MAKTABGACHA TA'LIMDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANI O'TKAZUVCHI SHAXS VA UNGA QO'YILADIGON TALABLAR
Abstract
Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik diagnostikaning ahamiyati va uni amalga oshiruvchi shaxsning kasbiy vazifalari yoritilgan. Pedagogik diagnostika bolalarning bilim, ko‘nikma va shaxsiy rivojlanishini baholash, ta’lim sifatini oshirish hamda zarur korreksiyalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda diagnostikani o‘tkazuvchi shaxsga qo‘yiladigan talablar – obyektivlik, kuzatuvchanlik, psixologik sezgirlik, metodik savodxonlik va pedagogik mahorat asosiy shartlar sifatida ko‘rsatib berilgan.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANI O‘TKAZUVCHI SHAXS VA UNGA QO‘YILADIGON TALABLAR Mualliflar: Razzoqova Mahliyo Qosimjonovna 1, Roʻziyeva Dilnora 2 Affiliyatsiya: XNU “Psixologiya va maktabgacha ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi 1, XNU MMT - 423 sirtqi ta’lim talabasi 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17384756 ANNOTATSIYA Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik diagnostikaning ahamiyati va uni amalga oshiruvchi shaxsning kasbiy vazifalari yoritilgan. Pedagogik diagnostika bolalarning bilim, ko‘nikma va shaxsiy rivojlanishini baholash, ta’lim sifatini oshirish hamda zarur korreksiyalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda diagnostikani o‘tkazuvchi shaxsga qo‘yiladigan talablar – obyektivlik, kuzatuvchanlik, psixologik sezgirlik, metodik savodxonlik va pedagogik mahorat asosiy shartlar sifatida ko‘rsatib berilgan. Kalit so’zlar: pedagogik diagnostika, maktabgacha ta’lim, pedagog shaxsi, kasbiy talablar, ta’lim sifati. KIRISH Maktabgacha ta’lim bolaning shaxsiy rivojida hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bu davrda bola o‘zining bilim, qiziqish va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantira boshlaydi. Pedagogik diagnostika esa mazkur jarayonni samarali tashkil etish, natijalarni baholash va ta’lim sifatini ta’minlashda muhim vosita sanaladi. Pedagogik diagnostika ta’lim jarayonini ilmiy asosda boshqarish imkonini beruvchi mexanizmdir. U o‘quvchilarning bilish faoliyati, psixologik xususiyatlari va ijtimoiy moslashuv darajasini aniqlash orqali ta’lim jarayonining keyingi bosqichlarini belgilashga yordam beradi. Shu bois, diagnostika o‘tkazuvchi shaxs nafaqat kuzatuvchi, balki ta’lim-tarbiya jarayonining faol ishtirokchisi sifatida ham qaraladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik diagnostika natijalariga asoslangan holda individual yondashuvni amalga oshirish, bolaning qiziqishlari va imkoniyatlarini hisobga olish, ta’lim mazmunini optimallashtirish mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, diagnostikaning ilmiy asoslanganligi, metodik jihatdan puxtaligi va pedagogning kasbiy tayyorgarligi ta’lim samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. Shuningdek, zamonaviy ta’limda pedagogik diagnostika jarayoni innovatsion texnologiyalar, nazariy metodologiya va psixologik kuzatuv usullari bilan boyitilib, bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Shu jihatdan pedagogik diagnostikani o‘tkazuvchi shaxsga qo‘yiladigan talablarni aniq belgilash va ilmiy asoslash maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. METODLAR Tadqiqot jarayonida quyidagi usullar qo‘llanildi: “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar • Nazariy tahlil – pedagogik diagnostikaga oid ilmiy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va davlat dasturlari o‘rganildi. • Kuzatish – maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagoglarning faoliyati kuzatildi. • Solishtirish va tahlil – mavjud diagnostika metodlari va amaliy yondashuvlar o‘zaro taqqoslandi. • Umumlashtirish – natijalar asosida umumiy xulosalar chiqarildi va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, pedagogik diagnostika quyidagi jihatlari bilan ta’lim jarayonida muhim o‘rin egallaydi: • Bolalarning bilim va ko‘nikmalarini obyektiv baholash imkonini beradi. • Ta’lim jarayonidagi yutuqlar va kamchiliklarni aniqlashga xizmat qiladi. • Shaxsiy rivojlanishni kuzatish va individual yondashuvni qo‘llashni ta’minlaydi. • O‘qituvchining faoliyatini tahlil qilish va ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. Diagnostikani o‘tkazuvchi shaxsga qo‘yiladigan talablar: 1. Obyektivlik – baholashda shaxsiy qarashlardan xoli bo‘lish. 2. Kuzatuvchanlik – bolaning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni aniqlay olish. 