MAKTABGACHA TA'LIM SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISHNING MOHIYATI. "BOLAJON RATSIONI"
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritiladi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “Bolajon ratsioni” platformasi misolida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlashga doir innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Platforma bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ovqatlanish ratsioni, 15 xil parhez dasturi, kundalik kaloriya balansini nazorat qilish, vitamin va minerallarning ahamiyatini hisobga olish hamda taqiqlovchi mahsulotlardan ogohlantirish imkonini beradi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISHNING MOHIYATI. “BOLAJON RATSIONI” Muallif: Shohida Joʻrayevna Hakimova 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti mustaqil tadqiqotchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17383977 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritiladi. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “Bolajon ratsioni” platformasi misolida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlashga doir innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Platforma bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ovqatlanish ratsioni, 15 xil parhez dasturi, kundalik kaloriya balansini nazorat qilish, vitamin va minerallarning ahamiyatini hisobga olish hamda taqiqlovchi mahsulotlardan ogohlantirish imkonini beradi. Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim, raqamli texnologiyalar, sog‘lom ovqatlanish, Bolajon ratsioni, vitaminlar, taqiqlangan mahsulotlar. KIRISH Maktabgacha ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llash bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish, bolalarning rivojlanish jarayonini samarali tashkil etish va otaonalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, “Bolajon ratsioni” loyihasi maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini raqamli nazorat qilish va boshqarishga qaratilgan bo‘lib, uning dolzarbligi bugungi kunda yanada ortib bormoqda. Mazkur mavzu maktabgacha ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning imkoniyatlari va afzalliklarini ko‘rsatib beradi. Bolalarning sog‘lom ovqatlanishini monitoring qilish, ma’lumotlarni tahlil qilish va individual ratsionlarni shakllantirish imkoniyati ta’lim sifati va bolalar salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi globallashuv va raqamlashtirish davrida maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya qilish zarurati ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta’lim sohasida ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etishga qaratilgan islohotlar doirasida, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning ovqatlanish tartibini nazorat qilish ham dolzarb masala sifatida e’tirof etilmoqda. Hozirgi paytda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning ovqatlanishini nazorat qilish va uning samaradorligini baholashda an’anaviy usullar yetarli darajada samarali emas. Shuning uchun raqamli texnologiyalar yordamida bu jarayonni boshqarish muammosi yuzaga kelmoqda. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini raqamli texnologiyalar yordamida samarali tashkil etish va nazorat qilish tizimini ishlab chiqishdan iborat. 1. Tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat: 2. Mavzuga oid nazariy manbalarni o‘rganish; “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar 3. Raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlarini tahlil qilish; 4. “Bolajon ratsioni” loyihasining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish Bolalar ovqatlanishini monitoring qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish samaradorligini baholash. ADABIYOTLAR SHARHI So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning ta’lim sohasidagi o‘rni bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Xususan, ta’lim jarayonida elektron platformalardan foydalanish, mobil ilovalar orqali o‘quvchilarning rivojlanishini monitoring qilish va ovqatlanish nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro tajribalar mavjud. Mahalliy olimlar tomonidan ham maktabgacha ta’lim tizimida raqamlashtirishning ustunliklari, muammolari va istiqbollari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqotda taqqoslash, kuzatish, tahlil, statistik va modellashtirish usullaridan foydalanildi. “Bolajon ratsioni” loyihasini tatbiq etishda raqamli platformalar, mobil ilovalar va ma’lumotlar bazasi texnologiyalaridan foydalanish metodologik asos sifatida qabul qilindi. 1. Bolalarning yosh xususiyatlari Bolalarning fiziologik rivojlanishi ularning ovqatlanish ehtiyojlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, 1–3 yoshdagi bolalar asosan tez o‘sish davrida bo‘lib, ularning energiya va oqsilga bo‘lgan talabi yuqoriroq bo‘ladi 1 Shu yosh davrida ovqat hazm qilish tizimi hali to‘liq shakllanmaganligi sababli, ovqatlar yengil hazm bo‘luvchi, ko‘proq pyure va suyuq shaklda bo‘lishi tavsiya etiladi. 4–5 yoshdagi bolalar nutq, psixomotor rivojlanish va ijtimoiy moslashuv davrini boshdan kechirishadi. Ularning energiya sarfi jismoniy faollikka bog‘liq ravishda ortadi 2 . Shu bois menyuda oqsil (go‘sht, baliq, tuxum), murakkab uglevodlar (don mahsulotlari), sabzavot va mevalarning muvozanatli taqsimlanishi muhimdir. 6–7 yosh davrida esa maktabga tayyorlov bosqichi boshlanadi. Bu davrda intellektual faoliyat ham energiya sarfini oshiradi 3 , ko‘rsatilishicha, bu yoshdagi bolalarga yetarli miqdorda temir, yod va B guruhi vitaminlari zarur, chunki ular miya faoliyati va diqqatni jamlashda asosiy rol o‘ynaydi. 1-jadval. Maktabgacha yoshdagi (1-7 yosh) bolalarni har bir ovqatlanishida iste’mol qilinadigan ovqat miqdori Bolalarning yoshi Nonushta Tushlik Ikkinchi tushlik 1 — 3 yoshgacha Sutka davomidagi umumiy ovqat miqdori: 1300-1400 gr 250 — 330 25% 445 — 480 35-40% 200 — 210 10-15% 4 — 7 yosh Sutka davomidagi umumiy ovqat miqdori: 1600-1700 gr 330 — 400 25% 530 — 580 35-40% 210 — 225 10-15% 1 (WHO, 2020). 2 (FAO/WHO, 2019) 3 G.I. Shaykhova Bolalar, o'smirlar va ovqatlanish gigiyenasi
11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar 2-jadval. Maktabgacha yoshdagi 1-3 yoshli bolalarni har bir ovqatlanishida iste’mol qilinadigan ovqat miqdori (foiz, gramm va kaloriya) 3 yoshli bolalarda ozuqa moddalardan hosil boʻlgan kaloriya umumiy miqdori 1800 kkal: (SanQvaN) asosida Nonushta 08:30 — 09:30 25% 350 gr 450 kkal Tushlik 12:00 — 13:00 35-40% 560 gr 720 kkal Ikkinchi tushlik 15:30 — 16:00 10-15% 210 gr 270 kkal Kechki ovqat 18:30 — 19:00 20% 280 gr 360 kkal 1300-1400 gr 1800 kal 3-jadval. Maktabgacha yoshdagi 4-7 yoshli bolalarni har bir ovqatlanishida iste’mol qilinadigan ovqat miqdori (foiz, gramm va kaloriya) 4-7 yoshli bolalarda ozuqa moddalardan hosil boʻlgan kaloriya umumiy miqdori 1800-2000 kkal: (SanQvaN) asosida Nonushta 08:30 — 09:30 25% 500 gr 500 kkal Tushlik 12:00 — 13:00 35-40% 800 gr 800 kkal Ikkinchi tushlik 15:30 — 16:00 10-15% 300 gr 300 kkal Kechki ovqat 18:30 — 19:00 20% 400 gr 400 kkal 1600gr 2000 kkal 2. Ovqatlanish ratsioni Ovqatlanish ratsionini yosh guruhlariga qarab shakllantirish xalqaro gigiyenik normalarda ham qayd etilgan. Masalan, haftalik va oylik menyu ishlab chiqishda sabzavot va mevalarning mavsumiyligi, oqsil va sut mahsulotlarining o‘rin almashishi inobatga olinadi 4 . Sabzavot va mevalar — vitaminlar manbai, oqsil mahsulotlari — mushak va to‘qimalar o‘sishi uchun zarur. Sut mahsulotlari esa kalsiy va D vitamini bilan ta’minlab, suyak va tishlarning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, ratsionda tez hazm bo‘luvchi uglevodlardan ko‘ra murakkab uglevodlar (guruch, suli, grechka) ko‘proq bo‘lishi tavsiya etiladi. 