MAKTABGACHA TA'LIM TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINING XOTIRASINI RIVOJLANTIRISHDA VIZUAL TEXNIKALARDAN FOYDALANISH
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining xotirasini yanada rivojlantirish uchun vizual texnikalardan foydalanish , jumladan, ma'lumotlarni uzoq va tizimli ravishda esda saqlash omili sifatida tasviriy flesh kartalar orqali yodlash usullari va unga bog'liq ravishda hikoya metodi bilan tizimli xotirani takomillashtirish shakllari yoritilgan.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar MAKTABGACHA TA'LIM TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINING XOTIRASINI RIVOJLANTIRISHDA VIZUAL TEXNIKALARDAN FOYDALANISH Muallif: Toshpo'latova Gulnoza O'rinboy qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik Universiteti magistratura talabasi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17384972 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining xotirasini yanada rivojlantirish uchun vizual texnikalardan foydalanish , jumladan, ma'lumotlarni uzoq va tizimli ravishda esda saqlash omili sifatida tasviriy flesh kartalar orqali yodlash usullari va unga bog'liq ravishda hikoya metodi bilan tizimli xotirani takomillashtirish shakllari yoritilgan. Kalit so’zlar: xotira, vizual texnika, fleshkarta, hikoya metodi. KIRISH Jahonda bugungi kunda Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarining xotirasini rivojlantirishda vizual texnikalardan foydalanish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining xotirasini yaxshilash uchun innovatsion vizual metodlar keng qo‘llanilmoqda. O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi bolalarining xotirasini rivojlantirishda vizual texnikalardan foydalanish bo'yicha bir qator ma'muriy hujjatlar mavjud. Bu hujjatlar ta'lim sifatini oshirish, bolalar rivojlanishining har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi va pedagogik usullarni yangilash maqsadida ishlab chiqilgan. Quyidagi asosiy hujjatlar bolalar xotirasini rivojlantirishda vizual texnikalardan foydalanishni rag'batlantiruvchi qoidalarni o'z ichiga oladi: O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi Qonun: Ushbu qonun maktabgacha ta'lim sohasida ta'lim va tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan vizual metodlar va pedagogik texnikalarga e'tibor berilgan. "Maktabgacha ta'limda innovatsion metodlarni joriy etish to'g'risida"gi qarorda Innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan vizual texnikalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish bo'yicha qabul qilingan qarorlar mavjud. Bu hujjat maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonni zamonaviy texnologiyalar yordamida rivojlantirishga qaratilgan. ADABIYOTLAR TAHLILI Maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi bolalarining xotirasini rivojlantirishda vizual texnikalardan foydalanish bo'yicha o'rganilgan adabiyotlar ta'lim metodologiyasi, vizual pedagogika va innovatsion yondashuvlar haqida ma'lumot beradi. 1. "Maktabgacha ta'limda didaktik materiallar va metodlar" -Maktabgacha ta'limda didaktik materiallarni (shu jumladan vizual materiallar) qanday ishlatish “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar bo‘yicha qo‘llanmada tarbiyalanuvchilar uchun mo‘ljallangan rangli rasm, kartochkalar, diagrammalar va boshqalar bilan ishlash usullari haqida so‘z yuritiladi. 1 2."Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash: metodik qo‘llanmada Maktabgacha ta'limda xotira, e'tibor va tasavvurlarni rivojlantirish uchun turli metodikalar, jumladan, vizual texnikalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar keltirib o'tilgan. 2 3. "Pediatrik psixologiya va maktabgacha ta'lim" kitobida Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarining psixologiyasini o‘rganish va ularning xotirasini rivojlantirish uchun vizual materiallar va usullarni qo‘llashning psixologik asoslari va pedagogik amaliyoti haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. 