Full text
9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar MAKTABGACHA TA’LIMDA GENDER IDENTIFIKATSIYASINI QADRIYATLARGA ASOSLANGAN HOLDA SHAKLLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI Muallif: Razzoqova Mahliyo Qosimjonovna 1 Affiliyatsiya: XNU “Psixologiya va maktabgacha ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi; XNU mustaqil tadqiqotchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17384715 ANNOTATSIYA Ushbu tadqiqot maktabgacha ta’lim jarayonida gender identifikatsiyasini qadriyatlarga asoslangan holda shakllantirish masalasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi – bolalarda jinsiy rollarni to‘g‘ri anglash, ijobiy gender stereotiplarini shakllantirish hamda bu jarayonda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlashdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender stereotiplari ko‘pincha salbiy yoki noto‘g‘ri shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Muammo shundaki, texnologik rivojlanish sharoitida bolalarda jinsiy rol va qadriyatlarga asoslangan stereotiplarning buzilishi, milliy qadriyatlarga zid kontentning tarqalishi va noto‘g‘ri algoritmlar orqali stereotiplarning shakllanishi xavfi mavjud. Maqolada nazariy tahlil, huquqiy hujjatlarni o‘rganish, pedagogik kuzatish va xorijiy manbalarni solishtirish metodlaridan foydalanilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarining ta’limiy imkoniyatlari pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qadriyatlarga asoslangan gender stereotiplarini shakllantirish bolada ijobiy ijtimoiy moslashuvni ta’minlaydi. Sun’iy intellekt yordamida interaktiv dasturlar, individuallashtirilgan topshiriqlar va virtual yordamchilar orqali bolalarning jinsiy rollari ijobiy namunalarda mustahkamlanishi mumkin. Shu bilan birga, SI vositalaridan foydalanishda milliy qadriyatlarga zid kontentni cheklash, bolalarning texnologiyaga qaramligini oldini olish va stereotiplarni noto‘g‘ri shakllantiruvchi algoritmlarni nazorat qilish zarur. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, maktabgacha ta’limda gender identifikatsiyasi bolaning shaxsiy rivojida muhim omil hisoblanadi. Sun’iy intellekt esa bu jarayonni samarali tashkil etishda qudratli vosita bo‘la oladi, biroq u milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda nazorat ostida qo‘llanishi kerak. Amaliy tavsiya sifatida – pedagoglar va ota-onalar SI vositalaridan foydalanishda faol nazoratni amalga oshirishlari, qadriyatlarga asoslangan ijobiy gender stereotiplarini shakllantirishda SI imkoniyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari lozim. Kalit so’zlar: Gender identifikatsiyasi, qadriyatlar asosidagi stereotiplar, sun’iy intellekt, ijobiy gender stereotiplari, pedagogik nazorat. KIRISH Maktabgacha ta’lim bosqichi — bolaning shaxsiyati, “men”ini anglashi va jamiyatdagi o‘rnini belgilab olishi jarayonida eng muhim davrlardan biridir 1 . Aynan shu davrda bola o‘z jinsini anglaydi, unga xos sifat va xulq-atvor elementlarini 1 Trying Together. (2023). Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender identifikatsiyasining rivojlanishi https://tryingtogether.org/dap/gender-identity-development-in-early-childhood “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar o‘zlashtiradi, gender stereotiplari shakllana boshlaydi. Bu stereotiplar qadriyatlarga tayangan holda ijobiy yo‘naltirilsa, bola kelgusida jamiyatga moslashishda, ijtimoiy rollarni to‘g‘ri bajarishda tayanch bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida gender siyosati va qadriyatli tarbiya davlat darajasida ham ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab berilgan. Masalan, Prezidentning 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llabquvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni 2 da xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyalar tashkil etilishi belgilandi. Gender tarbiyasining dolzarbligi bolada o‘z jinsi haqidagi barqaror tushunchani shakllantirishdan iboratdir. 