3. 15 xil parhez Bolalar sog‘lig‘ida individual yondashuv juda muhim. Shu sababli platformada 15 xil parhez ishlab chiqilishi — dolzarb ilmiy-amaliy yondashuvdir. Allergik kasalliklar yoki oshqozon-ichak muammolari bo‘lgan bolalar uchun glyutensiz, laktozasiz, vegetarian, diabetik, past kaloriya kabi parhez turlari ishlab chiqilishi xalqaro pediatriya amaliyotiga mos keladi 5 . Masalan, glyutensiz parhez — seliakiya bilan og‘rigan bolalar uchun muhim. Laktozasiz parhez — laktoza intoleranti bo‘lgan bolalar uchun. Vegetarian parhez esa ekologik va sog‘liq omillariga asoslanib qo‘llaniladi. Diabetik bolalarda esa shakar o‘rniga glyukozani barqarorlashtiruvchi mahsulotlar qo‘llash tavsiya etiladi. 4. Ratsiondagi kkallarning ahamiyati Kaloriya miqdorini hisobga olish bolalarning ortiqcha vazn yoki kam vazn muammolarini oldini olishda asosiy omillardan biridir. WHO tavsiyalariga ko‘ra, 1–3 yoshli bolalar uchun kunlik energiya ehtiyoji o‘rtacha 1000–1300 kkal, 4–5 yosh uchun 1400–1600 kkal, 6–7 yoshli bolalar uchun esa 1600–1800 kkal ni tashkil etadi. 4 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407-son qarori davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari.SanQvaN № 0016-21. 5 Sh.Ya. Zokirxodjaev, Sh.S. Baxritdinov, A.S. Xudayberganov “Klinik dietologiya va nutritsiologiya”
12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Oziqlanishda energiya manbalari oqsil, yog‘ va uglevodlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanadi. Masalan, pediatriya adabiyotlarida (Nelson Textbook of Pediatrics, 2021) uglevodlar 50–55%, yog‘lar 25–30% va oqsillar 15–20% atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. Odamda kecha-kunduzlik ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo‘lishi kerak. 1 kg tana vazni 1 soat davomida havo harorati moʻtadil boʻlganda, tich holatda organizm ichki faoliyati uchun 1 kkal energiya sarflaydi. Masalan: 15 kg x 1 kkal= 15 kkal 1 soatda boʻlsa, 1 sutkada 360 kkal (faqat tinch holat uchun). Boalaning jismoniy hattiharakatlarini inobatga olgan holda yana 1000 kkal energiya beradugan taom iste’mol qilishi normal holat hisoblanadi. 4-jadval Ozuqa moddasi 1 gramm oksidlanganda hosil bo‘ladigan energiya (kkal) Izoh Oqsil 4,0 kkal Oqsillar organizmda to‘qimalarni qurish va tiklashda asosiy rol o‘ynaydi. Energiya manbai sifatida kamroq ishlatiladi. Yog‘ 9,0 kkal Yog‘lar eng yuqori energiya manbai bo‘lib, uzoq muddatli energiya ta’minotida muhimdir. Uglevod 4,0 kkal Uglevodlar organizmning asosiy va tezkor energiya manbaidir. 1kkal energiya 1 litr suvni 1 gradusga qizdira oladi. 5-jadval. Sutka davomida qabul qilinishi kerak bo`lgan ozuqa moddalar miqdori (%) Yosh guruhi Oqsil (% energiya) Yog‘ (% energiya) Uglevod (% energiya) 1–3 yosh 5–20% 30–40% 45–65% 4–8 yosh 10–30% 25–35% 45–65% 5. Vitamin va minerallarning ahamiyati Vitamin va mineral moddalar bolaning nafaqat jismoniy, balki aqliy rivojlanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan: Kalsiy va D vitamini — suyak va tishlarning mustahkamligi uchun zarur 6 . Temir — gemoglobin sintezi va qon hosil bo‘lishi uchun kerak. Temir yetishmovchiligi anemiya xavfini oshiradi. A vitamini — ko‘rish qobiliyati va immun tizimini mustahkamlash uchun muhim. C vitamini — antioksidant vazifasini bajarib, shamollash va yuqumli kasalliklarning oldini oladi. Ota-onalarni vitamin va mineral balansidagi muammolar haqida ogohlantirish tizimi sog‘liqni profilaktika qilishda katta ahamiyatga ega. 6-jadval. Turli yoshdagi guruhlar uchun mineral moddalarning o‘rtacha kunlik fiziologik normalari 6 Institute of Medicine, 2019