3 4. "Maktabgacha ta'limda ta'lim texnologiyalarini qo‘llash" kitobida maktabgacha ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shu jumladan vizual va interaktiv texnikalarni qo‘llash bo‘yicha metodik yondashuvlar ta'kidlab o'tilgan. 4 5. "Innovatsion texnologiyalar va metodlar maktabgacha ta'limda" maktabgacha ta'limda innovatsion metodlar, multimedia vositalari va vizual texnikalardan foydalanishning samaradorligi to'g'risida ma'lumotlar berilgan. 5 METODOLOGIYA Maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi bolalarining xotirasini rivojlantirishda flesh karta va hikoya metodlarini assotsiativ tarzda bog'lash bu tarbiyalanuvchilarning eslab qolish, tasavvurlash va tafakkur qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan samarali metodologiya hisoblanadi. Bu metodni yaratishda, har bir texnika o'zining aniq maqsadlariga xizmat qiladi va o'zaro bir-birini funksional jihatdan to'ldiradi. Flesh karta va hikoya metodlarini assotsiativ tarzda bog'lash bo'yicha metodologiyani yaratish uchun asosiy yondashuvlar asosiy maqsadi, tarbiyalanuvchilarga vizual tasvirlar (flesh kartalar) yordamida yangi ma'lumotlarni tezda o'zlashtirish va bu ma'lumotlarni hikoya qilish jarayonida jonlantirishdir jarayonidir. Assotsiativ bog'lanish tarbiyalanuvchilarning eslab qolish jarayonini kuchaytiradi, chunki ular o'zlari ko'rgan tasvirni so'z bilan izohlashga va yangi vaziyatlar bilan bog'lashga harakat qilishadi. Flesh kartalar yordamida ma'lumotni eslab qolishga qaratilgan elementlar tarbiyalanuvchilarning diqqatini jamlaydi. Flesh kartalar — bu kichik, rangli kartochkalardan tuzilgan, ularda turli obrazlar, predmetlar, hayvonlar, o'simliklar yoki boshqa tushunchalar tasvirlanadi. Bu kartalar tarbiyalanuvchilarga ma'lumotni vizual tarzda xotirada tizimli ravishda salashini ta'minlaydi. Dastlabki bosqich: darsni flesh kartalar yordamida tashkillashtirish Misol uchun, tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga bir nechta hayvonlarning rasmlari ko'rsatiladi va ular har bir hayvonning nomini aytishadi. Assotsiatsiya yaratish: har bir tasvirni o'ziga xos xususiyatlar bilan o'zaro bog'lash. Masalan, "quyon" kartasini ko'rsatganingizda, "quyonning to'liq quloqlari bor" yoki "quyon moshina bilan tez yugurmaydi, balki sekin yuradi" kabi qo'shimcha tarbiyalanuvchilar uchun kreativ yondashuv asosida ma'lumotlarni kiritish. 1 "Maktabgacha ta'limda didaktik materiallar va metodlar" qo'llanma L. A. Sokolova 2 "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishini qo'llab-quvvatlash" qo'llanma T. G. Frolova 3 "Pediatrik psixologiya va maktabgacha ta'lim" qo'llanma A. A. Verbitskiy 4 "Maktabgacha ta'limda ta'lim texnologiyalarini qo'llash" qo'llanma M. A. Semezina 5 Innovatsion texnologiyalar va metodlar maktabgacha ta'limda" o'quv qo'llanma N. E. Veraksa
11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Hikoya metodini qo'llash: hikoya qilish tarbiyalanuvchilar mavzu haqida o'z fikrlarini shakllantirish va mavjud bilimlarni birlashtirish imkonini beradi. Flesh kartalar bilan bog'langan hikoyalar tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun nafaqat ma'lumotni eslab qolish, balki uni yaratish va ifodalash imkonini beradi. Flesh kartalar yordamida tarbiyalanuvchilarga qisqa hikoya yoki voqea tuzish topshirig'ini berish. Masalan, "quyon" kartasini ko'rsatib ushbu hayvon haqida kichik bir hikoya tuzishadi: "Quyon o'rmonda yashaydi, u juda tez yuguradi, lekin bir kuni u o'rmonda boshqa hayvonlar bilan uchrashib, do'st bo'ladi..." Assotsiativ bog'lanishlar: hikoya davomida ko'rsatilgan tasvirlar yordamida yangi bog'lanishlar yaratiladi. Masalan, quyonning "yurish" xususiyatini "katta quloq" bilan bog'lab, hikoyaning o'zida tasvirlangan voqeani to'ldiradilar. Assotsiativ yondashuvni mustahkamlash: hikoya davomida kartalar yordamida ko'rgan obrazlar va mavzularni o'zlashtirib, yangi ma'lumotlarni o'zlarining kundalik tajribalari yoki tushunchalari bilan