3 Shuningdek, 2024-yil 10-fevraldagi SQ-875-IV-sonli qaror bilan “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” 4 tasdiqlandi. Ushbu hujjatda ta’lim tizimida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda genderga oid tarbiya masalalarini davlat strategiyasi darajasiga ko‘tarish belgilandi. Bundan tashqari, Prezidentning “2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish milliy dasturi” 5 doirasida yoshlarni milliy va global qadriyatlarga tayanib tarbiyalash prinsipi alohida urg‘u bilan qayd etilgan. Shu bois, maktabgacha ta’limda gender identifikatsiyasini qadriyatlarga asoslangan holda shakllantirish — nafaqat pedagogik jarayon, balki davlat siyosatida belgilangan ustuvor vazifadir. Zamonaviy sharoitda esa bu jarayonni samarali tashkil etishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tobora kengaymoqda. Asosiy qism: Gender identifikatsiyasi va qadriyatlarga asoslangan stereotiplar. Gender identifikatsiyasi – bolaning o‘z jinsini anglash, unga xos rollarni o‘zlashtirish jarayonidir. U qadriyatlarga asoslangan holda shakllanganda bola o‘z jinsiga xos bo‘lgan fazilatlarni qadrlaydi, ijtimoiy rollarni hurmat qiladi. Qadriyatlarga asoslangan stereotiplar pedagogik jarayonda muhim ahamiytaga egadir. Oila qadriyatlari: ota mehnatkash va mas’ul, ona mehribon va parvarishli obrazlarda namoyon bo‘lsa, bola o‘z jinsiga xos stereotiplarni o‘rganadi. Milliy qadriyatlar: xalq an’analarida qiz bolaga ibo, iffat, o‘g‘il bolaga jasorat, himoyachilik xoslangan. Bu qadriyatlar stereotiplarni ijobiy shakllantirishda asos bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlar: halollik, odob, mehr, adolat jinsdan qat’i nazar barcha bolalarda tarbiyalanadi, ammo jinsiy rollarda o‘ziga xos tarzda ifodalanadi. Shunday qilib, qadriyatlarga tayangan stereotiplar bolada shaxsiy “men”ini shakllantiradi va uning kelajakdagi ijtimoiy hayotiga tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga bugungi kunda sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi roli ham juda dolzarb va jadal harakatlanmoqda. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022-yil 1-mart). Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llabquvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida (PF-81-son Farmon). https://president.uz/oz/lists/view/5057 3 Razzoqova, M. (2025). Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender identifikatsiyasi muammosini o ‘rganish nazariyasi. Nordic_Press, 7(0007). 4 LexUZ. (2024-yil 10-fevral). SQ-875-IV-son qaror: 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi . https://lex.uz/docs/-6855158 5 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. (2022-yil 13-may). 2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish milliy dasturi . https://www.uzedu.uz/en/news/451
11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Sun’iy intellekt bugungi ta’lim jarayonida bolalarning qiziqishlariga mos, interaktiv va individual rivojlantiruvchi vosita sifatida keng qo‘llanilmoqda. Gender identifikatsiyasi jarayonida esa sun’iy intellekt qadriyatlarni mustahkamlash va stereotiplarni shakllantirishda xizmat qilishi mumkin. 1. Interaktiv dasturlar – ertaklar, multfilmlar, o‘yinlarda qiz va o‘g‘il bolalarning qadriyatlarga asoslangan obrazlarini yaratish. 2. Individuallashtirilgan yondashuv – Sun’iy intellekt bolaning psixologik xususiyatlarini tahlil qilib, uning jinsiy rolini mustahkamlovchi topshiriqlar berishi mumkin. 3. Nutq va muloqotni rivojlantirish – Sun’iy intellekt yordamida bola jinsiga xos nutqiy stereotiplarni o‘rganadi (masalan, qiz bolaga odobli murojaat qilish, o‘g‘il bolaga mas’uliyatli so‘zlashish). 