scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

R. Ravshanqulova

Abstract

Maqolada xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va metodik materiallarning o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi muhimligi ta’kidlanadi. Mazkur yondashuv ta’lim oluvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Full text

1058 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI R. Ravshanqulova DTPI pedagogika fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.17385805 Annotatsiya: Maqolada xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va metodik materiallarning o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi muhimligi ta’kidlanadi. Mazkur yondashuv ta’lim oluvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: xorijiy tajriba, pedagogik texnologiyalar, ta’lim sifati, innovatsiya, kasbiy kompetensiya. Bugungi globallashuv davrida barcha sohalar qatori ta’lim tizimi ham tub islohotlarni boshdan kechirmoqda. Jahonning ilg‘or mamlakatlarida sinovdan o‘tgan, natijadorligi isbotlangan yondashuv va metodlarni o‘zimizning ta’lim tizimiga moslashtirish, bu borada tizimli ishlarni amalga oshirish ta’lim sifatini oshirishda muhim omillardan biri hisoblanadi [1]. So‘nggi yillarda o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilandi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasalarida barcha fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy yondashuv asosida tashkil etish va shu orqali o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishni taqozo etadi. Yuqoridagi maqsadlarga erishishda o‘quvchilar ehtiyoji, qiziqishi, hayotiy tajribasi va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ta’lim sifati – bu nafaqat bilim darajasi, balki kasbiy kompetensiyalar, mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va amaliyotda o‘z bilimini qo‘llay olish salohiyati bilan belgilanadi [2]. Shu jihatdan qaralganda, xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni mahalliy sharoitga moslashtirgan holda qo‘llash o‘qituvchilardan yangicha, ijodiy, innovatsion yondashuvni talab etadi. O‘quv mashg‘ulotlari pedagogik ijodkorlikning asosiy maydoni sifatida qaralib, uni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarda quyidagi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi: • bilim olishga intilish; • mustaqil fikrlash; • ijodkorlik va tashabbuskorlik; • hamkorlikda ishlash; • kasbiy tayyorgarlikni chuqurlashtirish. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik texnologiyalarning uyg‘unligi muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirishda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aniq maqsad va vazifalarni belgilash, natijadorlikka yo‘naltirilgan yondashuvlarni shakllantirish ta’lim samaradorligini oshiradi. Jahon miqyosida tan olingan ilg‘or tajribalardan foydalanish, ta’lim 1059 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz maqsadlarini aniqlashtirish, mazmunga e’tibor qaratish va innovatsion usullarni joriy etish orqali ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish mumkin[3]. Xulosa qilib aytganda, xorijiy tajribalarni chuqur tahlil qilish va ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish orqali o‘quv jarayonining sifatini oshirish mumkin. Ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, o‘qitish metodlarini yangilash – malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim omillardir. Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. References: 1. Hasanov I. Xalqaro ta’lim tajribalari va ularni O‘zbekiston ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlari. Toshkent, TDPU Nashriyoti, 2020. 2. Karimova, M. (2021). Innovatsion ta’lim texnologiyalari. Samarqand: “Zarafshon” nashriyoti. 2021. 3. Imanov B. Ta’lim muassasalarida tadbirkorlik faoliyati. Kasb-hunar ta’limi jurnali T. - 2004. 4-son. -B.13-15