘ulotlarining maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga, xususan, ularning nutqiy qobiliyatlari shakllanishiga bo‘lgan ijobiy ta’siri o‘rganilgan. Bolalar musiqani tinglash, kuylash, ritmik harakatlar qilish jarayonida nafaqat eshitish va his qilish qobiliyatlarini, balki talaffuz, lug‘at boyligi, tovushlarni farqlash va so‘z boyligini ham rivojlantiradi. Tadqiqotda musiqa va nutq rivoji o‘rtasidagi bog‘liqlik psixologik, pedagogik va lingvistik jihatdan yoritiladi. Shuningdek, maqolada musiqa o‘yinlari, ritmik mashqlar va qo‘shiqlar orqali bolaning nutqiy faolligini oshirishga doir samarali metodikalar tahlil qilingan. Kalit so’zlar: musiqa ta’limi, maktabgacha yosh, nutq rivoji, eshituv qobiliyati, ritm, qo‘shiq, metodika, bolalar psixologiyasi. Maktabgacha yosh — bu bolaning shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi bosqichlardan biridir. Bu davrda bola dunyoni eshitish, ko‘rish, his qilish orqali idrok etadi. Aynan shu jarayonda musiqa — nafaqat estetik tarbiya vositasi, balki bola nutqining shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqati bilan uzviy bog‘liqdir. Bola jumlalarning mazmuni va shaklidagi o‘zgarish uning muloqat shakllari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo‘naltirilgan va nosituativ — shaxsiy muloqot shakliga o‘tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir talablarni qo‘yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bog‘cha yoshidagi bolaning nutqi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish funksiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo‘ladi. Maktabgacha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so‘z-lug‘at boyligining o‘sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug‘at boyligining miqdoriy o‘sishi D. B. Elkoninning ko‘rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog‘liq. So‘nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug‘at tarkibini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko‘rsatkichlar aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning ma’lumotlariga ko‘ra 3 yoshga kelib, bola lug‘atida 1200 ta so‘z mavjud bo‘ladi, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 3000–3500 so‘zni o‘z ichiga oladi. Vaholanki, 40–60 yil oldin o‘tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug‘ati 400–600 so‘zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 2500–3000 so‘zdan iborat “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar deb ko‘rsatilgan edi. Nutq madaniyati — bu, avvalo, tarbiyachida bo‘lishi shart va majburiy sifatlardan hisoblanadi. Bu tarbiyachidagi nutqiy ko‘nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma tarbiyachi faoliyatida takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. Bolalar nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun esa tarbiyachi adabiy qoidalarini bilish, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish muhimdir. Har bir bola bu dunyoga katta imkoniyatlar bilan keladi. Ular uchun muhit, tarbiya va ta’lim qanday bo‘lishi — ularning kelajakdagi shaxs sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Ayniqsa, bolaning nutqi, o‘z fikrini ifoda etish qobiliyati, atrof bilan to‘g‘ri muloqot qila olishi — uning rivojlanishida eng muhim mezonlardan biridir. Nutq esa o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. U turli tashqi ta’sirlar, ayniqsa musiqa kabi estetik vositalar orqali rivojlanadi. Musiqa bolaga go‘zallikni eshitish, his qilish va anglash imkonini beradi. Bola kuylaganida yoki musiqani tinglaganida nafaqat eshitish, balki so‘zlarni talaffuz qilish, ritmga mos harakat qilish orqali nutqiy faoliyatga ham jalb etiladi. Masalan, oddiy bolalar qo‘shiqlarida sodda so‘zlar, takroriy iboralar, qiziqarli ovozlar uchraydi. Bola bularni yodlab, o‘zlashtirib borarkan, u nutqining ohangini, talaffuzini va ifoda uslubini rivojlantiradi. Bundan tashqari, musiqa bolaning eshituv qobiliyatini kuchaytiradi. Bu esa tovushlarni aniq eshitish va talaffuz qilishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, ko‘pgina logopedlar va defektologlar tilida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda musiqa terapiyasidan foydalanishadi. Qo‘shiq kuylash, ritmik gapirish, she’rlarni musiqaga solib aytish — bularning barchasi bolaning tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga yordam beradi. Musiqaning yana bir foydali jihati — bolaning his-tuyg‘ularini uyg‘otishi va uni ifoda qilishga undashi. Bola ichidagi quvonch, hayajon, qo‘rquv yoki mehr kabi hislarni ba’zan so‘z bilan ifoda eta olmaydi. Ammo musiqa tinglab yoki qo‘shiq aytib bu hislarni tashqariga chiqaradi. Bu esa uning ichki dunyosini boyitadi, so‘zlashish ehtiyojini oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi bola tarbiyasida muhim bosqich sanaladi. Musiqa tarbiyachisi bolalarni estetik va ahloqiy jixatdan tarbiyalashda alohida o’rin tutadi. Muassasadagimusiqiy tarbiya estetik