4. Virtual yordamchilar – qadriyatlar asosida tarbiyaviy vaziyatlarni modellashtirib, bola uchun namunali stereotiplarni ko‘rsatadi. Qadriyatlar asosida shakllanadigan gender stereotiplar va sun’iy intellekt. Gender stereotiplari ko‘pincha salbiy talqin qilinadi, ammo ular qadriyatlarga asoslangan holda to‘g‘ri shakllantirilsa, bolaning tarbiyasida muhim o‘rin tutadi 6 . Ijobiy stereotip navjudligini quyidagi misollarda ham ko‘rishimiz mumkin. • O‘g‘il bola – oilani himoya qiluvchi, mehnatkash, mas’uliyatli. • Qiz bola – mehribon, odobli, saranjom-sarishta. Sun’iy intellekt orqali stereotiplar bolalarga interaktiv usullarda singdiradi. Masalan, o‘yin dasturida qiz bola qo‘g‘irchoqni parvarish qilsa, o‘g‘il bola oilaviy yumushda yordam berishi tasvirlanadi. Shu tarzda bola qadriyatlar asosida jinsiy rolini ijobiy qabul qiladi. Lekin bu sun’iy intellektdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rishdan bizni cheklab qo‘ymaydi. Chunki sun’iy intellekt katta imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, undan foydalanishda bir qancha muhim jihatlarga e’tibor qaratish zarur: • Milliy qadriyatlarga zid kontentning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik. • Bolalarning ortiqcha texnologiyaga qaram bo‘lib qolishini oldini olish. • Gender stereotiplarni noto‘g‘ri shakllantiruvchi algoritmlarni nazorat qilish. Pedagog va ota-onalar sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishda nazorat va yo‘naltiruvchi rolni bajarishlari shart. XULOSA Maktabgacha ta’limda gender identifikatsiyasi bolaning shaxsiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender identifikatsiyasi jarayoni juda murakkab va nozik hisoblanadi. Ushbu yoshda bolalar o‘zlarini va atrofdagi insonlarni jinsiy belgilariga ko‘ra tan olishga, jinsiy rollarni anglashga intiladilar. Ular jamiyatda mavjud bo‘lgan gender stereotiplarini o‘rganadilar va o‘zlari uchun mos bo‘lgan gender rolini aniqlay boshlaydilar 7 . Qadriyatlarga asoslangan stereotiplar bola uchun ijobiy tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Sun’iy intellekt esa bu stereotiplarni samarali shakllantirish, bolalarning jinsiy rollarini ijobiy namunalarda mustahkamlash va qadriyatlarga asoslangan ta’limiy muhit yaratishda qudratli vosita hisoblanadi. Biroq SI doimo milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida nazorat bilan qo‘llanishi zarur. 6 NEC. (2023). Gender stereotypes and expectations in early childhood education. Retrieved from https://www.nec.edu/wpcontent/uploads/2023/11/6.-Gender-Stereotypes-and-Expectations-in-Early-Childhood-Education_Final.pdf 7 Razzoqova, M. (2025). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA GENDER IDENTIFIKATSIYASI MUAMMOSINI O ‘RGANISH NAZARIYASI. Nordic_Press , 7 (0007).
12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. NEC. (2023). Gender stereotypes and expectations in early childhood education. https://www.nec.edu/wp-content/uploads/2023/11/6.-GenderStereotypes-and-Expectations-in-Early-Childhood-Education_Final.pdf 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. (2022-yil 13-may). 2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish milliy dasturi. https://www.uzedu.uz/en/news/451 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022-yil 1-mart). Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida (PF-81-son Farmon). https://president.uz/oz/lists/view/5057 4. Razzoqova, M. (2024). Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender identifikatsiyasini shakllantirishning ahamiyati. Nordic_Press, 2(0002). 5. Razzoqova, M. (2025). Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender identifikatsiyasi muammosini o‘rganish nazariyasi. Nordic_Press, 7(0007). 6. Trying Together. (2023). Gender identity development in early childhood. https://tryingtogether.org/dap/gender-identity-development-in-early-childhood 7. “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi.” (2024-yil 10-fevral). SQ-875-IV-son qaror. LexUZ. https://lex.uz/docs/- 6855158