3. Psixologik sezgirlik – individual farqlarni hisobga olish. 4. Metodik savodxonlik – zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanish. Pedagogik mahorat – samarali muloqot va nazoratni ta’minlash. MUHOKAMA Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika faqat baholash jarayoni emas, balki bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladigan kompleks faoliyatdir. Pedagog diagnostika orqali bolaning bilim darajasi, psixologik xususiyatlari, ijtimoiy moslashuvi va emotsional holatini aniqlab, ta’lim jarayonini individual asosda tashkil etishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, bolalarning qiziqishlari, qobiliyatlari va individual rivojlanish sur’atlarini hisobga olish imkonini beradi. Diagnostikani o‘tkazuvchi shaxsning kompetensiyasi ta’lim sifatini oshirishda bevosita ahamiyatga ega. Chunki diagnostika jarayonida o‘qituvchi obyektiv bo‘lishi, natijalarni tahlil qilishda ilmiy yondashuvni qo‘llashi va har bir bolaning shaxsiy rivojlanishiga mos tavsiyalar ishlab chiqishi talab etiladi. Bu jarayonda kuzatuvchanlik, tahliliy fikrlash, psixologik sezgirlik va metodik savodxonlik kabi sifatlar asosiy o‘rinda turadi. Muhokama jarayonida yana bir muhim jihat shundan iboratki, pedagogik diagnostika nafaqat bolalarni baholash, balki o‘qituvchi faoliyatini ham takomillashtirishga xizmat qiladi. Natijalar asosida o‘qituvchi o‘z metodlarini qayta ko‘rib chiqadi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlaydi va ta’lim jarayonini samaraliroq tashkil etishga intiladi. Shu bois, diagnostika pedagog va bola o‘rtasidagi ikki tomonlama o‘zaro ta’sir jarayoni sifatida qaralishi mumkin. XULOSA Maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik diagnostika bolaning bilim, ko‘nikma va shaxsiy rivojlanishini aniqlashda, ta’lim sifatini oshirishda hamda tarbiyaviy jarayonni to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida aniqlanganidek, diagnostikani samarali amalga oshirish uchun uni o‘tkazuvchi
11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar shaxsda bir qator kasbiy va shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘lishi shart. Jumladan, obyektivlik, kuzatuvchanlik, psixologik sezgirlik, metodik savodxonlik, pedagogik mahorat va ilmiy yondashuv diagnostikaning samaradorligini belgilovchi asosiy omillardir. Shuningdek, pedagogik diagnostika jarayoni nafaqat bolalar rivojlanishini baholash, balki o‘qituvchi faoliyatini ham takomillashtirish imkoniyatini beradi. Bu esa ta’lim sifatini oshirish, bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish va jamiyatda ijtimoiylashuvini samarali tashkil etish imkonini yaratadi. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostikani to‘g‘ri tashkil etish va uni amalga oshiruvchi shaxsga qo‘yiladigan talablarni aniq belgilash ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shuning uchun, kelgusida pedagoglarning diagnostik kompetensiyalarini rivojlantirish, yangi innovatsion yondashuvlarni joriy etish va ilmiy asoslangan diagnostika tizimini shakllantirish maktabgacha ta’limda ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Klarin, M. V. (1989). Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom prosesse. Moskva: Znaniye. 2. Farberman, B. L. (1999). Progressivniye pedagogicheskiye texnologi. Toshkent: IPVSSSh. 3. Ibragimova, G. N., & Choriyeva, D. A. (n.d.). Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika (o‘quv qo‘llanma). 4. Razzoqova, M. (2025). Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender identifikatsiyasi muammosini o‘rganish nazariyasi. Nordic_Press, 7(0007). 5. Razzoqova, M. (2024). O'g'il bolalar va qiz bolalar turlicha o'rganadilar. Nordic_Press, 3(0003). 6. Razzoqova, M. (2024). Maktabgacha yosh davrida gеndеr idеntifikatsiyasini rivojlantirish. Tamaddun nuri jurnali, 11(62), 179-181.