tarbiyaning muhim sohasidir. Musiqa bolalar uchun quvonch va kechinmalar dunyosi bo’lib, musiqiy va amaliy faoliyat turlarida namoyon bo’ladi, ya’ni musiqa tinglash, qo’shiq aytish, musiqa jo’rligida xarakat qilish vabolalar musiqa asboblarini chalish jarayonidaularda hissiytuyg’ulari rivojlanib boradi. Musiqa bolalarni rivojlantirish uchun boy manbadir. Bolalarda hissiyotning rivojlanishiga ko’maklashishi musiqaning eng yaqqol namoyon bo’ladigan rolidir: alla bolalarni tinchlantiradi va xotirjam qiladi, alla eshitib uxlagan bolalar o’z qo’g’irchoqlarigaham alla aytadilar. Tinchlantiruvchi musiqa albatta qo’shiq bo’lishi shart emas. Barcha zamonlarda va xalqlarda onalar o’z go’daklariga takrorlanuvchi ikki notali ohangni past ovozda kuylaganlar. Har bir madaniyatda mehr-muhabbat va bayramlar xaqidagi oddiy qo’shiqlar mavjudki, bolalar ularni yodlay oladilar va bu ularga o’z histuyg’ularini ifodalashga yordam beradi. Marsh bolagafaxr tuyg’usini va g’ayrat, tetiklikni bag’ishlaydi. Ma’lumki, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlashda, ularning nutqlarini tiklashda musiqa mashg’ulotlari katta o’rin tutadi. Bunday guruh bolalari bilan musiqa rahbari logoped o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlasa o’z maqsadiga yetadi. 11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Chunki bu soha bo’yicha musiqa mashg’ulotlarini tashkillash bo’yicha xozirgi kunda metodik qo’llanmalar kam. Nutqida nuqsoni bor bolalarning nutqini tiklashda musiqa rahbarlari ko’proq logoritmikaga e’tibor qilishlari ko’zda tutiladi. Bunda: • to’g’ri nafas olishni yo’lga qo’yish; • ovozni rivojlantirish ustida ishlash; • temp va ritm ustida ishlash; • eshitish va xotirani rivojlantirish; • umumiy va maxsus motorikani rivojlantirish; • so’zlarni xarakatlar bilan to’g’ri ishlay olish; • intonatsiya va shu registrlar ustida ishlash; • o’yinlar. • mashg’ulot bayoni, yangi qo’shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan cholg’u asboblari uchun tayyorlangan ko’rgazmalar; • qismlarni bir-biriga uzviy bog’lay olish; • bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga oligan xolda sodda va past ohangda muloqatda bo’lish; • texnika vositalaridan foydalana olish; • testlar va boshqotirmalar yordamidabolalar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlab borish; • musiqaviy xarakatli o’yinlarni atributlar vao’yinchoqlar yordamida tashkillash. • musiqa tinglashda rasmlardan, bastakor va kompazitor portretlaridan, xilmaxil rangdagi shakllardan foydalanish; • ovoz sozlash mashqlarida musiqali zinacha ko’rgazmali qurollardan, tarqatma test banklaridan va rasmlardan foydalanish; • qo’shiq aytishda rasmlarga qarab qo’shiq nomini topish; • laparlar va raqslarda katta rasmli kubiklardan, magnit tasmalardan foydalanish; • musiqali harakatli va obrazli o’yinlarni o’rgatilganda shu o’yinga mos atributlarni tayyorlab fikrlashga o’rgatish, sahnalashtirilgan jarayonda bolalarnimustaqil xarakat qilishlariga imkon yaratadi va katta o’rin egallaydi.. Maktabgacha yoshdagi bolalar yorqin va quvnoq ranglarni xush ko’radilar, ularda bu orqali quvnoqlik hissiyotlari rivojlanib boradi. Shu sababli bayram ertaliklarida musiqa rahbari, tarbiyachilar yorqin rangdagi kiyimlarda bo’lishlari talab qilinadi. Qora rang bolaning kayfiyatini buzadi, ya’ni unga salbiy ta’sir qiladi. Jajji kichkintoylar o’z o’yinlari orqali hayotni aks ettiradilar, ular taqlidchandirlar. Ular orasida kelajakdagi musiqa rahbarlari borligini unutmasligimiz kerak. Musiqa rahbari o’z mehnati orqali yetishtirgan bog’dan meva olsa, bu meva bizning kelajakdagi shogirdlarimizdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ушинский К.Д. Детский мир и христоматия. Санкт Петербугр 1861 г 52c. 2. Jumayev R.X. Boshlangʻich sinf o‘quvchilarida kompetensiyalarini shakllantirishda ertaklar o‘rni. kommunikativ Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2024 йил № 2) 118-B. 3. Nizomova, Shoxista Shodiyevna. Bolalar nutqini o`stirish nazariyasi va texnologiyalari [Matn] : oʻquv qoʻllanma / Sh. Sh. Nizomova. – Buxoro : Fan va ta‘lim, 2022. 26-b. 12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar 4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligining «Ilk qadam» Davlat o’quv dasturi (takomillashtirilgan 2-nashr) Tosh-2022. 15-16-bet. 5. Babayeva D.R. «Tevarak atrofni o’rganishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirish» Ped. fan. nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertaciya. Tosh-2001. 75-b. 5. Катаева Виктория Григорьевна. Федеральное государственное бюджетное образовательное учреждение высшего образования «Нижегородский государственный педагогический университет имени Козьмы Минина» (г. Нижний Новгород) 167 st. 6. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли, 1–жилд.– Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,– 2007. 7. Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы философии. — 1972. -№ 9.