13 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Bolaning yoshi Kalsiy, Mg Fosfor, Mg Magniy, Mg Temir, Mg Rux, Mg Selen, Mg Yod, Mg S, Mg A, Mg E, Mg D, Mkg V1, Mg V2, Mg V6, Mg RR, Mg Folat, Mg V12, Mg 1-3 yoshgacha 800 800 150 10 5 0,01 0,1 30 400 5 10 0,5 0,5 0,5 6 150 0,9 3-7 yoshgacha 900 800 200 10 8 0,02 0,1 50 500 7 10 0,9 1,0 1,2 8 200 1,5 Taqiqlovchi mahsulotlar Ilmiy manbalarda 7 ta’kidlanishicha, gazli ichimliklar, chips, yarim tayyor mahsulotlar va shakar miqdori yuqori bo‘lgan shirinliklar bolalar salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Bunday mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: Semirish va metabolik sindrom (ortiqcha kaloriya va yog‘ yig‘ilishi tufayli). Allergiya (konservantlar va sun’iy qo‘shimchalar sababli). Tish kasalliklari (ortiqcha shakar kariesni kuchaytiradi). Shu sababli platformada ogohlantiruvchi tizim ishlab chiqilishi bolalarning sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirishda samarali yechim hisoblanadi. Tadqiqot davomida quyidagi asosiy natijalarga erishildi: 1. “Bolajon ratsioni” loyihasi maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanishini raqamli boshqarish imkoniyatini yaratadi. 2. Raqamli texnologiyalar yordamida bolalarning ovqatlanish tartibini kuzatish va nazorat qilish samaradorligi oshiriladi. 3. Ota-onalar va tarbiyachilar o‘rtasida bolalarning ovqatlanishi yuzasidan tezkor axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. 4. Sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini amaliyotda qo‘llash orqali bolalarning jismoniy rivojlanishi yaxshilanadi. 5. Raqamli nazorat tizimi orqali bolalarning individual ehtiyojlariga mos ovqatlanish ratsioni shakllantirilishi mumkin. Tadqiqot jarayonida olingan statistik ma’lumotlar quyidagilarni ko‘rsatdi: 1. Raqamli tizim joriy qilingan 5 ta maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanish nazorati samaradorligi 30% ga oshdi. 2. Ota-onalarning 85% i raqamli monitoring natijalaridan qoniqish bildirgan. 200 nafar bola ishtirokida o‘tkazilgan kuzatishlarda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha bilim darajasi 40% ga oshgani aniqlandi. 7-jadval. tadqiqot natijalarining qisqacha ko‘rinishi keltirilgan Ko‘rsatkich Avval (%) Keyin (%) Ovqatlanish nazorati samaradorligi 50 80 Ota-onalar qoniqishi 60 85 Bolalarning bilim darajasi 45 85 7 Harvard School of Public Health, 2020
14 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar XULOSA “Maktabgacha ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni tatbiq etish” yo‘nalishida yaratilgan “Bolajon ratsioni” platformasi bolalarning yosh xususiyatlari, ovqatlanish ratsioni, maxsus parhezlar, kaloriya balansi, vitamin va minerallarni nazorat qilish hamda taqiqlangan mahsulotlardan ogohlantirish funksiyalari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kabi innovatsion yechimlar maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlab, kelajak avlod salomatligiga katta hissa qo‘shadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish” 626401-152 sonli qarorlari. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi 407son qarori davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari.SanQvaN № 0016-21. 3. World Health Organization (2020). Feeding and Nutrition of Infants and Young Children. 4. (FAO/WHO, 2019) 5. G.I. Shaykhova Bolalar, o'smirlar va ovqatlanish gigiyenasi 6. Sh.Ya. Zokirxodjaev, Sh.S. Baxritdinov, A.S. Xudayberganov “Klinik dietologiya va nutritsiologiya” 7. Institute of Medicine, 2019 8. Harvard School of Public Health, 2020 9. Sh.Hakimova “Maktabgacha ta’limda sog‘lom ovqatlantirish texnologiyasi ” Toshkent-2025