o'zaro bog'laniladi.Bu assotsiativ fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Hikoyani davom ettirish: har bir tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarga hikoyani davom ettirish uchun yangi kartalar beriladi. Masalan, "quyon" tasviri bilan hikoya boshlangach, boshqa kartalar yordamida voqeani rivojlantiradi. Bu ularning fikrlarini rivojlantirish va yangi fikrlarni tasvirlar bilanbig'lashga yordam beradi. Kreativlik va tasavvurlarni rivojlantirish tasvirlangan hikoyalar yaratib, o'zlarini ijodiy ravishda ifodalashadi. Flesh kartalar bu jarayonni qo'llab-quvvatlaydi, chunki ular tarbiyalanuvchilarga vizual va tushunarli tasvirlar orqali ma'lumotni o'zlashtirish imkonini beradi. Yaratilish jarayonini qo'llab-quvvatlash: hikoya qilishda o'z tasavvurlarini kreativ yondashuv asosida qo‘shishi mumkin. Misol uchun, "quyon" bilan bog'langan hikoyada, u o'ziga xos o'zgarishlar qo'shishi mumkin - "quyon kichik arslon bilan do'st bo'lib, o'rmonni himoya qiladi". Assotsiativ fikrlash: Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari hikoya yaratishda tasvirlar va voqealarni assotsiatsiyalashadi, tafakkur va eslab qolish qobiliyatini mustahkamlaydi. MUHOKAMA Maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi bolalarining xotirasini rivojlantirishda flesh karta va hikoya metodlarini assotsiativ tarzda bog'lash, ularning tafakkurini, tasavvurlarini va xotira ko'nikmalarini samarali rivojlantirishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ushbu metodologiyaning ahamiyatini tahlil qilishda, birinchi navbatda, har ikki metodning tarbiyalanuvchilarga qanday ta'sir ko'rsatishi va ularni qanday bog'lash mumkinligini muhokamamuhim ahamiyatga ega. Flesh karta va hikoya metodlarini assotsiativ tarzda bog'lash ko'rsatilgan tasvirlarni o'z bilimlari, hayot tajribalari va boshqa ma'lumotlar bilan bog'laydi. Assotsiatsiya - bu ikki yoki undan ortiq ma'lumot o'rtasida mantiqiy yoki emotsional aloqalar o'rnatish jarayoni hisoblanadi. Flesh kartalar yordamida tasvirlarni ko'rishadi va ularni hikoya davomida yangi voqealar, voqea-hodisalar yoki shaxslar bilan bog'lash orqali tizimli xotira rivojlanadi.Flesh kartalar bolalar uchun yangi ma'lumotlarni eslab qolishga yordam beradi, hikoya qilish esa bu ma'lumotlarni tizimlashtirish orqali birgalikda bolalarning kognitiv rivojlanishigaimkon beradi. Assotsiatsiyalash va umumlashtirish: Flesh kartalar va hikoya metodining assotsiativ bog'lanishi tasvirni faqat yodlashni emas, uni boshqa ma'lumotlar yoki tajribalar bilan
12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar bog'lashni o‘rgatadi. Misol uchun, bir hayvonni tasvirlab, uni boshqa hayvonlar bilan yoki o'z hayotidagi tajribalar bilan bog'lab hikoya yaratishi mumkin. Kreativ yondashuv: hikoya metodida tasvirni o‘z tasavvurlari bilan kengaytiradilar, bu esa ularning kreativ fikrlashini rivojlantiradi. Flesh kartalar qisqa, aniq tasvirlar orqali yangi g'oyalar yaratishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu metodlar qiziqarli va samarali o'qish usulini tashkil etadi, tasvirlar yordamida yangi voqealarni o'rganishadi va o'zlari yaratgan hikoyalar orqali yangi bilimlarni o'zlashtiradilar. Shu bilan birga, tarbiyalanuvchilar o'z bilimlarini yanada boyitishga va kengaytirishga imkon yaratadigan assotsiativ yondashuvni o'zlashtiradilar. NATIJALAR Maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilar xotirasini rivojlantirishda hikoya metodi va flesh karta metodini assotsiativ tarzda bog'lashning hayotiy tajriba asosidagi natijalari quyidagicha: 1. Xotira va tasavvur rivojlanishi flesh kartalar va hikoya metodining assotsiatsiyasi vizual xotirasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Bu yondashuv tasavvur kuchini oshiradi va ma'lumotlarni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi. 2. Assotsiativ fikrlashning kuchayishi metodlarni bog'lash orqali assotsiativ fikrlashni rivojlantiradi. Kartalar orqali ko‘rsatilgan tasvirlar (masalan, hayvonlar, o‘simliklar, tabiiy manzaralar) hikoya qilishda yangi voqealar yoki his-tuyg‘ular bilan bog‘lanadi. Bu metod tarbiyalanuvchilarga o‘z tajribalarini va bilimlarini tasvirlar bilan bog‘lab, yangi ma'lumotlarni eslab qolishda yordam beradi. 3. Ijodiy faoliyatning rivojlanishi hikoya qilish va flesh kartalar yordamida yaratilgan bog'lanishlar ijodiy faoliyatni oshiradi. Maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari hikoya jarayonida yangi fikrlar yaratishga, tasavvurlarini kengaytirishga va ko‘rsatilgan tasvirlarni o‘z hayotidagi voqealar bilan birlashtirishga intilishadi. Misol uchun, bolalar hayvonlar tasviridan foydalangan holda ularning o‘rmondagi sarguzashtlarini yaratishadi. Bu jarayon ularning mantiqiy va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi va o‘zlashtirish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. 4. Xotira mustahkamlanishi metodlarning kombinatsiyasi tarbiyalanuvchilar xotirasini mustahkamlaydi. Flesh kartalar, vizual tasvirlar orqali yangi ma'lumotlarni o‘rganish imkoniyatini beradi, hikoya qilish esa bu ma'lumotlarni eslab qolishda va mustahkamlashdamuhim ahamiyatga ega. Hikoya metodi tasvirlarni voqealar yoki his-tuyg‘ular bilan bog‘lashga undaydi, bu esa o‘rganilgan materiallarni yanada samarali eslab qolish va uzoq muddat saqlash imkonini beradi. Natijada, yangi bilimlarni tezda o'zlashtirsh tizimli xotiraga saqlash va ularga uzoq vaqt davomida ega bo‘ladilar. 5. Kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirish tasvirli vosita va hikoya metodining assotsiativ bog'lanishi maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv ularning nutqini rivojlantirish va jamiyatda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini ham mustahkamlaydi. 6. Samarali ta'lim jarayoni uchun o‘rganishni nafaqat foydali, balki qiziqarli va ijodiy qiladi. Yangi bilimlarni vizual tasvirlar orqali olishadi va ifodalashda hikoya qilish bilan o‘rganilgan ma'lumotlarni kengaytiradilar. Bu esa ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi va tarbiyalanuvchilarning motivatsiyasini kuchaytiradi. 7. Ijtimoiy-emotsional rivojlanishda ham ahamiyat kasb etib nafaqat aqliy, balki ijtimoiy va emotsional rivojlanishga yordam beradi.Tasvirli kartalar yordamida tasvirlangan turli mavzular (masalan, o‘zaro do‘stlik, yordam berish, tabiatni sevish)
13 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar bolalarda empatiya, hamjihatlik va boshqalar bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. XULOSA Maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi bolalarining xotirasini rivojlantirishda vizual texnikalardan, xususan, flesh karta va hikoya metodlaridan foydalanish samarali va ijodiy yondashuvni ta'minlaydi. Qo'llanilgan metodlar tarbiyalanuvchilarning eslab qolish, tasavvurlarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash va ijodiy faoliyatlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega.. Kartalardagi tasvirlar aniq, rangli va eslab qolishga yengil materiallarni taqdim etadi. Hikoya metodi esa o‘z tasavvurlarini kengaytirish, fikrlarini ifodalash va o‘z tajribalari bilan o‘rganilgan ma'lumotlarni bog‘lashda ahmiyatga ega. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilar xotirasini rivojlantirishda vizual texnikalar, xususan, flesh karta va hikoya metodlarini assotsiativ tarzda bog‘lash, ta'lim jarayonini boyitish va tarbiyalauvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda samarali usul hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. "Maktabgacha ta'limda didaktik materiallar va metodlar" qo'llanma L. A. Sokolova 2. "Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishini qo'llab-quvvatlash" qo'llanma T. G. Frolova 3. "Pediatrik psixologiya va maktabgacha ta'lim" qo'llanma A. A. Verbitskiy 4. "Maktabgacha ta'limda ta'lim texnologiyalarini qo'llash" qo'llanma M. A. Semezina 5. "Innovatsion texnologiyalar va metodlar maktabgacha ta'limda" o'quv qo'llanma N. E. Veraksa